Mavzu: Movarounnahr Shayboniylar hukmronligi davrida. Buxoro xonligining tashkil topishi.
Reja:
1. XV asrning oxiri Movarounnahrda ijtimoiy-siyosiy ahvol.
2. Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligining o‘rnatilishi va Buxoro xonligining tashkil topishi.
3. Shayboniylarning davlatning markazlashtirish yo‘lidagi siyosati.
Foydalanilgan manba va adabiyotlar:
1. Abulg‘ozi. SHajarai turk. – Toshkent, 1990.
2. Zaxiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma. - T.: Fan, 1992.
3. Hofiz Tanish Buxoriy. Abdullanoma. 1 va 2 jildlar. – Toshkent 1966/1969.
4. Axmedov B. O’zbek ulusi. -Toshkent: Nur, 1992.
5. Istoriya Uzbekistana / Otv. red. Mukminova R.G. – Tashkent: Fan, 1993.
6. Ahmedov B. Tarixdan saboqlar. – Toshkent: O‘qituvchi, 1994.
7. Sagdullaev A. va boshqalar. O‘zbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti. – T.: Akademiya, 2000;
8. Azamat Ziyo. O‘zbek davlatchiligi tarixi. – T.: 2000;
9. Istoriya Uzbekistana (XVI – pervaya polovina XIX v.). – Tashkent: Fan, 2012.
10. Eshov B. O‘zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi. – Toshkent, 2012.
XV asrning oxiri Movaraunnahr uchun nihoyatda siyosiy tarqoqlik davri bo‘ldi. Movaraunnahr xududlari etnomadaniy va iqtisodiy jixatdan bog‘langanligiga qaramay, bir-biridan mustaqil davlatchalarga ajralib ketgan edi. Movarounnahrda Temuriylardan Sulton Abu Saidning (1451-1458 yillarda Movarounnahr hokimi, 1457-1469 yillarda oliy hukmdor) o‘g‘illari, dastavval Sulton Ahmad Mirzo (1469-1494), so‘ngra Sulton Mahmud Mirzo (1494-1497), Boysunqur Mirzo ibn Sulton Mahmud (1495-1497) va Sulton Ali Mirzo ibn Sulton Mahmud (1498-1500) lar davrida siyosiy tarqoqlik va beboshliklar nihoyat darajada kuchayadi.
Samarqand, Buxoro va Xisor mulklarini bir-biridan mustaqil ravishda Temuriylar, Toshkent viloyatini mo‘g‘ul xoni Maxmudxon, Xorazmni So‘fiylar sulolasining vakili CHin So‘fiy boshqarayotgan edi. Mustaqil mulklar xukmdorlari boshqalarni o‘ziga bo‘ysundirish uchun xarbiy xarakatlar olib borar va qo‘shni viloyatlar ichki ishlariga doimiy ravishda aralashib turar edi. Bunday aralashishlar odatda tinch aholini talon-taroj qilish bilan tugar edi. Siyosiy tarqoqlik va tinimsiz janglar iqtisodiyotning tanazzuliga va xalq turmush darajasining keskin ravishda tushib ketishiga olib keldi. O‘sha davr zamondosh mualliflaridan Muhammad Solih, Bobur Mirzo, Fayzulloh ibn Ro‘zbehon, Xondamirlar Movarounnahrda tartibsizliklar va bosqinchilik yurishlari nihoyatda avjiga chiqqanligini ta’kidlaydilar. Iqtisodiy hayot izdan chiqqan, tovar-pul va savdo munosabatlariga putur etgan sharoitda, xalq ayniqsa Temuriylarni qo‘llab-quvvatlamay qo‘ydi. Vujudga kelgan vaziyatdan Abulxayrxon (1428-1468) nevarasi Muhammad Shohbaxt Shayboniyxon (1451-1510) ustalik bilan foydalanadi.
XV asr 40-yillarida Oltin O‘rdada, Mo‘g‘uliston va Temuriylar davlatida siyosiy kurashlar avj olgach, Abulxayrxon asosiy e’tiborini Sirdaryoning o‘rta oqimida joylashgan viloyatlariga qaratadi. Shaybon ulusining katta bir qismini birlashtirishga muvaffaq bo‘lgan Abulxayrxon 1428-1468 yillarda O‘zbek ulusini boshqargan. 1446 yilda Sirdaryoning o‘rta oqimida joylashgan Sig‘noq, Oqqo‘rg‘on, Arquq, O‘zgand va Suzoq shaharlarini o‘ziga buysundiradi. SHu yili davlat poytaxti Tura (Sibir) dan Sig‘noqqa ko‘chiriladi. Endilikda, ko‘chmanchilar Sirdaryo bo‘yidagi erlarni ishg‘ol qilib, temuriylar yon qo‘shnisiga aylanadi. SHu davrdan Movarounnahr shahar va qishloqlarini tez-tez talon-taroj qilib, temuriylarning siyosiy kurashlariga aralashib, goh u, goh bu hukmdorni qo‘llay borganlar. Abulxayrxon vafotidan keyin Dashti Qipchoqda vaziyat keskin o‘zgardi, O‘zbeklar mamlakatidagi siyosiy tarqoqlik Abulxayr xonadoni vakillarining tazyiq ostiga olinishiga olib keldi. SHu erda e’tiborimizni SHayboniyxon shaxsiga qaratsak.
Shayboniyxon Abulxayrxon o‘g‘li va vorisi Budoq sultonning eng iqtidorli farzandi edi. U Samarqand, Buxoro kabi din, fan va madaniyat markazlarida o‘z yoshligini o‘tkazib, bu shaxarlardagi maktab va madrasalarda juda yaxshi malumot olgan edi. Shayboniyxon turk va fors tillarini mukammal bilgan, tarixiy asarlar yaratilishida ishtirok etgan, sher va g‘azallar yozgan, fan va madaniyat arboblari, ulamolar orasida kata obro‘ etiborga ega bo‘lgan shaxs edi. SHayboniyxon tarbiyasiga bu qadar katta etibor berilishidan maqsad kelajakda uni taxt vorisi bo‘lishiga tayyorlashdan iborat edi. Lekin Budoq sulton vafotidan keyin Dashti Qipchoqda vaziyat keskin o‘zgarib, Abulxayr xonadoni vakillarining tazyiq ostiga olinishi Shayboniyxon uchun xam bu mamlakat yo‘lini bekitdi. Natijada, Shayboniyxon bir necha yil darbadarlikda yashashga majbur bo‘ldi. U o‘z lashkarlari bilan savdo karvonlari, shahar va qo‘rg‘onlarga xujum qilar, egallagan xududlarida biroz vaqt xukmronlik qilib, o‘z xukmronligini mustahkamlashga kuchi etmay xududni tark etishga majbur bo‘lardi.
Masalan, u 1486 yilda Xorazmning ayrim qo‘rg‘onlarini egallab, muayyan vaqt qo‘lida saqladi. Uning bu xarakatlari o‘sha davr manbalarida «qozoqlik» deb baholangan. Darbadarlikda yashagan vaqtida u goh temuriylarga, goh Mo‘g‘uliston xonlariga xizmat qilib yurdi. Shayboniyxon ularga xizmati vaqtida ustalik bilan o‘z kuch va imkoniyatlarini tobora oshirib bordi va 1490 yillarning boshlarida Dashti Qipchoq qabilalarini birlashtirib xonlik taxtiga o‘tirdi. Dastlab u Dashti Qipchoqdagi xududlarni o‘z davlatiga qo‘shib olish bilan band bo‘ldi. 90-yillarning oxirlaridan boshlab u Movaraunnahr xududlarini egallashga kirishdi. Ko‘chmanchilar tuzgan davlat birlashmalari o‘troq aholi istiqomat qilgan erlarni bo‘ysuntirganlarida odatda o‘z xududlarida qolishni afzal bilganlar. Ular mahalliy zodagonlar qo‘li bilan xududni boshqarib soliq olib turish bilan chegaralanganlar. SHayboniyxon ulardan farq qilib, nafaqat Movaraunnahr va Xurosonni egalladi, balki o‘z davlati aholisining aksariyatini voha va vodiylarga ko‘chirib, ularning o‘troqlashishini boshlab berdi.
Shayboniyxonning Temuriylarga qarshi kurashida dastlabki yillari xal qiluvchi yordamni Toshkent taxtini egallagan mo‘g‘ul xoni Maxmudxonga berdi. Maxmudxon SHayboniyxonni Temuriylarga qarshi kurashda o‘ziga ittifoqchi qilish niyatida unga ixtiyoriy ravishda O‘tror shaxrini in’om qildi. Maxmudxon bundan maqsad qilib, butun Movaraunnahrni egallash qilib qo‘ygan edi. Lekin SHayboniyxon Maxmudxon umidlarini chippakka chiqardi. 1498 yilda Maxmudxon qo‘shinlari Samarqandni bo‘ysundirish uchun o‘z harakatini boshlaganda uning xududlariga Shayboniyxon qo‘shinlari tahdid qila boshlaydi. Natijada Maxmudxon Toshkentga chekinadi.
1500 yilga kelib vaziyat yana o‘zgaradi. SHayboniyxon qo‘shinlari Samarqand va Buxoroni Maxmudxon yordami bilan egallaganligi xaqida Bobur va Binoi, Muxammad Solih asarlarida ma’lumotlar bor. Maxmudxon Shayboniyxondan Temuriylarga qarashli boshqa hududlarni egallashda yordam umidida bu ishni qilgan edi. Lekin Shayboniyxon bu xududlarga o‘zi da’vogarlik qila boshlagach Maxmudxon yana Temuriylarga yordam bera boshlaydi. Shayboniyxon esa uzoqni ko‘zlagan holda, ya’ni o‘z hokimiyatini kuchaytirish maqsadida, Movarounnahrning siyosiy va iqtisodiy jihatdan kuchli ta’sirga ega bo‘lgan amirlari bilan do‘stona munosabat yuritishda davom etdi. Shayboniyxonning Movarounnahrni qo‘lga kiritishda qo‘l kelgan omillardan biri ham, Muhammad SHayboniyxonning Movarounnahr yuqori tabaqasining qo‘llab-quvvatlashiga erishishi bo‘lgan.
1498-1500 yillarda Samarqandda Temuriylarning eng kuchsiz vakillaridan biri Sulton Ali Mirzo xukmronlik qilgan edi. Amalda esa Samarqandni - Muhammad Mozitarxon va Xo‘ja Ahror Valiyni o‘g‘li Xo‘ja YAhyo boshqargan. Ular o‘z faoliyati bilan Samarqand aholisini noroziligiga sabab bo‘lishgan edi. Bunday imkoniyatdan foydalangan SHayboniyxonning 1498 yilda Samarqandga yurishi muvvafaqiyatsiz tugaydi. CHunki, shahar mudofaasi aholi tomonidan kuchli himoya qilinadi, natijada SHayboniyxon shimolga chekinadi. Muhammadyor Arab Qatag‘onning “Musaxxir al-bilod”, Boburnoma ma’lumotlariga ko‘ra, Muhammad Mozitarxon va Xo‘ja Yahyolar Temuriylardan Zaxiriddin Muxammad Boburga Samarqandni topshirish tarafdorlari bo‘lgan. Masalan, Mozitarxonning qizi SHahboniyxon nikohida bo‘lishiga qaramay, uni dushman bilib qarshi kurashgan. Sulton Ali Mirzo va uning tarafdorlari esa, SHayboniyxon hokimiyatini tan olganlar.
Keyinroq, 1500 yilda Sulton Ali Mirzo shaxarni SHayboniyxonga jangsiz topshiradi va uni o‘zining xukmdori deb tan oladi. Sulton Ali Mirzoning maqsadi, SHayboniyxon xomiyligida o‘z xokimiyatini saqlab qolishdan iborat bo‘lgan edi. Biroq SHayboniyxonning niyatlari tamomila boshqa edi. Tez orada u Xo‘ja YAxyo va Temuriylarning boshqa tarafdorlarini fitna tayorlayotganda ayblab qatl ettiradi. SHaxarda qoldirilgan garnizon talonchilikni avj oldiradi. Qatag‘onlar va talonchilik shahar aholisi orasida norozilikni kuchaytiradi. Samarqandni eng obro‘li ulamolaridan biri xo‘ja Abdulkarim Boburga maktub yozib uni Samarqandga chorlaydi. Bobur kichik bir otryad bilan Samarqandga keladi. SHaxar darvozalari qo‘zg‘olon qatnashchilari tomonidan Boburga ochib beriladi. To‘satdan berilgan zarbaga bardosh beraolmagan Shayboniyxon garnizoni tor-mor qilinadi va Samarqandda Bobur hukmronligi o‘rnatiladi.
Shayboniyxon Movaraunnahrdan o‘z qo‘shinlari bilan chiqib ketishga majbur bo‘ladi. Lekin Bobur uchun vaziyat juda og‘ir edi. CHunki tinimsiz jangu jadallar mamlakat xalq xo‘jaligini izdan chiqaradi. Xazinada mablag‘ umuman yo‘q edi. Mamlakat ocharchilik ostonasida turgan edi. Bunday sharoitda katta qo‘shin tuzishning iloji yo‘q edi. Vujudga kelgan vaziyatni chuqur tahlil qilgan SHayboniyxon 1501 yil baxorida Movaraunnahrga yangi yurish uyushtiradi. Bobur Toshkent xoni Maxmudxon bilan bog‘lanib yordam so‘raydi. Lekin yordam kelayotgan bo‘lsada uni kutmay Zarafshon qirg‘og‘idagi Saripul qishlog‘i yonida Shayboniyxon qo‘shinlarini qarshi oladi. Boburning shoshma-shosharlik bilan qilgan xarakati uning mag‘lubiyatiga olib keladi. Natijada, u qo‘shinning qolgan qutgani bilan u Samarqandga chekinadi.
Shayboniyxon Samarqandni qamal qiladi. Qamal qilish vaqtida u faol jang xarakatlarini amalga oshirmaydi. CHunki SHayboniyxon Samarqanddagi oziq ovqat taqchilligidan yaxshi xabardor edi. SHaxar ximoyachilari katta qahramonlik namunalarini ko‘rsatgan bo‘lsalarda, ochlik ko‘lankasi tobora ko‘p havf sola boshlaydi. Oziq-ovqatning narxi keskin oshib ketadi. Buning ustiga suv yo‘li bekitilgani uchun suv tanqisligi boshlanadi. Oziq-ovqat tanqisligidan ayniqsa kambag‘allar aziyat chekayotgan edi. SHuning uchun u 1501 yilning ikkinchi yarmida shaxarni tark etishga majbur bo‘ladi va Mahmudxon xuzuriga ketadi.
1503 yil boshida Shayboniyxon Toshkent tomon yurish qiladi va Maxmudxon, Axmadxon xamda Bobur qo‘shinlarini engadi va Toshkent va SHoxruxiya shaharlarini egallaydi. 1504 yil baxorida Farg‘ona vodiysi zabt etiladi. O‘sha yilning o‘zidayoq xozirgi Afg‘onistonning shimolida joylashgan Qunduzni egallab Xusayn Bayqaro mamlakatini zabt etishga tayyorlana boshlaydi. Xuroson va Xorazmni egallashdan maqsad Buyuk Ipak yo‘lining xam shimoliy, xam janubiy tarmoqlari ustidan nazorat o‘rnatishdan iborat edi. Bundan tashqari, Shayboniyxon kuchli Temuriylar davlati mavjud ekan o‘zini xavfsizlikda his eta olmas edi.
Xusayn Bayqaro Hisor, Xuttalon, Ko‘lob, Badaxshon va boshqa mulk egalari bo‘lgan Temuriylar Bilan ittifoq tuzadi. Ularga Bobur xam qo‘shiladi. Bobur bu davrga kelib Qobulni egallagan edi. Lekin bu ittifoq uzoq yashamadi. Ular o‘rtasidagi qarama qarshiliklar kuchli ekanligi buning sababi bo‘ldi.
1504-1505 yil qishida Shayboniyxon Xorazmga yurishini boshlaydi va 1505 yil iyuliga kelib Urganchni egallaydi. SHu vaqtgacha o‘zaro kurash bilan band bo‘lgan Xusayn Bayqaro va Badiuzzamon yarashib qo‘shinlarini birlashtiradilar. Lekin birgalikda harakat qilishga ulgura olmaydilar. O‘sha 1506 yilning 5 mayda Xusayn Bayqaro olamdan o‘tadi. Uning qarorgohidagi amirlar xokimiyatni ikki o‘g‘il Badiuzzamon va Muzaffar Xusaynga bo‘lib beradilar. Ikki xokimiyatchilik vaziyatni yanada og‘irlashtiradi. Faqat 1506 yilning kuziga kelibgina Temuriylar qo‘shini SHayboniyxonning Balxni qamal qilgan qo‘shiniga qarshi otlanadi. Yo‘lda ularga Bobur kelib qo‘shiladi. Lekin Balx egallanganligi haqida xabar olingach yurish to‘xtatiladi. Bu juda katta xato edi. CHunki SHayboniyxonning qamal qilib xoldan toygan qo‘shinini engish imkoniyati boy berilgan edi.
1507 yilning may oyida Shayboniyxon qo‘shinlari Hirotga yurish qiladi va Temuriylar qo‘shinini tor mor etadi. Keyinroq Gurgan va Astrobodning egallanishi bilan XVI asrning dastlabki o‘n yilligida Shayboniylar davlati tarkibida Janubiy Turkmaniston va Xorazm ham bor edi. Shunday qilib, tarix sahnasida Shayboniylar davlati tashkil topadi. Bu davlatning nomi Chingizxonning o‘g‘li Jo‘chi va uning o‘g‘li SHaybon nomidan kelib chiqib atalgan. Bu davlat to 1601 yilgacha qariyb 100 yil yashadi. XVI asrning o‘n yilligi oxirida davlat tarkibiga – Sirdaryo oldi shaharlaridan Turkiston, Arquq, Sayram, Savran, butun Xorazm, Chorjuy, Janubiy Turkmaniston asosiy markaz Marv bilan, Xuroson Mashhad, Astrobod va Damg‘on viloyatlari bilan birga hamda Balx, Hirot kabilar kirgan.
Shayboniyxonning Janub va G‘arbga tomon xarakati eron shohi Ismoil qizilbosh tomonidan to‘xtatiladi. 1510 yilda Ismoilshox Xurosonga bostirib kiradi. Shayboniyxon o‘zining asosiy kuchlarini kutib Marv qalasiga berkinadi. 1510 yil dekabrda bo‘lgan jangda SHayboniyxon o‘ldiriladi. O‘sha davr taomiliga ko‘ra, taxtga oldin SHayboniyxon amakisi Suyunchxo‘jaxon, keyin o‘sha 1510 yilning o‘zidayoq boshqa amakisi Ko‘chkunjixon (1510-1530) o‘tiradi. Lekin ularning birortasi salohiyati jixatidan SHayboniyxonga tenglasha olmas edi. Shayboniylar saroyida tahlikali vaziyat tug‘ilib, ular xatto Xurosonni qaytarib olishga qaratilgan xarakat boshlashga xam qodir bo‘lmay qoladilar. Vujudga kelgan vaziyatdan Bobur foydalanishga xarakat qiladi. Ismoilshox yordamida u 1511 yilda Samarqandni egallaydi. Shayboniylar Movaraunnaxr xududini tark etadilar. Lekin Boburning shialar mazxabi talablari asosida diniy marosimlar o‘tkazgani mahalliy axolini Boburdan ixlosini qaytardi. Uning obro‘si keskin tushib, aholi qo‘llab-quvvatlamay qo‘yadi. Shayboniyxonning jiyani Ubaydulla Sulton (Sulton Maxmudning o‘g‘li) 1512 yil Movaraunnaxrga bostirib keladi. 5000 kishilik qo‘shin bilan ularga qarshi chiqqan Bobur engiladi va Hisor tomonga qochadi. Ubaydulla Sulton yana Samarqandni egallaydi. Ismoilshox Boburga yordamga o‘sha davrning eng tajribali lashkarboshilaridan biri Amir Ahmadni (Najmi Soniy-ikkinchi yulduz) katta qo‘shin bilan yuboradi. 1512 noyabr oyida Buxoro yaqinidagi xal qiluvchi jangda eronliklar engiladi. Bobur va Ismoil ittifoqi barbod bo‘ladi. Bobur yana Qobulga ketishga majbur bo‘ladi. 1525 yilda u Hindistonni egallab, buyuk Boburuiylar imperiyasiga asos soladi.
Kuchkinchixon olamdan o‘tgach qisqa muddat uning o‘g‘li Abusaid xon qisqa muddat xon bo‘ladi (1531-1533/34). 1534 yildan taxtga rasman Ubaydullaxon o‘tiradi. 1512-1533 yillarda u Buxoro xokimi edi. SHuning uchun Samarqand poytaxt bo‘lsada, Buxoroning nufuzi yil sayin ortib boradi. Ubaydullaxon SHayboniylar orasidan eng iqtidorli xonlardan biri edi. U markaziy xokimiyatni mustahkamlashga, Xuroson va Xorazm ustidan qisqa muddat bo‘lsada SHayboniylar xukmronligini o‘rnatishga muvoffaq bo‘ladi. O‘zbek sultonlari uning xokimiyatini tan oladilar. Lekin u 1539 yilda olamdan o‘tgach vaziyat yana o‘zgaradi 1539 yilda qisqa muddat 6 oy davomida Ko‘chkinjixonning o‘g‘li Abdullaxon 1 (1541 mart-1541 sentyabr) xukmronlik qilgach mamlakatda ikki xokimiyatchilik qaror topadi.
Bu vaqtda sulolaviy o‘zaro kurashlar boshlanib ketadi. Buxoroda Ubaydullaxonning o‘g‘li Abdulazizxon (1540-1550), Samarqandda Kuchkinchixonning boshqa o‘g‘li Abdulatif (1540-1551) xukmronligi o‘rnatiladi. Abdulatif o‘limidan keyin Samarqand taxtiga Baroqxon o‘tirib 1556 yilgacha mamlakatni boshqaradi. Buxoroda dastlab Muhammadyor Sulton (1550-51), keyin Balx hukmdori Pirmuhammadxon 1 (1557-1561) bir yilga qolmay hukmronlik qildi (so‘ng Balxga ketdi), keyin yana Muhammadyor Sulton, Burxon Sultonlar boshqardi, amalda Toshkent hukmdori Navro‘z Ahmadxon tasarrufida edi.
Bu davrda Buxoroda juybor shayxi Xo‘ja Islomning nufuzi ortgan bo‘lib u asosan, Iskandarxonning o‘g‘li Abdulla Sulton (Abdullaxon IIni qo‘llay boshladi. 1556 yilda Baroqxon olamdan o‘tgach, 1557-1560 yillarda sulola an’anasiga ko‘ra, Pirmuhammadxon nomiga xutba o‘qitilib, 1557 yildan amalda Buxoroni Abdulla Sulton boshqardi. 1560 yilda Pirmuhammadxon bilan munosabatlarini uzib, taxtga o‘z otasi Iskandarxonni o‘tqazadi va uning nomidan mamlakatni boshqaradi. Uning davrida (1557-1598) Buxoro mamlakatning poytaxtiga aylanadi va davlat Buxoro xonligi deb nomlanadi. XVI asr oxirlarida Rossiya manbalariga ko‘ra, Xorazmdan tashqari butun O‘rta Osiyo “Buxariya”, “Buyuk Buxariya” deb atalgan. Abdullaxonning xukmronligi davri tinimsiz urushlar davri bo‘ldi. U avvaliga Movarjunnahr, keyin Xorazm va Xuroson, undan keyin Sayram, Turkiston, Farg‘ona va xozirgi Qirg‘iziston xududlarini egallaydi va ko‘lami SHoxrux davlatidan qolishmaydigan davlat tuzadi. Markazlashgan davlatning shakllanishi xokimiyatning mustaxkamlanishi unga 1583 yilda (otasi o‘limidan so‘ng) xonlik taxtiga rasmiy ravishda o‘tirib o‘zini xon deb elon qildi.
Markazlashgan davlat tuzish jarayonida u ko‘plab o‘zbek sultonlari, jumladan SHayboniylarni qilichdan o‘tkazadi. Natijada zodagonlarning kattagina qismi unga nisbatan muxolifot kayfiyatida edi. U bir qancha xududlarni buysundirishga erishdi. 1573 yilda Balx, 1574 yilda Hisor, 1578 yil Samarqand, 1584 yil Badaxshon egallangan. 1582 yilda etti martalik yurishdan so‘ng Toshkentni buysundirdi, 1595 yil uchinchi martadan so‘ng Xorazm bosib olindi. Abdullaxon xukmronligining oxiriga kelib Shayboniylar davlatining ahvoli og‘irlashadi. Janubdan Eron shoxi Abbos 1 Xurosondan Abdullaxon qo‘shinlarini siqib chiqara boshladi. Tinimsiz urushlar axolining tinkasini quritgan edi. O‘zbek sultonlari noroziligi separatistik xarakatning avj olishiga olib keldi. Ham janub, xam shimol tomondan tashqi dushman tazyiqi kuchaydi. Bularning barchasi SHayboniylar davlatining Abdullaxondan keyingi tanazzulini belgilab berdi. Uning yolg‘iz o‘g‘li Abdulmo‘min otasining siyosatini davom ettirdi va natijada unga nisbatan norozilikning kuchayishi fitna uyushtirilishiga olib keladi. 1599 yilda u fitna qurboni bo‘ldi. SHayboniylar davlatining so‘nggi inqirozi Pirmuhammad (1599-1601) ning so‘nggi hukmronligi davri bilan uzil-kesil barham topdi.
Seminar mashg'uloti materiali
Mavzu: Dashti Qipchoq va Movaraunnahr aloqalari.
Reja:
1. XV asrning ikkinchi yarmida Dashti Qipchoqdagi siyosiy vaziyat.
2. Movaraunnahr va Dashti Qipchoq aholisining o’zaro aloqalari.
3. Dashti Qipchoqqa Muxammad Shayboniyxon xokimiyatining o’rnatilishi.
4. Movaraunnaxrning Shayboniyxon tomonidan egallanishining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy omillari.
Qipchoq dashti Sirdaryoning yuqori oqimi va Tyanshanning gʻarbiy yon bagʻridan Dnepr daryosining quyi oqimiga qadar yoyilgan dashtlarni XI –XV asrlarga oid arab va fors manbalaridagi nomi. "Dashti Qipchoq" atamasini dastlab Nosir Hisrav (XI-asr) qoʻllagan. Bu davrda qipchoqlar Irtish daryosi sohillaridan gʻarbga tomon koʻchib (1030 y.) Xorazmga qoʻshni boʻlishgan va hozirgi Qozogʻiston hududi, shuningdek, jan.-rus dashtlarini egallashgan. Dashti Qipchoq aholisi sharq manbalarida — qipchoklar, rus solno-malarida — polovetslar, Vizantiya xronikalarida — kumanlar, venger manbalarida kunlar deb atalgan. Dashti Qipchoq 2 qism — Sharqiy va Gʻarbiy qismdan iborat boʻlib, Yoyiq (Ural) daryosi ularning chegarasi sanalgan. Gʻarbiy qism Yoyiq va Itil (Volga) daryosidan to Dneprgacha boʻlgan hududdan iborat boʻlgan. XIII-asrda Dashti Qipchoqni moʻgʻullar bosib olib, tarixda Joʻji ulusi nomi bilan mashhur Oltin Oʻrda davlatini barpo etganlar. XIV-asr boshlarida Joʻji ulusi 2 qismga boʻlinib ketgan Dashti Qipchoqning sharqiy qismida Oq Oʻrda tashkil topgan. Dashti Qipchoqning gʻarbiy qismi rus yilnomalarida "Polovetslar yeri" nomi bilan uchraydi. XIV-asr 60-yillaridan sharqiy Dashti Qipchoq "Oʻzbeklar mamlakati", uning aholisi esa "oʻzbeklar" deb atala boshlandi. Dashti Qipchoq XV-asrning 20-yildan boshlab sharqiy Dashti Qipchoqda Abulxayrxon va uning qarindosh-urugʻlari hukmronlik qilgan. Dashti Qipchoqning asosiy aholi koʻchmanchi va yarim oʻtroq boʻlib, chorvachilik va ovchilik, daryo va koʻl yoqalarida yashagan aholi dehqonchilik, shaharlari (Saroy Botu, Saroy Berka, Oʻrda Bozor, Sigʻnoq, Arquq) dagi aholi esa hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shugʻullangan.XVI-XVIII asrlarda Movarounnahr tarixshunosligida. "Dashti Qipchoq" atamasi uning sharqiy qismi (hoz. Qozogʻiston) ni anglatgan.
Shayboniylar davrini tahlil etishda bu sulolaning ildizi, shajarasini o’rganmoq muximdir. Shaybon xon bu Chingizxonning katta o’g’li Juchining beshinchi farzandi bo’lib, otasigategishlibo’lganxozirgiQozog’istonningjudakatta xuxudlarida hukmronlik qilgan. Ushbu ulo’sga keyinroq uning avlodlariBaxodirxon, Juchi Buko,Badaqo’l, Pulatxon, Abo’lxayrxon va boshqalar egalik qilishgan. Shayboniylar sulolasining kuchli rivojlangan va bevosita Movarounnahrga aloqador davri Abo’lxayrxonning nabirasi Muhammad Shayboniyxon nomi bilan bog’liq. U 1451 yilda tug’ilgan. Bobosi, O’zbeklar davlatining, Mirzo Ulug’bekning kuyovi Abo’lxayrxon va otasi Shox Budog’ Sulton o’limidan so’ng boshlangan qirg’inlardan Movarounnaxrga qochib qutulgan. Avval Samarqand, keyin Byxopo madrasalarida ta’lim olgan. Uzoq harakatlar natijasida nufo’zli ruxoniy va harbiy shaxslar yordamida XX asr oxirlariga kelib Muhammad Dashtu qipchoq nomi bilan (mashxur bo’lgan erlarda o’z hukmronligini o’rnatishga muvaffaq bo’ladi. Oldiga qo’yilgan asosiy maqsadi Turkiston zaminidagi, siyosiy beqarorlikni tugatish, kuchli markazlashgan davlat tuzish edi. 3-4 yillik yurishlar tufayli Qizil O’rda, Xorazm, Byxopo, Shahrisabz, Samarqand erlarini egallaydi. O’zaro hududiy janglar va beqapoplikdan tinkasi qurigan halq unga aytarlik qarshilik ham ko’rsatmagan. Asosiy raqibi sanalmish Boburni izma-iz ta’qib eta borib, Toshkent, Andijon va Qashqadaryo vohalarini qo’l ostiga o’tkazgan. Keyinroq Hirot, Astrobod, Jurjon erlari ham egallangan. 1510 yildagi o’limiga qadar Markaziy Osiyoda ulkan davlatni tashkil etishga ulgurgan edi. Buxoro nomini (1557 yildan rasman) olgan bu davlat Kaspiy dengizi etaqlaridan Xitoygacha, Sirdaryo xavzasidan Afg’oniston markazigacha bo’lgan hududda joylashgan edi.
Muhammad Shayboniyxon mamlakatiga undan keyin amakisi Kuchkinchixon egalik qiladi. Bobur va eroniy qo’shinlar yurishlari tufayli mamlakatda siyosiy va iqtisodiy inqiroz avj olganligiga qaramay davlat saqlanib qoladi. Muhammadning jiyani Ubaydullaxon davri (1533-1539y.) da qo’ldan ketgan erlarni birlashtirish jarayoni muvaffaqiyatli kechadi. Olti marta amalga oshirilgan Xuroson yurishlari natijasida mamlakat sarxadlari hatto kengaya boshlaydi. Ammo Ubaydullaxonning bevaqt o’limi davlat tarixida yana parokandalikni boshlab beradi. Uning o’g’li Abdulazizxon Buxoroda, Kuchkinchixonning o’g’li Abdullatif Samarqandda, Pirmuhammadxon Balx va Badaxshonda, Navro’z Ahmadxon Toshkent va Turkistonda, Iskandarxon Qarmanada xokimliklarini o’rnatib oladilar.
Shayboniylar tomonidan markazlashgan davlat tuzishning uchinchi harakati Iskandarxonning o’g’li Abdullaxon davrida amalga oshiriladi. Qat’iy choralar tufayli 1573 yilda Balx, 1578 yilda Samarqand, 1582 yilda Toshkent, 1583 yilda Farg’ona, 1584 yilda Badaxshon, 1588 yilda Xuroson erlari bitta markazga buyso’ndiriladi. Ammo o’z o’g’li Abdulmumin fitnasi Abdullaxon o’limiga sabab bo’lib, shayboniylar sulolasining davriga ham chek qo’yadi.
Shayboniylar davlatni boshqarish tizimni temuriylardan andoza sifatida olganlar. Ammo u vaqtda keng qo’llanilgan so’yurg’ol tizimi keskin cheklangan. Yagona makon tamoyilini buzuvchi bu tizim mamlakatni bitta markazdan boshqarish imkoniyatiga ega edi. Hokimiyat xon qo’lida bo’lgan. U juda ahamiyatli qarorlar qabul qilar, viloyatlarii ishini o’z noiblariga topshirar, mamlakat xazinasini nazorat etardi. Ammo bu mutloq. hokimiyat emasdi. Davlat mikyosidaga muxim muammolar ruxoniylar, yuqori tabaka vakillari, lashkarboshilar, qabila yoki urug’ oqsoqolari ishtirokidagi kengashda mukoqama qilinardi. Kengash ishida xonning so’zi o’tmay qolishi ham mumkin bo’lgan. Bu holatga yo’l qo’ymaslik uchun xon tegishli mansablarga o’ziga yaqin odamlarni tayinlashga harakat qilgan. Boshqarish tizimida davlat maslahatchilari-otaliqlar, viloyat noiblari, ruxoniylarning nufuzi yuqori bo’lgan. Saroy qoshida esa iqtisodiyot, xazina, soliq va boshqa devonlar tashkil etilgan edi.
Siyosiy qarama-qarshiliklarga qaramay, shayboniylar mamlakatida iqtisodiy yutuqlar talaygina bo’lgan 61 xil xunarmandchilik turi, shu jumladan yangi sohalar, cho’yan qo’yish, zambarak va miltiq yasash, shisha tayyorlash va boshqalar bor edi. Dexqonchilikda ilg’or texnologiya-so’n’iy so’g’orish tizimi Zarafshon kanali, Oqchopsoy so’v ombori rivojlana borgan. Yerni ardoqlash, mulk munosabatlarini samarali tashkil etishga qaratilgan bir qator farmonlar o’z rolini o’ynagan. Xom oshyoning mo’l-ko’lligi o’z navbatida bozor, savdo va shahar hayotining rivojiga turtki berar edi. Mamlakatda pul islohatining amalga oshirilganligi, xususan "ashrofiy" tilla tangalarning zarb etilishi, Buxoroga Ivan Grozniy elchilarining tashrifi, savdo qarvonlarining Hindistongacha tashkil etilganligini ta’kidlash lozim.
Shayboniylar davridagi ta’lim tizimi ayniqsa diqqatga sazovor.100 yilichida madrasaning barpo etilishijuda katta ahamiyatga molikdir. Bu madrasalar hokimlarning va ularning ayollari mablag’lari xisobiga barpo egilgan va shunga ko’ra aksariyati ularning nomlari bilan atalgan. Madrasalarningxarajatlari,talabalarningnafaqalari birinchibordavlatzimmasigao’tkazilganedi. MirArab madrasasi, Chorbakrqasri,Kalonmasjidikabiulkanva nihoyatdachiroylibinolar,mashhurBuxoro devorlari,yopiq bozorlar, qarvonsaroy va xonaqolar shu davrda barpo etilgandi. Mamlakat poytaxti BuxoroSharqning madaniy markazlaridanbirigaaylanganedi.HattoAlisherNavoiy qoshidagi maskanlardan chiqqan Kamoliddin Binoiy, Muhammad Solix, Ibn Ro’zbehxon,Isomiddin Ibroxim, Mullajon Sheroziykabishoirvaolimlarshu erdashuxrat topishgan. Tarix,falsafa,fiqx,tilshunoslik,matematikava she’riyat yaxshi rivojlanish bosqichida bo’lgan.
Muxammad Shayboniyxonning o’zi keng ilmli, nozik-tabiat shoir bo’lganligi, o’zi bilan hatto harbiy harakatlar davrida ham kutubxonasini olib yurishi, Ubaydullaxon, Abdullaxon, Abdulazizxonlarning o’zlari ham she’riyatda o’z nomlarini qoldirganliklariga birtalay tarixiy dalillar mavjud.
Shu bilan bir qatorda yasoq, sovari,so’g’im, tortiq, peshqash,otliq va boshqanomdagi 90 dan ortik soliqlar halq zimmasida bo’lganligini ham takidlash kerak.Bu soliqlar juda qat’iy tartibda undirilar, ayniqsa Abdullaxon davrida to’lamaganlar uchun maxsus qo’shimcha jazo choralari joriy etilgan edi. Unga ko’ra soliq to’lovchi o’z majburiyatlarini ado etishi, puli bo’lmaganda biror buyum yoki jihoz berishi, u bo’lmagandaishlabberishi,ishqobiliyatibo’lmaganda a’zolaridan biriniig ishlab berishi talab etilar edi.
Muhammad Shayboniy vafotidan so’ng Movaraunnahr va Xurosonda markaziy hokimiyat zaiflashib, amirlar va sultonlar markaziy hokimiyatga bo’ysunmay qo’ydilar. Ubaydulla Sulton 1512 yilda Buxoro hukmdori bo’lgan bo’lsa, 1533 yildan butun markazlashgan o’zbek davlatining Oliy hukmdori etib saylandi. Ubaydullaxon mamlakat poytaxtini Samarqanddan Buxoroga ko’chirdi. Shu davrdan boshlab Buxoro Buxoro xonligi deb atala boshlandi. Ungacha butun Movaraunnahr hududi uch qismga bo’lib bo’lgan edi. Jumladan, 1512 yillarda Qo’qon va Xivani ham Shayboniylar mustaqil boshqara boshladi. Biroq Buxoro mamlakatning markazi bo’lib hisoblangan.
Ma'ruza matni
Do'stlaringiz bilan baham: |