Kurs ishi mavzu : Nutq nuqsoniga EGA bo’lgan bolalarni so’zlashuv nutqidagi muammolarni bartaraf etishning pedagogik psixologik korreksion usullari. Bajardi



Download 339,7 Kb.
bet1/17
Sana13.07.2022
Hajmi339,7 Kb.
#785205
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Kurs ishi mavzu Nutq nuqsoniga EGA bo’lgan bolalarni so’zlashu



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSITUTI PEDAGOGIKA PSIXOLOGIYA KAFEDRASI
LOGOPSIXOLOGIYA VA PSIXOLOGIK KORREKSIYA METODLARI FANIDAN
KURS ISHI
MAVZU : Nutq nuqsoniga ega bo’lgan bolalarni so’zlashuv nutqidagi muammolarni bartaraf etishning pedagogik psixologik korreksion usullari.


Bajardi : Oripov Sh
Ilmiy rahbar: Temurova.G

JIZZAX 2021



MAVZU : Nutq nuqsoniga ega bo’lgan bolalarni so’zlashuv nutqidagi muammolarni bartaraf etishning pedagogik psixologik korreksion usullari.

REJA:
Kirish_____________________________________
I. Ilk yoshdagi bolalarning nutqini rivojlantirishning samarali metodlari
1.1 Nutq nuqsoniga ega bo’lgan bolalarning so’zlashuv nutqidagi bolalardagi so’zlashuv nutqidagi muammolarning kelib chiqish sabablari o’rganishda olimlarning fikrlari.......................................................................................................
1.2. Nutqida nuqsoni bo’lgan bolalarning Psixologiyasi.............................................
II.Nutq nuqsoni ega bo’lgan bolalarning so’zlashuv nutqidagi muammolarni psixologik-pedagogik korreksiyalash
2.1. Ilk yoshdagi bolalarning nutqini rivojlantirishning samarali metodlari…...
2.2. Nuqt nuqsoniga ega bolalardagi so’zlashuv nutqidagi kamchiliklarni logopedik o’yinlar orqali bartaraf etish.........................................................................................
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOT


Bizning asosiy maqsadimiz – yoshlarning sifatli ta’lim olish imkoniyatiga ega bo’lishiga erishish, ularning o’z qobiliyati va iste’dodini ro’yobga chiqarish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib berishdan iborat.
Sh.M.Mirziyoyev


KIRISH




Insonning eng muhim xususiyatlaridan biri uning so`zlash qobiliyatidir. Ravon nutq orqali ifodalangan fikr tushunarli va yoqimlidir. Nutq insonning murakkab oliy psixik funksiyalaridan biridir. Nutq harakatlari murakkab a’zolar tizimi orkali amalga oshiriladiki, bunda bosh miya faoliyati asosiy rol o`ynaydi, nutq fakat inson uchun xos bo`lgan alohida va yuqori darajadagi aloqa shaklidir, nutqiy aloqa jarayonida kishilar fikr almashadilar va bir – birlariga ta’sir etadilar. Nutqiy aloqa til orqali amalga oshiriladi, til – bu fonetik, leksik va grammatik vositalar tizimidir, odam nutqi tushunarli va ma’noli bo`lishi uchun nutq a’zolarining xarakatlari aniq va to`g’ri bo`lishi kerak . Nutq talaffuzi mexanizmi harakatini tushunish uchun nutq apparatining tuzilishini yaxshi bilish zarur. Nutq buzilishlari uzoq yillar davomida o`rganilib kelayotgan sohadir. Nutq normasi deganda nutq faoliyati jarayonidagi til ishlatilishining umumiy qabul qilingan variantlari tushuniladi. Nutqning normal faoliyati holatida uning psixofiziologik mexanizmlari saqlangan bo`ladi. Nutq buzilishlari gapiruvchi shaxsning ma’lum til muhitida qabul qilingan, nutq faoliyati normal holda ishlayotgan psixofiziologik mexanizmlarning zaiflashuviga bog’liq holda til normalaridan chetlashuvi bilan belgilanadi. Kommunikativ nazariya nuqtai nazaridan qaraganda, nutq buzilishlari bu aloqa vositasining buzilishidir. Bunda individ bilan jamiyat orasidagi nutqiy muomalada ko`zga tashlanadigan o`zaro munosabatlarning buzilgani ma’lum bo`ladi.
Nutq buzilishlari quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:

  1. so`zlovchining yoshiga nomuvofiqlik xususiyati;

  2. shevachilik, nutqiy savodsizlik, til bilmaslikning ifodasi bo`lmagan xususiyatlar;

  3. nutqning psixofiziologik mexanizmlaridagi chetlashish bilan bog’liq bo`lgan xususiyatlar;

  4. o`z-o`zidan yo`qolmaydigan, balki mustahkamlanadigan barqaror xususiyatlar;

  5. nutq buzilishining xarakteriga bog’liq holda mustahkamlanadigan barqaror xususiyatlar;

  6. bolaning keyingi psixik rivojlanishiga tez-tez salbiy ta’sir o`tkazadigan xususiyatlar.

Bunday tarif nutq buzilishlarini nutqning yoshga bog’liq xususiyatlaridan, uning bolalarda va kattalarda vaqtinchalik buzilishidan; nutqning territorial dialektli va sosial-madaniy omillari bilan bog’liq xususiyatlaridan farqlash imkoniyat yaratadi.

Nutqida nuqsoni bor bolalar bilan olib boriladigan ta’lim tarbiya jarayonida bolalar quyidagi bilim, ko`nikma, malakalar bilan qurollantiriladi:



  • Bolalarni nutq kamchiliklarini bartaraf etish va shu bilin birga idrok, xotira, tafakkur, tasavvur kabi bilish qobiliyatlarini rivojlantirish;

  • Korreksion – pedagogik ish faoliyatini to`g’ri yo`lga qo`yish;

Ishning maqsadi: nutq kamchiliklarini bartaraf etishning qulay va samarali metodlaridan foydalanish yuzasidan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Ishning ob’ekti: nutq nuqsoniga ega bo`lgan maxsus muassasalar va ta’lim jarayoni.
Ishning predmeti: nutqida nuqsoni bo`gan bolalar va ular kamchiliklari ustida ishlash metodlari, mazmuni, shakli va usullari.
Ishning vazifalari:

  • nutq buzilishining turli shakllarida nutq faoliyatining ontogenezini o`rganish

  • nutq buzilishlarining pedagogik diagnostikasi metodlarini ishlab chiqish.

  • nutq buzilishlarining keng tarqalganligi, alomatlari va darajalarini aniqlash.

  • nutq buzilishini bartaraf etish printsiplari, differentsiyalashgan metodlari va vositalarini ishlab chiqish.

  • nutq buzilishining oldini olish metodlarini takomillashtirish.

  • logopedik yordamni tashkil etish masalalarini ishlab chiqish.

  • o`qituvchi-defektolog va tarbiyachi ishidagi o`zaro bog’liqliqlarni bilish;



BOB. BOLALARDA UCHRAYDIGAN NUTQ KAMCHILIKLARI VA ULARNI BARTARF ETISH OMILLARI


    1. Download 339,7 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish