21- oktabr ‘'Til millat ko’zgusi’’
SSENARIY
Assalomu alaykum qadrli mehmonlar hurmatli tarbiyachilar va aziz bolajonlar. Bugun biz bu yerga ‘’Til’’ bayramini o’tkazish uchun to’planganmiz. O’zbekiston Respublikasi mustaqillik e’lon qilmasdan oldin yani 1989-yil 21-oktabrda o’zbek tili davlat tili deb e’lon qilingan.Shundan buyon har yili til bayramlari o’tkazilib turiladi. Xammangizni ushbu bayram bilan muborakbod etaman. Inson go’zalligi, ma’naviyati, buyuk merosi, hatto olam barqarorligining asosi ham bu - tildir.Darhaqiqat, inson o’z ona tilisi bilan ulg’ayadi, kamolga yetadi.Mana shu til bilan yashab o’tadi. Komillikning birinchi belgisi ham namoyon bo’ladi.Zero, nutqning go’zalligi, tilning burroligi, ifodaning aniqligi inson uchun o’ziga xos xusndir, bu xusn oxir oqibatda jamiyatning, millatning xusnini ko’rsatadi.Marhamat tadbirimizni ochib berish uchun so’zni bog’chamiz direktori Ibragimova Nilufar opaga beramiz.(Samimiy tilaklar bildiriladi) . Rahmat samimiy tilaklaringiz o’zingizga ham hamroh bo’lsin.
O’zbek tilin tinglab kirdi menga jon
Oxista tikildim va shunda bildim.
Meni tuzatolmas hech dard-u darmon
Jonimga masixdir shu ona tilim - deya jajji bolajonlarimizdan ajoyib she’r tinglaymiz marhamat.
Ota bo’lib otlangan tili
Ona bo’lib shodlangan tili
Bola bolib yodlangan tilim
Ona tilim bu ona tilim deya endigi navbatni O’rta guruh bolajonlariga beramiz va ajoyib raqs tomosha qilamiz marhamat.
Siz tilni asrasangiz har nedan ortiq
Yagona zaminni asragansimon
Bobolardan qolgan bu tortiq
Toki avlodlarga yetolsin omon – deya endigi navbatni Katta guruh bolajonlariga beramiz va ajoyib qo’shiq tinglaymiz marhamat.
Ona tilimiz to’g’risida bir qancha moddalar mavjud shu moddalarni tayyorlov guruhi bolajonlaridan eshitamiz marhamat. Katta guruh bolajonlari ham bir qancha moddalarni yodlab kelibdi qani unday bolsa ulardan ham eshitamiz marhamat.
Oshkoralik zamon bugun
Yechilmoqda mushkul tugun
Yangilanish tiniq hayot
Uchun dadil yozib qanot
Davlat tili bo’ldi tilim
Quvonchlarga to’ldi dilim – deya endigi navbatni O’rta guruh bolajonlariga beramiz va ajoyib she’rlar tinglaymiz.
Momolarim alla aytgan sen bilan
Navoiy ham ijod etgan sen bilan
Istiqlol ham bizga qaytgan sen bilan
O’zbek tilim singib ketding qonimga
Ko’rk berasan she’rlarim-u borimga - deya endigi navbatni Katta guruh bolajonlariga beramiz va ajoyib raqs tomosha qilamiz marhamat.
Tayyorlov guruhi bizga ajoyib raqs tayyorlab kelibdi qani tomosha qilamiz.
Endigi navbatni Katta guruh bolajonlariga beramiz va ajoyib she’rlar tinglaymiz.Marhamat.
Alla bo’lib qulog’imga kirgan tilim
G’azal bo’lib sabog’imga inggan tilim
Gullab – yashnab ko’z-ko’z etding jamolingni
Dilim yayrar ko’rib yuksak kamolingni – deya Tayyorlov guruhi bolajonlari ijrosida qo’shiq marhamat.
Katta guruh bolajonlaridan ajoyib xorazmcha raqs marhamat.
Endigi navbatni Tayyorlov guruhi bolajonlariga beramiz va yod olib kelgan she’rlarini tinglaymiz marhamat
Seni asrab – ardoqlayin shirin so’zlab
Xazinangga yo’l axtargum durlar izlab
Ona tilim, go’zal tilim, jon tilim
Har lutfida bir siri bor xon tilim – deya tayyorlov guruhi bolajonlaridan ajoyib raqs tomosha qilamiz marhamat.
Navoiy g’azalin har bir satrida,
Nafosat, go’zallik sharh tilga xosdir
Shunchalat qudrat bor so’zning atrida
Har bir durdona yoki olmosdir.
Tongotar fayzini nay navosini
Dalalar shukuhin ob-havosini
Visol chog’larini dil sadosini
Odamning jamiki muddaosini
‘’Paxta’’ degan oddiy bitta so’zingda
Jahonga arzirlik ulug’ ma’no bor
Nega maqtamayin men ona tilim ?
Dilrabo sozlari o’ynatsa dilim deya tadbirimizni yopib berish uchun so’zni bog’chamiz direktori Ibragimova Nilufar opaga beramiz marhamat . Rahmat samimiy tilaklaringiz o’zingizga ham hamroh bo’lsin.Tadbirimiz tamom xayr sog’ salomat bo’ling yana diydor ko’rishguncha.
Do'stlaringiz bilan baham: |