1-MAVZU:
O’qituvchining nutqiy kompetensiyasini rivojlantirish
fanining maqsad va vazifalari (
Kirish. Nutq madaniyati haqida tushuncha. Nutq
faoliyati haqida tushuncha).
Maqsad:
Talabalarga o’qituvchi nutq madaniyati fani, uning predmeti
va vazifalari to’g’risida bilim berish.
Reja:
1.
Kirish. Nutq madaniyati haqida tushuncha.
2.
Nutq faoliyati haqida tushuncha.
Tayanch so‘zlar:
til, nutq, nutq a’zolari, lug`at boyligi
Nutq madaniyatini yuksak pog‘onaga ko‘tarish, uni yanada rivojlantirish
bugungi o‘zbek tilshunosligining eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Shuning uchun ham “Nutq madaniyati asoslari” fanini tilshunoslikning alohida
sohasi sifatida oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish yuksak darajadagi nutq
madaniyatiga ega bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Chunki nutq madaniyati insonning ma’naviy hayotida, uning madaniy saviyasini
ko‘tarishda, ilmiy va badiiy tafakkurini o‘stirishda juda muhim o‘rin egallaydi.
Hozirgi kun talabidan kelib chiqib, respublikamizda «Ta’lim to‘g‘risidagi
qonun» hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni
hayotga tatbiq etish,
«bakalavr» va «magistr»lik bo‘yicha raqobatbardosh kadrlar tayyorlash sifatini
yanada oshirishda nutq madaniyatining o‘rni va rolini ko‘rsatish bugungi kunning
asosiy masalalaridan biri bo‘lib qoldi.
Nutq madaniyatini o‘stirish faqat filologiya sohasidagi ta’limiy- tarbiyaviy
ish bo‘lmasdan g‘oyaviy-siyosiy, ma’rifiy ishlarning ham eng muhim tomonlaridan
birini tashkil etadi. Shuning uchun ham bu fanni o‘rganish bo‘lajak mutaxassislar
uchun zaruriy ehtiyojdir. Bu ehtiyoj notiqlik san’ati sirlarini o‘rganish, adabiy til
me’yorlariga rioya qilgan holda to‘g‘ri gapirish va yozish, tilning leksik va
grammatik birliklaridan o‘rinli va maqsadga muvofiq foydalana olish san’atini
o‘rganish orqali ro‘yobga chiqadi. Shunga qaramasdan,
bunday zarurat va
ehtiyojlarni qondira oluvchi darslik va o‘quv qo‘llanmalar salmog‘ini va sonini
ko‘paytirish maqsadga muvofiqdir.
Har qanday adabiy tilning o‘ziga xos shakllanish va rivojlanish qonuniyatlari
bo‘lib, bu qonuniyatlarning ichki mohiyati adabiy me’yorlarning xususiyatlari
bilan bog‘liqdir. Adabiy til umumxalq tilining yuqori, oliy shakli sifatida har doim
normativlikka intiladi. Chunki adabiy til umumxalq quroli bo‘lib, uning lisoniy
vositalari, u amal qiladigan ilmiy va amaliy qoidalar, ularni tatbiq qilishni tartibga
solib turuvchi darsliklar, qo‘llanmalar, ko‘rgazmali qurollar, umuman, o‘quv
jarayonlari va ta’lim har doim muayyan darajada adabiy til me’yorlarini
takomillashtirib borishni talab qiladi. Bunday takomillashtirish, avvalo, adabiy
tilning umumxalq aloqa quroli sifatidagi
vazifasini unumliroq, yaxshiroq
bajarishiga xizmat qilsa, ikkinchidan, adabiy tilning o‘z lisoniy negizi
hisoblanuvchi xalq so‘zlashuv tilidan uzoqlashib ketmasligini ta’minlaydi.
Adabiy til undan foydalanuvchi jamiyat a’zolarining mushtarak quroli
sifatida barcha uchun bir xilda tushunarli, foydalanishga qulay bo‘lishi,
ko‘pchilikka maqbul tushishi lozim. Buning ustiga adabiy til va uning lisoniy
vositalari til egasi bo‘lmish jamiyat a’zolarining estetik
va etikaviy talablariga,
madaniy va ma’naviy ehtiyojlariga hamohang bo‘lishi zarur. Mana shu ma’noda
adabiy til me’yorlari nafaqat lisoniy (lingvistik) jihatdan, balki bir qator nolisoniy
(ekstralingvistik) omillar, lisoniy qadriyatlar nuqtai nazaridan ham baholanadi.
Har qanday adabiy til nafaqat nafosat va axloqiy jihatdan baholangan til,
balki o‘zida xalqning estetik va axloqiy, badiiy va falsafiy, diniy-etnografik, tarixiy
va ijtimoiy, keng ma’noda mafkuraviy va ma’naviy qarashlarini, ular haqidagi
tushunchalar, tasavvurlar, kategoriyalar, mushohadalarni o‘zida ifoda etuvchi,
mujassamlashtiruvchi hamda avloddan-avlodga olib o‘tuvchi,
ularni asrovchi va
saqlovchi ma’naviy qurolga, xazinaga aylanadi. Shu sababli ham tilni shunchaki
aloqa quroli deb bilish va baholash nihoyatda chegaralidir. Tilni, bir tomondan,
o‘ta qadimiy, ko‘hna xalq dahosi ijodi, madaniyati va ma’naviyatining ko‘zgusi,
ikkinchi tomondan esa, doimo navqiron merosi, boyligi deb bilish lozim bo‘ladi.
Shunday qilib, til shunchaki va faqatgina o‘zaro aloqa vositasi emas, balki
xalq ma’naviyatining tarkibiy qismidir. Milliy mustaqillik mafkurasini yaratishdan
maqsad istiqlolga erishgan o‘zbek xalqini ulug‘ kelajak sari ruhlantirish, uni bir
maqsad
atrofida birlashtirish, jipslashtirishdir. Ushbu vazifani ado etishda tilning,
ona tilining ham munosib hissasi bor.Prezidentimiz Islom Karimov o‘zbek tilining
bu xususiyatini yuksak baholaydi: «Ona tilining buyuk ahamiyati shundaki, u
ma’naviyat belgisi sifatida kishilarni yaqin qilib jipslashtiradi» Til xalq milliy
qadriyatlari, ma’naviyati, hatto mafkurasining tarkibiy qismi sifatida kishilar
o‘rtasida nafaqat o‘zaro aloqaning, balki ularni tarbiyalashning quroli hamdir. Ona
tiliga hurmat Vatanga muhabbatdir. Ona tilini e’zozlash – bu o‘sha tilning vatani
bo‘lmish O‘zbekistonni e’zozlashdir. Ona tiliga munosabat jamiyat a’zolarini
tarbiyalashning
muhim
qurolidir.
Tilga
munosabat,
bu
umuminsoniy
madaniyatning tarkibiy qismidir. Shunday ekan, faqat madaniyat va san’at
namoyandasi emas, balki har bir o‘qituvchi, shifokor va boshqa xodimlar,
qolaversa, har bir mutaxassis ana shu qudratli vosita bilan – notiqlik san’ati
asoslari bilanqurollanishi, bu san’atning sirlari va uslubini
bilishi foydadan xoli
emas.
Darhaqiqat, o‘zbek tili eng taraqqiy etgan tillardan biridir. Bu borada tilning
asosiy ijodkori bo‘lgan xalq rolini kamsitmagan holda olimlarimizning, shoir va
yozuvchilarimizning, davlat arboblarining, pedagoglar va matbuot xodimlarining,
kino, teatr san’ati ustalari va nashriyot xodimlarining xizmatlarini alohida qayd
etish lozim bo‘ladi. Ayniqsa, tilshunos olimlarimiz va yozuvchilarimizning
xizmatlari
beqiyosdir.
Til
va
nutq
madaniyatini
takomillashtirishda
tilshunoslarning roli va xizmatlari juda ham kattadir.
Tilshunoslik sohalari grammatika,
leksikologiya, sintaksis, stilistika fanlari
bilan nutq madaniyati fanining o`zaro munosabati, nutq madaniyatining asosiy
muammolari, tadqiqot obyekti, kategoriyalari, o`qituvchi va o’quvchilarning nutq
madaniyati singarilar munozarali muammolardan sanaladi.
Nutqda adabiy til me’yorlari buzilishining obyektiv va subyektiv sabablarini
o’rganishdir.
Adabiy til me’yorlarini mustahkamlashda va puxta egallashda lug’atlarning
ahamiyatini o’rganish.
Nutqning mantiqiyligi, sofligi, til me’yorlariga salbiy ta’sir
etuvchi jargon
so`zlar va dag’al so`zlar, dialektizmlar, o`rinsiz qo’llangan chet til so`zlari, so`z
takrorlari va ularning nutqni boyitish, ta’sirchan va ifodaviy qilishini emas,
aksincha, nutqiy me’yorni buzishda rol o’ynashini o’rganishdan iborat.
O`qituvchi va o‘quvchilarning nutq madaniyati, bu o’quvchilar nutq
madaniyatini shakllantirish yo’llari haqida baxs yuritish nutq madaniyati
sohasining asosiy vazifalaridan biridir.