ma’lumot olishning eng muhim yo’lidir. Kishi o’qish orqali ma’naviy
yetuklikka
erisha boradi.
O’quvchilarga ta’lim va tarbiya berishda o’qituchining nutqi ishi bilan
teppa-teng ahamiyatga ega. Zotan o`qituvchi mutaxassislikka oid ishning yirik
bo’lagini nutqi orqali amalga oshiradi. Shuning uchun uning nutqi hamma vaqt
g’oyaviy yuksak, ravon, yumshoq, dilkash bo’lishi lozim. Nutqda va ishda
subutsizlik o`qituvchi uchun noloyiqdir. Har
bir nutq bolalarning yosh
xususiyatlarini, bilimi va tushunchasini nazarda tutib tuzilishi shart. Shu bilan
birga, o`qituvchining nutqi yosh avlod ko`z oldida uni o’rab olgan moddiy va
ma’naviy dunyoning yangi qirralarini ochib berishni maqsad qilib qo’yadi. Demak,
o`qituvchining nutqi ta’lim-tarbiya berishning asosidir.
O`qituvchining nutqi iloji boricha sodda, jozibador, ta’sirchan
tuzilishi
lozim. Har qanday bilim va tarbiya, asosan, o`qituvchining dars hamda darsdan
tashqari kundalik nutqi orqali berib boriladi. Nutqda u qanday shaklda bo’lmasin
bizning qadriyatlarimiz qattiq hurmat qilinishi lozim.
Pedagogik nutqiy muloqatning o`ziga xosligi o`qituvchining hamma yerda,
har qanday sharoitda ham tarbiyachi ekanligi bilan xarakterlanadi. Pedagog o`z
tarbiyalanuvchilari bilan ko`proq auditoriyada, darsda nazariy muloqotda bo’ladi.
Uning nutqi ilmiy-pedagogik mazmun kasb etadi.
Bunday vaqtda ilmning turli
sohalariga xos qoidalar, atamalar, xulosalar aks etadi. Bunday nutqda har bir narsa
o`z o’rnida, me’yorda bo’ladi. Atamalarga, yangi so`zlarga berilgan izohlar sodda,
o’quvchi “hazm qiladigan” sintaktik qurilmalarda berilishi shart. Qoida va
nazariyalar hayotiy, o’quvchiga yaqin misollar bilan tushuntiriladi.
Polilog. Ikkidan ortiq kishilarning nutqidan tuzilgan suhbat polilogdir.
Polilog hamma til xususiyatlari jihatidan diologning o`zidir. So`zlovchi tomonidan
o’rtaga tashlagan muammoga birdan ortiq ishtirokchi o`z fikrlarini bildirishi
mumkin.
O`qituvchi sinfda og`zaki nutqning turli shakllaridan foydalanadi. Quyi
sinflarda ko`proq nutqning diolog va polilog shakli o`rinlidir. Chunki suhbat usuli
shunga asoslanadi. Monologik nutqdan o`qituvchi hikoya, tasvir, ta’rif, tavsif
xaraktiridagi mavzularni bayon etishda foydalanadi.
Monologik nutq tarix,
adabiyot darslari uchun xos bo’lganidek, diologik nutq ona tili, matematika
darslarida qo’l keladi. O`qituvchi har bir darsda og`zaki nutqning hamma
shakllaridan foydalanishi lozim.
O`qituvchi o’quvchilarga o’rganilayotgan mavzu va material to`la yetib
borishi, ularning xulqiga ta’sir etishini ko`zda tutgan
holda aytilayotganlarga mos
harakatlar ham qiladi: Masalan, ko`z, qosh, qo’l, yuz, bosh, kift harakatlarini ishga
soladi. Bunday harakatlar tasdiqni, inkorni yoki mamnunlikni va hokazolarni
ifodalashi mumkin. Harakat o`z o’rnida bo’lsa, yoqimli kechsa foyda keltiradi.
Ammo hadeb o`rinli-o`rinsiz harakatlar qilish o’quvchini zeriktiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: