6- mаvzu. Yanchish jarayoni.Yanchish jarayonlarining nazariy asoslari.Yanchishda ishlatiladigan dastgoqlar. Barabanli tegirmonlarning ishlash tartibi. Barabanning kritik aylanish tezligi.
Reja: 1. Yanchish jarayoni. 2.Yanchish jarayonlarining nazariy asoslari.
3.Yanchishda ishlatiladigan dastgoqlar.
4.Barabanli tegirmonlarning ishlash tartibi.
5.Barabanning kritik aylanish tezligi.
Tayanch iboralar - markazdan bo‘shatuvchi sharli tegirmon. MSHS;
panjara orqali bo‘shatuvchi sharli tegirmon. MSHR;
o‘zi yanchar va yarim o‘zi yanchar tegirmon. MMS.
mexanik tegirmonlar , aerodinamik tegirmonlar
Tegirmonlar 2 xil bo‘ladi: mexanik va aerodinamik. Tegirmon ichida materialni ezadigan jismlari bo‘lsa mexanik tegirmonlar va aksincha materialni ezadigan jismlari bo‘lmasa aerodinamik tegirmonlar deyiladi. Metalni ezadigan jismlarga metall sterjenlar, po‘lat sharlar va yanchiladigan ruda bo‘laklarining o‘zi kiradi, ya’ni rudaning katta bo‘laklari rudani ezib maydalaydi. Tegirmon har xil ashyolarning kattaligini 5mm gacha o‘lchamda maydalovchi agregatdir. Ularni shakliga va yanchish usuliga qarab quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
1. Aylanma (soqqali, zoldirli, sterjenli,o‘zi yanchar va boshqalar);
2. Korpusi qo‘zg‘almas, inersion, titrama;
Planetar tegirmonlar;
Gaz oqimi yordamida yanchuvchi tegirmonlar.
Barabanli tegirmonlar Barabanning formasiga ko‘ra tegirmonlar silindrik va konussimon tegirmonlarga bo‘linadi. Silindrik tegirmonlar 3 xil bo‘ladi: a)qisqa – barabanning uzunligi uning diametriga teng yoki kichik; b) uzun – barabanning uzunligi uning diametriga teng yoki katta; v) uzun – barabanning uzunligi uning diametridan 3 marta katta.
Qisqa va uzun silindrli tegirmonlar boyitish fabrikalarida ko‘proq qo‘llaniladi. Quvurli tegirmonlar esa sement va alyuminiy zavodlarida keng qo‘llaniladi va qo‘llanilib kelinmoqda. Barabanli tegirmonlarni o‘zi ham sharli yoki sharsiz ishlashi bilan birgalikda bir nechta quyidagi turlarga bo‘linadi:
a) markazdan bo‘shatuvchi sharli tegirmon. MSHS;
b) panjara orqali bo‘shatuvchi sharli tegirmon. MSHR;
v) o‘zi yanchar va yarim o‘zi yanchar tegirmon. MMS.
Aylanma tegirmonlar baraban yon tomonlarida qopqoqlar 2 va 44 – 45% hajmi yanchuvchi sharlar bilan to‘ldirilgan bo‘ladi. Yon qopqoqlar markazida ichi bo‘sh sapfalar borki, birinchisidan dastlabki material beriladi, ikkinchisidan maydalangan mahsulot chiqadi. Sapfalar podshipniklarga biriktirilgan bo‘lib, tegirmon gorizontal o‘q bo‘yicha aylanma harakat qiladi. Aylanma harakat davomida ezuvchi sharlar ishqalanish kuchi va markazdan qochma kuchlar ta’sirida tegirmonning devorlariga mahkam o‘rnashib, aniq bir balandlikkacha ko‘tarilib, so‘ngra pastga tushadi va xom ashyoni yanchadi. Tegirmonlar uzluksiz aylanib turadi. Xom ashyo berilishi va yanchilgan mahsulotning chiqishi ham uzluksiz ravishda amalga oshiriladi.
Tegirmonlar barabanning shakliga ko‘ra silindrik yoki silindr–konusligi bilan farqlanadi.
Tegirmonlar yanchuvchi jismlarga va shakllariga qarab quyidagicha bo‘ladi: sharli, sterjenli, galkali va o‘zi yanchar.
Sharli tegirmonlarda yanchuvchi jismlar po‘lat va cho‘yan sharlar hisoblanadi; sterjenli tegirmonda – po‘lat sterjenlar; galkali tegirmonda – kremniy qumidan bo‘lgan galkalar; o‘zi yanchar tegirmonlarda esa yanchuvchi jismlar – yanchilayotgan rudalarning yirik bo‘laklari hisoblanadi. Yanchuvchi sharlarning diametri 60mm dan 125mm gacha bo‘ladi. Barabanli tegirmonlar asosan II – III - bosqich yanchish jarayonlarida qo‘llaniladi. (5а-rasm)
Tegirmonlar (futerovkalari yechilgan holda) barabanning ichki diametri Dva uni uzunligi L bilan (5а-rasm) xarakterlanadi.