1-mavzu: O’qituvchining nutqiy kompetensiyasini rivojlantirish fanining maqsad va vazifalari



Download 4,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/65
Sana12.07.2022
Hajmi4,59 Mb.
#778703
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Bog'liq
ilovepdf merged (4)

Tavsiya qilinadigan adabiyotlar: 
1.
Mahmudov N. O`qituvchining nutq madaniyati. Darslik. T.2007. 
2.
Tojiyev Yo. O`zbek nutqi madaniyati va uslubiyat asoslari.T.1994. 
3.
Qudratov T. Nutq madaniyati asoslari. T., 1990 
4.
Rasulov R va b. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati. T. 2006. 



3-MAVZU: 
Nutq madaniyati va uning ijtimoiy o‘rni. Til va uning 
vazifalari. Til va nutq. Nutq madaniyati va adabiy til me’yorlari 
 
Reja: 
1.
Nutq madaniyati asoslari fanining maqsad va vazifalari. 
2.
Nutq madaniyati muammosining asoslanishi. 
3.
Til va nutq. Nutq madaniyati va til madaniyati. Nutq boyligi va til boyligi. 
4.
Nutq odobi va nutqiy etiket tushunchalari. Muloqot va muomala odobi. 
5.Nutq madaniyati va adabiy til me’yorlari. 
Tayanch so‘zlar: 
Nutq madaniyati, nutq odobi, nutqiy etiket, me’yoriy 
tushunchalar, til birliklari, nutq birliklari, til boyligi, nutq boyligi, til madaniyati, 
kommunikativ vazifa, ekspressiv vazifa, estetik vazifa. 
 
Til, nutq 
va 
madaniyat 
tushunchalarining har biri jamiyat va til taraqqiyoti
mobaynida uzluksiz davom etgan o‘zaro bog‘liqlik natijasida til madaniyati va 
nutq madaniyati deb atalgan yangi tushunchalarning, yangi ilm sohalarining 
yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Til, nutq va madaniyat insonsiz mavjud 
bo‘lmaganidek, ularsiz insonning o‘zini ham tasavvur qilib bo‘lmaydi. Til ijtimoiy 
mahsulot, lisoniy tizim, undan inson bolaligidan boshlab foydalanadi, u orqali 
fikrlashni o‘rganadi. U yoki bu hodisalarni odamlar o‘z jamiyatida shakllangan 
lisoniy ko‘nikma va me’yorlar asosida qabul qiladi. Dunyo manzaralari o‘rtasidagi 
tafovut ham tillar qanchalik bir-biridan farq qilsa, shu darajada turlicha bo‘ladi. 
Vilgelm fon Gumboldtning mazkur gaplari tilning mohiyatini yanada teranroq 
anglashga yordam beradi: “Tillarning xilma-xilligi aslo muayyan bir narsani 
turlicha tovushlar bilan ifodalash emas, balki bu narsani ko‘rishning farqliligi 
natijasidir”. Haqiqatan ham, bolalikdan egallangan ona tili har bir millatning o‘ziga 
xos betakror madaniyati va ruhiy olamining shakllanishi bilan chambarchas 
bog‘liqdir. Millat uchun ishlab turgan til uning madaniyatining bir qismi 
hisoblanadi. Madaniyatning o‘zi esa nutq madaniyati, demak, jamiyatning tilga 
munosabati bilan ham chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Til jamiyatga nisbatan ham 
olib qaralganda, o‘ziga xos turli vazifalarni bajaradi va bu, albatta, insonning 
nutqiy faoliyatida o‘z aksini topadi. Bular: 
1)
kommunikativ vazifa; 
2)
fikrni ifodalash vazifasi; 
3)
so‘zlovchining ichki holatini ifodalash vazifasi yoki ekspressiv vazifa; 
4)
til vositalari orqali go‘zallik yaratish vazifasi yoki estetik vazifa. 
Tilning kommunikativlik vazifasi odamlar o‘rtasida uning muloqot vositasi 
sifatida xizmat qilishini talab etadi. Tilning bunday xususiyati antik davrlardan, 
ya’ni notiqlik san’ati yaratilgandan beri ma’lum bo‘lgan. Tilning fikr yaratish va 
ifodalash vazifasi til strukturalarining tafakkur, fikrlash kategoriyalari bilan 
bog‘liqligi orqali aniqlanadi. Nemis tilshunosi Gumboldt aytganidek, til doimo 



fikrga hamroh bo‘lishi kerak. Fikr ham tildan ortda qolmasdan uning bir unsuridan 
keyingisiga etib olishi va tilda uning bog‘liqligini ta’minlovchi barcha narsalar 
orqali o‘z ifodasini topishi lozim. Yaxshi nutq fikr bayonining aniqligi, 
tushunarliligi, mantiqiy ketma-ketligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun ham 
tilning kommunikativlik vazifalarini ilmiy va nazariy jihatdan tahlil eta olish va 
ulardan o‘rinli foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishimiz lozim. 
Tilning ekspressiv vazifasi so‘zlovchi yo yozuvchining ichki holatini 
ifodalashga xizmat qiladi. Til faqat biror bir axborotnigina emas, balki unga, uning 
mazmuniga nisbatan so‘zlovchi yoki yozuvchining munosabatini ham ifodalashida 
kerak bo‘ladi. Bunda, asosan, so‘zlovchining ruhiy holati va munosabati nazarda 
tutiladi. So‘zlovchining biror voqelikka bo‘lgan holati so‘zlashuv jarayonida 
namoyon bo‘ladi. Demak, ekspressiv vazifa ijobiy yoki salbiy holatda ham 
namoyon bo‘lishi mumkin. Ijobiy va salbiy munosabat inson nutqi orqali amalga 
oshiriladi. 
Til estetik vazifasiga ko‘ra, yetkazilayotgan xabarning ham shaklan, ham 
mazmunan shaxsning estetik tuyg‘ularini qondirishga xizmat qiladi. Bunday ilmiy 
qarashda ham so‘zlovchining ruhiy holati va muomala madaniyati, o‘zini tuta 
bilishi, kiyinish holati, barcha-barchasi nazarda tutiladi. Lekin bularning barchasi, 
ya’ni tilning estetik vazifasi kommunikativ vazifa bilan birga voqe bo‘ladi. 
Til asosida inson ichki dunyosining o‘ziga xos shaklda obrazlashuvi sodir 
bo‘ladi. Shuning uchun ham til ma’naviy va moddiy ishlab chiqarish jarayonlari va 
ijtimoiy munosabatlarga bog‘liq. Shu bilan birga, u o‘z qonuniyatlariga ega 
mustaqil barqaror va turg‘un tizim, (masalan, undagi jumlalar, til birliklari, ya’ni 
so‘z birikmalari, so‘z, morfema va boshqalarga ajraladi). Til insonlar xotirasida 
saqlansa-da, biroq u o‘z- o‘zidan ishlab ketmaydi. Til muayyan ijtimoiy faoliyat 
(ya’ni muloqot) quroli bo‘lgani uchun, asosan, nutqiy faoliyat jarayonida unga 
nisbatan kuchli ehtiyoj seziladi. Natijada insonlar o‘rtasidagi turlicha munosabat 
shakllanadi. 
Nutq –mustaqil faoliyat, u orqali til tizimi o‘zligini to‘liq namoyon etadi. Nutq
– muloqot, unda jamiyatning u yoki bu qatlamiga tegishli madaniyati ham 
ma’lum darajada o‘z aksini topadi. Til va nutqni o‘zaro taqqoslanganda quyidagilar 
yaqqol ko‘zga tashlanadi: 
1.
Til muloqot uchun xizmat qiladi va insonning dunyo haqidagi bor 
tasavvurlarini ma’lum bir belgilar orqali ifodalashga qodir. 
2.
Nutq tilning amaliyot jarayonida tatbiq etilishidir; u harakatdagi til 
bo‘lib, muloqot vositalarini aniq qo‘llash paytidagi ketma-ketligi sifatida 
namoyon bo‘ladi. 
Til biror bir ijtimoiy jamoaga (biror bir millatga) tegishli belgilar tizimi va 
nutqiy faoliyatning muhim tarkibiy qismi bo‘lsa-da, biroq u nutq bilan teng bo‘la 
olmaydi. Nutq jarayonida til tizimlari ishga solinadi. Nutq - individual ong va 
xohish-istak shakli. U bir tomondan so‘zlovchi til shakllari orqali o‘z fikrlarini 
ifodalashdagi almashinuvni taqozo etsa, ikkinchi tomondan – u psixofiziologik 
mexanizm sifatida ushbu almashinuvlar mustaqilligini ta’minlaydi . 
Til va nutq tushunchalarining mohiyatidan kelib chiqadigan bo‘lsak,

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish