Mavzu: Nutq nuqsoniga ega bo’lgan bolalarning umumiy psixologik tavsifnomasi
Reja:
Psixika va nutqiy nuqsonning bir-biriga bog’liqligi.
Nutq nuqsoniga ega bolalarni psixologik o’rganish.
Nutq nuqsoniga ega bolalarni nutqiy nuqsonni qabul qilishi.
Uralova Luiza Shuxratovna
Ma’lumki , nutq nuqsonlari nafaqat logopediyaning , balki bir qator mustaqil tibbiyot fanlari:
Nevropatologiya
Psixiatriya
Otorinolaringologiyaning ham ob’ekti hisoblanadi. Demak, ularga yordam ko’rsatish ham birgalikda amalga oshiriladi , tushunish va harakatning birligini talab qiladi.
Psixika va nutq nuqson o’rtasida yuzaga keluvchi murakkab munosabatlarni tahlil qilish muayyan nazariyalarga asoslanishi kerak. Bunday nazariyalar qatoriga bemor psixologiyasini tavsiflashga qaratilgan , ya’ni “kasallikning ichki manzarasi” konsepsiyasini kiritish mumkin.
1929 yilda nemis vrachi L. Goldsheyder “kasallikning autoplastik manzarasi” terminini taklif etgan. Ushbu termin kasallikning sub’ektiv tomonini yoki uning psixik komponenti (tarkibiy qismi)ni ifodalash uchun qo’llaniladi. Rus psixologi R.A.Luriya L.Goldsheyder g’oyalariga tayangan holda 1939 yilda o’zining kasallikning ichki manzarasi konsepsiyasini ilgari surdi. Uning ta’kidlashicha , kasallikning ichki manzarasi - bu bemorning hislari, kechinmalari, o’zini qanday his qilishi , o’z-o’zini kuzatishi, kasalligini va sabablarini qanday tasavvur qilishi. Kasallikning ichki manzarasi - nutqida nuqsoni bo’lgan insonning psixik dunyosi bo’lib , idrok va sezgi ,emosiya , affekt , konflikt(nizo), psixik kechinma va jarohatlarini ifodalaydi.
Nuqsonning ichki manzarasi konsepsiyasi A.B.Kvosenko va Yu.G. Zubarev, A.Y.Lichko va N.Ya.Ivanov kabi olimlar ishlarida rivojlantirildi. Nutqiy nuqsonlar nuqtai nazaridan A.V. Xavin, V.A.Kolyagin, L.S.Svetkova va uning xodimlari tomonidan tadqiq qilingan.
Nutqida nuqsoni bo’lgan inson psixologiyasini o’rganish asosida o’z nuqsonini inson tomonidan qabul qilinishini anglash 4ta darajadan iborat:
Uralova Luiza Shuxratovna
His qilish darajasi. Nuqsonni sezish, behollik va diskomfort holati.
Emosional daraja. Bu bosqichda inson o’zida nuqson borligini boshdan kechiradi, atrofdagilar uni ko’rib , qanday tassurotga ega bo’lishlarini o’ylaydi.
Intellektual daraja. Inson nuqsonning og’ir yoki yengilligini real baholashga hamda uni davolashga ehtiyoj sezadi. Bu o’z muammolari haqidagi adabiyotlarni o’qish, mutaxassis bilan maslahatlashish va ma’lumotlar to’plash ko’rinishida amalga oshiriladi.
Motivasion daraja. Bu o’z nuqsoniga bo’lgan munosabat , o’zining nuqsonini bartaraf etishga qaratilgan qarorni qabul qilish va jamiyatga ijtimoiylashuvga yo’naltirilgan muayyan xulqni tanlashda ifodalanadi.
Kasallikning ichki manzarasini belgilovchi omillarga:
Nuqsonning o’zi;
Jabrlanuvchi inson shaxsi xususiyatlari;
Uni o’rab turgan ijtimoiy muhit.
Ushbu omillarning ta’siri ostida insonda o’ziga ,o’zining nutqidagi nuqsoniga , atrofdagilariga munosabati shakllanadi, o’ziga beradigan bahosi o’zgaradi, turli komplekslar , xavotir, psixosomatik buzilishlar yuzaga keladi.
O’z nuqsoniga bo’lgan munosabat yuqoridagi omillardan tashqari shaxsning yetukligiga ham bog’liq bo’ladi. Shunchaki yuzaki kuzatuvning ko’rsatishicha ,yuzaga kelgan qiyinchiliklar (kasallik, nutqiy nuqson)ga bolaning javobi , sog’lom bolalar xulqidan farqlanadi. Uning faolligi , kayfiyati o’zgaradi, ta’sirlanuvchanlik, xavotirlanish paydo bo’ladi. Odatiy mashg’ulotlar, o’yin faoliyatiga qiziqishi yo’qoladi, bu qiyinchiliklar tufayli yuzaga kelgan cheklovlar bolaga qattiq ta’sir etadi. Bolalar kattalarga quloq solmaydilar, injiqlik qiladilar, kutilmagan xulq-atvorni namoyon qiladilar. Nuqsonga bo’lgan munosabat va reaksiyalar yoshga
bog’liq . Buni V.V.Kovalev, N.D.Lakosina, G.K.Ushakov, Yu.T.Zubarev,
Uralova Luiza Shuxratovna
A.Y.Lichko kabi olimlar ta’kidlab o’tishgan.
Faollikni cheklash, oiladan, o’rtoqlaridan uzilib qolish, hayot tartibining o’zgarishi , temperament, xarakter aksentuasiyasining mavjudligi, o’z-o’zini anglash va baholashning zaifligi kabilar bolaga katta ta’sir etadi. Oiladagi munosabatlar , tarbiya tiplari, yuzaga kelgan nutq nuqsonlariga ota-onalarning munosabati ahamiyatlidir.
Bolalarda nuqsonning ichki manzarasi shakllanishi nuqson tufayli yuzaga keladigan vaziyatga bog’liq. Nuqsonning ichki manzarasini tushunish bu vaziyatnibaholashga yo’l ochadi. Ushbu vaziyatni boshidan kechirish bolada nuqsonni to’g’rilashga ishonch va umidsizlik bilan , kelajak rejalarining o’zgarishi bilan birga kechadi.
Nuqsonning ichki manzarasi mazmunidan kelib chiqib, nutq buzilishlarining oqibati va kechishiga ijobiy yoki salbiy ta’sir etishi mumkin. U oiladagi munosabatlarga, bolaning o’zlashtirishiga, interpersonal (shaxslararo) munosabatlarga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Nuqsonning ichki manzarasini aniqlashdagi murakkabliklar bolaning yoshiga bog’liq: bola qanchalik kichik bo’lsa, nuqsonning ichki manzarasini aniqlash shunchalik qiyin. Uni aniqlashda bola va uning ota-onalari bilan suhbat, bola erkin xulqini kuzatish, pedagog, tarbiyachilar bilan intervyu o’tkazish, psixologik va ijtimoiy-psixologik tadqiqotlardan foydalaniladi.
Nuqsonning ichki manzarasini oqilona tuzish bola intellektual taraqqiyot darajasiga, shuningdek, organizm va psixikaning tuzilishi, nutq mexanizmlari haqida bilimdonligiga bog’liq.
Aqli zaif bolalar , shu bilan birga nutqida nuqsoni bo’lgan bolalarni tadqiq qilish ularda nuqsonning ichki manzarasi normal intellektga ega bo’lgan bolalarnikidan keskin farq qiladi. Ular uchun xos xususiyatlar: xavotirlanishning yuqori darajasi, o’z holatini noadekvat (mos bo’lmagan) baholash, o’zini nazorat
Uralova Luiza Shuxratovna
qilishning pastligi. Nuqson ichki manzarasi sust differensiallashganligi bo’yicha bunday bolalar kichik yoshdagi bolalar darajasiga yaqin turadilar. Ularning har ikkalasi ham nuqsonlariga psixik reaksiyaning sodda (primitiv) tipi ustunligi bilan xarakterlanadilar. Tuzalib ketishda davolanishning rolini tushunish 9-14 yoshda yuzaga keladi.
Nuqsonning ichki manzarasini shakllanishida bolaning hayotiy tajribasi muhim rolni egallaydi. Bola qanchalik kichik bo’lsa, kattalar hayotiy tajribasidan ularniki shunchalik kam bo’ladi. Lekin kattalarning tajribasi doimo muvoffaqiyatli bo’lavermaydi, shu sababli optimal nuqsonning ichki manzarasini shakllanish jarayonida namuna bo’lib xizmat qilolmaydi.
Shuningdek, nuqson haqidagi axborot manbalari ham muhim bo’lib, ularning asosiylari:
Ota-onalar
Ommaviy axborot vositalari
Tengdoshlar
Uni to’g’ri o’zlashtirishda kattalarning yordami asosiy manbalar hisoblanadi.
Bola qanchalik kichik bo’lsa , uning nuqsonning ichki manzarasida emosional jihat muhim. Bu bolaning o’z emosiaylari va atrofdagi kattalarning xulq-atvoriga bog’liq.
Tadqiqotlarda o’g’il bolalar va qizlarning nuqsonning ichki manzarasida tafovut borligi aniqlangan. Masalan, qizlarda o’g’il bolalarga nisbatan xavotirlik yuqori va o’g’il bolalarga nisbatan ularning nuqsonning ichki manzarasi ob’ektivroq.
Ota-onalarning bola muammolariga munosabati nuqsonning ichki manzarasining rasional va emosional jihatlarini belgilab beradi.
Uralova Luiza Shuxratovna
Bolaga logoped katta ta’sir ko’rsatadi. Uning samimiy , iliq munosabati,
tushuntirishlari, yordam ko’rsatishga bo’lgan g’amxo’rligi nuqsonning ichki manzarasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bolaning o’z holati haqidagi tasavvurlarini yetarlicha baholay olmaslik, bola nutqiy nuqsonlari haqidagi fikrlarini inobatga olmaslik nuqsonning ichki manzarasi noadekvat bo’lishiga olib keladi va samarali yordam ko’rsatishga to’sqinlik qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. A.V.Petrovskiy “Umumiy psixologiya”. M.Prosveshenie. 1986.
2. V.S.Muxina “Detskayapsixologiya” M,1985.
3. L.R.Mo’minova, M.Yu.Ayupova “Logopediya” T, 1993.
Uralova Luiza Shuxratovna
Do'stlaringiz bilan baham: |