1-мавзу: Movarounnahr va Xurosonda mustaqil davlatlarning tashkil topishi. Tohiriylar va Somoniylar davlati. Reja


-mavzu. Qoraxoniylar va G‘aznaviylar davlati



Download 201,15 Kb.
bet3/23
Sana13.06.2022
Hajmi201,15 Kb.
#665695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
O‘zbekiston tarixi

2-mavzu. Qoraxoniylar va G‘aznaviylar davlati.
Reja:
1. Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi.Qoraxoniylar davrida Movaraunnahrda ijtimoiy-iqtisodiy hayot.
2. G'aznaviylar davlatining tashkil topishi va ijtimoiy-siyosiy hayoti.
Foydalanilgan manba va adabiyotlar:
1. Азамат Зиё. Ўзбек давлатчилиги тарихи: (Энг қадимги даврдан Россия босқинига қадар). - T.: Шарқ, 2000.
2. Сагдуллаев ва бошқ. Ўзбекистон тарихи: давлат ва жамият тараққиёти. - Т., 2000.
3. Эшов Б. Ўзбекистон давлат ва маҳаллий бошқарув тарихи. Ўқув қўлланма – Т.: Янги аср авлоди, 2012.
3. Ўзбекистон давлатчилиги тарихи очерклари. - Т.: Шарқ, 2001.
4. Асқаров А. Ўзбек халқининг келиб чиқиш тарихи. – Т.: Ўзбекистон, 2015.
5. Shamsiddinov R. Karimov Sh. Vatan tarixi. T., 1997.
6. Ахмедов Б. Тарихдан сабоқлар. – Т.: Ўқитувчи, 1994
Markaziy Osiyoning o’rta asr tarixida muhim o’rin tutgan va hiyla uzoq davr hukm surgan (X-XII asrlar) Qorahoniylar sulolasi to’g’risida so’z yuritilar ekan, hozirgi Markaziy Osiyo mintaqasining ko’pgina hududlarida, ayniqsa uning sharqiy qismida juda qadim davrlardan buyon turli nomlar bilan atalgan turkiy qabilalar, elatlar yashab kelgan. Ular mahalliy sug’dlar va boshqa xalqlar bilan yonma-yon yashab, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hamkorlik va aloqalarda bo’lib, birgalashib tarix yaratganlar, ijtimoiy taraqqiyot jarayoni tezlashuviga munosib ta'sir ko’rsatganlar.
Xususan, Markaziy Osiyoning Oltoy janubiy yonbagridan boshlanadigan sharqiy qismida, Markaziy Tyanshan etaklarida, Chu, Hi, Norin, Talas daryolari vodiylari buylab to Pomirgacha bo'lgan hududlarda turk tilida suzlashuvchi xalqlar uyushmasi yashagan. Bu turk qabila va umrlari turlicha nomlar bilan atalsalar-da, sheva jihatidangina bir-birlaridan farklanadigan yagona bir tilda suzlashar edilar, ularning turmush tarzi, mada-niyatlari, urf-odatlari bir xil bo'lgan. Ularning jismoniy baquwatligi, tabiatidagi xususiyatlari, mardligi, urishqoqligi va epchilligi ham bir-biriga uxshagan. Bu ulkan xalqlar tarkibiga turk kabila va uruglarining juda ko’plab guruhlari: qarluqlar, chigillar, yagmolar, tuxsilar, uygurlar, uguzlar, qipchoqlar kirgan. Bo'lar orasida eng yirigi va madaniyatlisi qarluqlar bo'lgan.
Qarluqlar 766 yilda turgashlarni tor-mor keltirib, Ettisuvui egallaganlar. Qarluqlar to’g’risidagi tula ma'lumotni noma'lum muallif tomonidan yozilgan «Hudud al-olam» kitobidan olish mumkin. Unda hikoya qilinishicha, qarluqlar yashagan mamlakat barcha turk xalqlar yashagan mamlakatlarga nisbatan eng boy va guzal bo'lib, oqar suvlari ko’p va iqlimi mo’tadil bo'lgan. Bu mamlakatda kishloklardan tashkari shaharlar ham bo'lgan. Qarluqlar xo’jalik ishlarining turi buyicha bir-birlaridan farq qilganlar: ba'zilari dehqonchilik bilan, boshqa birovlari chorvachilik bilan va uchinchilari ovchilik bilan shugullanganlar. Qarluklar shu kadar katta hududlarga egalik kilganlarki, aytishlaricha, ularning yerlarini garbdan sharqqacha bosib o’tish uchun 30 kun kerak bo'lar ekan. Ular Fargona vodiysi, Chu, Hi, va kisman Norin daryolari vodiylarini to’la egallaganlar. Qoraxoniylar davlatining tashkil topishida hal kiluvchi rolni qarluqlar o’ynagan va bu davlat asosiy o’zagini ham ular tashkil qilar edilar.
Qarluqlar hukmron bo'lgan hududlarda chigillartuxsilar, argular, yagmolar, turgashlar, uipchoular, yabakular, uaylar, jumullar, uguzlar yashaganlar. Toroz tumani va Issiqko’l atroflarida joylashgan chigillar V. Bartoldning xulosalariga qaraganda, koraxoniylar davlatida katta mavqega ega bo'lganlar. Ular madaniy taraqqiyotda qarluqlarga qaraganda orqada bo'lsalar-da, boy, tuk va farovon turmush kechirganlar, chorvachilik bilan shugullanganlar, quyosh va yulduzlarga topinganlar.
Turk qabilalarining uchinchi yirik guruxi yagmolar edi. Ular Issiqko’lning janubida, Qashgar shahri tomonlarda, ko’pchilik qismi esa, Sharkiy Turkiston hu-dudlarida ko’chib yurgan. «Hudud al Olam» muallifi yagmolarni madaniyatda orkada kolgan kabila edi, deb yozadi. Ular dexqonchilik bilan shugullanmagan, asosan yovvoyi xayvonlarni ovlash va muynachilikni uzlariga kasb kilib olganlar. Shu bois, yagmolarning yilqi va qo’y podalari ko’p bo'lgan va boshqa turk qabilalariga nisbatan nixoyatda jasur va jangovarliklari bilan mashxur bo'lganlar.
Turkiy elatlarga mansub qarluqlar, chigillar, yag’molar, to’xsilar, turgashlar, arkular, yabakular, o’g’izlar, qipchoqlar va boshqalar nafaqat Sharqiy Turkiston va Yettisuv kengliklari bo’ylab, balki shuningdek Farg’ona, Shosh vohalarida, mintaqaning boshqa hududlarida ham istiqomat qilganlar.
Mintaqaning sharqiy hududida, hozirgi Yettisuv, Sharqiy Turkiston o’lkalarida X asr o’rtalariga kelib turli turkiy qavmlar, elatlarning o’zaro birikuvi va qo’shiluvi davomida Qorahoniylar davlatining yuzaga kelganligi buning yaqqol ifodasi bo’ldi. Bu davlatning tayanch negizining yaratilishida ayniqsa qarluq, chigil va yag’mo elatlarining o’rni va ta'siri katta bo’lgan. Mazkur davlatga asos solgan siymo Satuq Abdulkarim Bug’roxon (qoraxon) yag’molar qavmiga mansub bo’lgan. Qoraxon so’zining lugaviy ma'nosi esa turkiy qabilalarda "ulug’", "buyuk" degan tushunchani anglatgan.
Bu davlatning qudrati yuksalib, u tez orada katta hududlarni o’z qo’l ostiga kirita boradi. Uning poytaxti Sharqiy Turkistonning Bolasog’un shahri bo’lgan. Abduo’lkarim Bug’raxon vafotidan keyin (955y) uning vorislari davrida Markaziy Tyonshan va Yettisuv o’lkalari egallandi. Endilikda Qoraxoniylar Somoniylar hukmronlik qilayotgan Movarounnaxr yerlarini butunlay egallashga kirishadilar. Bu davrda Somoniylar davlatining chukur ichki ziddiyatlar, sinfiy ixtiloflar orkasida tanglik holatiga tushib qolganligidan foydalangan Qoraxoniylar hukmdorlari - Hasan va Nasr Bug’raxonlar yetakchiligidagi qo’shin Somoniylar qarshiligini qiyinchiliksiz yengib, ikki bor (992-999 yillarda) poytaxt Buxoroni egallaydi. Oqibatda butun, Movarounnaxr - hududlari Qorahoniylar tasarrufiga o’tadi. Bu voqea XI asr boshlarida sodir bo’ladi. Shu tariqa, Qorahoniylar xukmronligi katta hududlarga yoyiladi. 1041 yilga kelib Qorahoniylar hokimiyati ikkiga: markazi Buxoro bo’lgan harbiy xonlikka va markazi Bolasog’un bo’lgan sharqiy xonlikka bo’linib ketadi. Keyingi xonlik tarkibiga Talas, Isfijob, Shosh, Sharqiy Farg’ona, Yettisuv va Qashg’ar yerlari kirgan.
Qorahoniylar davlatining boshqaruv, idora qilish tizimini ko’zdan kechirarkanmiz, ularda Somoniylardan farqli o’laroq markaziy boshqaruv tizimiga qaraganda hududiy boshqarish tartibi ko’proq o’rin tutgan. Buning asosiy sababi shuki, xonlik hududlari nihoyatda bepoyon bo’lganligidan, har bir yirik hudud yoki viloyat iloqxonlar tomonidan nisbatan mustaqil idora qilingan (Masalan, Samarqand, Buxoro, Yettisuv v.b.). Iloqxonlar tegishli miqdordagi yillik xiroj yoki to’lovlarni markaziy hokimiyat hukmdori – Tamg’achxonga yuborib, amalda o’z mulklarini mustaqil boshqarganlar.
Qorahoniylarning Movarounahrdagi hukmronligi murakkab ijtimoiy-siyosiy vaziyatda, turli sulolaviy urushlar, ziddiyatli jarayonlarda kechganligini ta'kidlamoq joizdir. Ayniqsa davlatning muhim hayotiy markazlari hisoblangan Samarqand, Buxoro, Balx va Termiz kabi joylarni qo’lga kiritish uchun Saljuqiylar, Qoraxitoylar bilan ko’p bor urush harakatlarini olib borishga to’g’ri kelgan.
Xususan Saljuqiylarning so’ngi podshohi Sulton Sanjar (1118-1157) Qorahoniylarning Movarounahrdagi hukmdori Arslonxon (1102-1130) ning zaiflashib qolganligidan va mahalliy ruhoniylar fitnasidan foydalanib, Samarqand va uning atroflarini bosib oladi. Shundan so’ng Qorahoniylar sulolasiga mansub mahalliy xonlar amalda Sulton Sanjarga tobe bo’lib qoladilar. Biroq ko’p o’tmay bu hududlar yangidan sharqdan bostirib kelgan Qoraxitoylar ta'siriga tushib qoladi.
Faqat 1211 yilga kelib, ya'ni so’ngi Horazmshoh-Alouddin Muhammad (1200-1220) davrida Qorahoniylarning Movarounahrdagi rasmiy boshqaruvi butunlay barham topadi.
Qorahoniylar davrida Movarounahrning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida bir qator muhim o’zgarishlar yuz beradi. Birinchidan, Qorahoniylar o’lkani zabt etgach, bu yerda ko’p asrlardan buyon hukm surib kelgan yerga egalik qilishning muhim shakli - dehqon mulkchiligini tugatib, bu mulklarni davlat tasarrufiga oladilar. Bu mulklar o’z navbatida Qorahoniylarga tobe bo’lgan sodiq amaldorlar, harbiy lashkarboshilar, davlat xizmatchilari yoki ularga yon bosgan yuqori ruhoniylar, din peshvolariga mulk qilib beriladi. "Dehqon" tushunchasi shundan boshlab amalda mulk egasi emas, balki yerni ishlovchi, unda mehnat qilib kun kechiruvchi ijtimoiy toifa maqomiga ko’chadi.
Ikkinchidan, Qorahoniylar davriga kelib yer-mulkka egalik qilishning "iqto" va iqtadorlik munosabatlari yanada chuqur ildiz otadi. Iqtadorlar o’z tasarrufidagi hududlarda yashovchi aholidan olinadigan soliqlar evaziga katta daromadlar olganlar.
Uchinchidan, O’rta Osiyo hududlarining Qorahoniylar davlati tarkibiga o’tishi yerli aholi etnik tarkibida ham muhim o’zgarishlarni vujudga keltira bordi. Qorahoniylar hokimiyatining bu hududga yoyilishi ayni zamonda turkiy qavmlar, urug’-qabilalarning sharqiy hududlardan ko’plab miqyoslarda kelib, o’rnashib, o’troqlashuviga sezilarli ta'sir ko’rsatdi. Buning natijasida XI-XII asrlarga kelib Movarounahr aholisi tarkibida turkiy etnoslar uzil-kesil ustivorlikka ega bo’ldi. Bu esa, shubhasiz, o’zbek xalqining etnik shakllanishi jarayonida xal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Ayni chog’da turkiy tilning iste'mol doirasi to’xtovsiz kengayib bordi.
Shu bilan birga bu tilning mahalliy xalq, elatlarning adabiy tili sifatidagi mavqei va maqomi ham tarkib topib bordi. Go’zal va nafis qadimgi turkiy, ya'ni eski o’zbek adabiyotining ijodiy namunalari hisoblangan Mahmud Qoshg’ariy, Yusuf Xos Xojib va Ahmad Yugnakiylarning betakror ijodiyoti bunga yorkin dalil bo’la oladi.

Download 201,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish