2
fikrga hamroh bo‘lishi kerak. Fikr ham tildan ortda qolmasdan uning bir unsuridan
keyingisiga etib olishi va tilda uning bog‘liqligini ta’minlovchi barcha narsalar
orqali o‘z ifodasini topishi lozim. Yaxshi nutq fikr bayonining aniqligi,
tushunarliligi, mantiqiy ketma-ketligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun ham
tilning kommunikativlik vazifalarini ilmiy va nazariy jihatdan tahlil eta olish va
ulardan o‘rinli foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishimiz lozim.
Tilning ekspressiv vazifasi so‘zlovchi yo yozuvchining ichki holatini
ifodalashga xizmat qiladi. Til faqat biror bir axborotnigina emas, balki unga, uning
mazmuniga nisbatan so‘zlovchi yoki yozuvchining munosabatini ham ifodalashida
kerak bo‘ladi. Bunda, asosan, so‘zlovchining ruhiy holati va munosabati nazarda
tutiladi. So‘zlovchining biror voqelikka bo‘lgan holati so‘zlashuv jarayonida
namoyon bo‘ladi. Demak, ekspressiv vazifa ijobiy yoki salbiy holatda ham
namoyon bo‘lishi mumkin. Ijobiy va salbiy munosabat inson nutqi orqali amalga
oshiriladi.
Til estetik vazifasiga ko‘ra, yetkazilayotgan xabarning ham shaklan, ham
mazmunan shaxsning estetik tuyg‘ularini qondirishga xizmat qiladi. Bunday ilmiy
qarashda ham so‘zlovchining ruhiy holati va muomala madaniyati, o‘zini tuta
bilishi, kiyinish holati, barcha-barchasi nazarda tutiladi. Lekin bularning barchasi,
ya’ni tilning estetik vazifasi kommunikativ vazifa bilan birga voqe bo‘ladi.
Til asosida inson ichki dunyosining o‘ziga xos shaklda obrazlashuvi sodir
bo‘ladi. Shuning uchun ham til ma’naviy va moddiy ishlab chiqarish jarayonlari va
ijtimoiy munosabatlarga bog‘liq. Shu bilan birga, u o‘z qonuniyatlariga ega
mustaqil barqaror va turg‘un tizim, (masalan, undagi jumlalar, til birliklari, ya’ni
so‘z birikmalari, so‘z, morfema va boshqalarga ajraladi). Til insonlar xotirasida
saqlansa-da, biroq u o‘z- o‘zidan ishlab ketmaydi. Til muayyan ijtimoiy faoliyat
(ya’ni muloqot) quroli bo‘lgani uchun, asosan, nutqiy faoliyat jarayonida unga
nisbatan kuchli ehtiyoj seziladi. Natijada insonlar o‘rtasidagi turlicha munosabat
shakllanadi.
Nutq –mustaqil faoliyat, u orqali til tizimi o‘zligini to‘liq namoyon etadi. Nutq
– muloqot, unda jamiyatning u yoki bu qatlamiga tegishli madaniyati ham
ma’lum darajada o‘z aksini topadi. Til va nutqni o‘zaro taqqoslanganda quyidagilar
yaqqol ko‘zga tashlanadi:
1.
Til muloqot uchun xizmat qiladi va insonning dunyo haqidagi bor
tasavvurlarini ma’lum bir belgilar orqali ifodalashga qodir.
2.
Nutq tilning amaliyot jarayonida tatbiq etilishidir; u harakatdagi til
bo‘lib, muloqot vositalarini aniq qo‘llash paytidagi ketma-ketligi sifatida
namoyon bo‘ladi.
Til biror bir ijtimoiy jamoaga (biror bir millatga) tegishli belgilar tizimi va
nutqiy faoliyatning muhim tarkibiy qismi bo‘lsa-da, biroq u nutq bilan teng bo‘la
olmaydi. Nutq jarayonida til tizimlari ishga solinadi. Nutq - individual ong va
xohish-istak shakli. U bir tomondan so‘zlovchi til shakllari orqali o‘z fikrlarini
ifodalashdagi almashinuvni taqozo etsa, ikkinchi tomondan – u psixofiziologik
mexanizm sifatida ushbu almashinuvlar mustaqilligini ta’minlaydi .
Til va nutq tushunchalarining mohiyatidan kelib chiqadigan bo‘lsak,
Do'stlaringiz bilan baham: