Mustaqil tayyorlanish uchun savol va topshiriqlar
1. Metall kesuvchi stanoklarda materiallarga kesib ishlov berishning
maqsadi va vazifalarini izohlang.
2. Metall kesuvchi stanoklarning: a) texnologik belgi va ishlov berish
aniqligi; b) universallik va avtomatlashtirilganlik darajalari; d) konstruk- tiv,
massasi va bosh ishchi organlarining soni bo'yicha tasnifini izohlang.
3. Metall kesuvchi stanoklardagi harakat turlarini ifodalang.
4. Stanoklarning keltirilgan modellarini izohlang:
4-MAVZU. KESISH JARAYONI STATIKASI VA DINAMIKASI
REJA:
Dastgox quvvati bo’ycha ruxsat etilgan kesish tezligi.
Ruxsat etilgan kesish kuchlari.
Detal mustaxkamligi bo’ycha ruxsat etilgan kuch.
Yunishdagi va randalashdagi kesish kuchlari.
Kesish kuchiga ta' sir etuvchi shart- sharoitlar.
Tayanch so‘z va iboralar: 1. Kesish kuchlari. 2. K. A. Zvorikin tenglamasi.
3.Bikirlik va vibratsiya. 4. Effektiv quwat. 5. Tokarlik dinamometrlari. K esish jarayonida kesuvchi asbobning tig’ga asbobning ishchi harakat yo‘nalishida surilishga qarshilik kuchlari ta’sir etadi. Bu kuchlar teng ta'sir etuvchi kesish kuchi deb ataladi. (P harfi bilan belgilanadi va N yoki kN da o’lclhanadi
Kesish kuchini paydo qiluvchi manbalari quyidagilardir:
ishlanayotgan materiallarning qirindi hosil bo‘lishidagi plastik deformatsiyaga qaishiligi; 4.2 rasm
plastik deformatsiyalangan metallning yangi yuzalar paydo bo‘lish joylarida buzilishiga qarshiligi;
kesilayotgan qirindining qo'shimcha egilishga va sinishga qarshiligi;
kesuvchi tig‘dagi va asbob ishchi qismining boshqa kontaktlanayotgan yuzalardagi ishqalanish kuchlari.
Keskich absolut birlikka ega deb hisoblab, kesishga qarshilik kuchlarining vektori asosiy kesuvchi qirraning kontaktlanuvchi qismi o‘rtasi (A nuqta)ga qo'yilgan holda ta’sir etadi deb olish mumkin. Texnologik hisoblaming qulay bo‘lishi uchun va kuchni o‘lchash sxemalarini e’tiborga olib teng ta’sir etuvchi kuch P fazoviy x, y, z kil etuvchilarga ajratiladi (4.3-rasm).
Px-o‘q bo'ylab yo‘nalgan kuch (o‘q kuchi), u ishlanayotgan zagotovkaning unga surish s yo'nalishi bo'yicha keskichning botib kirishiga qarshiligi va shu yo'nalishida ta’sir etuvchi ishqalanish kuchlari yig‘indisiga teng. Px kuchinnig qiymati bo‘yicha shpindelning va stanok surish mexanizmi tayanchlari mustahkam- likka hisoblanadi.
P-radial kuch, u ishlanayotgan zagotovkani gorizontal tekislikda egadir; buning natijasida nisbatan uzun zagotovkalarning ishlov berish aniqligi pasayishi mumkin, zaruriyati bo‘lmagan vibratsiyalar paydo bo'ladi; bu kuch stanok ko‘ndalang surish mexanizmining mustahkamligini aniqlashda hisobga olinadi.
P- “kesish kuchi” (P kuchining bosh yoki vertikal yoxud tangensial tashkil etuvchisi). P. kuchi z o‘qi bo'ylab yo'nalgan barcha kuchlar qirindi hosil bo‘lishidagi kesilayotgan qatlamning plastik deformatsiyaga qarshilik kuchlari, yangi yuzalar hosil bo‘hshidagi metallning buzilishi hamda kesilayotgan qirindining egilishi bilan bog‘liq chiqamiz kuchlar, shuningdek, ishqalanish kuchlarining yig'indisidan iborat. Bu kuch. bo‘yicha stanokning quwatini, kesish- dagi ish miqdorini va keskichning yz tekisligida egilishga qarshiligini hisoblab topiladi.
Kesishga qarshilik ko‘rsatuvchi barcha kuchlaming teng ta’sir etuvchisi quyidagicha aniqlanadi:
4.3-rasm. Kesish kuchining tashkil etuvchilari.
Px, Py, Pz. kuchlarining qiymatlari va ular orasidagi o‘zaro munosabatga keskichning geometrik parametrlari, kesish rejimining xarakteristikasi, materiallaming xossalari va ishlov berish sharoiti ta’sir ko‘rsatadi.
Odatda eng katta qiymatga Pz. kuchi ega bo‘lib, ko'pincha uni kesish kuchi deb ataladi va P harfi bilan belgilanadi.
Kesish kuchlarining tashkil etuvchilari uchun o‘rtacha quyidagi munosabatni qabul qilish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |