Mavzu: Donni o’lchamlari, tekisligi, naturasi. Reja



Download 1,78 Mb.
Sana27.04.2023
Hajmi1,78 Mb.
#932645

Mavzu: Donni o’lchamlari, tekisligi, naturasi.
Reja:
  • Donni asl og’irligi [naturasi].
  • Donni tekisligi va o’lchamlari.
  • Donni strukturali – mexanik xossalari.
  • Po’st va mag’iz miqdori.
  • Endosperm konsistensiyasi.

Donning naturasi [hajmiy og’irligi].
Un va yorma ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida don uchun uning geometrik tavsifi [chiziqli o’lchami, shakli, tekisligi] donning hajmiy og’irligi, 1000 ta donning massasi, shaffofligi asosiy texnologik xususiyat hisoblanadi.
Asl og’irlik yoki natura deb, grammlarda ifodalangan 1litr don, shuningdek 1 litr donni kilogrmmlarda ifodalash tushuniladi. Metrik tizim qo’llaniladigan davlatlarda u gramm litrga yoki kilogram gektolitrga nisbatan o’lchanadi. Asl og’irlikka 3 ta omil ta’sir etadi; donni turlicha yetilishi; don uyumidagi aralashmalarning har xil miqdori va tarkibi; donni namligi.
Asl ko’rinishga iflos aralashmalarning turli fraksiyalari sezilarli ta’sir etadi, chunonchi yengil aralashmalar uning ko’rinishiga sezilarli ta’sir etadi, mineral aralashmalar esa biroz yomonlashtiradi.
Yuqori namlik ifloslangan don to’plamlarida asl og’irlik don uyumining sust to’kiluvchanligi sababli yuz beradi. Asl og’irlik to’liqlik bilan ta’riflanib, donni bo’liqlik darajasi qancha to’liq bo’lsa, asl og’irlik shuncha yuqori bo’ladi. Don uyumlari tozalash va quritishdan keyin uning asl og’irligi yaxshilanadi, ammo donlarning yetilmaganligi sababli ko’ngildagidek bo’lmaydi.
Donning to’liq yetilishi katta texnologik ahamiyatga ega va u oziq-ovqat qiymatini ta’riflaydi. Yaxshi to’lgan don katta endospermga ega bo’ladi. Asl og’irlik asosiy un ko’rsatgichlaridan biridir. Asl og’irlik quyidagilarga bog’liq; donni solishtirma og’irligi va don uyumining zichligiga bog’liq. Natura yuqori bo’lsa, solishtirma og’irlik ham yuqori bo’ladi.
Solishtirma og’irlik don tarkibidagi moddalar zichligini ta’riflaydi va donning kimyoviy tarkibi hamda anatomik tuzilishiga bog’liq. Solishtirma og’irlik donni yetilish va to’liqlik darajasini ifodalaydi.

Ekin

Cheklanishi

Ekin

Cheklanishi

Maksimum va minimum

Eng ko’p uchraydigan

Maksimum va minimum

Eng ko’p uchraydigan

Bug’doy
Javdar

700­­-800
650-735

730-785
680-715

Arpa
Suli

530-680
440-590

570-650
460-550

Namlik ortib borishi bilan donning asl og’irligi o’zgaradi, ya’ni solishtirma og’irlik kamayadi, don hajmi kattalashadi va uning to’kilishi susayadi.
Mineral aralashmalar [tuproq, qum, shag’al] ancha og’ir ekinlarning don aralashmalari, shuningdek begona o’tlarning mayda urug’lari asl og’irlikni oshiradi. Yengil [organik] aralashmalarning mavjudligi don naturasini tushiradi.
Noqulay sharoitda shakillangan donlarda po’st hajmi ortib boradi, mag’iz miqdori kamayadi. Po’stloqning ko’payishi, qimmatli mahsulot qismi [un, yorma, o’simlik moyi] chiqishini kamaytiradi va donni naturasi hamda sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Donni yetilganligini uni zichligini aniqlash orqaliy bilsa bo’ladi. Donda qanchalik mag’iz ko’p bo’lsa, unda shunchalik maksimal zichlikka ega uglevod va oqsillar ko’p bo’ladi. Kraxmalning zichligi 1,5; oqsilniki 1,24-1,31; moyniki 0,9-0,98. Qishki bug’doy zichligi 1,374 bo’lganda, uni tashkil etuvchi anatomik qismlarning zichligi quyidagicha; mag’izniki 1,472; murtakniki 1,275; qobiqniki 1,105. Qobiqlar tarkibi klechatkaning ko’pligiga qaramay kam zichlikka ega, chunki ularning tuzilishi bo’sh. Shu sababli yemirilgan yoki mag’iz shaklini yo’qotgan don uyumlarining zichligi kam bo’ladi.
Asl og’irlik maxsus asbob --- purkalarda aniqlanadi. Bu ko’rsatgich qo’llanilgandan beri barcha davlatlarda purkaning 80 ta turi bor. Jahon savdo amaliyotida 20 litr hajimli purka qo’llaniladi
Hajim ko’rsatgichlari xirmon va omborlarning zarur sig’imini hisoblashda yoki saqlanadigan don uyumining fizik hajmini taxminan aniqlashda qo’llaniladi. Quyi ko’rinishli donga nisbatan yuqori ko’rinishli don uchun kamroq hajm talab qilinadi. Bug’doy va tariq doni xirmonining hajmi 100 tonna uyumda hajm birligi nisbati 0,75 va 0,45 t/m3 bo’lganda 100/0,75=133m3; 100/0,45=222m3 ni tashkil etadi. Demak, tariquyumini saqlash uchun katta hajmdagi ombor talab qilinadi. Don xirmonini ombor yoki silosda hajmini aniqlab, uning asl og’irligini bilib, saqlanayotgan to’plam to’g’risida tasavvurga ega bo’lish mumkin.
Mayda don past baholanadi. Tozalashda ular ko’pincha mayda aralashmalar bilan chiqindiga qo’shilib ketadi va shu bilan mahsulot chiqishini kamaytiradi. Bunday donni chiqindilar ichidan ajrati olish juda qiyin. Mayda donda uning hajmiga nisbatan qobiq miqdori yirik donlarga nisbatan ko’pdir. Shunday donning po’sti yomon tozalanadi, qayta ishlanayotgan mahsulotlar tarkibiga qo’shiladi va ularning sifatini tushiradi. Odatda mayda don chorva va parranda uchun ozuqa yem sifatida foydalaniladi yoki murakkab oziqa-yem sanoatiga yuboriladi.

Yiriklik fraksiyasi

V mm2

F mm2

V/F mm

Ф

f m2/kg

Bug’doy

1

37,9

81,3

0,47

0,67

1,78

2

32,9

72,3

0,46

0,69

1,82

3

28,9

65,1

0,44

0,70

1,88

4

19,4

48,9

0,40

0,72

1,97

5

17,3

44,6

0,39

0,73

2,25

6

12,7

35,0

0,36

0,75

2,38

Grechixa

1

26,8

56,2

0,48

------

1,67

2

19,8

53,0

0,37

------

2,15

3

15,3

50,6

0,30

------

2,65

4

13,8

48,9

0,28

-----

2,83

5

11,5

47,8

0,24

-----

3,32

6

10,7

46,2

0,23

------

3,47

Har xil yiriklikdagi donlarning tavsifi.1-jadval
Bug’doy turkumlari uzunchoq teshikli g’alvirlarda elash yo’li bilan yirikligi bo’yicha fraksiyalarga ajratilgan. Birinchi fraksiya 3,0x20 g’alvir qoldig’I, ikkinchi fraksiya 2,8x20 g’alvir qoldig’, uchinchi fraksiya 2,5x20 g’alvir qoldig’I, to’rtinchi fraksiya 2,2x20 g’alvir qoldig’I, beshinchi fraksiya 2,0x20, oltinchi fraksiya 1,7x20 g’alvir qoldig’i hisobianadi.
Grechixa turkumlari quyidagi ketma ketlikda; 4,2—4,0—3,8—3,6—3,4---3,0mm aylana teshikli g’alvirlar yordamida fraksiyalarga ajratilgan.
Donni yirikligi kamayishi bilan uning yuzasi va hajmi ham kamayadi. Mayda donda qobiq miqdori yuqori, mag’iz miqdori yirik fraksiyadan mayda fraksiyaga o’tganda 84---71 foizgacha kamaygan yoki don hajmining 15­-40mm2 gacha oraliqda o’zgarganda mag’iz miqdori ancha oshgan. Shuning uchun mayda dondan unning chiqimi past bo’lib, sifati esa yuqori talablarga javob bermaydi. Bu mayda don fraksiya elevatorda ajratib olinadi va omixta—yem komponenti sifatida ishlatiladi.
1000 ta don massasi kamayishi bilan donli qatlamning solishtirma yuzasi oshadi. Mayda atrof muhit bilan issiqlik almashinish jarayoni yirik donga nisbatan tez rivojlanadi.
Qobiqli [yormabop] donlarda mag’iz miqdori1000 ta donning massasi kamayishi bilan kamayadi. Shu bilan birga ularning qobiqdorligi oshadi.
Navli un tortishda 1000 ta donning og’irligi 40 gr dan yuqori bo’lgan yirik fraksiyada, 1000 ta donini og’irligi 23gr dan kam bo’lgan mayda fraksiyaga nisbatan unning chiqishi 3-5 foizga yuqori bo’ladi.
Donning uzunligi, kengligi, qalinligi bo’yicha bir xil emasligi, samarali ajratish, maydalash, qobiq ajratish, gidrotermik ishlov berish jarayonlarini bir xil tanlashga to’sqinlik qiladi. Yuqori texnologik natijalarni ta’minlash uchun qayta ishlashga qabul qilinayotgan don turkumlarini o’lchamlari bo’yicha tekislanganligini ta’minlash kerak.
3. Donning strukturali—mexanik xossalari.
Donning strukturali- mexanik xossasi, material strukturasi xususiyatlarining mexanik ta’siriga ko’rsatadigan reaksiyasi bilan bog’laydi. Ular yanchish va qobiq ajratish, yormani qayroqlash, maydalangan mahsulotlar chiqishi va sifati, bu jarayonlarda energiya sarfini aniqlaydi. Un tortish va omixta-yem ishlab chiqarishda yanchish jarayoni katta energiya sarfini talab qiladi.
Bu xossalarning assosiy ko’rsatgichlari bo’lib materialning mustahkamligi va qattiqligi hisoblanadi; don uchun mag’izning qattiqligi [mikroqattiqligi] aniqlanadi.
Qattiq dondan olingan unning solishtirma yuzasi 2600sm3/gr dan ko’p emas. Bo’lakchalarning o’rtacha indeksi---22mkm va 13mkm, [BO’I]—19 va 38 foizni tashkil qiladi.
Don qattiqlik ko’rsatgichining ahamiyati shundaki, bu xususiyat nav belgisi hisoblanib, genetik nasldan-naslga o’tadi. Qattiq va yumshoq donlilik shaffoflik, yiriklik va boshqa don tavsifiga bog’liq emas.
Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish