1-мавзу: Movarounnahr va Xurosonda mustaqil davlatlarning tashkil topishi. Tohiriylar va Somoniylar davlati. Reja



Download 201,15 Kb.
bet4/23
Sana13.06.2022
Hajmi201,15 Kb.
#665695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
O‘zbekiston tarixi

2. G’aznaviylar davlati
X asr oxirlariga kelib Movarounnaxr xududida turkiy xalqlar sulolalarining hukmronlik mavqei borgan sayin kuchayib boradi. Ular o’z tarixlari davomida birin-ketin bir qancha davlatlarni tashkil etdilar. Bu xalqlarning davlatchilik an'analari islom dinini qabul kilganlaridan so’ng ham davom etdi. Ana shunday turk davlatlaridan biri — Gaznaviylar davlati edi. Bu davlatning tamal toshini Alptakin qo’ygan. Sabuqtegin davrida gaznaviylarning quyoshi chikkan bo'lsa, Maxmud G’aznaviy podsholigi yillarida eng porlok va qudrat cho’qqisiga erishdi.
X asrga kelib G’azna shaxrining mavqei xar tomonlama ortdi va turkiy sarkardalarning dikkatini uziga torta boshladi. G’azna ma'muriy-siyosiy jixatdan Somoniylarga qaram edi. Biroq G’azna hukmdorlari alohida mustaqil davlat bo'lib ajralib chiqish ishtiyoqi bilan yashagan.
Bu ishga birinchi marta astoydil kirishgan shaxs Somoniylar lashkarboshisi turk gulomlaridan bo'lgan Alptakindir. U 962 yilda mahalliy hokimni agdarib tashlab G’aznada o’z hukmronligini o’rnatdi. G’aznada, hokimiyatni qo’lga olib mustaqil davlat barpo etishga ikkinchi marta urinish 977 yilda goyatda qobiliyatli va idrokli hukmdor Sabuqtakin tomonidan amalga oshirildi. Sabuqtakin Alptakinning gulomi bo'lib, uni Alptakin Nishopur shahrida qul bozoridan sotib olganligi ta'kidlanadi.
Aslida Somoniylar tarkibida bo’lib kelgan G’azna mulkining X asr ikkinchi yarmiga kelib mustaqil davlat maqomiga ega bo’lishi avvalo shu davrda mintaqada kechgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlar hamda ayrim sulolaviy kuchlarning o’zaro kurashlari va uning oqibatlari bilan bog’liqdir. Negaki Somoniylar davlatining biz tilga olgan vaqtga kelib har taraflama ichki ziddiyatlarga duch kelishi, tobora zaiflashib borishi tabiiy suratda uning hududiy parchalanishiga sabab bo’ldi. 961 yilda Somoniy hukmdori Abdulmalik vafotidan so’ng davlatning zaiflashganligidan foydalanib G’azna mulkini qo’lga kiritgan, asli turkey g’ulomlardan bo’lgan saloxiyatli lashkarboshi Alptaginning bu hududda yangi davlatga asos solganligi ham shundadir. Biroq G’aznaviylar davlatining yuksak maqomini qaror topishi va keng e'tirof etilishi Sabuqtegin nomi bilan bog’liqdir.
Tarixiy manbalarda uning asli kelib chiqishi turkiy barsxon qabilasidan bo’lib, yoshligida asir olinib, taqdir taqazosi bilan Movarounahrga olib kelingan. Asta-sekin o’z mehnati, iste'dodi bilan amal pillapoyalariga ko’tarilib, Somoniylar davlatining yetuk harbiy lashkarboshisi darajasiga erishgan. U katta xizmatlari evaziga 977 yilda G’azna mulkini qo’lga kiritib, asta-sekin uning mustaqilligini ta'minlash, qudratini oshirish borasida ustamonlik bilan siyosat yuritadi. O’sha davr an'anasiga ko’ra xalifalik tomonidan unga "dinu davlat himoyachisi" faxriy unvoni berilganligi ham bejiz emasdir.
G’oyatda salohiyatli, uzoqni ko’ra bilgan Sabuqtegin Somoniylar davlati ichida davom etayotgan o’zaro nizolardan foydalanib, qisqa vaqt ichida Qobul daryosi havzasi yerlarini G’azna viloyatiga qo’shib, mustaqil davlat tuzishga muvaffaq bo’ladi.
Ayniqsa X asr oxirlariga kelib Qorahoniylarning Somoniylarga qarshi urush harakatilari kuchaygach va somoniy hukmdorlarning tang ahvolga tushib qolganligidan foydalanib, Sabuqtegin o’z hududlarini yanada kengaytirishga intiladi. U somoniy hukmdorlar da'vatiga javoban ularga harbiy madad ko’rsatib, buning evaziga Xurosonga egalik qilish huquqini qo’lga kiritadi. Shu tariqa, Qorahoniylar Somoniylar hukmronligini qulatib, Movarounahrni egallagunlariga qadar Amudaryoning janubida Sabuqtegin va uning vafotidan so’ng esa (997) o’g’li Mahmud G’aznaviyning davrida ancha kuchaygan G’azna davlati tashkil topgan edi.
G’aznaviylar davlatining eng yuksalgan, qudratli saltanatga aylangan davri Sulton Mahmud (998-1030) podsholigi vaqtiga to’g’ri keladi. Negaki o’zida noyob harbiy sarkardalik iste'dodi, yetuk davlat donishmandi, yuksak akl-zakovat sohibi sifatlarini mujassamlashtirgan, nihoyatda qattiqqo’l, ayyor Mahmud o’z jahongirlik shuxrati-yu, hukmronligini butun choralar bilan qaror topdirishga intildi. Bu yo’lda ko’plab jangu jadallardan ham qaytmadi. Shu bilan birga Mahmud G’aznaviy shaxsi g’oyatda ziddiyatlidir. Chunki u kanchalik qattiqqo’l, shafqatsiz bo’lmasin, u ayni zamonda ilmli, ma'rifatli, donishmand siymo bo’lgan, g’azalnaviy shoir sifatida qalam tebratgan, ilm-ma'rifat ahliga katta homiylik ko’rsatgan. Binobarin, biz bu tarixiy shaxsga baho berishda mana shu jihatlarni ham ko’zda tutmog’imiz kerak bo’ladi.
Kezi kelganda, Sulton Mahmud katta qo’shin tuzib, uni o’sha davrning eng zamonaviy qurol-aslahalari bilan, yetarli maosh bilan ta'minlab, shundan so’ng juda ko’plab harbiy yurishlarini amalga oshirdi. U XI asr boshlarida Amudaryo bilan belgilangan shimoliy chegaralarni Qorahoniylar bilan kelishib olgach, o’zining asosiy e'tiborini janubda - Hindiston, g’arbda - Xuroson va unga chegaradosh hududlar tomon qaratadi. Faqat Hindistonga 17 bor yurish qilib, u yerdan katta miqdorda o’lja-boyliklar olib keladi. Birgina 1019 yilda Kanuadji shahrini egallab, olib kelingan o’lja - katta miqdordagi oltin, kumush va qimmatbaho buyumlardan tashqari 350 fil va 57 ming asir-qulni tashkil etadi. U 1008 yilda Qorahoniylar bilan tuzilgan shartnomani buzib, Amudaryo shimolidagi Chag’aniyon va Xuttalon viloyatlarini egalaydi. 1017 yilga kelib esa Mahmud G’aznaviyning nigohi geografik jixatdan qulay nuqtada joylashgan, boy hudud - Xorazmga qaratiladi. U Xorazmshohlar davlatidagi qaltis siyosiy vaziyatdan, xususan Xorazmshoh Ma'munning o’limidan foydalanib, u yerga katta qo’shin yuborib, osonlik bilan Xorazmni tobe qiladi. Ayni paytda shuhratparast Sulton Xorazm Ma'mun akademiyasining bir qator atoqli namoyandalarini, shu jumladan, Abu Rayhon Beruniyni G’aznaga olib keladi. Uning so’ngi istilochilik yurishlaridan biri 1029 yilda Eronning Ray shahrini egalash bo’ladi. Shahar olingach, qo’lga kiritilgan katta boylik G’aznaga olib kelinadi.
Mahmud G’aznaviy davrida shaharlarda, ayniqsa, G’aznada katta inshootlar, salobatli masjidu madrasalar, kutubxonayu shifoxonalar, ilm maskanlari ko’plab barpo etilgan bo’lsa-da, biroq ko’pchilik aholining modiy-maishiy ahvoli nochor kechgan, turli hil soliq va majburiyatlar odamlarning tinkasini quritgan.
Katta qo’shin tutish, son-sanoqsiz besamar urishlar olib borish, yuqori davlat amaldorlaridan tortib to mahalliy beklar, mansabdorlarning o’zboshimchaligi, suiste'molchiligi - bular xalq ommasi zimmasiga og’ir yuk bo’lib tushgan, ularni og’ir qismatga duchor etgan. Urushlar bilan band bo’lish orqasida mamlakat xo’jaligiga e'tibor berilmasligi, ekin-maydonlarining qarovsiz holga kelishi, sug’orish inshootlarining ishdan chiqishi va shu singari hollar, dastavval, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga katta salbiy ta'sir ko’rsatdi. 1011 yilda Xuroson o’lkasida boshlangan ocharchilik minglab odamlarning nobud bo’lishiga olib kelgan. Shu bois Mahmud G’aznaviy davlati tashqaridan go’yo g’oyatda qudratli ko’ringani bilan haqiqatda esa uning ichdan yemirilishini, omonatligini payqash qiyin emas. Zero, uning vafotidan keyin ko’p o’tmay bu saltanatning tushkunlik sari yuz tutganligi shundandir. Bu o’rinda shuni aytish kifoyaki, Sulton Mahmud vafotidan keyinoq Xorazm o’z mustaqilligini tiklashga erishdi. Shuningdek saljuqiy-turklarning Xuroson hududlarini egallash sari harakatlari kuchaydi. Agar Mahmud davrida uning roziligi bilan Xurosonning ayrim hududlariga saljuqiy qabilalar kelib joylashgan bo’lsa, endilikda ular butun Xurosonni ishg’ol qilishga kirishdilar. O’lkaning G’aznaviylar siyosatidan, haddan ziyod soliq-to’lovlar asoratidan norozi bo’lgan mahalliy aholisi ham Saljuqiylarni qo’llab-quvvatlab chiqdi. Bu esa ikki o’rtadagi harbiy to’qnashuvlarning pirovard yakuniga ham hal qiluvchi ta'sir o’tkazdi. G’aznaviylar qo’shini bilan Saljuqiylar o’rtasidagi birinchi katta urush 1035 yilda Nissa shahri yonida bo’lib o’tdi. U Saljuqiylar g’alabasi bilan yakunlandi. Ko’p o’tmay Saljuqiylar o’z g’alabalarini mustahkamlab, Xurosonning ancha qismini, jumladan, Nishopurni qo’lga kiritdilar (1038y).
1040 yil bahorida Dandonig’on yonida (Saraxs bilan Marv oralig’i) bo’lgan so’ngi hal qiluvchi jangdan so’ng Ma'sud G’aznaviy qo’shini qaqshatqich zarbaga uchrab, butun Xuroson o’lkasidan mahrum bo’ldi. Ko’p o’tmay Ma'sud ukasi Muhammad tomonidan qatl qilindi (1041y). Ketma-ket yuz bergan saroy fitnalaridan so’ng G’aznaviylar hokimiyatini egallagan Ma'sudning o’g’li Mahmud ham bir necha bor kuch to’plab Saljuqiylar bilan urush olib borgan bo’lsa-da, ammo o’z qo’shinini mag’lubiyatdan saqlab qola olmadi. 1059 yilda G’aznaviylar davlati uchun muhim strategik ahamiyatga molik - Balxning Saljuqiylar qo’liga o’tishi G’aznaviylarning so’ngi umidini ham puchga chiqardi. Bu esa pirovardida G’aznaviylar davlatining puturdan ketkazib, tarix sahnasidan tushib ketishiga sabab bo’ldi.
Seminar mashg'uloti materiali
Mavzu: Qoraxoniylar va G’aznaviylar davlati. Movarounnahrda ijtimoiy-siyosiy hayot.
1. Qoraxoniylar sulolasining hokimiyatga kelishi. 
2. Qoraxoniylarning davlat boshqaruvi, ijtimoiy hayot.
3. G’aznaviylar davlatining tashkil topishi.
4. G’aznaviylarning davlat boshqaruvi tizim va harbiy yurishlari.
X asr o’rtalarida Issiqko’lning janubi va Qoshg’arda yashagan Yag’mo qabilasi kuchayib, avval o’zlaridan shimoli- sharqda yashovchi chig’il qabilasi bilan yagona ittifoqqa birlashadi. So’ngra Yettisuvga xuruj qilib, qorluqlarni buysundiradi va bu ulkan hududda qoraxoniylar davlatini tashkil qiladilar. Bu yangi turk davlatining hukmdorlari «arslonxon» va «bug’roxon» unvonlari bilan yuritilgan. Buyuklik yoki ulug’lik esa qadimgi turkiy xalklarda «qora» so’zi bilan atalgan. Shu boisdan taxtda utirgan arslonxon va bug’roxonlar «qoraxon», ya’ni ulug’xon hisoblangan. Ular hukmdorlik qilgan davlat esa tarixda «qoraxoniylar davlati» nomi bilan shuhrat topgan. Qoraxoniylar 992 yilda Xasan Bug’raxon boshchiligida Buxoroni egallaydilar. Biroq ular Buxoroda uzoq turolmaydilar. Kasallik uni qoshg’arga qaytishga majbur qiladi. Yo’lda u vafot etadi. Bunday qulay sharoitdan foydalangan somoniy hukmdorlar Buxorga qaytib yana taxtni egallaydi. Shu vaqtda ikki mahalliy turk xojiblari–Foyiq Balxda, Abuali Simjuriy Xurosonda amir Nuh ibn Mansurga qarshi qo’zgolon ko’taradilar. O’z kuchiga ishonmagan amir G’azna hukmdori Sabuktakinni yordamga chaqiradi. qo’zgolon bostiriladi. Yordam evaziga Sabuktakinga Xuroson noibligi beriladi. Natijada G’aznada Sabuktakin va o’g’li Mahmudning siyosiy hukmronligi mustahkamlanib G’aznaviylar davlati tashkil topadi. Tez orada bu davlat kuchayib, Hindiston chegarasidan to Amudaryogacha bo’lgan erlarni egallaydi. 996 yilda qoraxoniylar Mavarounnahrga yana hujum boshlaydilar. Shunda Sabuktakin Nuh ibn Mansurga yordam berish o’rniga amir qo’shinlariga Keshga etib kelishini va birga qoraxoniylarga qarshi kurashishni taklif qiladi. Nuh ibn Mansur, shubhasiz, bundan bosh tortadi. Bunga javoban Sabuktakin qo’shin yuborib, Buxoroni egallaydi va qoraxoniylar bilan muzokara olib boradi. Ular o’rtasida shartnoma tuzilib, unga muvofiq Sirdaryo havzasi qoraxoniylar qo’liga utdi, Sabuktakin esa Amudaryodan janubdagi erlar va Xurosonga hukmdor bo’lib oldi. Shunday qilib 999 yilda Somoniylarning o’rniga qoshg’ardan Amudaryogacha chuzilgan, sharqiy Turkistonning bir qismi, Yettisuv, Farg’ona va qadimgi Sug’dni o’z ichiga olgan qoraxoniylar davlati tashkil topdi.
Qoraxoniylar davlat boshqaruvida davlatni el-yurt va viloyatlarga bo’lib idora qilganlar. El-yurt hokimlari «iloqxon», viloyat noiblari esa «takin» deb yuritilardi. Iloqxonlar o’z nomlari bilan chaqa-tangalar zarb qilar va viloyatlar mustaqilligi uchun intilar edilar. Mavarounnahr iloqxoni qoraxoniy iloqxonlari orasida katta obro’ga ega edi. U odatda Samarqandda taxtda o’tirardi. Viloyat boshqaruv ma’muriyatida Somoniylar davridagidek vazirlar, mustavfiylar xizmat qilardilar. Shaharlar esa shahar hokimi, raisi va muxtasiblari tomomnidan boshqarilardi. qoraxoniylar mamlakatda o’z hukmronligini mustahkamlab olishda musulmon ruhoniylari bilan yaqin va do’stona munosabatlar o’rnatadilar. Bu davrda imomlar, sayyidlar, shayxlar va sadrlarga e’tibor kuchaydi.
Ma’muriy idoralar dargoh va devonga bo’linib, boshqaruv usuli somoniylar davlati boshqaruvidan ancha farq qilgan. qoraxoniylar markaziy boshqaruv tizimidan ko’ra ko’proq hududiy boshqaruv tizimini afzal ko’rganlar.
Qoraxoniylarda vaqf jamoa mulklari asosiy er mulklari hisoblangan. qoraxoniylar davlatida iqto’ er egasi o’z mulkida ishlayotgan ziroatkorlardan belgilangan miqdorda qonun bilan qayd etilgan soliqdan boshqa ortiqcha mahsulot yoki haq olishga huquqi bo’lmagan.
XI asrning 40 yillariga kelib qoraxoniylar o’rtasidagi sulolaviy kurashlar oqibatida xonlik ikkiga bo’linib ketadi. Farbiy xonlik markazi Buxoro bo’lib, unga Movarounnahrva Farg’onaning g’arbiy hududlari kirgan. Sharqiy xonlik markazi Bolasog’un bo’lib uning tarkibiga Talos, Isfijob, Shosh, Farg’onaning sharqiy qismi, Yettisuv va qoshg’ar erlari kirgan. qoraxoniylarning er, mol, dunyo va davlat talashib Faznaviylar, saljuqiylar va qoraxitoylar bilan olib borgan urushlari natijasida davlat kuchsizlanib boradi. 1130 yilda qoraxoniylar davlati saljuqiy Sulton Sanjarga qaram bo’lib qoldi. 1211 yilda esa Xorazmshoh Aloviddin Muhammad qoraxoniylarga so’nggi zarbani berdi va Movarounnahrda qoraxoniylar sulolasini tugatdi.
Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, O’rta Osiyo erlarining qoraxoniylar davlati tarkibiga o’tishi erli aholining etnik tarkibida ham muhim o’zgarishlarni vujudga keltirdi. Sharqiy hududlardagi turkiy qavmlar g’arbiy hududlarga ko’chib kelib, o’rnashib, o’troqlasha boshladi.
Bu esa shubhasiz, o’zbek xalqining etnik shakllanish jarayonida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ldi. Ayni chog’da turkiy tilning iste’mol doirasi to’xtovsiz kengayib bordi. Shu bilan birga bu tilning adabiy til sifatida mavqei va maqomi ham tarkib topib bordi. Go’zal va nafis qadimgi turkiy, ya’ni eski o’zbek adabiyotining ijodiy namunalari hisoblangan Maxmud qoshg’ariy, Yusuf Xos Hojib va Ahmad Yugnakiylarning betakror ijodiyoti bunga yorqin dalil bo’la oladi.
G’aznaviylar davlatining asoschisi Sabuktakin (Sabuktegin) bo’lib, u Somoniylar davrida etuk harbiy lashkarboshi darajasigacha ko’tarilgan. U katta xizmatlari evaziga 977 yilda G’azna mulkini qo’lga kiritib, asta-sekin uning siyosiy mustaqilligini ta’minlash, qudratini oshirish borasida ustamonlik bilan siyosat yurgiza boshladi. Sabuktakin somoniy hukmdorlarning da’vatiga binoan ularga harbiy yordam ko’rsatadi va buning evaziga Xurosonga egalik qilish huquqini qo’lga kiritadi.
G’aznaviylar davlatining eng gullab yashnagan davri Sulton Mahmud hukmronlik qilgan davrga to’g’ri keladi. Sulton Mahmud davrida G’aznaviylar davlati musulmon davlatining eng qudratli davlatiga aylanadi. Bu davlatning hududi shimoliy Hindistondan Chag’oniyon va Xorazmgacha cho’zilgan bo’lib unga Eronning ham katta qismi kirgan edi.
Mahmud G’aznaviy 1030 yilda vafot etdi. Uning o’g’li Ma’sud otasi tuzgan davlatni butunligicha saqlab qola olmadi. Bunday siyosiy inqirozdan foydalangan Xorazm mustaqil bo’lishga erishdi. 1040 yili Ma’sud G’aznaviy qo’shinlari Saljuqiy qo’shinlari bilan Dandanakon yonida to’qnashdi va engildi. Keyinchalik Ma’sudning ukasi Mavlud davrida bu parokandalik yanada kuchaydi. G’aznaviylar davlatining katta qismi Saljuqiylar qo’liga o’tdi. Bu esa G’aznaviylar sulolasini inqiroziga sabab bo’ldi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, IX-XII asrlarda Markaziy Osiyoda tashkil topgan markazlashgan davlatlar xalqimiz va davlatchiligimiz tarixida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Bu davrda Samoniylar, qoraxoniylar, G’aznaviylar va Xorazmshohlar davlatlari hukm surdilar. Bu davlatlar xalqaro maydonda o’z mavqei va tutgan o’rni jihatidan katta e’tibor va nufuzga ega bo’ldilar. Bu davlatlar mustaqil bo’lib, davlat boshqaruvining o’ziga xos mahalliy shakllarini yaratdilar. Ilm–fan, madaniyat va ma’naviyat, adabiyot va san’at, shuningdek, xalq og’zaki ijodi, qurilish va me’morchilik rivojlandi.
IX-XII asrlarda O’rta Osiyo xalqlari tarixida moddiy va ma’naviy hayotning rivojlanishida oldingi davrlarga nisbatan keskin yuksalish yillari bo’ldi. Movarounnahr deb ataladigan bu hududda mustaqil davlatlarning tashkil topishi ularda siyosiy barqarorlik, iqtisodiy rivojlanish va madaniy hayotning ravnaqiga katta ta’sir ko’rsata boshladi. Buxoro, Samarqand, Urganch va Marv kabi shaharlar ilm-fan va madaniyat markazlari sifatida shakllanib rivojlana boshladi.
Ismoil Somoniy, Alptakin, Mahmud G’aznaviy, To’g’rulbek, Sulton Sanjar, Otsiz, Takash singari tadbirkor va uzoqni ko’ra oladigan davlat arboblari davrida O’rta Osiyoda hayotning barcha jabhalarida yuksalishga erishildi, davlat hokimiyati mustahkamlandi, nisbatan tinchlik, osoyishtalik va barqarorlik vujudga keldiki, bu davrda O’rta Osiyoda ilm-fan, madaniy hayotning rivojlanishiga keng imkoniyat yaratildi.
davlat boshqaruvi
¨dargoh va devonlar (vazirliklar) turgan.
¨Dargohda sipohdor (saroy xizmatchisi),
¨davotdor (oliy hukmdorning hujjatlarini yurituvchi),
¨ pardador (mahram; xufiya ishlarni bajaruvchi),
¨ martabador (saroydagi o‘rta amaldor), xazinachi, joma xona va farrosh kabi mansab va xizmatlarning o‘rni katta bo‘lgan
¨Devonlar ijroiya idoralari bo‘lib, o‘sha davr manbalarida 5 ta devon nomi uchraydi. Ular
¨vazir devoni (bosh vazir devoni);
¨harbiy ishlar devoni;
¨elchilik va boshqa rasmiy tadbirlarni yuritish devoni;
¨ moliya devoni; pochta-xabar devoni.
¨Viloyat boshlig‘ini voliy deganlar va uni oliy hukmdor tayinlagan.
¨ Shahar boshlig‘ini rais deb ataganlar.
¨G‘aznaviylar davlati qudratli harbiy qo‘shinga ega edi. Oliy qo‘mondonlik hukmdorning ixtiyorida bo‘lgan.
¨Bosh qo‘mondon — sipohsolor esa sulolaning eng ishonchli vakili yoxud shu xonadon aʼzosi hisoblangan.
¨Mas: Mahmud G‘aznaviy sipohsolor mansabiga ukasi Muhammad Yusufni tayinlagan.
¨G‘aznaviylar davlatida ilm-fan va madaniyat, xususan, adabiyot rivojlangan.
¨Mahmud G‘aznaviy ona tilisi turkiydan tashqari fors, arab, hatto pahlaviy tillarini ham mukammal bilgan va o‘zi sheʼrlar bitgan.
¨Uning saroyida 400 dan ortiq olim, shoir va sanʼatkorlar to‘planib, faol ijod bilan shug‘ullanishgan.
¨Abu Rayhon Beruniy, Farruxiy, Unsuriy, Manuchehriy kabi shoirlar, Nosir Xusrav, Utbiy, Gardiziy, Bayhaqiy shular jumlasidan bo‘lib, G‘aznada yashashgan.
¨Beruniy o‘zining "Qonuni Masʼudiy" va Bayhaqiy o‘zining "Taʼrixi Masʼudiy" asarlarini Masʼud G‘aznaviyga bag‘ishlashgan. Firdavsiy mashhur "Shohnoma" dostonini Mahmud G‘aznaviyga taqdim etgan.

Ma'ruza matni



Download 201,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish