Qishloq xo‘jaligi. XVI-XVIII asr birinchi yarmida Buxoro xonligida asosiy xo‘jalik turlaridan biri dehqonchilik bo‘lgan. Buxoro xonligida kechgan tarqoqlik, ayniqsa XV-XVI asrlar, XVI asr o‘rtalarida, XVII asr oxiri –XVIII birinchi yarmi chegaralarida tinimsiz va o‘zaro urushlar kuchayishi natijasida, iqtisodiy xayotni izdan chiqishi va dehqonlarning xonavayron bo‘lishiga olib kelgan. Ba’zi holda, ularning o‘z erlarini tashlab qochib ketishiga olib kelgan. Bu holat ayniqsa, Zarafshon va Farg‘ona vodiylarida ko‘p bo‘lgan.
Natijada oddiy mehnatkash xalqning turmush darajasi keskin pasaydi. Buning ustiga dehqonchilik va hunarmandchilik madaniyati bilan unchalik yaxshi tanish bo‘lmagan o‘zbek zodagonlariga ushbu mulklarning topshirilishi xalq xo‘jaligining rivojlanishiga ayniqsa dastlabki yillarda salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Temuriylar ustidan g‘alaba qozongan o‘zbek biy va sultonlari tabiiy ravishda eng yaxshi mulklarga ega bo‘lishga intilar edilar. Ular Zarafshon vohasidagi, Qashqadaryo va Surxandaryo hududlaridagi, hozirgi SHimoliy Afg‘onistondagi er-mulklarda joylashdilar. Ayniqsa ana shu hududlarda iqtisodiy tushkunlik yaqqolroq kuzatildi. Lekin shunday bo‘lsada xalq xo‘jaligiga va uning rivojlanishiga etkazilgan zarar juda katta bo‘ldi deb ayta olmaymiz. Vaholanki, sovet tarixshunosligida shu fikrni ilgari surilib SHayboniylar davrida hamma sohalarda tushkunlik boshlandi, deb qayd qilingan edi. Aslida xo‘jalikning vayron bo‘lishi faqat ayrim tumanlarnigina qamrab olgandi. Xo‘jalik tushkunligi temuriylar davridagi yuksalish bilan solishtirilganda nisbiy tushkunlik deyish mumkin va faqat SHayboniylar hukmronligining dastlabki davrlarida namoyon bo‘ldi.
Shayboniylardan dastlab Shayboniyxon tomonidan soliqdan kelib tushadigan daromadni qisqarib ketishi tufayli, qishloq xo‘jaligini qayta tiklash maqsadida bir qator choralarni amalga oshirdi (chunki asosiy soliqlar qishloq xo‘jaligidan olingan). SHayboniyxon o‘z hokimiyatini mustahkamlagach qonunshunoslar kengashini chaqirdi. Kengashda egalari tark etgan mulklar sohibi qaytgach, yana unga topshirilishi, ungacha foydalanganlar er egalariga ma’lum miqdorda haq to‘lashi lozimligi kelishib olinadi. SHuningdek, o‘z erlarini tashlab qochib ketgan dehqonlar va mayda dehqonlarni qaytarish va ulardan oinadigan soliq miqdorini kamaytirish orqali, “ularni yana asosiy soliq to‘lovchilar qilish” hamda “devon (davlat) soliqlarini doimiy bo‘lib qolishiga” erishish edi. SHu bois, qochoqlarni yashirish ta’qiqlangan va ularni avvalgi yashash joylariga qaytarish buyurilgan. Xo‘jalikni tiklashga qaratilgan bunday tadbirlar boshqa xonlar tomonidan ham amalga oshirilgan bo‘lsada, baribir xo‘jalikning vayron bo‘lishi holati natijasida, ba’zan bir necha bor soliqlarni takroriy yig‘ib olishga buyruq berilgan (masalan, Subhonqulixon davrida).
Sug‘orish inshootlarini yangilanib qurilishi ham qishloq xo‘jaligida sezilarli o‘zgarishlarga olib keldi. Shayboniyxon davrida suv ayirg‘ich-ko‘prikning ko‘tarilishi Zarafshon daryosini suv bilan ta’minlagan. Abdullaxon topshirig‘i bilann Nurotodan sharqda tomondagi Aqchobda “Abdullaxon bandi” to‘g‘oni o‘sha davr muhandislik mahoratidan darak berib, u maxsusboshqarilib turilgan. XVI asrda Zarafshon daryosi suvi taqsimotini nazorat qiluvchi Puli-Karmana, Puli-Mextar, Puli-Jondor va boshqa suvayirg‘ichlarning roli katta bo‘ldi. Suvni taqsimlash bo‘yicha ham choralar qo‘llandi. XVIII asr buxoro risolasiga ko‘ra, sug‘orish kanallarida suvning yo‘nalishi maxsus suv inshoati bo‘lgan ravoq orqali nazorat qilingan.
Sug‘orish uchun suvlar odatda etmagan. Bundan asosan dehqonlar qiynalgan. Ayniqsa, urushlar davomida buzilgan sug‘orish inshoatlarini qayta ta’mirlash oddiy xalq zimmasiga yuklangan. Sug‘orish ishlari bo‘yiicha qilingan ishlar kanallar tarmoqlarini va obilkor erlarni kengaytirgan. Bunday erlardan davlat g‘aznasiga va uning xo‘jayiniga katta daromad tushgan. Odatda, asosiy kanallarga yirik dunyoviy va diniy amaldorlar egalik qilishgan. Masalan, Imomqulixonning yorliqlaridan birida (1637-38 yy.), bir qancha ariqlar unga tutash erlar bilan birgalikda sayid Burxoniddin Qilich avlodlariga mulk qilib berilgan.
Og‘ir sharoitlarga qaramay, dehqonlar dehqonchilikni yuritgan. Xonlikning hosildor erlaridan Zarafshon vohasi hisoblangan. Xonlikda asosan, donli ekinlar, paxta ekilgan. Undan asosan kiyim-kechak tikishda foydalanilgan. XVII asr hujjatlarida paxta Rossiyaga ham sotilganligi aytiladi. Dehqonlar asosan oziq-ovqat mahsulotlari etishtirganlar. Ayrim hududlarda, masalan Farg‘onada ipakchilik bilan shug‘ullanganlar. Poliz mahsulotlari etishtirish ham dehqonchilikning asosiy yo‘nalishlaridan hisoblangan. Mamlakatda etishtirilgan qovun dunyodagi uzoq mamlakatlarda ham ma’lum va mashhur bo‘lgan. Bog‘dorchilik mamlakat xalq xo‘jaligining rivojlangan tarmog‘i bo‘lgan. Zarafshon, Qashqadaryo vohalari, Farg‘ona vodiysi bog‘dorchilikning asosiy rayonlari bo‘lgan. Uzumchilikni rivojlantirishga katta e’tibor berilgan. Quritilgan uzumlar – mayizlar eksport qilingan. Bundan tashqari turli vino, uksus , sirop mahsulotlari etishtirishga ham katta e’tibor berilgan.
Ba’zi tumanlarda pillachilik bilan shug‘ullanilgan bo‘lib, xujjatlarda “pilla” solig‘i to‘g‘risida gapiriladi. Tut ko‘chatlari oldi-sotdi mahsuloti hisoblangan. Masalan, 1562 yilgi vasiqaga ko‘ra, Jo‘ybor shayxi Xo‘ja Islom Qorako‘l viloyatida 70 dan ziyod tut daraxtlarini etishtirgani aytilgan. Rus elchisi Ivan Fedotev ma’lumotiga ko‘ra, 1669-1670 yillarda Buxoroda bir pud ipakni narxi 60 rublga teng bo‘lgan.
Hokimiyatning SHayboniylar qo‘liga o‘tishi mamlakat er-mulkining qayta taqsimlanishi va zodagonlar tarkibining yangilanishiga olib keldi. Temuriylar va ularga yaqin bo‘lgan zodagonlardan tortib olingan erlar, karvonsaroy, savdo hunarmandchilik korxonalari, tegirmon, uy va saroylar SHayboniylar va boshqa o‘zbek sultonlari orasida taqsimlab olindi. Zodagonlarning mahalliy hukmdorlar bilan bog‘liq o‘rta bo‘g‘inigina dastlabki davrlarda o‘z nufuzini saqlab qoldi. Lekin keyingi davrlarda ularning ham mulklari ko‘chmanchi zodagonlarga olib berildi.
O‘sha davrdagi er egaligini asosan to‘rt toifaga bo‘lish mumkin. Davlat erlari SHayboniylar va Ashtarxoniylar davrida – mamlakai devoni, mamlakai podshoxi, zamini mamlaka, mamlakai sultoni, deb yuritilgan. Ushbu erlarning egasi bo‘lgan xon, faqat uning ixtiyoridagi erlar sanalib, uni sotish, sovg‘a qilish yoki vaqfga o‘tkazishi mumkin bo‘lgan. Undan olingan foyda bevosita xazinaga borib tushgan. Davlat erlariga shuningdek, - zamini mavat, “zamini mayita” deb nomlangan ishlov berilmagan yoki tashlandiq erlar ham kirgan. Bunday erlar agar dehqonlar tomonidan ishlov beriladigan bo‘lsa, xiroj to‘lashi lozim bo‘lgan.
1. Mulk erlari – asosan ikki mulkdorlarga – xususiy mulk egasi va davlatga tegishli bo‘lgan. Ular o‘z navbatida, daromadni bo‘lishgan, 3/1 xususiy mulk egasiga, 3/2 qismi davlatga tegishli bo‘lgan. Mulk erlari merosiy bo‘lgan, uni sotish mumkin blgan. Mulk erlari - yirik mulkdorlarga tegishli bo‘lishi b-n birga, kichik mulkdorlar – dehqonlarga tegishli bo‘lgan erlar ham kirgan. Bu erlarga mulkning egasi – dehqon bevosita o‘zi ishlov bergan.
2. Mulki hurri xolis - mulk erlarining uchdan ikki qismining davlat ixtiyoriga berilishi hisobidan hosil bo‘lib, qolgan uchdan bir qism soliqdan ozod qilingan mulk egasi ixtiyori da bo‘lgan.
3. Vaqf erlari, ya’ni diniy va xayriya muassasalari - madrasa, maktab, avliyo maqbaralari, xonaqolar, etimxona, kasalxonalarga tegishli bo‘lgan er-mulklar. Vaqf erlarining aksariyati soliq to‘lagan. Faqat ayrimlarigina keng miqyosda xayriya faoliyati bilan shug‘ullanganlari sababli ozod qilingan. YUqorida tilga er kategoriyalari u davlat erimi, vaqf yoki xususiy erlar bo‘ladimi barchasi ijarachi dehqonlar tomonidan ishlov berilgan.
SHuningdek, xususiy erga egalik qilishning bir necha turlari– suyurg‘ol, iqta, tanho kabilar bo‘lgan. XVI asr uchun suyurg‘ol, iqta kabi mulklar deyarli bir xil xuquq va tenglikka ega bo‘lgan. XVI asrdan boshlab, tanho deb nomlangan er egaligi keng yoyilib borib, kichik xizmatlar uchun berilgan. Lekin SHayboniylar davrida tarxon mulki Temuriylar davridagi singari ahamiyati kamaygan.
Mahsulot eksporti daromad ko‘payishiga olib kelmagan bo‘lsada, ichki va tashqi savdoning rivojlanishini belgilab berdi. Buxoro va Samarqandning ixtisoslashgan bozorlari o‘z davrining etakchi savdo markazlari rolini saqlab qoldi. Savdo yo‘llari tarmog‘i kengaydi. XVI asrda Rossiya bilan bo‘lgan savdo munosabatlarida asosan, ip-gazlama matolar va undan tayyorlangan mahsulotlar asosiy rol o‘ynagan. SHuningdek, Qozon, Astraxan, va No‘g‘ay knyazliklari bilan savdo olib borilgan. Ayniqsa, Rossiya bilan savdoning ahamiyati oshib bordi. Buxoro va Samarqand darajasida bo‘lmasada, Toshkent, SHahrisabz, Qarshi, Andijon, O‘ratepa, Xo‘jand, Marg‘ilon kabi shaharlarda savdo rivojlanib, ularning safiga Sig‘noq, Arg‘uq, YAssi, Sabran shaharlari ham qo‘shiladi.
Maxsus karvonsaroylarda hind, afg‘on, rus va boshqa savdogar va sudxo‘rlar yashagan. 16-18 asrlarda Samarqand va Buxoroga boshqa xorijlik – fors, arab, turk, tatar, gruzin, arman va ko‘chmanchi savdogarlar ham kelishgan. O‘z navbatida, evropadan keltirilgan mahsulotlar farangi deb atalgan. Hindistondan keltirilgan tovarlar Qobul orqali xonliklarga keltirilgan. Zahriddin Bobur yozganidek, “Hindistondan qullar, oq matolar, shakar va dorivor o‘simliklar keltirilgan”.1793-94 yillarda O‘rta Osiyoda bo‘lgan Blankennagelning aytishicha, Buxoro karvonlari qarshiliksiz Qobul va Hindistonga borib kelib turgan. O‘rta Osiyo va Hindiston o‘rtasidagi yuk tushirib ortiladigan shahar Mo‘lton bo‘lgan. Samarqand, Buxoro va Toshkent shaharlari nafaqat ichki savdoda balki, tranzit savdosida muhim o‘rin tutgan.
Tovar mahsulot ishlab chiqarish nafaqat shaharlar balkim qishloqlarda ham o‘sdi. Natijada, shahar va qishloqlar o‘rtasidagi savdo aloqalari rivojlandi. Mamlakatda er osti boyliklarini qazib olishga e’tibor kuchaydi. Toshkent viloyatida temir va feruza, Buxoro viloyatida oltin, Farg‘ona, Samarqand, SHahrisabz hududlarida marmar, oltingugurt, va qurilishda ishlatiladigan tosh qazib olingan. XVI asr manbalarida neft qazib olinganligi va u harbiy ishda keng qo‘llanilganligi haqida ma’lumotlar bor.
Temuriylar davlatining tanazzuli nafaqat siyosiy tarqoqlik balki moliya tizimining izdan chiqishida ham namoyon bo‘ldi. Pul muomalasining izdan chiqqanligi xalq noroziligining kuchayayotganligida o‘z aksini topayotganligini yaxshi tushungan Shayboniyxon hali temuiylarga tegishli barcha hududlar egallanmasdan turiboq, 1507 yilda pul islohoti o‘tkazish haqida farmon beradi. Pul islohoti moliya tizimini barqarorlashtirish bilan birga mamlakat aholisini SHayboniyxon tarafga ag‘darishga ham xizmat qilishi kerak edi. Islohot davomida oltin tangalar zarb etildi. Oltin, kumush tangalarning og‘irligi 4,8 grammdan 5,2 grammga etkazildi. Tangalar vaznining og‘irlashishi ularning xarid kuchini oshirdi va inflyasiyani to‘xtatish imkoniyatini beradi. Ilgari 1 kumush tangaga 36 ta mis tanga berilgan bo‘lsa, endi 1 ta eski kumush tangaga 30 ta mis tanga beriladigan bo‘ldi. 36 ta mis tanga yangi og‘irlashgan kumush tangaga almashtiriladigan bo‘ldi. Tangalar Shayboniyxon nomi b-n zarb qilingan. Pul islohoti mamlakatda pul muomalasini barqarorlashtirgan bo‘lsada uning samarasidan uzoq muddat foydalanishning iloji bo‘lmadi. Chunki Shayboniyxonning o‘limidan keyin mamlakatdagi beqarorlik pul muomalasiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Faqat Abdulluxon II davriga kelibgina vaziyatni yana barqarorlshtirish mumkin bo‘ldi. Abdullaxon II pul islohoti o‘tkazib, zarb etilgan oltin, kumush va mis tangalar yuqori probasini saqlashga va pulning xarid quvvatini oshirishga harakat qildi. Agar ungacha pul zarb qilishga hatto oddiy fuqaroga ham ruxsat etilgan bo‘lsa (buning uchun u xazinaga ma’lum miqdorda soliq to‘lashi kerak edi). Endilikda pul zarb qilish markazlashtiriladi va 1580 yillarning oxiriga kelib pul asosan Buxoroda zarb qilinadigan bo‘ladi. Kumush va mis tangalar Samarqand, Toshkent, Balxda ham zarb qilingan, lekin ularning miqdori juda ham oz bo‘lgan. Abdullaxon II islohoti pul muomalasini tartibga oladi va xazina daromadi oshishiga xizmat qiladi.
Ashtarxoniylar davrida – XVII asr 1-yarmidan boshlab, kumushning qiymati 5-10 % ga kamayib bordi. 1708 yildagi pul islohati aholining barcha qatlamlarining noroziligiga sabab bo‘ldi. Natijada, yangi tanga Ubaydullaxonning oldingi 2 ta past qiymatli tangasiga tenglashtirildi.
XVI asrda, ya’ni o‘rta asrlar so‘nggi siyosiy davri boshlangan vaqtda O‘rta Osiyo siyosiy va iqtisodiy hayotida shaharlar roli juda katta bo‘lgan. O‘sha davr shaharlari savdo, hunarmandchilik, madaniyat markazlari bo‘lish bilan bir qatorda xon, amir, hokim va beklar qarorgohlari sifatida hudud siyosiy markazlari rolini ham o‘taganlar. Bu shaharlar orasida ayniqsa Samarqand, Buxoro va Toshkentning ahamiyati katta bo‘lgan.
Temuriylar davrida O‘rta Osiyoning eng yirik shahri bo‘lgan Samarqand o‘z nufuzini XVI asrda ham umuman olganda yo‘qotmadi. SHahar SHayboniyxon va uning dastlabki vorislari davrida mamlakat poytaxti rolini yo‘qotmadi. Boburning guvohlik berishicha Samarqand Movarounnahrning eng ko‘rkam shahri bo‘lgan. SHahar madaniyatining rivoshlanish darajasi temuriylar davrinikidan unchalik kam bo‘lmagan. SHayboniylar davrida, ayniqsa SHayboniyxon va Kuchkunchixon davrida yangi machit, madrasalar, xonaqolar barpo etilgan, eskirganlari ta’mirlangan. Lekin poytaxtning Buxoroga ko‘chirilishi shahardagi qurilish ishlari ko‘lami va sur’atiga ta’sir ko‘rsatmasdan qolmagan albatta.
XVI asrning 30-yillarida Ubaydullaxon mamlakat poytaxtini Buxoroga ko‘chiradi. Ubaydullaxon, uning o‘g‘li Abdulazizxon va ayniqsa AAbdullaxon II davrida Buxoroda keng ko‘lamdagi qurilish ishlari olib boriladi. SHahar hududi kengayadi, eski va yangi shaharlar devor bilan o‘rab olinadi. AAbdullaxon II hukmronligi davrida Buxoro nafaqat ma’muriy, balki savdo-hunarmandchilik va madaniyat markaziga ham aylanadi. O‘rta Osiyoning eng yirik va nufuzli shao‘ari sifatida Buxoro o‘z rolini XIX asrning ikkinchi yarmigacha yo‘qotmaydi. Qurilgan hashamatli imoratlarning aksariyati pishiq g‘ishtdan barpo etilgan edi. SHuning uchun ularning katta qismi hozirga qadar saqlanib qolgan.
Toshkentning temuriylar davlati tarkibidan chiqib mustaqil xonlikka aylanishi munosabati bilan XV asrning oxiridan e’tiboran nufuzi tobora oshib borgan. Baroqxon va Ko‘kaldosh madrasalari, boshqa machit va madrasalar, xonaqolar, bozor, karvonsaroylar, hammomlar, hunarmandchilik ustaxonalari va boshqa inshootlar XVI asrda o‘zbek sultonlari tomonidan barpo etilgan. SHahar shayboniylar davlatining tarkibiy qismiga aylanganidan keyin ham iqtisodiy, madaniy va siyosiy jihatdan roli pasaymagan. CHunki shayboniylar davrida Movarounnahr bilan Dashti Qipchoq o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy aloqalar ko‘lami ancha kengayganligi kuzatilgan, Dashti Qipchoq va Movarounnahr chegarasida joylashganligi tufayli bu aloqalar aynan shu shahar orqali amalga oshirilgan.
Shayboniylar davlatida, ayniqsa uning markaziy shaharlari Buxoro va Samarqandda hunarmandchilik juda ham rivojlangan edi. XVI asr qozixona hujjatlarida 60 dan ortiq hunarmandchilik turlari qayd qilingan. Hunarmandchilik turlarining bu qadar ko‘pligi uning chuqur ixtisoslashganligidan dalolat beradi. Hujjatlarda Toshkent va Samarqandda cho‘yan quyuvchi ustaxonalar mavjudligi haqida so‘z boradi. Bu O‘rta Osiyo uchun yangi soha bo‘lib rudani qayta ishlashning chuqurlashganidan dalolat beradi. Temir, po‘lat , cho‘yandan tashqari metallsozlikda bronza va mis ham keng qo‘llanilgan. Bronza va misdan chiroyli ishlangan va badiiy jihatdan katta qiymatga ega bo‘lgan ko‘za, kosa, tovoq kabi mahsulotlar tayyorlangan va bu mahsolotlarga chet ellarda hamtalab katta bo‘lgan.
Shayboniylar davlatida hunarmandchilikda qurol-yarog‘ ishlab chiqarish alohida ahamiyat kasb etgan. Buxoroda ishlab chiqarilgan qilich, pichoq, xanjar, sovut, qalqon, dubulg‘a, oltin bilan bezatilgan yoylar jahon bozorida eng qimmat narxlarda sotilgan.
Tosh, yog‘och, alebastrga badiiy ishlov berish ham juda rivojlangan. Bu yo‘nalishda ayniqsa Samarqandlik ustalarning ishlari shuhrat qozongan. SHu bilan birgalikda qayd etish lozimki Movarounnahrda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ishlanishi, badiiy jihatdan bezalishi bo‘yicha temuriylar davridagi mahsulotlarga juda ham o‘xshash bo‘lgan. Lekin shu bilan birga, bu mahsulotlar sifat va texnik mukammallik jihatidan temuriylar davridagi mahsulotlarga tenglasha olmagan. SHu sababga ko‘ra, shayboniylar davrida Rossiya va G‘arb mamlakatlariga eksport mahsulotlari miqdor jihatidan ko‘paygan bo‘lsada, uning narxi ancha pastligi tufayli olinadigan foyda ham kamaygan. Bu davrda ishlab chiqarilgan mahsulotlardan faqat Samarqand qog‘ozi jahon bozorida o‘z etakchi o‘rnini saqlab qolgan edi.
Soliq tizimi xam deyarli o‘zgarmagan. Soliqning asosini xiroj tashkil qilgan. Xiroj, XVI-XVIII asr manbalarida asosan qisqartma mol deyilgan. Xiroj asosan natura shaklida olinib, hosilning 3/1, 4/1, 5/1 ba’zi hollarda 2/1 qismi miqdorida olingan. Mamlakatdagi ichki vaziyat og‘irlashgan vaqtlarda esa 50% gacha ko‘tarilgan. Mulk erlaridan hosilning 10/1 miqdorida ushr solig‘i olingan.
Shariatga ko‘ra, xiroj, zakot, jiz’ya soliqlari undirilgan. Xirojdan tashqari, soliq va yig‘imlar asosan “doimiy”, “qonuniy”, va “favqulodda” kabi turkumga bo‘lingan.Ixrojot – davlat xarajatlari uchun olingan. Ovarizat – favqulodda holatlar, ya’ni urush vaqtida dehqon va shaharlik aholidan olingan. YUqoridagi ba’zi soliqlar to‘laligicha bo‘lmasada, ba’zan pul tarzida ham olingan.
Bundan tashqari suvdan foydalanganligi uchun, lashkarni ta’minlash uchun (urush yillarida), bozorda o‘zmahsulotini sotganligi uchun, qishda o‘tin yoqqanligi uchun to‘lovlar amalga oshirilgan. G‘ayridinlardan jiz’ya solig‘i olingan. Qishloq va shaharlik aholi shuningdek, turli majburiyatlarni (mardikor, qal’a, bigar) ham bajargan. Shularning ichidan mardikorlik eng keng tarqalgan majburiyat bo‘lib, bunda aholi shahar devorlarini ta’mirlash (qal’a yoki xarji qal’a), sug‘orish inshootlarini ta’mirlash, tozalash ishlariga jalb qilingan.
Seminar mashg'uloti materiali
Mavzu: Ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligi.
reja:
1. Shayboniylar inqirozi va Ashtarxoniylar sulolasining hokimiyatga kelishi.
2. Imomqulixon davrida hokimiyatning mustahkamlanishi.
3. Abdulazizxon va Subxonqulixon davrida ichki nizolar va Xiva xonligining Buxoroga hujumlari.
4. Ubaydullaxon II ning ichki siyosati. Uning pul islohati.
5. Hakimbiy Mang’it Otaliqning kuchayishi. Eron shohi Nodirxohning bosqini. Muhammad Hakimbiy va uning o’g’li Rahimbiy Mang’itning hokimiyatga kelishi.
Ashtarxoniylar davriga oid yozma manbalar ichida Maxmud ibn Vali (1595-1640) ning «Baxr ul-asror», Mir Muhammad amin Buxoriyning «Ubaydullanoma», Muhammad Yusuf Munshining «Tarixiy Muqimxoniy», Xo‘ja Samandar Termiziyning «Dastur al-Mulk», Abulg‘ozi Bahodurxonning «SHajarai Turk», Muhammad Amin Buxoriyning «Muhit ut-tavorix», Muhammad Vafo Karmanagiyning «Tuhfat ul-xoniy», Abdurahmon Tole’ning «Tarixi Abulfayzxon» asarlari muhim ahamiyatga ega sanaladi.
Ashtarxoniylar Jo’jixon naslidan bo’lib, XIV asrning 80-yillaridan boshlab Ashtarxon (Hoji Tarxon, Astraxan) va uning atrofidagi yerlar va xalqlar ustidan hukmronlik qilgan. 1556-yilda Astraxanni Rusiya bosib olgach, ashtarxoniylardan Yormuhammadxon oila a’zolari va qarindosh-urug’i bilan Buxoroga keladi.Ularni Buxoro xoni Iskandarxon (Abdullaxon II ning otasi) izzat-ikrom bilan kutib oladi. Iskandarxon qizi Zuhrabegimni Yormuhammadxonning o’g’li Jonibek Sultonga beradi. Jonibek Sulton Zuhrabegimdan uch o’g’il (Dinmuhammad,Boqi Muhammad, Vali Muhammad) ko’radi. Jonibek Sulton va uning o’g’illari Buxoro xonligida yuksak mavqega erishib, Buxoro xonligi viloyatlarida hokim vazifasida faoliyat yuritadilar.
1601- yilda Jonibek Sultonning o’g’li Boqi Muhammad Buxoro taxtiga o’tqazildi. Buxoro xonligi tarixida yangi sulola — ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi boshlanib, 175 yil davomida mamlakat shu sulola tomonidan boshqariladi.
Boqi Muhammad (1601-1605) mamlakat sarhadlari jipsligini mustahkamlash, boshqaruv tizimini izga solish uchun ko’p urindi. 1602- yilda Eron safaviylariga zarba berib, Balxni kuch bilan bo’ysundirdi va ukasi Vali Muhammadni hokim etib tayinladi. 1603- yilda Eron safaviylarining Balxga hujum qilgan qo’shinlarini mag’lubiyatga uchratdi. Boqi Muhammad Toshkent uchun qozoq sultonlariga qarshi kurashdi. 1604- yilda qozoq xoni Kelimuhammad qo’shinlarini mamlakat hududidan haydab chiqarib, qator hududlarni Buxoro xonligiga bo’ysundirdi.
1605- yilda Boqi Muhammad vafot etgach, uning ukasi Vali Muhammad taxtga o’tqazildi. Ichki kurash yana avj oldi. Qabila beklari xon hokimiyatiga bo’ysunmay muxolifatchilikni kuchaytirdilar. Buxorolik amirlar xonga qarshi isyon uyushtirganligidan xabar topgan Vali Muhammad farzandlarini olib Eronga qochadi. Amirlar taxtga Boqi Muhammadxonning o’g’li Imomqulixonni (1611-1642) o’tqazdilar. U Vali Muhammad boshlab kelgan Eron qo’shinlarini tor-mor keltirib, mamlakat mustaqilligini saqlab qoldi. Vali Muhammad asir olinib qatl etildi.
Imomqulixon Toshkent va xonlikning shimoli-sharqiy chegaralari uchun qozoqlar, jung’ar (ayrat) lar, qalmoqlar, qoraqalpoqlarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib bordi. 1613- yilda Toshkent yerlarini egallagan qozoqlarga hujum qilib, Toshkentni o’z tasarrufiga kiritdi. O’g’li Iskandar Sultonni Toshkent hokimi etib tayinladi. Iskandar Sulton aholiga boj, xiroj va boshqa soliqlarni ko’paytirib, qattiq zulm o’tkazdi. Bunga qarshi Toshkentda qo’zg’olon ko’tarildi va Iskandar Sulton
o’ldirildi. Bu voqeadanxabar topgan Imomqulixon Toshkent ustiga qo’shin tortdi. Qo’zg’olonchilar ayovsiz jazolandi, Iskandar xuni uchun aholi qirg’in qilindi.
Imomqulixon davrida markaziy davlat hokimiyati nisbatan mustahkamlandi. Imomqulixondan keyin taxtni egallagan Nodir Muhammad (1642-1645) davrida ijtimoiy-siyosiy tarqoqlik yana kuchaydi. Xonning o’zi mamlakatning asosiy viloyatlarini mulk qilib 12 nafar o’g’li, 2 nafar jiyani va nabirasiga taqsimlab berdi. Bu oqibatda davlatchilik asoslarini zaiflashtirdi. 1645- yilda qozoqlar yana Movarounnahrga yurish qilib, Xo’jandgacha yetib keladilar. Nodir Muhammad ularni quvib chiqarish uchun o’g’li Abdulaziz boshchiligida katta qo’shinni safarbar etadi. Xondan norozi bo’lgan bir guruh amirlar yurish davrida Abdulazizni xon deb e’lon qiladilar. Abdulaziz Buxoroga keladi, aslzodalar uni taxtga o’tqazadilar.
Nodir Muhammad Balxga qochib ketadi va toj-u taxtni qaytarib olish maqsadida Hindiston podshohi temuriyzoda Shoh Jahondan yordam so’raydi. Shoh Jahon Balx viloyatini o’ziga bo’ysundirish maqsadida u yerga o’g’illari Murodbaxsh va Avrangzeb boshchiligida katta qo’shin yuboradi. Nodir Muhammad Shoh Jahon o’g’illari yordamga emas, Balx viloyatini egallash uchun kelayotganini bilgach, unga qarshi chiqadi. Maymana yo’lida bo’lgan jangda Nodir Muhammad yengilib, Eronga qochadi va shoh Abbos huzurida panoh topadi.
1647- yilda Shoh Jahon o’g’illari Balxni egallaydilar. Nodir Muhammad shoh Abbos yordamida Balxni qayta egallaydi. Bu voqealardan tashvishga tushgan Abdulazizxon ukasi
Subhonquli yetakchiligida Balxga katta qo’shin yuboradi va 1651 yilda Subxonquli Balxni egallaydi va u Balx hokimi etib tayinlanadi. Nodir Muhammad Makkaga hajga borayotib yo’lda vafot etadi.
Abdulazizxon davrida (1645-1681) Xiva xonlarining talonchilik yurishlari kuchayadi. 1655- yilda Xiva xoni Abdulg’ozixon katta qo’shin bilan yurish qilib, Buxoro atroflarini ikki bor talon-taroj qiladi. Qorako’l aholisining bir qismini asir olib, Karmanani vayronaga aylantiradi. 1658- yilda Vardonzeni talab, 1662- yilda Buxoro shahrigacha yetib boradi.
Tinimsiz urushlar, ichki ziddiyatlar Buxoro xonligining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini murakkablashtirib yuborgandi, siyosiy vaziyat izdan chiqqandi. Keksayib qolgan Abdulazizxon 1680- yilda taxtdan voz kechib, Makkaga hajga ketadi va u yerda vafot etadi.
Abdulazizxondan keyin taxtga o’tirgan Subhonqulixon (1681-1702) davrida ham ahvol o’nglanmadi. Subhonqulixon, bir tomondan, Balx viloyatlarida hokimlik qilayotgan o’g’illariga qarshi, ikkinchi tomondan, Movarounnahr viloyatlaridagi amir va beklarga qarshi urushlar qilishga majbur bo’ldi. Uchinchi tomondan, Xiva xoni Anushaxon qo’shinlari hujum qilib, Buxoro, Karmana va Vardonzeni egalladi, hatto Samarqandni ham ishg’ol qildi. Samarqandda Anushaxon nomiga xutba o’qitilib, uning nomidan tanga pullar zarb etiladi.
Subhonqulixon qatag’on urug’idan bo’lmish Badaxshon hokimi Mahmudbiy otaliq yordamida Xiva qo’shinlarini Samarqanddan quvib chiqarishga erishdi. Samarqandliklar qattiq jazolandi. So’ngra Balxga yurish qilib, isyonkor o’g’li Siddiq Muhammadga zarba beradi va zindonband qilib,
o’ldiradi.Balx hokimligi yuzqabilasining sardori Muhammad hoji otaliqqa topshiriladi. Subhonqulixon Balxdaligidan foydalangan Anushaxon Buxoro atroflariga yana bostirib kelib u yerlarni talon-taroj qiladi va katta o’ljalar bilan qaytib ketadi. Subhonqulixon fitnasi bilan 1686- yilda Xiva xoni Anushaxon ko’ziga mil tortiladi va taxtdan tushiriladi. Subhonqulixon 1688- yilda Xivadagi tarafdorlari xizmatidan foydalanib, Xiva xoni Erengxonning o’ldirilishiga erishadi va Xorazm Buxoro xonligi tasarrufiga olinadi. Subhonqulixon Amir Shohniyozni Xivaga hokim etib tayinlaydi.
Qirg’inbarot urushlar, ichki nizolar mamlakat iqtisodiyotini chuqur tanazzulga tushiradi.
1702-yili Subhonqulixon vafot etgach, toj-u taxtni uning o’g’li Ubaydullaxon (1702-1711) egallaydi. Ubaydullaxon II goh isyonkor qabilalarga qarshi, goh bo’ysunmas mahalliy hukmdorlarga, goh davlat sarhadlariga bostirib kirgan ko’chmanchilarga qarshi urush olib borishga majbur bo’ldi. Ubaydullaxonning asosiy maqsadi siyosiy tarqoqlikni tugatishdan iborat edi. U ana shu maqsad yo’lida harakat qildi.
Dastlab u Balxni bo’ysundirish yo’lini izladi. Ma’lumki, Ubaydullaxon II ning otasi Subhonqulixon Balxni qatag’on qabilasi boshlig’i Mahmudbiy otaliqqa alohida xizmatlari uchun tortiq qilgan edi. Ubaydullaxon davrida Mahmudbiy Balxda hokimiyatni to’liq o’z qo’liga oladi va o’zini 1706- yilda xon deb e’lon qiladi. Tez orada u Termizni ham egallaydi. Ubaydullaxon awal Termizga, so’ngra Balxga yurish qilib, 1707- yilda Balxni egallaydi. Mahmudbiy qochib ketadi. Ubaydullaxon Buxoroga qaytgach, Balxni yana Mahmudbiy egallaydi. Uning suverenlik huquqini Ubaydullaxon tan olishga majbur bo’ladi.
Buxoro xonligi tasarrufida bo’lgan Farg’ona vodiysida ham XVIII asr boshlarida ajralib chiqish harakati boshlanib, hokimiyat avval Chust yaqinidagi Chodak xo’jalari qo’liga o’tadi. 1710-yilda esa hokimiyatni ming qabilasi boslilig’i Shohruhbiy egallab, mustaqil Qo’qon xonligiga asos soladi.
Ubaydullaxon davrida ijtimoiy-siyosiy parokandalik kuchaydi. Наr bir viloyat hokimi mustaqil bo’lishga intildi. Natijada, Ubaydullaxonga qarshi fitna uyushtirildi va 1711 - yilning 16- martida u o’ldirildi.
Taxtga Ubaydullaxonning inisi Abulfayzxon (1711-1747) o’tqizildi. Abulfayzxon tomonidan fitnaning hamma ishtirokchi va ijrochilari saxiylik bilan mukofotlandi. Ular katta-katta lavozim egalari bo’ldilar. Ubaydullaxonning yaqinlari, amaldorlarining mol-mulklari talandi, o’zlari esa qatl etildi.
Shunday qilib, parokandalikka qarshi, oliy hokimiyatni kuchaytirish va mamlakat birligini ta’minlash uchun kurashgan Ubaydullaxonning hukmronligi fojiali yakunlandi.
Abulfayzxon kundan kunga mamlakat hayotida nufuzi kuchayib borayotgan amirlar va zodagonlar qo’lida bir qo’g’irchoq hukmdor edi, xolos. Bu davrga kelib, xonning ahvoli shu darajaga borib yetdiki, uning farmonlari saroy ostonasidan nariga o’tmaydigan bo’lib qoldi. Zamondosh tarixchilarning ma’lumotlariga qaraganda, Abulfayzxon „Saroyning oldi (ya’ni Registon) tinch bo’lsa bo’lgani”, degan gapni doimo takrorlab turgan.
Abulfayzxon davrida o’zbeklarning mang’it qabilasidan kelib chiqqan Muhammad Hakimbiy katta nufuzga ega bo’lib oladi. U barcha
shahzodalar otaliqlarining boshlig’i deb tan olingan edi. Bu boshqa qabilalar aslzodalarining qat’iy noroziligiga sabab bo’ladi.
Shahrisabz hokimi, kenagas qabilasidan chiqqan Ibrohimbiy Urgut va Miyonqol hokimlari bilan til biriktirib, Buxoro xonligidan mustaqil, poytaxti Samarqand bo’lgan davlat tuzishga qaror qildi. Bu maqsadini amalga oshirish uchun 1716-1719- yillarda Qarshiga va Buxoroga hujum qilib, hokimiyatni qo’lga olishga harakat qildi. Bu urinish natijasiz tugagach, 1722- yilda Samarqandni egallab, kuyovi Rajab Sultonni xon deb e’lon qildi. Natijada mustaqil Samarqand xonligiga asos solindi va 1730-1731- yillargacha bu xonlik mustaqilligi saqlanib turildi. Ibrohimbiy o’ziga „amir-ul-umaro” (ulug’ amir) unvonini oldi.
Ibrohimbiyning navbatdagi maqsadi Buxoro taxtini egallash, Rajab Sultonni Buxoro taxtiga o’tqazish hamda shu yo’l bilan xonlikning eng nufuzli kishisi bo’lish edi. Abulfayzxon siyosatidan norozi bo’lgan beklar Ibrohimbiyga qo’shiladilar. Ibrohimbiy katta qo’shin to’plab Buxoroga yurish boshlaydi. Ibrohimbiy va Rajab sultonlar kimki ularga qo’shilsa, g’alabadan so’ng juda katta boylik va amal ulashishni va’da qiladilar. Jangda Muhammad Hakimbiy otaliq boshchiligidagi Buxoro qo’shinlari mag’lubiyatga uchraydi. Lekin Rajab Sulton Buxoro shahrini egallay olmaydi.
Qanday bo’lmasin Buxoro taxtini egallash ishtiyoqida yonayotgan Ibrohimbiy va Rajab Sulton oqibatini chuqur o’ylab ko’rmasdan turib ko’chmanchi qozoqlardan yordam so’raydilar. Ularga katta o’ljalar va’da qiladilar. Jung’ar (qamoq) ko’chmanchilarining bosqinidan katta talafot ko’rgan, talangan hamda ocharchilikka duchor etilgan qozoqlar bu taklifga rozi bo’ladilar. Mamlakatga kirib kelgan qozoqlar talon-tarojlikni avj oldiradilar. Ular yetti yil mobaynida Zarafshon va Qashqadaryo
vohalarigatalonchilik yurishlarini uyushtirib, hamma yoqni talab, xonavayron qiladilar. Na Buxoroda, na Samarqandda ularni to’xtatishga qodir kuch topilmadi. Bunday sharoitda ichki nizolar yanada avj oldi. Aholining Abulfayzxondan noroziligi kuchayib ketdi. Nihoyat, Abulfayzxon yaqinlarining talabi bilan Muhammad Hakimbiyni Buxorodan chiqarib yuborishga qaror qiladi. Hakimbiy Qarshiga jo’nab ketadi, biroq u qulay fursat tug’ilishi bilanoq Buxoroda hokimiyatni yana o’z qo’liga olish niyatidan qaytmagan edi.
Abulfayzxon esa vaqtini ko’ngilxushlik ishlariga sarflab, mayxo’rlikka berilib ketadi. Uning yetti farzandi bor edi. Mast chog’ida ularni o’limga mahkum etdi. Hali go’dak bo’lgan Abdulmo’mingina taxt ostiga yashirinib, omon qolgan. Xon davlat ishlarini deyarli nazorat qilmay qo’ydi. Oliy hokimiyat amalda oliy qo’shbegi bo’lib olgan Jovshon qalmoq qo’liga o’tdi. Markaziy hokimiyatning zaiflashuvi siyosiy tarqoqlikni yanada kuchaytirdi. Samarqand, Qarshi, Balx, Farg’ona, Badaxshon amalda mustaqil bo’lib oldilar. Bu ahvol tashqi dushmanlarning Movarounnahrga bostirib kirishiga qulay imkoniyat yaratdi.
Eron shohi Nodirshoh Kavkaz, Hindiston, Usmonli turklar saltanati va Afg’onistonga qarshi zafarli yurishlardan so’ng, 1736- yili Buxoro xonligiga bostirib kirdi. Nodirshohning o’g’li Rizoqul yetakchiligidagi qo’shinlar Amudaryodan o’tib, ko’pgina hududlarni bosib oladi va Qarshini 15 kun qamal qiladilar.
Bunday og’ir sharoitda Buxoro xoni Xiva xonidan yordam so’rashga majbur bo’ldi. Xiva xoni Elbarsxonning yordamga kelayotganidan xabar topgan Nodirshoh buyrug’iga binoan Rizoqul qo’shinlari orqaga qaytib ketadilar.
1740- yilda Eron qo’shinlari Buxoroga qarshi ikkinchi marta hujum qiladilar. Bu safar qo’shinni Nodirshohning o’zi boshqaradi. Buxoro va Xiva xonlari umumiy dushmanga qarshi kurashish uchun birlasha olmaydilar.
Bu ham yetmaganidek, Buxoroning o’zida xoinlik yuz beradi. Xonlikda yetakchi mavqega ega bo’lib olish niyatidan qaytmagan Qarshi hukmdori Muhammad Hakimbiy Nodirshoh tomoniga o’tib ketadi. Abulfayzxon Eron bosqiniga qarshi kurashni uyushtira olmay, taslim bo’ladi.
Nodirshoh Buxoro xonligining taslim bo’lish shartlarini Muhammad Hakimbiy orqali Abulfayzxongajo’natadi. Abulfayzxon Zarafshon daryosining bo’yidagi Chorbakr qo’rig’iga — Nodirshoh huzuriga borishga va shartnomani imzolashga majbur bo’ladi. Shartnomaga ko’ra, Nodirshoh qo’shinlari uchun 8 yilga yetadigan 200 ming xarvar bug’doy va arpa to’plab beradi. Bundan tashqari, Buxoro xonligi aholisidan 10 ming nafarli qo’shin to’planib, Nodirshoh ixtiyoriga jo’natiladi. Bu qo’shinga Muhammad Hakimbiyning o’g’li Muhammad Rahim qo’mondon etib tayinlanadi.
Shunday qilib, Buxoro xonligi Eronga qaram davlatga aylanadi. Muhammad Hakimbiy esa imkoniyatdan foydalanib qo’shbegi (bosh vazir) lavozimini egallaydi. Butun hokimiyat amalda uning qo’lida to’planadi. Ashtarxoniylar hukmronligining barham topishi muqarrar bo’lib qoladi.
Seminar mavzusi materiali
Mavzu: Buxoro xonligida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot.
reja:
1. Shayboniylar va Ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligining ma’muriy tuzilishi.
2. Buxoro xonligi xududi va aholisi. Ijtimoiy tizimi va harbiy ahvoli.
3. Buxoro xonligining iqtisodiy tarmoqlari. ichki va tashqi savdo
4. Qishloq xo’jaligi. Sug’orish tizimi. Buxoro xonligida yer egaligi.
Buxoro xonligi ma’muriy jihatdan viloyatlarga, viloyatlar tumanlarga bo’linib boshqarilgan. Viloyat hokimlari xon tomonidan tayinlangan. Harbiy sohada doimiy qudratli harbiy qo’shin, markaziy harbiy qo’mondonlikning yo’qligi, qo’shinning zamonaviy qurol-yarog’lar, zambaraklar bilan ta’minlanmaganligi Buxoro xonk’gining harbiy jihatdan o’ta zaiflashuviga olib keldi.
Ashtarxoniylar davrida yerga egalik qilishning, ilgarigi asrlarda amalda bo’lganidek mulki sultoniy, xususiy mulk, vaqf yerlari shakllari mavjud edi.
Mulki sultoniy davlat yerlari hisoblanib, undan keladigan daromad xon xazinasiga kelib tushardi. Davlat yerlaridan o’sha joylarda yashagan dehqonlar foydalangan, ular yerni ishlatib, olingan hosildan xiroj solig’i to’laganlar.
Xon davlat tasarrufidagi yerlarni, aholi yashaydigan qishloqlarni shahzodalarga, yirik din ulamolari va sayyidlarga suyurg’ol shaklida, harbiy qism boshliqlari, saroy amaldorlariga tanho shaklida in’om qilardi.
Suyurg’ol qilingan katta yer egalari xon xazinasiga soliq to’lamas edi. Tanho shaklida in’om qilingan yerlar tanhodorning xususiy mulki bo’lmay, o’sha yerlarda ishlayotgan dehqonlardan soliq olish huquqi
berilar edi. Xon ayrim shaxslarga hukmdorga ko’rsatgan alohida xizmatlari uchun ham yer-mulklar in’om etardi. Bunday mulklar soliqlardan ozod qilinardi va shu boisdan ular „Mulki xurri xolis” deb atalardi.
Xususiy mulkchilik tobora kuchayib bordi. Xon tomonidan davlat yerlarini soliqqa tortmaslik sharti bilan yirik boylar va saroy amaldorlariga sotish hollari ham yuz berdi. Xususiy mulk egalari u yerlarda o’zlari ishlamas edi, yersiz dehqonlarga ijaraga berib, ularni zo’ravonlik bilan ishlatib, katta daromad olardilar.
Diniy mahkamalarga mulki sultoniy hisobidan berilgan u yerlar, masjidlar, xonaqohlar, qabristonlar vaqf mulki hisoblanardi. Vaqf mulkidan ham soliq olinmas edi.
Ko’chmanchi chorvador qabilalar ham katta-katta yerlarni egallab, o’troqlashib, dehqonchilik bilan shug’ullanadigan bo’ldilar. Natijada Qo’ng’irot, Mang’it, Nayman, Do’rmon va boshqa aholi yashaydigan yirik manzilgohlar vujudga keldi.
Barcha mulk shakllariga xos xususiyat shunda ediki, ularda yersiz kambag’al dehqonlar ijara hisobiga mehnat qilganlar. Buxoro xonligidagi yerga egalik qilishning bunday tartibi oqibatda:
qishloq xo’jaligidan tushadigan daromadlarning alohida shaxslar qo’lida to’planib borishiga;
xon xazinasiga tushadigan daromadlarning kamayib, davlatning kuchsizlanishiga;
— yerda ter to’kib ishlovchi, mahsulot yetishtiruvchi mehnatkash aholi moddiy ahvolining og’irlashuviga olib keldi.
Tinimsiz urushlar, qabila boshliqlari va amirlar o’rtasidagi ichki kurashlar mamlakat iqtisodiy hayotini, aholining moddiy turmushini ayanchli ahvolga tushirdi.
Sug’oriladigan yerlarda bug’doy, афа, jo’xori, loviya, mosh, sholi, paxta, savzavot va poliz ekinlari ekilgan. Dasht va tog’oldi lalmi yerlarda ham boshoqli ekinlar, kunjut, tarvuz, qovun ekilib, dehqonchilik qilingan.
Dehqonchilik mamlakat iqtisodining butunlay inqirozga tushib qolishidan saqlab turgan asosiy omil bo’lib, aholining oziq-ovqatga bo’lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qilgan. Imomqulixon davrida, 1614 - 1615- yillarda Qashqadaryodan Qarshi cho’liga kanal qazilgan. 1633 - 1634- yillarda Qo’shqo’rg’onda kanal qazilib, vohalarga suv chiqarilgan. Biroq ashtarxoniylar davrida suv inshootlari qurilishiga yetarli e’tibor berilmadi.
Chorvachilik ham qishloq xo’jaligining yetakchi tarmog’i bo’lgan. Mehnatkash aholi chorva mollarini boqib, go’sht, sut mahsulotlari yetishtirgan. Ammo katta yaylovlar xon, saroy amaldorlari, din peshvolari, qabila boshliqlariga tegishli bo’lib, ming-minglab qo’ylar, podalar, yilqilar, tuyalar boqilardi. Jun, ten va boshqa chorvachilik mahsulotlari yetishtirilar, ichki va tashqi bozorda sotilar edi. Ho’kizlardan yer haydashda, omoch va mola tortishda keng foydalanilar edi.
Hunarmandchilik mahsulotlari asosan shaharlarda, qisman yirik qishloqlarda yetishtirilar edi. Hunarmandchilikning to’qimachilik tarmog’ida ip yigirish, gazlamalar
tayyorlash, tayyor kiyimlar tikish, gilam to’qish, kashtachilik ancha rivojlandi.
Hunarmandchilikning kulolchilik tarmog’i ham rivoj topadi. O’lkada sog’ tuproq manbalarining ko’pligi sopol va chinni idishlar, ko’za, kosa va boshqa tayyor kulolchilik mahsulotlari tayyorlashga imkoniyat berardi.
Metall va yog’ochga ishlov berish orqali uy-ro’zg’or buyumlari tayyorlash, binolar qurilishida yog’och va ganch o’ymakorligi kabi hunarmandchilik tarmog’i ham ancha o’sdi. Buxoro va Samarqandda yuqori sifatli yozuv qog’ozi ishlab chiqarish, tog’li hududlardan nodir metallar, kaliy qazib olish ham yo’lga qo’yilgan. Buxorolik hunarmandlar 200 ga yaqin kasb turlari bilan shug’ullangan.
XVII - XVIII asrlarning birinchi yarmida savdo-sotiq ishlari ham bir qadar o’sib bordi. Savdo-sotiq ishlarida Buxoro, Samarqand, Qarshi, Toshkent, Balx va boshqa yirik shaharlarning mavqeyi baland edi. Ichki savdoda dehqonchilik, chorvachilik mahsulotlariga, hunarmandchilik buyumlariga ehtiyoj kattaligi sababli bozorlar gavjum bo’lardi.
Tashqi savdo ham to’xtab qolmadi. Rossiya, Xitoy, Hindiston, Eron, Qashg’ar, Turkiya mamlakatlariga paxta, teri, jun, turli matolar va boshqa qishloq xo’jalik mahsulotlari chiqarilar edi. Buxorolik savdogarlarning Sibir shaharlarida o’z savdo rastalari bo’lgan. Xitoydan shoyi matolar, chinni idishlar, dori-darmon, choy, Hindistondan qimmatbaho toshlar, matolar, oltin iplar olib kelib sotilgan.
Ashtarxoniylar davrida davlat xazinasini boyitishning yagona usuli soliq deb hisoblangan. Shu boisdan soliqlar turi va miqdori
ko’paytirilgan. Asosiy soliq to’lovchi raiyat — dehqonlar, chorvadorlar, hunarmandlar, savdogarlar bo’lib, ulardan xiroj, zakot, ixrojot, boj va boshqa soliqlar undirilgan. Soliqlardan tashqari aholi kanallar qazish, ariqlarni tozalash, qurilish va boshqa ishlarga majburan jalb etilardi.
Urush yillarida soliq miqdori haddan tashqari oshirilardi. Subhonqulixon davrida raiyatdan 7 yillik soliqlarni birdaniga yig’ib olish hollari bo’lgan.
Ubaydullaxon esa aholidan yig’iladigan soliqlar miqdorini 4 baravarga ko’paytirgan. Ubaydullaxon 1708- yilda pul islohoti o’tkazib, tarkibining 35 foizini kumush tashkil etuvchi tangalar o’rniga, tarkibida 9 foiz kumush bo’lgan tangalarni zarb ettiradi va uning qimmatini oldingi tangalarga teng deb belgilaydi. Natijada pulning qadri 4 baravar kamayadi, norozilik kuchayib, do’kondor va hunarmandlar o’z mahsulotlarini sotmay qo’yadi, do’konlar yopiladi, savdo-sotiq ishlariga katta zarar yetadi.
Shayboniylar hukumronlik davrida ham Ashtarxoniy hukumronligi davrida ham bir necha bor pul islohatlar o‘tkazilgani tarixdan bizga ma‘lum. Shayboniylar sulolasi hukumronligi davrlarida ko‘proq pul islohati o‘tkazilgan, ammo Ashtarxoniylar sulolasi hukumronligi davrlarida ham tanga zarb etish boyicha Shayboniylar sulolasidan qolishmagan. Masalan uzoq muddat mobaynida Ubadullaxon isloxati va undan keyingi shoh Abulfayzxon davrida muomiladagi kumush tanga sifatida ―bir qavat‖ deb nom olgan tanga qo‘llanilgan . Bizga ma‘lum ma‘lumotlarga ko‘ra aynan mazkur ―bir qavatli‖ tangalar yangi nominal sanalgan. U Ubaydullaxon va Abulfayzxon davridagi hujjatlarda
ishonchga ega bo‘lgan namunaviy bir qavatli tangalar deb tariflangan. Bazida ishonchga ega so‘zi hozirda aylanuvchi (muomilada) so‘zi bilan almashtirilgan bo‘lib, umumiy ta‘rifi qabul qilingan, va muomilada bo‘lgan ―bir qavatli‖ tanga tarzida tariflangan. Boshqa hollarda ta‘rif biroz qisqa bo‘lgan bo‘lib, bir yoki bir necha elimentlar mavjud emas va umumiy muomilada bo‘lgan bir qavatli tanga muomilada bo‘lgan umumiy tanga namunaviy, umumiy bir qavatli tanga barcha keltrilganta‘riflarda ―bir qavatli‖ tangalar hattoki kumush deb atashga ham loyiq bo‘lmagan, negaki ularda kumush juda oz miqdorda bo‘lganligi sabab,tangalar avvalgidek tanga nomi bilan atalgan bo‘lsada, ulardan vos kechishga to‘g‘ri kelganiga e‘tibor berish lozim, shuningdek ularni yodga oluvchi hujjatlar yoki savdogarlar hujjatlari bo‘lgan. Demak mazkur tangalar haqiqatdan ham muomilada bo‘lgan31. Yo‘qorida keltirilgan ma‘lumotlarda ko‘rinib turganidek Ashtarxoniylar so‘lolasi hukumronligi davrida ham islohatlar o‘tkazilgan, lekin Shayboniylar so‘lolasi hukumronligi davridagi tangadagi kumush miqdori kamaytirilgan, ammo muomilada bo‘lgan. Yo‘qorida keltirilgan ma‘lumotlardan tashqari boshqa ma‘lumotlarda ―bir qavatli‖ tangalar, boshqa tangalar orqali boshqa ta‘riflarga ham ega bo‘lgan. Mazkur boshqa tangalar ―ikkitalik va ―o‘ndan uch yarim‖ nomlari bilan nomlangan. Bunday qo‘shimcha ta‘rif ―bir tamonli tanganing ―ikkilik tanga‖ yarmiga tengligini anglatgan.
mazkur vaqtda amalda bo‘lgan ikkilik tanganing uch yarim o‘nlik tanganing, uch mingiga teng bo‘lgan. Ubaydullaxon davrida va Abulfayzxon davrida uning yarimtalik o‘nlik tangalari shunchaki hisob birliklarida bo‘lmagan. Ular bor-yo‘g‘i muomilada davom etib keloyotgan tangalar bo‘lgan. Hujjatlarda ular ham ―birlik (bir ko‘rinishli) tangalar bo‘lib, o‘sha davrda ―hozirda muomilada bo‘lgan tangalar‖ deb atalgan. Volga atrofidagi viloyatlarda savdo-sotiq ishlarini olib borish Buxoro xonligidan kelgan savdogarlar uchun ancha qulay edi. Ularga eng yaqin qo‘shni mamlakat Rossiya bo‘lib qolgandi. Bu hol ko‘p jihatdan qozon tatarlari hamda boshqirdlar bilan din va til yaqinligi bilan izohlanar edi. Shuning uchun ham
Abdullaxon II tomonidan 1557-1558- yillarda Moskvaga elchilar yuborilgan. Elchilar Astraxan orqali Moskvaga borib Ivan Grozniy huzurida bo‘ladilar. Ular o‘z xonlari nomidan savdogarlarning Volga bo‘ylab erkin o‘tishlariga ijozat so‘raydilar. Qaytib kelgan elchilar Moskvadan juda ko‘p o‘q, dori, ov qushlari va matolar maxsulot, tovarlari bilan qaytganlar.
Ayni paytda, Rossiya ham Buxoro xonligi bilan savdo-sotiq ishlarini rivojlantirishdan manfaatdor edi. Bu manfaatdorlik avval Buxoroning Rossiya tovarlarini sotish uchun qulay bozorligida edi. Ikkinchidan esa Rossiya Buxoro xonligi orqali Osiyoning boshqa mamlakatlari bilan savdo aloqalarini rivojlantirish imkoniga ega bo‘lardi. Bunda birinchi navbatda, Hindistonga chiqish maqsadi hisobga olingan edi. 1555- yili Maskvada tashkil etilgan «Moskva savdo kompaniyasi» vakili Antoniy Jenkinson boshliq elchilar rus podshosining guvohnomasi bilan 1558- yili Buxoroga yuboriladi Elchi Antoniy Jenkinson Buxoro xoni Abdullaxon II tomonida qabul qilindi. Elchi xonlikning xalqaro va ichki savdo imkoniyatlari Rossiyadagi Moskva shahridan Buxoro shahrigacha 1558- yilgi sayohat nomli esdaliklarida bayon etadi. Bundan ma‘lum bo‘ladiki xonlik tovar maxsulotlarini xorij mamlakatlariga eksport qilgan va shu bilan birgalikda xonlik ichki bozorini yevropa davlatlarining maxsulot tovarlari bilan ta‘minlab ham turishgan.
Mamlakat iqtisodiy hayotida dehqonchilik, xunarmandchilik, ichki va tashqi savdo asosiy oʻrinni egallagan. Ichki nizolar boʻlib turishiga karamay iqtisodiyotning bu sohalari rivojlanishda davom etdi. Dehqonchilik sugʻorish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan. Sugʻorish tarmoqlari Zarafshon va Amudaryodan chiqarilgan. Abdullaxon II ning 1583 yilda Nurota togʻlari shim. yon bagʻirlaridagi Eski Oqchob qishlogʻi yaqinida qurdirgan suv ombori qoddiqlari hozirgacha saqlangan. Shuningdek, Zarafshon daryosida Puli Karmana, Puli Mehtar Qosim va Puli Chahorminor kabi suv taqsimlagichlar qurilgan. Zarafshondan Jizzaxga Tuyatortar arigʻi chiqarilgan. Sugʻorish tarmoqlari amir Shohmurod va amir Haydar davrlarida ham ancha koʻpaydi, koʻchmanchilarning oʻtroqlashuvi kuchaydi.
Xonlikda yer egaligining asosan 3 turi — amlok (amir .boshchiligidagi mulkdorlar guruhi ixtiyoridagi yerlar), mulk (xususiy yer egalariga qarashli) va vaqf (musulmon ruhrniylari, Madrasa, masjid va mozorlarga qarashli) yerlari mavjud boʻlgan. Xonlikda dehqonlar yerni asosan, ijaraga olib ishlar edi. Soliq turi va toʻlovlarning koʻpligidan, begor majburiyatidan bezor boʻlgan mehnatkash xalq tez-tez gʻalayon qilib turardi. Dehqonchilikda asosan gʻalla, paxta ekilgan. Ipakchilik koʻproq Zarafshon vodiysida rivojlaigan. Chorvachilikda ot, tuya, qoramol, qoʻy boqilgan. Hunarmandchilikning koʻp turlari ravnaq topgan. Xususan, toʻqimachilik, tikuvchilik, misgarlik, zargarlik buyumlari xonlikdan tashqarida ham haridorgir boʻlgan. Shahar va yirik qishloklar aholisining talay qismini hunarmandlar tashkil etar edi. Toʻqimachilik mahsulotlari Yaqin Sharq (mas, Zandana qishlogʻida toʻqilgan zandaniychi matosi butun Sharqda mashhur boʻlgan) mamlakatlariga chiqarilgan. Hayotni tebratuvchi bu ikki yoʻnalish ichki va tashqi savdo takdirini ham belgilagan. Dehqonchilik va hunarmandchilik mahsulotlari ichki va tashqi bozor talablarini qondirib turgan. Xonliklar oʻrtasida savdo uzluksiz davom etgan. Ayniqsa Buxoro shahri Oʻrta Osiyoning eng yirik savdo markazi sifatida mashhur boʻlib, koʻplab karvonsaroylarga va savdo rastalariga ega boʻlgan.
Buxoro islom dini markazlaridan biri sifatida mashhur edi: Abdulazizxon va Abdullaxon saroyida badiiy bezakli nodir asarlar toʻplangan kutubxona mavjud boʻlgan. Bu yerda mohir xattotlar va miniatyurachi rassomlar ishlab, qoʻlyozma, adabiyot, tarix va boshqa fanlar sohasida yaratilgan asarlarni koʻchirish, bezash va kitob holiga keltirish bilan mashgʻul boʻlganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |