1-мавзу: Movarounnahr va Xurosonda mustaqil davlatlarning tashkil topishi. Tohiriylar va Somoniylar davlati. Reja


Xorazmshohlar davlati taskil topishi va ijtimoiy-siyosiy hayoti



Download 201,15 Kb.
bet6/23
Sana13.06.2022
Hajmi201,15 Kb.
#665695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
O‘zbekiston tarixi

2. Xorazmshohlar davlati taskil topishi va ijtimoiy-siyosiy hayoti
Xorazm vohasi o’zining qulay strategik va jug’rofiy mavqei xamda qadimdan rivojlangan hudud bo’lganligidan, u Markaziy Osiyo mintaqasida turli davrlarda kechgan muhim tarixiy jarayonlarda alohida o’rin tutib, o’z muayyan ta'sirini o’tkazib borgan. Vatanimiz hududida miloddan avvalgi so’ngi ming yillik boshlaridagi ilk davlatchilik tuzilmalari ham shu hududda vujudga kelgan. Milodimizning turli bosqichlarida ham Xorazmshohlar sulolasi nomi bilan hukmronlik qilgan hukmdorlar xonadoni tarixdan ma'lum. Bular: IV-X asrlarda afrig’iylar xonadoni, 995-1017 yillarda ma'muniylar (Ma'mun I, Abdulhasan Ali, Ma'mun II), 1017-1041 yillarda esa oltintoshiylar (Oltuntosh, Horun) sulolalari Xorazmshohlar unvoni bilan davlat boshqaruvini amalga oshirganlar.
Biroq ming taassufki, XI asrning boshlarida yuz bergan tarixiy jarayonlar taqozosi bilan Xorazm davlati tanazzullikka uchrab, zaiflashib, mintaqaning boshqa sulolalari, chunonchi avval boshda G’aznaviylar hukmronligi (1017-1044), undan so’ng buyuk Saljuqiylar boshqaruvi ta'siriga tushib qolgandi. Shuningdek XI asrning 40 yillarida sharqdan bostirib kelgan ko’p sonli Qoraxitoylar ham Xorazm yerlarini ishg’ol etib, bu hududlardan belgilangan miqdordagi xiroj to’lovlarini olish huquqini qo’lga kiritgandilar. Binobarin, XI asr ikkinchi yarmiga kelib Xorazm oldida yangidan mustaqillikka erishish vazifasi ko’ndalang bo’lib turardi.
Bunda shuni ta'kidlash joizki, Xorazmning qaytadan mustaqillikni qo’lga kiritishi, bugina emas, hududiy jihatdan kengayib, butun-butun o’lkalarni o’z tarkibiga kiritib, qudratli saltanat darajasiga ko’tarilishi, so’ngra uning pirovardida inqirozga yo’liqishi - bu jarayonlar yangi sulola - Anushtaginiylar sulolasi (1097-1231) nomi bilan uzviy bog’liqdir.
Xususan saljuqiy hukmdorlardan Malikshoh (1071-1092) davrida katta obro-martabaga erishgan harbiy lashkarboshi Anushtaginning Xorazm hukmdori etib tayinlanishi (1077-1097) hamda ko’p o’tmay uning Xorazmshoh unvoniga sazovar bo’lishi - bu Xorazmning mustaqillikka erishishida jiddiy qadam bo’lgan edi. 1097 yilda uning o’rniga Xorazm taxtiga o’tirgan va Xorazmshoh unvoni sohibi Qutbiddin Muhammad o’lka mustaqilligini ta'minlashda muhim rol o’ynagan. Qutbiddin Muhammad ham Saljuqiylar hukmronligini tan olgan holda Xorazmni idora qildi. Biroq shunga qaramay o’lkaning har tomonlama rivojlanishi, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy yuksalishi uchun ham muhim imkoniyatlar topa bildi.
Zero, Xorazmning jug’rofiy qulayligi, iqlim sharoiti, Buyuk Ipak yo’li chorrahasida joylashganligi - bular o’lkaning tez yuksalib borishiga imkon tug’dirdi. Xorazm mustaqilligini ta'minlash, uning sarhadlarini kengaytirishda Qutbiddin Muhammadning o’g’li Jaloliddin Otsizning (1127-1156) o’rni alohidadir. Negaki u Qorahoniylar kuchsizligidan va Saljuqiylar zaifligidan foydalanib, o’z davlati qudratini yuksaltira bordi. Uning 1141 yilda oltin tangalar zarb ettirib muomalaga chiqarishi ham Xorazm mustaqilligining muhim belgisi bo’lgan.
U Qoraxitiylar bilan kelishib, ularga har yili 30 ming dirxam miqdorda to’lov to’lash sharti bilan amalda o’z davlatining ichki mustaqilligini ta'minlaydi.
Xorazmning mustaqil davlat sifatidagi ravnaki, hududlarining benihoya kengayib borishida Alovuddin Takashning o’rni katta bo’lgan. Uning hukmronlik davrida (1172-1200) Xorazm vohasida katta ijobiy o’zgarishlar yuz berdi. Yangidan qad rostlagan o’nlab shaharlarning obodonlashuvidan tashhari ularning savdo-sotiq, hunarmandchilik, karvon savdosi bobidagi dovrug’i yanada ortdi. Qishloq xo’jaligi, ziroatchilik tarmoqlari rivojlandi, ko’plab kanallar, suv inshootlari barpo etildi. Bunday tarzdagi ijobiy jarayonlar Alouddin Muhammad Xorazmshoh (1200-1220) davrida ham davom ettirildi. Ayni zamonda o’ziga xos markaziy va mahalliy davlat boshqaruvi tizimi vujudga keltirilib, takomillashtirilib borildi. Bu esa mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotini mustahkamlash, uning ichki taraqqiyotini ta'minlash hamda izchil tashqi siyosat olib borishda muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Anushteginlarning davlat boshqaruvi ham ikki tizimdan: dargoh va devonlar majmuidan iborat bo’lgan.
Dargoxda ulug’ xojib mansabi alohida o’rin tutgan. U hukmdorning xos kishisi sanalib, lozim bo’lgan hollarda vazirlar faoliyatini ham nazorat qilgan. Xojiblar hukmdor nomidan muhim davlat ahamiyatiga dahldor masalalarda muzokaralar ham olib borganlar. Dargohdagi yana bir oliy lavozim sohibi ustozdor hisoblangan. Xazina mablag’larining butun tasarrufi uning ixtiyorida bo’lgan. Dargoh hayotiga oid ko’plab muhim masalalar ustozdor nazarida turgan. Davlatdagi tashtdor lavozimi ham muhim sanalib, u sultonning eng sirdosh kishisi hisoblangan. Tashtdor hukmdor mahfiy sirlaridan ogoh bo’lib, doimo u bilan bahamjihat holda faoliyat yuritgan. Oliy lavozimlardan yana biri - hissador bo’lib, u Sulton nomiga kelgan arz, shikoyatlarni yig’ib, o’rganib, ularni hukmdor hukmiga havola qilib borgan. Dargohdagi hizmat turlari ichida Chashnigir - sultonga beriladigan ovqat, ichimliklarni tekshiruvchi, jomador, davatdor (kotib), sharobdor, bayrog’dor (amiri alam), hizmatkorlar boshlig’i (maliki xavas) kabi vazifalar ham alohida ko’zga tashlanib turadi. Ijroiya ishlar devonlar (vazirliklar) tomonidan amalga oshirilgan. Ayniqsa bunda bosh vazir katta mavqega ega bo’lib, u faqat hukmdorga bo’ysungan. Mansabdorlarni ishdan olish, ishga tayinlash, maosh, nafaqa tayinlash, xazina va soliq tizimini nazorat kilish, mahalliy vazirlar hisobotini olish va shu kabilar uning vakolatida bo’lgan.
So’ngi Xorazmshohlar davrida harbiy sohaga alohida ahamiyat berilgan. Bunda bir necha yuz minglik qo’shindan tashqari oliy hukmdorning maxsus shaxsiy gvardiyasi (xaros) katta mavqega ega bo’lgan. Sulton Muhammadning shaxsiy gvardiyasi 10 ming nafar kishidan tashkil topgan.
Takash va Muhammad Xorazmshohlarning katta qo’shin tuzib boshqa mamlakatlar, ellarni bosib olish, ularni o’z tasarruflariga kiritish borasida olib borgan ko’p yillik istilochilik yurishlari, bir tomondan, Xorazmshohlar saltanati shuhratini oshirib, uning hududlarini benihoya kengaytirishga olib kelgan bo’lsa, ikkinchi tomondan esa, bu hol pirovard oqibatda bu davlatning chuqur ichki tushkunlikka, tanazzullikka yo’liqishiga ham sabab bo’ldi.
Jumladan, Takash o’zining 80-90 yillardagi istilochilik yurishlari davomida Saraxs, Nishopur, Rey, Marv kabi muhim shaxarlarni ishg’ol etgan.
U gurlar podshosi G’iyosiddin Muhammad bilan ko’p davrlar urush qilib, old Osiyoga chiqishga muvaffaq bo’ldi. 90-yillar boshlarida Takash qo’shini Saljuqiylar podshosi Tug’rulbek II armiyasini ham yengib, Eron, Kichik Osiyo hududlari tomon siljib bordi.
Takash vafotidan so’ng davlat hukmdori bo’lgan Alouddin Muhammad Xorazmshoh davrida ham mamlakat hududlari kengayishda davom etadi. Bu vaqtga kelib Xorazmshohlar davlati hududlari g’arbiy-janubga qarab yoyiladi. Uning tarkibiga 400 dan ziyod shaharlar kirardi. Xorazmshoh Bog’dod xalifaligini qo’lga kiritish uchun ham intilgan. Bu esa butun musulmon olamining unga nisbatan qahru-g’azabiga sabab bo’lgan.
Muhammad Xorazmshoh 1211 yilda Qoraxitoylarni uzil-kesil quvib, Xorazm dovrug’ini ko’targanidan so’ng, u o’ziga ortiqcha bino qo’yib, o’zini "Iskandari Soniy", "Allohning yerdagi soyasi" deb ulug’lashni buyuradi. Garchand Xorazmshoh qanchalik o’zini ko’klarga ko’tarmasin yoxud bosqinchilik urushlari olib bormasin, biroq bundan mamlakatning chuqur ichki ziddiyatlar va tanazzulliklarga duchor bo’lganligini istisno etib bo’lmaydi. Shohning katta qo’shin tuzib, to’xtovsiz olib borgan besamar urushlari, uning asoratli oqibatlari, eng avvalo, mamlakat xalqining tinkasini quritayotgandi. Buning ustiga mahalliy hokimlar, bek-amaldorlarning o’zboshimchalik bilan xalq boshiga solayotgan behad jabr-zulmi, bunga javoban yuz berayotgan xalq g’alayonlari (masalan, 1206-1207 yillarda Buxoroda, 1212 yilda Samarqandda ko’tarilgan qo’zg’alonlar) saltanatning ichdan yemirilishiga sabab bo’lmoqda edi. So’ngra oliy hokimiyat ichidagi kuchli muxolifatchilik harakati, xususan Xorazmshoh bilan uning onasi Turkon Xotun tarafdorlari o’rtasidagi ochiq-oshkor tarzdagi siyosiy kurash ham Xorazm davlatining beqarorlik holatini yaqqol ko’rsatardi.
Qo’shni Xorazmshohlar davlatida kechayotgan bu xildagi chuqur tanazzullik holatlaridan to’la xabardor bo’lgan, undagi barcha jarayonlarni o’zining maxsus josuslik mahkamasi orqali sinchkovlik bilan kuzatib turgan sharqdagi boshqa bir mo’g’ul davlati hukmdori Chingizxon esa katta harbiy tayyorgarlik ko’rib, tez orada Movarounahr sarhadlari tomon istilochilik urushlarini boshlashga chog’lanayotgan edi.
Darhaqiqat, XIII asrning birinchi choragida O’rta Osiyoga amalga oshirilgan mo’g’ullarining shafqatsiz bosqini, nafaqat Xorazmshohlar davlati, balki mintaqaning boshqa xalqlari tarixiida mislsiz fojealar olib keldi.
Seminar mashg’uloti materiali
Mavzu: Saljuqiylar va Xorazmshohlar davlati.

Reja:



  1. Saljuqiylar davlatining tashkil topishi.



  1. Saljuqiylar davlat boshqaruvi tizimi.




  1. Anushteginlar hokimiyatining vujudga kelishi.



  1. Davlat boshqaruvi. Xorazmshohlar davlatining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti. Xorazmshohlar davlatining inqirozi.

Saljuqiylar Sirdaryoning quyi oqimida yashagan o’g’uz qabilalari bo’lib, ularning yabg’usi (sardori) Saljuqbek bo’lgan. Ular tuzgan davlat Saljuqiylar nomi bilan yuritilgan .

¨O‘g‘uzlar VIII-IX asrlar davomida Sirdaryo va Orol dengizi yaqinidagi xududlarda yirik qabila ittifokini tashkil qiladilar.¨IX asr oxirlarida bu qabila ittifoki asosida o‘g‘u‘z davlati vujudga kelgan.¨O‘g‘u‘z yabgularining karorgoxi Yangikent shaxri bo‘lgan

¨Saljuqiylar turkiy o‘g‘iz qavmining kinik qabilasidan bo‘lishgan.¨ Dastlab Janubiy Qozog‘iston hududiga to‘g‘ri keladigan yaylovlarda, Sirdaryoning o‘rta oqimidagi yerlarda ko‘chmanchi hayot kechirganlar.

Somoniylar hukmronligi davrida ularning ruxsati bilan Saljuqiylar qabilalari Zarafshon vohasiga, Nurotaning tog’li erlariga kelib o’rnashib, chorvachilik bilan shug’ullanganlar. Keyinroq Movarounnahr erlari qoraxoniylar tomonidan egallangach, ular G’arbga tomon siljidilar. Hozirgi Turkmaniston hududlari, keyinchalik Xurosonga o’tdilar. Saljuqiylar hukmdori To’g’rulbek Movorounnahr va Xuroson hududlarini o’z avlodlari Chag’rilbek va Dovudbeklarga qoldirib, o’zi g’arbga tomon yurishlarini davom ettirdi. 1038-1063 yillar orasida To’g’rulbek Old Osiyo va Kichik Osiyoning katta hududlarini qo’lga kiritdi. Bu davr mobaynida Saljuqiylar Gurgon, Tabariston, Xorazm, Ozarbayjon, Kurdiston hududlarini, hozirgi g’arbiy Eron viloyatlarining bir qismini Fors, Kermon viloyatlarini egallaydi. 1055 yilda esa xalifalik markazi Bag’dod ishg’ol qilinadi. Ayni paytda Vizantiyaning Kavkazdagi ta’siriga ham kuchli zarba beriladi. To’g’rulbek Saljuqiylar sultonligiga asos soldi. Uning vorisi Alp-Arslon(1063-1072) davrida Vizantiya imperatori mag’lubiyatga uchraydi. Kichik Osiyoning O’rta Yer dengizi qirg’oqlarigacha bo’lgan erlari qo’lga kiritiladi.

Saljuqiylar qudratining Mavorounnahr va Xurosondagi eng kuchaygan payti Malikshoh (1072-1092 yy) davriga to’g’ri keladi. Malikshoh tomonidan mamlakat hayotining ko’plab sohalarida juda muhim ijobiy o’zgarishlar amalga oshirildi. Balx va Termiz hududlari qoraxoniylardan tortib olindi. 1089 yilda Buxoro va Samarqand egallandi. Shu tariqa qoraxoniylar Saljuqiylarga tobe bo’lib qoladi.

Malikshoh davrida davlat hokimiyatining kuchayishida dono vazir Nizomulmulkning roli beqiyosdir. Katta huquq va vakolatlarga ega bo’lgan birinchi vazir hokimiyatni kuchaytirishga, davlat amaldorlarining ma’suliyati, javobgarligini oshirishga, davlatning moliya, soliq va boshqaruv tizimlarini shakllantirishga alohida ahamiyat berdi. U o’zining bu boradagi yuksak salohiyati va tajribasini umumlashtirib, mashhur “Siyosatnoma ” asarini yozdi.Bu kitob necha asrlardirki, Sharq va G’arb mamlakatlarining davlat arboblari, vazirlari uchun siyosat bobida muhim dasturilamal qo’llanma vazifasini bajarib kelmoqda.

Nizomulmulkning rahnamoligi va tashabbusi bilan Bog’dod, Nishopur, Hirot, Balx, Marv kabi shaharlarda oliy madrasalar ochilib, ularda juda ko’plab yoshlarning ta’lim tarbiya olishi yaxshi yo’lga qo’yiladi. Mamlakat shaharlarining hunarmandchilik va savdo- sotiq, karvon savdosi markazlari sifatidagi mavqei kuchayib, savdo yo’lining ahamiyati ortib boradi.

Tashqi savdoning rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi haddan ziyod boj to’lovlarining bekor qilinishi tadbiri ham Nizomulmulk siyosatining muhim jihatlaridan bo’lgan. Nizomulmulk davrida Saljuqiylar qo’li ostidagi hududlarda «iqto’» tizimi kuchli rivojlangan bo’lib, u bilan bog’liq mulkiy munosabatlar qishloq ho’jaligi sohasida etakchi mavqeni egallagan. Biroq ana shunday qudratli davlat qoraxitoylar bilan bo’lgan jangda mag’lubiyatga uchradi va zaiflasha boshladi. Saljuqiylarga hal qiluvchi zarbani Balx va Xuttalon viloyatlarida yashovchi ko’chmanchi g’o’z qabilalari berdilar. Ular Sulton Sanjar qo’shinlarini tor-mor etib, uni asir oldilar. G’o’zlar himoyasiz qolgan Marv va Nishopur shaharlarini talab o’t qo’ydilar.Sulton Sanjar 1156 yilda asirlikdan qochishga muvoffaq bo’lsa ham, lekin Saljuqiylar davlatini tiklay olmadi va bir yildan so’ng vafot etdi.

