1-мавзу: Movarounnahr va Xurosonda mustaqil davlatlarning tashkil topishi. Tohiriylar va Somoniylar davlati. Reja


O‘rta Osiyoning mo‘g‘ullar tomonidan bosib olinishi va unga qarshi kurash. Jaloliddin Manguberdi - Vatan himoyachisi



Download 201,15 Kb.
bet12/23
Sana13.06.2022
Hajmi201,15 Kb.
#665695
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Bog'liq
O‘zbekiston tarixi

2. O‘rta Osiyoning mo‘g‘ullar tomonidan bosib olinishi va unga qarshi kurash. Jaloliddin Manguberdi - Vatan himoyachisi.
Mo‘g‘ullar bosqini arafasida Xorazmshoh Muhammad davlati o‘z boshidan g‘oyatda og‘ir, musibatli va tang siyosiy vaziyatni kechirayotgan edi. Bu vaziyat «O‘tror voqeasi» dan so‘ng yana ham keskin tus oldi. Xorazmshoh Muhammad o‘zi boshlagan qaltis o‘yindan talvasaga tushib, ma’lum xatolarga yo‘l qo‘ya boshlaydi. Bu xatolarga ma’lum darajada uning o‘z onasi Turkon xotun sabab bo‘ldi. Xorazm saltanatining turli urug‘lardan tashkil topganligi va hokimiyatning Muhammad hamda uning onasi Turkon xotun orasida bolinganligi, ya’ni qo‘shhokimiyatchilik tashqaridan qaraganda juda qudratli bo’lib ko‘ringan bu hokimiyatni amalda juda zaiflashtirib yuborgan edi.
Xorazmshoh Muhammadning qo‘shinlari asosan qang’lilar, qipchoqlar va turkmanlardan tashkil topgan edi. Turkon xotun tufayli Dashti Qipchoq va Kaspiy dengizining shimoliy hududlarida yashab yurgan va madaniy jihatdan orqada bo’lgan qabilalar Xorazmshoh Muhammad qo'shinida lashkarboshilik va viloyatlar hokimligi lavozimlarini egallab olgan bo’lib, ular faqat Turkon xotun buyrug‘iga quloq solar edilar. U asosiy masalalarda o‘zini Muhammaddan ustun qo‘yar va uning ko‘plab buyruqlarini bekor qilar edi. Turkon xotun o’ziga-o‘zi «dunyo malikasi» unvonini berib, buyruqlariga «tinchlik va din homiysi, koinot ayollari malikasi Turkon» deb imzo chekar ekan. Xullas, Chingizxon bosqini arafasida Xorazmshohlar davlatida ichki vaziyat notinch va barqaror emasdi.
Chingizxon bu mamlakatning harbiy qudrati, geografik holati davlat boshqaruvidagi qarama-qarshilik va zaiflik tomonlarini o‘rganib chiqdi hamda mavjud ijtimoiy-siyosiy vaziyat urush uchun nihoyatda qulay ekanini tushunib, 1218-yili navbatdagi qurultoyni chaqirgan va unda harbiy harakatlar rejasini ishlab chiqdi. 1219-yilning ko‘zida Chingizxon Xorazmshoh Muhammadga qarshi urush harakatlarini boshladi. Bu paytda Chingizxon lashkarlarining umumiy soni 200 mingga (ba’zi manbalarda 600 000 jangchi) yaqin edi.
Chingizxonga uyg‘ur xoni Ediqut va Olmaliq hukmdori Sig‘noqtakin kuchlari ham qo'shiladi. Chingizxon Irtish qirg‘oqlari dan to Sayhun sohillarigacha bo’lgan harakati davomida hech qanday qarshilikka duch kelmadi. Hujumning dastlabki zarbasi O‘trorga qarshi qaratildi (1219 sentabr - 1220-yil mart). Shu yerda Chingizxon o‘z lashkarlarini to‘rt qismga bo’ladi va Movarounnahr va Xorazmni tezroq zabt etish maqsadida ulami to‘rt yo‘nalish bo‘yicha yalpi hujumga tashladi.
