Qoraxoniylar davlati
Qoraxoniylar davlati, xoniylar yoxud Xoqoniylar davlati (840-1212) — Sharqiy Turkiston, Yettisuv va Tyanshanning jan. yon bagʻrida tashkil topgan turkiy davlat. Qoraxoniylar sulolasi boshqargan. Qd.ning barpo etilishida turkiy qarluq, chigʻil va yagʻmo qabilalari yetakchi rol oʻynagan.
Qoraxoniylar davlati
forscha: قاراخانىيلار خانلىقى
|
|
Poytaxti
|
Bolasogʻun – 840–1130
Koshgʻar – 840–1042, 1130–1211
Samarqand – 1040–1212
Oʻzgan – 1141–1212
|
Yirik shaharlari
|
Koshgʻar, Amudaryo, Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Shosh, Fargʻona,
|
Til(lar)i
|
turkiy til, fors tili, arab tili
|
Dini
|
Islom dini
tengriizm
|
Maydoni
|
3 000 000 км²
|
Aholisi
|
turkiylar, tojiklar, qorluqlar, chigillar, argʻular, yagʻmalar, yaxudiylar
|
Boshqaruv shakli
|
monarxiya
|
"Qoraxon"
|
-
|
Abdulkarim Sotuq Bugʻroxon
|
|
Mundarija
1Sulolaning kelib chiqishi
2Tashkil topishi
3Qoraxoniylar davlati Movarounnaxrda
4Qoraxoniylar hukmronligini Movarounnaxrda oʻrnatilishi
5Gʻarbiy Qoraxoniylar xoqonligi
6Maʼmuriy-boshqaruv tizimi
7Madaniyati
8Manbalar
9Adabiyot
Sulolaning kelib chiqishi[tahrir]
Qoraxoniylar tarixining eng yirik va umume'tirof etilgan mutaxassisi B.Kochnev taʻkidlaganidek, Qoraxoniylar oʻzlarini afsonaviy Turon shohi - Afrosiyob avlodlari qatoriga qoʻshib, oʻzlarining sulolasini "al-Afrosiyob" - Afrosiyob avlodi deb atashgan, yozma manbalarida ular Xoniylar yoki Xoqoniylar deb nomlangan. [1]. Amerikalik mutaxassis Robert Dankoff Qoraxoniylarning ajdodi Afrosiyobning haqiqiy asl ismi Alp Er Tunga boʻlgan deb taxmin qilgan. [2].
Tashkil topishi[tahrir]
840 yilda [3] Yettisuv va Sharqiy Turkiston hududlarida "podshoh yagʻma" yoki "ilakxon" boshchiligidagi Qoraxoniylar davlati tashkil topadi. Bu davlat tarkibiga turli turkiy urugʻlar - qorluqlar, chigillar, argʻular, yagʻmalar va boshqa xalqlar kirgan boʻlib, ular 960-yilga qadar islom dinini qabul qilganlar.
Qoraxoniylar davlati Movarounnaxrda[tahrir]
Qoraxoniylar davlatining saltanat darajasidagi rivoji va taraqqiyoti 10-asrning 2-yarmiga toʻgʻri keladi. Abdulkarim Sotuq Bugʻroxon hokimiyatni egallab, oʻzini "Qoraxon" deb eʼlon qiladi. Bugʻroxondan keyingi barcha xonlar ham ushbu unvon bilan ulugʻlangan.
Qoraxoniylar davlati 1006 yil
992-yili elikxon Bugʻra boshchiligidagi Qoraxoniylar qoʻshini Movarounnahr hududiga bostirib kiradi. Qoraxoniylar gʻalabasiga Bugʻraxon bilan Xurosonning somoniy hokimi Abuali Simjur oʻrtasida tuzilgan hufyona ittifoq hamda lashkarboshi Foiqning sotqinligi sabab boʻlgan. Natijada qoraxoniylar Buxoroni jangsiz ishgʻol etadilar, amir Nuh esa Chorjoʻyga qochishga majbur boʻladi. Ammo Bugʻraxon kasallanib, oʻz vatani Koshgʻarga ketayotganda vafot etadi. Qoraxoniylar Buxorodan katta oʻlja bilan qaytadilar. Qoraxoniyalarning yangi yoʻlboshchisi boʻlgan elikxon Nasr Buxoroga qayta hujum uyushtiradi. 995-996-yillarda Nuh II Sabuh Tegin madadi bilan qoraxoniylar hujumini daf etadi.
Qoraxoniylar hukmronligini Movarounnaxrda oʻrnatilishi[tahrir]
999-yili qoraxoniylar yana Buxoroni ishgʻol etib, amir Abdul Malik II va podshoh oilasini asirga oladilar. Bu hol Movarounnahrda hokimiyat qoraxoniylar foydasiga uzil-kesil hal boʻlishiga olib keladi. Qoraxoniylar davlati Koshgʻardan Amudaryogacha choʻzilgan Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Shosh, Fargʻona va qadimgi Soʻgʻd yerlarini oʻz ichiga olgan. 1005 yilgacha somoniylarning soʻnggi vakili al-Muntasir qoraxoniylar bilan muvaffaqiyatli kurashgan, biroq raqibning koʻpsonli qoʻshini pirovard gʻalabani taʼminlagan. Bogʻdod halifi fatvosi bilan elikxon Nasr ibn Ali Movarounnahrda oʻz hukmronligini oʻrnatdi. Movarounnahrni zabt etgach qoraxoniylar dehqonlar tabaqasini yakson etdilar va ularning yerlari va suvlarini davlat tasarrufiga topshirganlar. Elikxon Nasr 1012 yili vafot etgach, uning davlatiga ukasi Ali Tegin vorislik qiladi. Qoraxoniylar Amudaryo vodiysi yerlari uchun gʻaznaviylar davlatiga qarshi muntazam urushlar olib borishadi, 11-asr oxirida esa saljuqlarning kuchaygan davlatiga tobe boʻlib qolishadi. Elikxon poytaxti dastlab Uzgenda joylashgan, soʻngra Samarqandga koʻchirilgan. Buxoro ham Samarqandga tobe boʻlgan. Qoraxoniylar Samarqandda, Buxoroda, Binkentda koʻplab binokorlik ishlarini amalga oshirishgan, saroylar, masjidlar va madrasalar bunyod etishgan, musulmon dini nufuzini saqlash va mustahkamlashga hissa qoʻshishgan.
Mazkur davlat chegarasida islom dini keng yoyilgan. Qoraxoniylar oʻz davlat chegarasini somoniylar sulolasiga tegishli hududlar hisobiga kengaytirish siyosatini olib borishgan. Somoniylar hokimiyati bu vaqtga kelib, chuqur siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy inqirozga yuz tutib zaiflashib qolgan edi. Ana shunday vaziyatda qoraxoniylar somoniylar poytaxti Buxoroni deyarli qarshiliksiz ishgʻol etishadi. Biroq, Hasan Bugʻroxon betobligi tufayli Buxoroda uzoq turmay, Qashqarga qaytishda yoʻlda vafot etadi. 996 yil qoraxoniylar yana Movarounnahr sari yurish boshlaydi. Gʻaznaviylar bilan olib borilgan muzokaralar natijasida oʻrtada shartnoma tuzilib, unga koʻra, Sirdaryo havzasi qoraxoniylar qoʻliga oʻtadi. Amudaryoning jan.dagi yerlarda va Xuroson hududida Sabukteginsh hukmronligi oʻrnatiladi. Somoniylar ixtiyorida esa Movarounnahrning markaziy qis-migina qoladi. Somoniylar hokimiyati tugatilgach, 10-asr oxirlariga kelib, Qoraxoniylar davlati Amudaryoning yuqori va oʻrta oqimlaridan to Yettisuv, sharqda esa Torim daryosigacha boʻlgan katta hududga egalik qiladi. Amudaryo Qoraxoniylar va Gʻaznaviylar davlati oʻrtasida chegara boʻlib qoladi. Lekin ushbu 2 turkiy davlat oʻrtasida ham Xuroson hududi uchun oʻzaro urushlar boʻlib oʻtadi. 1006 va 1008 yillarda qoraxoniylar Xurosonga qoʻshin tortib, Balx, Tus va Nishopur shahrini zabt etadi. Lekin Sulton Mahmud Gʻaznaviy qoraxoniylarga zarba berib, Xurosonni oʻz qoʻlida saqlab qoladi. Gʻaznaviylar keyinchalik dastlab oʻzlari yer berib, homiylik qilgan saljuqiylar bilan zid-diyatga kirishib, oʻrtada katta harbiy toʻqnashuvlar yuz beradi. 1040 yilda esa Dandanakon jangiaa gʻaznaviylar saljuqiylar tomonidan qaqshat-qich zarbaga uchrab oʻzlarini qaytib oʻnglay olmaydi. Gʻaznaviylar davlatini bu inqirozidan, qoraxoniylarning mahalliy hukmdori Ibrohim Boʻritegin foydalanib qoladi. U dastlab Xuttalon, Vaxsh va Chagʻoniyonni gʻaznaviylardan tortib oladi. Keyinchalik butun Movarounnahrni va Fargʻonani oʻziga boʻysundirib mustaqil siyosat olib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |