3
qay darajada rivojlangan va boy ekanligini ko‘rsatsa,
nutq madaniyati
nutqiy
muloqot asosida borliq va shaxs haqidagi axborotni yuzaga keltirish, uni til tizimi
belgilari orqali ifodalash va aniq etkazish usulidir. Yoki
til madaniyati
tilning
“madaniylashganlik”, adabiylashganlik, normalashganlik darajasini, lug‘at tarkibi,
grammatik, semantik, stilistik jihatlardan rivojlanganlik, boylik darajasini,
potensial ifoda imkoniyatlarining ko‘lamdorligini ifoda etadi.
Nutq madaniyati
esa
tildan bemalol, maqsadga muvofiq va ta’sirchan bir tarzda foydalana olishni
ta’minlaydigan ko‘nikma, malaka va bilimlarning jami demakdir.
Boshqacha
aytganda, nutq madaniyati tilda mavjud bo‘lgan xilma-xil ifoda shakllaridan fikr
uchun eng maqbulini tanlay bilish va shu asosda to‘g‘ri va ta’sirchan nutq tuza
olish mahoratidir. Har qanday nutqning asosiy maqsadi muayyan axborotni
tinglovchi (o‘quvchi)ga etkazish, shu yo‘l bilan unga ta’sir qilishdan iborat.
Til va nutq o‘zaro dialektik bog‘liq ijtimoiy-tarixiy,
ijtimoiy- psixologik
hodisalar bo‘lib, til aloqa quroli sifatida, nutq esa aloqa usuli sifatida mavjuddir.
Nutq - bu til deb ataluvchi, ijtimoiy-individual noyob quroldan foydalanish
jarayoni, til birliklari, imkoniyatlarining ob’ektiv borliq, tafakkur hamda vaziyat
bilan o‘zaro zaruriy, doimiy munosabatda namoyon bo‘lishidir.
Nutq bu rasmiy
tildir. U keng ma’noda so‘zlardan, so‘z birikmalari va gaplardan tashkil topadi.
Nutq so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan shakllantirilgan matn ko‘rinishining
ifodasi bo‘lib, u faqatgina lisoniy hodisa sanalmasdan, balki ruhiyat va nafosat
hodisasi hisoblanadi.
Sharqona muomala madaniyati har bir o‘zbek xonadoniga xos fazilat.
Muloqot nutqi, nutq odobi, muomala nutqi, bularning barchasi insonning
ma’naviyatini, ma’rifatini belgilovchi asosiy mezon hisoblanadi. Demak,
har bir
individual shaxsning odobi uning nutqida ko‘rinadi. Bizningcha, nutq odobi
deganda, aytilishi zarur bo‘lgan har qanday xabarlarni, tinglovchini hurmat qilgan
holda hamda uning ko‘ngliga mos, adabiy til me’yorlari asosida etkazishdir.
Shuningdek, xunuk xabarni ham tinglovchiga beozor etkazish mumkin. Buning
uchun esa so‘zlovchi o‘z ona tilisining imkoniyatlarini mukammal bilishi kerak.
Chunki muloyim, yoqimli, odobli so‘zlash ham o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi.
Bunday muloqotga yoshlikdan ibratli kishilarga taqlid qilish, ulardan o‘rganish
orqali erishiladi. Ota- bobolarimiz farzand o‘stirar ekanlar, ularning xulq-atvoriga,
gap-so‘ziga, kishilar oldida o‘zlarini qanday tutib, nimalar haqida fikrlashib o‘z
maqsadlarini qanday so‘zlar bilan tushuntirishlariga katta ahamiyat bergan. Ular
farzandlarining qo‘rslik qilishi, kattalar suhbatiga aralashishi kabi nojo‘ya ishlariga
zinhor-bazinhor yo‘l qo‘ymaganlar. Har bir kishining
qanday dunyoqarashga
egaligi, bilimliligi uning muomalasidan ma’lum bo‘ladi. Muomala – insonlar
o‘rtasidagi o‘zaro aloqa vositasidir. Muomalada asosiy vosita til hisoblanadi.
Shuning uchun ham til-aloqa quroli deyiladi. Insonning tili shirin, muomalasi
madaniyatli bo‘lsa, qisqa vaqt ichida xalq orasida obro‘-e’tibor topadi. Shuning
uchun ham o‘tmishda yashab o‘tgan mutafakkirlarimiz tilga, so‘zga hurmat bilan
munosabatda bo‘lishni ta’kidlashgan. Ulug‘ shoirimiz Alisher Navoiy muomala
madaniyati, xushmomalalik tilning ahamiyati to‘g‘risida, shirinso‘zlik
haqida
shunday go‘zal fikrlar bildirganki, bugungi kunimizda ham ushbu fikrlar o‘z
4
ahamiyatini yo‘qotgan emas:”Donau dur so‘zini afsona bil, So‘zni jahon bahrida
durdona bil”; “Har kimki chuchuk so‘z elga izhor aylar, Har neki ag‘yor durur yor
aylar, So‘z qattig‘i el ko‘ngliga ozor aylar, yumshog‘i ko‘ngullarni giriftor aylar”.
Odamlarning bir-birlari bilan qilgan muloqotlarida nutq madaniyatining qonun-
qoidalariga rioya qilishning ahamiyatiga xalqimiz doimo o‘z e’tiborini qaratgan.
Dono xalqimiz o‘z fikrlarini qisqa hamda ma’nili maqollarda ifoda etgan. Maqollar
odamlarni nimalarga o‘rgatadi? Maqollar bilan o‘quvchilarni yaqindan tanishtirish
ular ma’naviyatini o‘stirishga, ularning barkamol inson bo‘lib etishishlariga zamin
yaratadi. Chunki maqollar ona tilimizning eng nozik xususiyatlarini anglashga va
so‘z boyligini oshirishga ko‘maklashadigan vositadir. Maqollar o‘quvchilarni
to‘g‘ri,
mantiqiy fikrlashga, maqsadni qisqa, lo‘nda va ixcham bayon etishga
o‘rgatadi. Har bir nutq o‘zining chuqur ma’no ifodalashi bilan qimmatlidir.
Mazmunli ma’ruzalar, suhbatlar kishiga quvonch bag‘ishlaydi, yangi bilimlar bilan
boyitadi. Chunonchi, “So‘zdan so‘zning farqi bor, o‘ttiz ikki naqli bor” maqolida
har bir so‘zning nozik qirralari bo‘lishi, ularning bo‘sh gap emasligi,
mazmunli
suhbatlarning ahamiyati katta ekanligini ifodalamoqda. So‘z qo‘llashdagi noqislik,
tilga e’tiborsizlik haqida doimo kuyunib gapiradigan buyuk adabiyotshunos olim
O.Sharafiddinovning quyidagi jumlalari aforizmdek yangraydi: “...Afsuski,
amaliyotda biz ko‘p hollarda tilimizga bepisand qarashni ko‘ramiz. Gapirganda
yoki yozganda o‘zimizni nazorat qilmaymiz. O‘zimizning tilimizni o‘zimiz his
qilmaymiz, uning ichki ohanglariga quloq tutib ko‘rmaymiz, balki jilovi ustiga
tashlab qo‘yilgan otday maysasi ko‘proq ko‘ringan o‘tloqqa kirib ketaveramiz”.
9
Xalq maqollarida ham so‘zlarni noo‘rin, nomuvofiq ma’nolarda qo‘llash, matnda
mazmun va ma’nolarning qorishib ketmasligiga ehtiyot bo‘lish, fikrning izchillik
bilan rivojlanib
borishini yoddan chiqarmaslik, tushunmagan yoki to‘la
anglamagan holda fikr bildirishga shoshilmaslik kabi xususiyatlarga e’tibor berish
nihoyatda ahamiyatli ekanligi, mazmunsiz nutqning insonga hech qanday foyda
keltirmasligi haqida ogohlantiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: