1-мавзу: Movarounnahr va Xurosonda mustaqil davlatlarning tashkil topishi. Tohiriylar va Somoniylar davlati. Reja



Download 201,15 Kb.
bet2/23
Sana13.06.2022
Hajmi201,15 Kb.
#665695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
O‘zbekiston tarixi

Somoniylar - davlati 875 yildan 999 yilgacha Movarounnahr va Xurosonda hukmron bo‘lgan. Ularning ajdodi Somon qishlog‘ining hokimi Somonxudot bo‘lgan. Somoniylar davlatining kuchayib borishi arab xalifaligini cho’chitar edi. Shu boisdan xalifalik Xurosondagi Safforiylar bilan somoniylarni to’qnashtirishga va ikkalasini xam zaiflashtirib,o’z ta’sirini qayta tiklashga harakat qiladi. Natijada 900 yili boshlanib ketgan urush somoniylar g’alabasi bilan tugaydi. Butun Xuroson somoniylar qo’l ostiga o’tadi. Oqibatda poytaxti Buxoro shahri bo’lgan Somoniylarning yirik mustaqil feodal davlati tashkil topdi.
Somoniylar davlatining barqarorligi avvalambor markazlashgan mustahkam hokimiyatning qaror topishiga bog’liq edi. Buni yaxshi bilgan Somoniylar ulkan mamlakatni boshqarishda ixcham davlat ma’muriyatini tashkil etdilar. Davlat boshqaruv tizimini tashkil qilish va takomillashtirishda ma’rifatli vazirlar bo’lmish Abdullo Muhammad Jayxoniy va Abu Fazl Bal’amiylarning xizmati katta bo’ldi.
Narshaxiy va Isfahoniy Balx viloyatidagi Somon qishlog‘idan, Al-Muqaddasiy Samarqand viloyatidagi Somon nomli qishloqdan deb ko‘rsatadi. "Saʼdiya" nomli asar (17-a.) da keltirilgan maʼlumotlarga ko‘ra, uning asl ismi Arquq bo‘lib, u Farg‘onadan Termizga ko‘chib kelgan va u yerda Somon nomli qishlog‘iga asos solgan. Hudud al-olam, Ibn Havqal, Beruniy, Gardizi ma’lumotlaricha, Somonxudot sosoniylar davridagi mashhur sarkarda Bahrom Cho‘bin (6-a.) ning 4 yoki 5pogonadagi avlodi bo‘lgan. Somonxudot Balx viloyatidan Marvga Xuroson amiri Asad ibn Abdulloh al Qushayriy (725/727 va 735/738 yillar)ning oldiga kelib, undan dushmanlariga qarshi qurolli yordam berishini so`raydi. Arablar yordamida dushmanlarini yenggach, Somonxudot islom dinini qabul qiladi va o‘g‘lining ismini amirning sharafiga Asad qo‘yadi. Asadning Nuh, Ahmad, Yahyo va Ilyos ismli o‘g‘illari al-Maʼmunning Marvdagi saroyida xizmatda bo‘lgan va Rofi ibn Lays qo`zg`olonini bostirishda faol qatnashgan. Buning evaziga al-Maʼmun ularni bir nechta viloyatlarga amir etib tayinlaydi
Nuh — Samarqand amiri, Ahmad — Farg‘ona amiri, Yahyo — Shosh va Ustrushona amiri, Ilyos esa Hirot amiri etib tayinlanadi. Ular dastlab Xuroson amirlari bo‘lgan tohiriylarga tobe bo‘lgan va Arab xalifaligining sharqiy chegaralarini qo‘riqlashgan, Movarounnahrni birlashtirishni Nuh ibn Asad boshlaydi. 840- yilda Isfijobni bosib oladi. Sug‘dning katta qismini, Farg‘ona va boshqa bir qancha shaharlarni o‘z hokimiyati ostida birlashtiradi. 842- yilda vafot etadi. Taxtni uning ukasi Ahmad ibn Asad (842-866 yy.) egallaydi. Ahmad ibn Asadning  7 ta o‘g‘li Movarounnahrning asosiy shaharlarida hokimiyatni o‘z qo‘llariga oladilar. Buxoro shahri 873 -yilgacha tohiriylar qo‘lida bo‘lgan. 874 -yilda  Ismoil ibn Ahmad hokim bo‘lgan. 875- yilda Nasr ibn Ahmad butun O‘rta Osiyo yerlari birlashtiradi. Nasr xalifa al-Muʼtamiddan Movarounnahrni boshqarishga maxsus yorliq oladi. Nasr Samarqandni markazga aylantiradi. 888- yilda aka-uka Ismoil va Nasr o‘rtasida jang bo‘ladi. Nasr mag‘lubiyatga uchraydi va natijada Ismoil ibn Ahmad butun hokimiyatni o‘z qo‘liga oladi. Ismoil Somoniy qobiliyatli, serg‘ayrat va nihoyatda zukko davlat arbobi. Ismoil 849 -yili Farg‘onada tug‘ilgan. 14 yoshida otasi Ahmad vafot etib, akasi Nasr qo‘lida qoladi. 892 yilda Ismoil Transaksoniya va Xorazm ustidan hukmronligini o‘rnatdi. Buxoro shahri markaz qilib belgiladi. 893-yilda Taroz shahrini bosib oladi. Shalji kumush konlariga egalik qidali. Natijada dashtlik qabilalarning Movarounnahr viloyatlariga bo‘lgan uzluksiz bosqinlari barham topadi. Narshaxiyning yozishicha Amir Ismoil o‘zining kuchli qo‘shinlarini nazarda tutib, "Toki men tirik ekanman, Buxoro viloyatining devori men bo‘laman, — deb aytgan ekan. Movarunnahr siyosiy hayotidagi bu o‘zgarish Arab xalifasi Mu’tazidga (892—902) yoqmaydi. 898- yilda sofforiylardan Amr ibn Laysni Xuroson va Movarounnaxr hukmdori degan yorliq topshiradi. Amr qo‘shin bilan Movarounnahrga yurish qiladi. Ismoilni Xorazm, Farg‘ona, Buxorodan, ya’ni butun Turkistondan yordamga kelgan katta harbiy kuch qo‘llab-quvvatlagan 900 -yil bahorida Balx atrofidagi jangda Amr ibn Lays mag‘lubiyatga uchratiladi. Xuroson va Shimoliy Eron ham Ismoil tasarrufiga o‘tadi. Ismoil ibn Ahmad 907- yil 25 -noyabrda vafot etgach, hokimiyat uning avlodlari qo‘liga o‘tdi:
Ahmad ibn Ismoil (907—914 yillar), 
Nasr ibn Ahmad (914—943 yillar),
Nuh ibn Nasr (943-954 yillar),
Abdulmalik ibn Nuh (954—961 yillar),
Mansur ibn Abdulmalik (961—976 yillar),
Nuh ibn Mansur (976—997 yillar),
Mansur ibn Nuh (997—999 yillar),
Abdulmalik ibn Mansur (999—1000 yillar).
Ismoil al-Muntasir (1000—1005 yillar)
Sulolaning oxirgi vakili qoraxoniylar sulolasiga qarshi kurash olib borib, hokimiyatini tiklashga urindi, lekin natija bo‘lmadi.
Somoniylarda davlat boshlig‘i amir deb atalgan.
Amirga dargoh va  10 ta devon bo‘ysungan. Vazir mansabiga, asosan, Jayhoniylar, Balʼamiylar va Utbiylar aslzoda oilalarining vakillari tayinlangan. Jayhoniy va Balʼamiy ulardan eng mashhur vazirlardir. Har bir amaldor arab va fors tillarini mukammal bilishi, shuningdek, diniy va dunyoviy fanlardan xabardor bo‘lishi shart edi. Podsho dargoxi va devonlar – markaziy hokimiyatdan iborat edi. Dargoxda amir xarami va karorgohi hamda saroy ayonlari, navkar va xizmatkorlarning turar joylari bo’lgan. Somoniylar davlati asosan vazir, mustavfiy, amirul mulk, sohibi shurat kabi 10 ta devonlar boshqaruvida idora etilardi. Ular orasida vazir devoni bosh boshqaruv mahkamasi hisoblanar va davlatning ma’muriy, siyosiy va xujalik tartiboti uning bevosita nazorati ostida tutib turilardi. Barcha devon boshliqlari vazirga tobe’ edi. Amir Nasr II (914-943 y) davrida Buxoroning Registon maydonida podsho qasri qarshisida devonlar uchun Saroy qurilib, davlat mahkamasi mana shu maxsus binoga joylashgan edi. Mahkama xizmatchilari odatda arab, fors tillarini puxta egallab olgan, qur’on va shariatning asosiy qoidalarini yaxshi biladigan, turli fanlardan birmuncha xabardor bo’lgan savodli aslzodalardan tanlab olingan.
Davlat boshqaruvi Buxoro Registoni atrofida joylashgan o’nta devon qo’lida bo’lgan. Devoni vazir yoki xojayi-kalon barcha ma’muriy, siyosiy va xo’jalik muassasalarini nazorat qilgan. Vazir barcha harbiy kuchlarni ham boshqargan. Somoniylar davrida quyidagi devonlar bo’lgan:
Bunday odamlarni ahl al-qalam (qalam axli) deb atashgan. Saroy harbiy qo‘mondonlari hojib, Xuroson lashkarboshisi esa sipoxsolor deb atalgan.
Devoni mustavfiy–moliyaviy ishlar devoni, uni xazinachi boshqargan.
Devoni rasoil –elchilik va muhim davlat ishlarini boshqargan. U devoni insho ham deyilgan.
Devoni sohib-ushrot–sipohiylarni va shoh saroyini moddiy jihatdan ta’minlagan. Yiliga to’rt marta lashkar sipohiylariga maosh berilgan.
Devoni sohib-barid–davlat elchilari va viloyat hokimlari ustidan maxfiy nazorat ishlarini boshqargan.
Devoni muxtasib–bozorlarda tarozu va narx navoni, keyinchalik aholi tomonidan shariat qonun qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilib turuvchi muassasa.
Devoni mushrif (nazorat qiluvchi)–xazina kirim–chiqimi va boshqa muhim davlat ishlarini nazorat qilgan.
Bundan tashqari Devoni qozi, Devoni ziyo, Devoni mamlakai xos (davlat mulklarini boshqargan), Devoni vaqf mavjud bo’lgan.Barcha devonlarning viloyat va shaharlarda bo’limlari bo’lib, hokimlarga bo’ysungan. Markaziy mahkama viloyatlardagi mahalliy boshqarmalar bilan doimiy aloqada bo’lgan. Viloyat devonlari bir tomondan mahalliy hokimga, ikkinchi tomondan esa markaziy mahkamaning tegishli devoniga buysunar edi. Viloyat hokimlari ba’zan vazir deb yuritilardi. Mansabdorlarning xizmat haqi uchun davlat yillik daromadining deyarli yarimi sarflanardi. Davlatda islom dinining ta’siri g’oyatda kata bo’lganligidan oliy diniy mansab- Shayxulislomning roli yuqori darajada e’tirof etilgan.
Ismoil Somoniy yaxshi qurollangan muntazam harbiy qo‘shin- sarbozlar qismini tuzadi. Muntazam sarbozlar oliy dargoh va shaxsan amirni hamda uning xaramini qo‘riqlash uchun turk g‘ulomlaridan tuzilgan. Soliqlardan kelib tushadigan yillik daromadi 45 mln. dirhamni tashkil qilgan.bu mablag‘dan 20 mln.ga yaqini boshqaruv tizimida xizmat qilayotgan amaldorlar va qo‘shin ehtiyojlariga sarflangan. Xizmat uchun ish xaqi hammaga har 90 kunda, yaʼni bir yilda 4 marta muntazam ravishda berib turilgan. X asrdan yirik mansabdorlarning davlat oldidagi xizmati uchun yer va suvdan iborat katta-katta mulklar inʼom qilingan.
Somoniylar davlatida er egaligining quyidagi shakllari mavjud bo’lgan:
-Mulki sultoniy- shaxsan amirga tegishli er-suv, tegirmon, dukonlar. Bu mulkni qishloq chorikorlari ijaraga olganlar.
-Xususiy shaxslarga tegishli mulk: hukmdor tabaqa xonadoni, dehqon-zodagonlarga, sayyidlar, sipohsolar, badavlat savdogarlarga tegishli mulk hisoblangan.
- Vaqf erlari: diniy muassalar va madrasalarga tegishli mulk. Bu mulkni muassasa mutavallisi boshqargan.
- Jamoa mulki: yaylov, tog’ yonbag’irlaridagi lalmi erlar.
Somoniylar davrida qishloq xo’jaligi,hunarmandchilik, savdo-sotiq munosabatlari, shaharlar hayoti ancha yuksaldi. Mamlakat mustaqilligi ta’minlangan, nisbiy ichki siyosiy barqarorlik, kuchli markaziy hokimiyat tizimi mavjud bo’lgan bir sharoitda jamiyatning barcha sohalarida sezilarli o’zgarishlar, ijtimoiy siljishlar yuz berdi. O’lkaning Shosh, Farg’ona va Xorazm vohalarida turli xil g’alla ekinlari etishtirish, bog’dorchilik, uzumchilik, polizchilik, paxta etishtirish ancha kengayib bordi. Ko’plab suv inshootlari barpo etildi. Shaharlarda ko’plab hunarmandchilik ustaxonalari, o’nlab karvonsaroylar, bozor rastalari mavjud bo’lib, doimiy ravishda ishlab turgan.
Samarqand, Buxoro, Marv, Shosh, Isfijob, shuningdek, Farg’ona, Xorazm vohasi shaharlari savdo-sotiq va hunarmandchilik markazlari sifatida g’oyat ravnaq topgan. Buyuk ipak yo’li bu shaharlarni xalqaro karvon savdosi bilan tutashtirgan. Metallga ishlov berish, oltin, kumush, mis va boshqa ma’danlardan qimmatli bezaklar, buyumlar, asbob-anjomlar tayyorlash shaharlarda keng rivojlangan. Farg’ona vodiysi, Ohangaron, Samarqand, Nurota tumanlarida kon-ruda ishlab chiqarishi taraqqiy topgan.
XI asrda keng yoyiladi. Bu „iqto“, unga ega bo‘lgan mulkdorlar „muqto“ yoki „iqto 'dor“ deb yuritilgan.
Somoniylar davrida Iqto amaldorlarning xizmati jarayonidagina berilgan. Ular iqto yerlaridan tushadigan daromad yoki uning maʼlum qisminigina yig‘ib olish huquqiga ega bo‘lganlar.
Viloyatlarni hokimlar boshqargan , ular amir tomonidan tayinlangan.
Shaharlarni raislar boshqargan, ular hokimlar tomonidan tayinlangan.
Somoniylar hukmronligi davrida Toxariston va Balxda banichuriylar sulolasi,
Xuroson va Ko‘xistonda simjuriylar sulolasi, Xorazm va Isfijobda mahalliy turkiy sulolalar, Seyistonda sofforiylar,  Kirmonda ilyosiylar, buvayhilar  Chag‘oniyonda muhtojiylar, G‘azna, Sijiston, G‘ur va G‘archistonda mahalliy sulolalar hukm surgan. Somoniylar saroy maʼmuriyatidagi amaldorlarning bir qismini forslar, qolgan qismini mahalliy turkiylar tashkil etgan. Harbiy va mudofaa ishlari to‘la turkiylarning qo‘lida bo‘lgan. X asrga kelib Isfijob, Taroz va boshqa shaharlarning turkiy aholisi islom dinini qabul qilgach, boshqaruv tizimida ularning salmog‘i oshib ketgan. Hokimiyat qoraxoniylar qo‘liga o‘tgandan keyin ularning deyarli barchasi ikkilanmay yangi hukmdorlar xizmatiga o‘tishgan. Somoniylar  shaharlar va qishloqlar obodonchiligiga katta ahamiyat berishgan. kanallar, yer osti ariqlari (korizlar) qazish, ko‘priklar qurish, karvon yo‘llari xavfsizligini ta’minlash, karvonsaroylar, turli binolar, bozorlar, yangi shaharlar bunyod etishgan. Bu davrda dehqonchilik, hunarmandchilikning ko‘plab sohalari gurkirab rivojlanib, farovonlik hukmron bo`lgan. Buxoroning Zandana qishlog‘ida to‘qilgan malla rang bo‘z «zandanacha», Samarqandning Vador qishlog‘ida tayyorlangan mato «vadoriy» nomlari bilan Sharqda mashhur edi. Pishiq, sarg‘ish tusdagi sidirg‘a va­doriy mayin mato zodagon tabaqa vakillari uchun juda manzur bo‘lgan. Vadoriy matodan tikilgan kiyimlarni Xurosonda amirlar, vazirlar va qozilar kiyardilar. Vadoriy ko‘ylakning bahosi ikki dinordan o‘n dinorgacha bo‘lgan. Arxeologik qazishlar shuni ko‘rsatadiki, konchilik texnologiyasi o‘z davri uchun yuqori darajada bo‘lgan.
Somoniylar davridagi pul muomalasining o‘ziga xos tomonlari bor.
Muomalada oltin tangalar, ismoiliy, muhammadiy, g‘itrifiy, musayyabiy, xorazmiy dirhamlari bo‘lgan. Istaxriy ma’lumoticha,  «Samarqandda muomalada oltin (tanga) va ismoiliy dirhami yuradi. Yana bir pul birligi borki, uni muhammadiy deydilar. Va Samarqanddan boshqa hech yerda muomalada yurmaydi». ismoiliy dirhami saltanat va xalqaro miqyosdagi qattiq valyuta rolini o‘ynagan. Muhammadiy, g‘itrifiy va boshqalar esa mahalliy ahamiyat kasb ettan. Masalan, g‘itrifiy kumush tangalari, asosan, Buxoro doirasida muomalada bo‘lgan. Avvalo, o‘lka savdogarlari shu yerda ishlab chiqarilayottan mahsulotlar bilan mintaqa ahli ehtiyojlarini qondirishga harakat qilganlar.
Buyuk ipak yo‘li orqali xalqaro savdo keng rivojlangan.
Xitoyga shishasozlik buyumlari, oyna, arg‘umoq otlar, ba’zi bir oziq-ovqat mahsulotlari jo‘natilgan. U yerdan esa ipak va ipak matolar keltirilgan. Yevropaga ip, jun, ipak matolar, quritilgan mevalar, sholi, kumush buyumlar, tangalar ko‘plab olib ketilgan, u yerlardan esa asosan mo‘yna, charm kabilar olib kelib sotilgan. Yevropaliklar ayniqsa bizda ishlab chiqariladigan kumush buyumlari, tangalarga ishqivoz bo‘lganlar. arxeologlar Skandinaviya o‘lkalarida tekshirish ishlari olib borganlarida Toshkent viloyatida o‘sha davrlarda qazib olingan kumushdan ishlangan tangalarni ko‘plab topganlar. O‘rta va Yaqin Sharq mamlakatlari ko‘proq bizning ota-bobolarimiz ishlab chiqargan qurol-aslahalarga, temirchilik mahsulotlari olib ketilgan. Halqaro savdoda chek tizimi joriy qilingan edi.
Ma'ruza matni

Download 201,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish