6.3 Asbobsozlik materiallarining ishqalanishga chidamliligi
Barcha asbobsozlik materiallari ishqalanishga qarshilik ko‘rsatish xossasiga ega. Ishqalanish ishlanayotgan zagotovka va asbob materiallari juftining faqat o'zaro bir-biriga ta’siri davomida yuz beradi.
Ishqalanishga chidamlilik—bu ishqalanish kuchlari ning ishqalanayotgan jismni ishqalab yedirilish mahsulotlari hosil qilish uchun sarfchiqamiz ish miqdori W1 ning ma’lum o'zaro ta’sir sharoitida yedirilish mahsulotlari massasi m1. ga nisbatidir.
Ishqalanishga chidamlilik bir necha omillarga bog‘liq, jumladan ishqalanayotgan yuzalaming kinematikasi va o'zaro sirpanish tezligi V, o‘zaro kontakt maydonchasi yuzasi A., ishqalanish juftining ishqalanish koeffitsiyenti m , ishqalanish yuzalaridagi bosim p, kontakt yuzalarining temperaturasi $ va boshqalar.
Ishqalanish kuchlarining bajargan ishi:
bo‘lsa, ishqalanishga chidamlilik:
bu yerda L - ishqalanish juftining o‘zaro sirpanish yo‘li; m1 —yedirilish mahsulotlari massasi.
F1 va m1. larni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o'lchash qiyin chiqamizligi sababli tig'laming ishqalanish jarayoni modellashtirib ko'riladi (6.10-rasm).
Bunda indentor asbobsozlik materialidan tayyorlanib juftning ishqalanayotgan jismi bo'ladi.
Silindrik namuna konstruksion po'latdan tayyorlanib ishqalovchi jism bo'ladi. Qurilmaning konstruksiyasi ishqalanish kuchini o‘lchash imkonini beradi.
0‘lchash natijalari asosida ishqalanish koeffiisenti
shuningdek, indentor yedirilgan qismining hajmi V 1va massasi m, aniqlanadi.Tajriba ma’lumotlar bo‘yicha B=Wl/ml tenglamasi asosida ishqalanishga chidamlilik hisob- lanadi, ishqalanishga chidamlilik grafiklari tuziladi. Misol tariqasida L=2000 m; p=0,I GPa da qattiq qotishma-po'lat jufti uchun B-V3munosabati grafiklari keltirilgan (6.11-rasm).
S hu tajribalar asosida yedirilish jadalligi I. yedirilish mahsulotlari massasining o‘sish tezligi ko‘rinishda aniqlanadi:
Bunday tajribalarning natijalari kesuvchi asbob turg‘unligini belgilashda foydalaniladi.
Asbobsozlik materiallarining kesish sharoitida yedirilish mexanizmini o‘rganishda va miqdoran baholashda quyidagi usuliardan foydalaniladi.
Optik usul.
2. Radioaktiv izotoplar usuli.
3.Mikrorentgen spektral tahlil qilish.
4.Yedirilish mahsulotlarini “M5- 46-Cameca” mikrozond qurilmalarida sifat va miqdor jihatidan o‘rganish.
Bu usullar yordamida yedirilish mahsulotlari tarkibidagi zarrachalaming o’lchamlar o’lchamlari o‘lchamlari, kimyoviy tarkibi va boshqalar o‘rganiIadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |