Qoraxoniylar
davlati
Qoraxoniylar davlati, xoniylar yoxud Xoqoniylar davlati (840-1212) —
Sharqiy Turkiston
,
Yettisuv va Tyanshanning jan. yon bagʻrida tashkil topgan turkiy davlat. Qoraxoniylar sulolasi
boshqargan. Qd.ning
barpo etilishida turkiy qarluq, chigʻil va yagʻmo
qabilalari yetakchi rol
oʻynagan.
Qoraxoniylar tarixining eng yirik va umume'tirof etilgan mutaxassisi B.Kochnev
taʻkidlaganidek, Qoraxoniylar oʻzlarini afsonaviy
Turon
shohi -
Afrosiyob
avlodlari qatoriga
qoʻshib, oʻzlarining sulolasini "al-Afrosiyob" - Afrosiyob avlodi deb atashgan, yozma
manbalarida ular Xoniylar yoki Xoqoniylar deb nomlangan.
[1]
. Amerikalik mutaxassis Robert
Dankoff Qoraxoniylarning ajdodi Afrosiyobning haqiqiy asl ismi Alp Er Tunga boʻlgan deb
taxmin qilgan.
[2]
.
840 yilda
[3]
Yettisuv
va
Sharqiy Turkiston
hududlarida "podshoh yagʻma" yoki "ilakxon"
boshchiligidagi Qoraxoniylar davlati tashkil topadi. Bu davlat tarkibiga turli
turkiy
urugʻlar -
qorluqlar
,
chigillar
,
argʻular
,
yagʻmalar
va boshqa xalqlar kirgan boʻlib, ular 960-yilga qadar
islom dinini
qabul qilganlar.