Zoldirli viskozimetrlar
Zoldirli viskozimetrlar suyuqliklarning qovushoqligini o‘lchashda keng
ishlatiladi.
Qovushoqlikni erkin tushuvchi jism usuli bilan o‘lchash Stoks konuniga
asoslangan. Bu konunga muvofiq erkin tushuvchi jismning suyuqlikdagi tezligi shu
suyuqlik qovushokligi bilan bog‘langan, bu bog‘lanish quyidagicha ifodalanadi:
v
K g r
2
1 2 ( - ) × ×
=
r r
m (6.48)
bu erda, 1 r va 2 r , — erkin tushuvchi jism (zoldir) materialining va suyuqlikning zichliklari, kg/m3; g—
og‘irlik kuchining tezlannshi, m/s2; r — zoldirning radiusi, m; v — zoldirning bir me’yorda tushish tezligi, m/s; K—
qabul qilingan o‘lchovga bog‘liq bo‘lgan sonli doimiy koeffisient.
Stoks qonuni bir jinsli suyuqlikning mutlaqo sferik zoldirga nisbatan laminar
harakatida ishlatilishi mumkin. (6.48) ifodadan ma’lumki, tekshirilayotgan
suyuqlikning kovushoqligini o‘lchash suyuqlikdagi zoldirning tushish tezligini yoki
zoldirning belgilangan masofadan o‘tish vaqtini o‘lchashdan iborat. Qovushoqlikning
zoldir tushish vaqtiga bog‘liqligi quyidagicha ifodalanadi:
Μ=K∙τ (6.49)
bu erda K — asbob doimiysi, Pa; τ — zoldirning belgilangan masofadan o‘tish vaqti, s.
Qovushoqlikni zoldirning erkin tushish vaqti bo‘yicha aniqlaydigan avtomat
qurilmaning prinsipial sxemasi 6.45- rasmda ko‘rsatilgan.
6.45 – расм. Эркин тушувчи шарчали автоматик
вискозиметрнинг схемаси.
PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
259
Suyuqlik oqimi zoldir 1 ni boshlang‘ich holatga shesternyali nasos 2
yordamida ko‘taradi. Bu shesternyali nasos elektr dvigatel 3 ga ega. Zoldirni
ko‘tarish bilan birga nasos suyuqlikdan namuna olib, uni sinaydi. Zoldir yuqorigi
cheklovchi to‘rga etgach, nasos to‘xtaydi, zoldir harakatsiz muhitda erkin pastga
tushadi. Induksion g‘altaklar 7 orqali zoldirning belgilangan yo‘l l dan o‘tish vaqti
hisoblanadi. Zoldirning induksion g‘altaklardan o‘tishida nomuvozanatlik signallari
hosil bo‘ladi va bu signal elektron kuchaytirgich 6 orqali kuchaytiriladi.
SHesternyali nasosning avtomatik ravishda ulanishi va vaqtning hisoblanishi rele
bloki 4 va o‘lchash asbobi 5 yordamida bajariladi.
Asbobning o‘lchash chegaralari induksion g‘altaklar orasidagi masofa l va
zoldir diametrining o‘zgarishi bilan tanlanadi. Bunday asboblarda 100 Pa∙s
chegaradagi suyuqlik qovushoqligini o‘lchash mumkin. Asboblarning o‘lchash
aniqligi ±2%.
Do'stlaringiz bilan baham: |