U o‘g‘illari Chig‘atoy va O’qtoylami O’tror shahrini qamal qilishga qoldiradi va buning uchun 100 ming kishilik lashkar ajratdi. Yana bir o‘gii Jo‘chini ikkinchi qism lashkarga bosh qilib, Sirdaryo etaklari tomon yubordi va unga Sig‘noq, O’zgan, Barchinlikent, Jand, Yangikent va boshqa shaharlami bosib olishni topshirdi. Uncha katta bo‘lmagan 5 ming kishilik qo‘shinga Aloqno‘yon va Sukatu Cho‘rbiy ismli sarkardalar qo‘mondon etib tayinlandi. Ulaming vazifasi Sirdaryoning o‘rta sohili bo‘ylab, uning yuqori oqimida joylashgan Banokat va Xo‘jand shaharlarini egallashdan iborat edi. Chingizxonning o‘zi kichik o‘g‘li Tuluxon bilan birgalikda, Movarounnahming katta qismini Muhammadning boshqa yerlaridan kesib qo‘yish va qamal qilingan shaharlarga yordam yuborilishiga to'sqinlik qilish maqsadida Buxoroga yurish boshlaydi.
Muhammad Xorazmshoh dushmanga qarshi harbiy harakatlami belgilash maqsadida Mashvarat (harbiy kengash) o‘tkazadi. Biroq unda uning o‘jarligi bilan noto‘g‘ri yolni belgilanadi. Ulkan qo‘shin tor shaharlarga bolingan holatda jo‘natildi va janglarning boshidayoq yagona boshqariladigan qo‘shin sun’iy ravishda parchalanib, tarqoq holatga tushib qoldi. Umumiy nazoratdan xalos bolgan bir qancha lashkarboshilar qo‘l ostidagi qo‘shinlari bilan dushman tomonga o‘tib ketdi. Qoracha Xojib, Safiy Akra, Badriddin Amid kabi sarkardalar sotqinlik yo‘liga kirdi. Ammo oddiy xalq va o‘z yerining ozodligi uchun kurashgan hokimlar mo‘g‘ullar istilosiga qarshi jiddiy kurashga bel bog‘laydi. O’tror shahri Inalxon boshchiligida 5 oy davomida qamal holatida bosqinchilar hujumlarini bartaraf etadi. Ammo mo‘g‘ullar katta kuch safarbar etib shahami egallashdi. Inalxon qo‘lga olingach Samarqandga olib borilib, qiynab o‘ldirildi. O’trorni egallagan mo‘g‘ullar shaharni talab vayron qiladi.
1220-yilning fevral oyida mo‘g‘ullar Buxoroni qamal qilishni boshlaydi. Shahar mudofaasiga Inanchxon O’g‘ulhojib, Ixtiyoriddin Qo‘shlu, Hamid Pura Qoraxitoylar boshchilik qildi. Ularning safini mo‘g‘ullardan qochib kelgan uyg‘ur Gurxon (Ko‘kxon) ham toldirdi. Noteng dushmanga qarshilik ko‘rsatildi. Lekin 1220-yil 16-fevralda mo‘g‘ullar Buxoro shahrini egalladi. Shunday bo‘lsa-da, shahar hali ularga batamom taslim bo‘lgan emas edi. Uyg‘ur Gurxon boshchiligida 400 nafar buxorolik vatanparvarlar shahar arkiga chiqib olib yana 12 kun mobaynida tengsiz dushman kuchlariga qarshi jang qildi. Faqat barcha vatanparvar jangchilar birlashib jon berganlaridan so‘nggina mo‘g‘ullar Buxoro arkini qolga kirita oldi. Alamga mingan mo‘g‘ullar bunga javoban buxoroliklaming 30 mingini qirib tashladi. Aholining qolgan qismi qullarga aylantirildi.
1220-yil martida Samarqandga qarshi harakat boshlandi. Qamalning beshinchi kuni shahar qozisi va shayxulislom boshchiligida mo‘g‘ullarga vakillar yuboriladi. 1220-yil 16-martda Samarqand darvozalari mo‘g‘ullarga ochib berildi. Shaharda ommaviy qirg‘in boshlandi. Mo‘g‘ullar Samarqandning bosh suv inshooti «Juyi arzis» («Qo‘rg‘oshin nova»)ni buzib tashlab, shahar aholisini suvsiz qoldirdi. Namozgoh darvozasidan bostirib kirib, barcha istehkomlami xonavayron qildi. Chingizxon Samarqand shahridan 30 mingga yaqin hunarmand va rassomlami asirlikka oldi va ulami o‘z farzandlari, xotinlari, qo‘shin boshliqlari, qarindosh- urugiari va yaqin kishilariga xizmatkorlikka bo‘lib, hadya qilib berdi.
Samarqand jangidan so‘ng Muhammad Xorazmshoh tahlikaga tushib, o‘z mamlakatidan qocha boshladi. Avval Iroqqa, so‘ng Kaspiy dengizi bo‘yida joylashgan Obeskun shahri yaqinidagi Ashura oroliga borib yashirindi. 1220-yilning dekabrida u ayanchli tarzda vafot etdi. Yozma manbalaming guvohlik berishicha, Xorazmshoh o‘limi oldidan Xorazm saltanatini faqat sulton Jaloliddin saqlab qola olishiga nihoyat ko‘zi yetadi, uning beliga qilich taqib, Jaloliddinni taxt vorisi va valiahd deb e’lon qildi. Qolgan farzandlariga Jaloliddin izmidan chiqmaslikni vasiyat qildi.
Shu o‘rinda Jaloliddin Manguberdi haqida to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, uning to‘liq ismi Jaloliddin ibn Alovuddin Muhammad (1198-1231) - Xorazmshohlar davlatining so‘nggi hukmdori (1220-1231) edi. Onasi - Oychechak turkman kanizaklardan bo‘lgan. U voyaga yetgach, otasi uni G‘azna, Bomiyon, G‘ur, Bust, Takinobod, Zamindovar va Hindiston hududlarigacha bo‘lgan yerlarga hokim va taxt vorisi etib tayinlagan (1215-yil). Biroq Turkon xotun va qipchoq amirlarining qat’iy noroziligi sababli Qutbiddin O’zloqshoh foydasiga vorislikdan mahrum etilgan edi.
1220-yilning yozida Chingizxon Naxshab (Qarshi)ga bostirib kirdi va uni egalladi. Shu yilning kuzida esa Termizga ham qo‘shin tortdi. Termiz qamalning 11- kuni qattiq hujum bilan zabt etilib, shahar xarobaga aylantiriladi. Harbiy yurishlar oqibatida Sirdaryo havzasi, Zarafshon va Qashqadaryo vodiylari, Amudaryo o‘rta oqimining o‘ng sohili viloyatlari ham zabt etilgan.
1221-yilning boshida Jaloliddin Manguberdi va shahzodalar Oqshoh, O’zloq- shohlar bilan Ko‘hna Urganch (Gurganch)ga kelib, shahar mudofaasiga kirishadi. Lekin shahardagi Qipchoq amirlari Turkon xotunning akasi Xumorteginni sulton deb e’lon qilib, Jaloliddin Manguberdiga qarshi suiqasd uyushtirmoqchi bo’ladi. Bunday vaziyatda mudofaani tashkil etib bo’lmasligi aniq bo’lib qolgan edi. Ushbu voqealardan so‘ng Jaloliddin 1221-yil 10-fevralda Xo‘jand hokimi Temur Malik maslahati bo‘yicha 300 nafar sinalgan suvoriylar bilan Urganchni tark etib, Xurosonga yo‘1 oladi. U Niso shahrigacha bo’lgan masofani 16 kunda bosib o‘tadi.
Shuni ta’kidlash lozimki, mo‘g‘ullarga qarshi mardonavor ko‘rashgan yana bir tarixiy shaxs Xo‘jand shahri hokimi Temur Malik edi. U 1220-yilning aprel oyida Xo‘jand mudofaasiga rahbarlik qilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Chingizxon Xo‘jand shahrini egallashga salkam 70 ming kishini safarbar etgan. Uzoq muddatli og‘ir janglardan holsizlangan Temur Malik o‘zining oxirgi odamlarini 70 ta qayiqqa joylab Sirdaryo o‘zanidan Urganch yerlariga olib ketadi. U yerda uning qo‘shinlari yangi taxt vorisi Jaloliddinga qo‘shiladi. Urganch himoyaga tayyorlanadi. Chingizxon bu shahar istilosiga eng sara 50 ming kishilik askar kuchlami tashlaydi. Mo‘g‘ullar shafqatsiz jang olib boradilar. Shahar himoyasida sabot turgan 76 yoshli shayx Najmiddin (asl ismi - sharifi - Ahmad ibn Umar Xivaqiy)ning «Yo Vatan, yo sharafli o ‘lim» degan g‘oyasi ila har qaysi uy uchun jang olib boriladi. Urganch kurashi 7 oy davom etadi. Haligacha mo‘g‘ullar hech yerda bunchalik ko‘p talafot ko‘rmagan edi.
Xuroson hududida Jaloliddin Manguberdi Nishopur, G‘azna, Niso kabi shaharlar atrofida mo‘g‘ullarga qahshatgich zarbalar berdi. G‘azna yaqinidagi Voliyon qal’asidagi jangning o‘zida mo‘g‘ullardan 9 mingtasi halok boTgandi. Ayniqsa, 1221-yilda shimoliy Afg‘onistonning Lagar daryosi bo‘yidagi Parvona dashti yaqinida 30 minglik mo‘g‘ul qo‘shini Jaloliddin tomonidan tor-mor etilganligi Chingizxonni hayratga soldi. O’zaro olja talashuvi arazlab qolib Sayfiddin Ig‘roqdan ajralgan Jaloliddin ko‘p sonli dushman oldida chekinishga majbur bo’ldi.
Endi Chingizxonning o‘zi Jaloliddinga qarshi qo‘shin tortdi. Fapdiz qal’asi (G‘aznadan 50 km sharqda joylashgan) yaqinida Jaloliddin Chingizxon qo‘shinining ilg‘orini tor-mor keltirdi va kuchi ojizligi sababli Sind (Hind) daryosi tomon chekindi. Chingizxon qo‘shini Jaloliddinni daryodan o‘tishiga imkon bermay qurshab oldi. 1221-yil 25-noyabrda payshanba kuni bo’lgan tengsiz jangda mag’lubiyatga uchragan Jaloliddin 4000 jangchisi bilan Sindning o‘ng sohiliga suzib o‘tib, cho‘1 ichkarisiga kirib ketdi (bu cho‘1 hozirda ham «Cho‘li Jaloliy» deb ataladi). Daryo qirg‘og‘iga kelib, bu voqeani kuzatib turgan Chingizxon taajjub va hayratdan yoqasini barmoqlari bilan tutib: «Otadan dunyoda hali bunday o‘g‘il tug’ilmagan. U sahroda sher kabi g‘olib jangchi, daryoda esa nahang kabi botir. Qanday qilsinki, hali hech kim taqdir bilan, hech bir mojaroda teng kelolmagan. Lekin u mardlikning dodini berdi. Qazoyi qadar qarshisida qudrat qo’lini (mardona) ochdi. Mardlik bilan undan (qazo) qutulib bo’lmaydi. Nima qilsin-qilmasin bu ulug‘ Xudo ishidir», - degan edi.
1222-yilda Jaloliddin Manguberdi Shimoliy Hindistonga yurish qildi. U katta o’ljani qo’lga kiritib, shu asosda Hind yerlarida yana yangi qo‘shin tuzishga muvaffaq bo’ldi. Bu qo‘shin harakati tufayli 1225-1227-yillarda Iroq va Kavkazga yurish qilgan. 1227-yilning sentabrida Isfaxon (Eron) shahri yaqinida Jaloliddin katta mo‘g‘ul qo‘shinlarini magTubiyatga uchratdi.
1230-yil 10-avgustda Arzinjon yaqinidagi jangda Jaloliddin Manguberdi kuchlari magiubiyatga uchradi. Uning kuchsizlanganidan foydalangan mo‘g‘ullar katta qo‘shin bilan Ozarbayjonga bostirib kirib Marog‘a, Tabrizni 1231-yilda egallab, Jaloliddinni ta’qib yetishgan. U ta’qibdan qutulib, Kurdiston tog‘lariga chiqib ketgan. Ammo bu yerda qaroqchi qurdlar qo‘liga asir tushib, fojiali ravishda 1231-yil 20-avgustida halok boidi. Shunday qilib, 140 yil hukmronlik qilgan buyuk Xorazmshohlar davlati va uni boshqargan xonadon yakun topdi.
Jaloliddin Manguberdi O’rta Osiyo urush domiga tortilgan, siyosiy parokandilik hukm surgan bir vaqtda tarix sahnasida paydo boigan edi. U Vatan va xalq erki uchun kurashib, mo‘g‘ullarga qarshi 11 yil kurash olib bordi. 14 marotaba mo‘g‘ullarga qarshi ot surib, uning 13 tasida g'oliblikni qo‘lga kiritishga muvaffaq boidi. Mustaqillik yillarida hukumatimiz tomonidan uning xotirasini abadiylashtirish va tarixiy adolatni qaror toptirish yo‘lida muhim chora- tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, 1999-yil 5-noyabrda Xorazmda Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi tantanali nishonlandi. Urganch shahrida Jaloliddin Manguberdiga muhtasham haykal o‘matildi. 2000-yil 30-avgustda esa «Jaloliddin Manguberdi» ordeni ta’sis etildi.

Download 201,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish