Mustaqil tayyorlanish uchun savol va topshiriqlar .
1. Metall kesuvchi asboblarning konstruktiv elementalarini izohlang.
2. 0‘tuvchi tokarlik keskichi misolida uning kesuvchi qismi geometrik
parametrlarini tasvirlang va izohlang
2-MAVZU. ASBOBSOZLIK MATERIALLARI
Reja:
Asbobsozlik materiallariga qo‘yiladigan talablar.
Uglerodli asbobsozlik po’latlari. Legirlangan asbobsozlik po‘latlari.
Tezkesar asbobsozlik po’latlari. Qattiq qotishmalar.
Mineral keramika. Tabiiy va sun’iy olmoslar.
Tayanch so‘z va iboralar: 1. Fanni o'qitishdan maqsad. 2. Mexanik
ishlov berish. 3. Kesib ishlanuvchanlik. 4. Asbobsozlik materiallari.
Metall kesuvchi asboblarning kesish xususiyatlari asboblarning konstruksion metallarni kesib ishlay oluvchanligini belgilaydi. Kesish xususiyatlarining asosiy ko'rsatkichi bo‘lib asbobning ekspluatatsion resursi xizmat qiladi va u asbobning ish davridagi turg‘unligi, asbobning texnik me’yorlar bo'yicha ko'rsatilgan barcha qayta charxlashlar- dan so'ng to‘la foydalanish vaqti orqali ifodalanadi.
Asboblarning resursi quyidagi omillar majmuasiga bog'liq bo'ladi:
asbob materialining xossalari (kimyoviy tarkibi, struktura holati, qattiqligi, a 3, a s, < ga, yuqori temperatura va ishqalanishga chidamliligi);
asbobning konstruksiyasi (kesuvchi qismining shakli, bikirligi, tayyorlanish aniqligi);
kesish rejimi (v, s va /, MSTM, qabul qilingan yedirilish mezoni);
metall kesuvchi stanokning holati (stanok va texnologik jihozlarning bikirligi, vibratsiyaga qarshilik ko'rsata olishi va boshqalar).
Agar metall kesuvchi asbobning ishchi qismi faqat ma’Ium fizikmexanik xossalar majmuasiga ega chiqamiz materialdan tayyorlangan bo‘lsagina, uning ishlay olish qobiliyati ta’minlangan va kafolatlangan bo‘ladi. Asbobsozlik
materiallarining asosiy fizikmexanik xossalarini ko‘rib chiqamiz:
Qattiqligi (asbobsozlik po'latlari uchun HRC 63...64).
Mustabkamligi (asbobsozlik po‘latlari uchun or^: crR= 1.3... 1,6; a; a =1.6...2,0).
Y uqori temperaturaga bardoshliligi. Qattiqlik va temperatura orasidagi munosabat quyidagicha (1.1-rasm). 0 k-kritik temperatura. Turli asbobsozlik materiallari uchun 0 k-220-1800°C oralig‘ida bo'ladi.
HB
Issiqlik o'tluziivchanligi fk, J/sm-s-’C). Legirlovchi elementlardan W va V issiqlik o'tkazuvchanlikni pasaytirsa, Ti, Mo, Co esa ko'taradi.
t°C
1.1-rasm. Qattiqlik va teperature orasidagi munosabat.
5- Ishqalanish koeffitsiyenti (fl, ishqalanishga chidamlilik B=A/m va yedirilish intensivligi J=dm/dL ga ta’sir ko'rsatadi: bunda L-ishqalanish kuchlarining bajargan ishi; /i-yedirilish mahsulotlari massasi; L-o'zaro sirpanish yo‘li).
Ishqalanishga chidamliligi (5 ishqalanuvchi materiallar juftining bir-biriga nisbatan sirpanish tezligi V va kontakt yuzalardagi normal kuchlanishga bog‘Iiq).
Do'stlaringiz bilan baham: |