Xorazm vohasi o’zining qulay strategik va jug’rofiy mavqei hamda qadimdan rivojlangan hudud bo’lganligidan Markaziy Osiyo mintaqasida turli davrlarda kechgan muhim tarixiy jarayonlarda alohida o’rin tutib, muayyan ta’sirini o’tkazib kelgan. Vatanimiz hududida miloddan avvalgi I ming yillik boshlarida ilk o’zbek davlatchiligi ham shu hududda vujudga kelgan.

XI asrning boshlarida yuz bergan tarixiy jarayonlar Xorazm davlatini tanazzulga uchratdi. Xorazm davlati avval g’aznaviylar, keyin Saljuqiylar ta’siriga tushib qoldi. 1040 yilda sharqdan bostirib kirgan qoraxitoylar ham Xorazm erlarini ishg’ol qildilar.

XI asrning ikkinchi yarmiga kelib vaziyat tubdan o’zgardi.. Saljuqiy xukmdorlaridan Malikshoh davrida kata obro’ va martabaga erishgan harbiy lashkarboshi Anushtegin Xorazmga hukmdor etib tayinlanadi va ko’p o’tmay Xorazmshoh unvoniga sazovor bo’ladi. Xorazmshoh unvonini olgan qutbiddin Muhammad ham Saljuqiylar hukmronligini tan olgan holda Xorazmni idora qildi. Biroq o’lkaning har tomonlama rivojlanishi, ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy rivojlanishi uchun imkoniyatlar qidirdi.

Xorazm mustaqilligini ta’minlash, uning sarhadlarini kengaytirishda qutbiddin Muhammadning o’g’li Jaloliddin Otsizning (1127–1156) roli kattadir. U qoraxoniylarning kuchsizligidan va Saljuqiylarning zaifligidan foydalanib 1141 yilda oltin tangalar zarb qildi va muomalaga kiritdi. Bu esa Xorazm mustaqilligining muhim belgisi bo’ldi.

Xorazm hududining kengayishida Alovuddin Takashning xizmati kata bo’ldi. Uning davrida o’nlab shaharlar barpo bo’ldi va obodonlashdi. Ularda savdo–sotiq, xunarmandchilik, karvon savdosi dovrug’i yanada ortdi. Qishloq xo’jaligi, ziroatchilik tarmoqlari, ko’plab kanallar, suv inshootlari barpo etildi. Biroq u xotini Turkon xotunga mansub bo’lgan qipchoqlar qabilasiga kata erkinliklar berdi., ularni doimo qo’llab quvvatladi. Turkan xotunning davlat ishlariga aralashuvi ichki nizolarning kuchayishiga olib keldi. Bunday holat Takashning o’limidan keyin ham davom etdi.

Takashning o’g’li Muhammad Xorazmshoh davrida ham harbiy yurishlar davom etdi. Bu vaqtga kelib Eron, Ozarbayjon, Xurosondan to Hindistongacha bo’lgan erlar Xorazmshohlarga bo’ysundirilgan edi. Uning tarkibiga 400 dan ziyod shaharlar kirardi. Orol dengizidan Hind okeanigacha, Sharqiy Turkistondan to Iroqqacha bo’lgan erlardagi xalq taqdiri Xorazmda hal etilar edi.

Muhammad Xorazmshoh 1211 yilda qoraxitoylarni uzil – kesil quvib, Xorazm dovrug’ini ko’taradi va o’ziga ortiqcha bino qo’yib , o’zini “Iskandari soniy ” deb ulug’lashni buyuradi. U Bog’dod xalifaligini qo’lga kiritish uchun ham intilgan. Bu esa butun musulmon olamining unga nisbatan qahru g’azabiga sabab bo’lgan. Muhammad Xorazmshoh o’ziga markaziy va mahalliy davlat boshqaruvi tizimini yaratdi. Bu esa mamlakatning ijtimoiy–siyosiy hayotini mustahkamlash, uning ichki taraqqiyotini ta’minlash hamda izchil tashqi siyosat olib borishda muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Davlat boshqaruvi ikki tizimdan: dargoh va devonlar majmuidan iborat bo’lgan. Dargohda ulug’ hojib, sohibi ustozdor, qissador kabi yuqori mansablar bilan birga jomador, da’vatdor, sharobdor, bayroqdor, xizmatkorlar boshlig’i kabi vazifalar ham bo’lgan. Ijroiya hokimiyati esa devonlar (vazirliklar) tomonidan amalga oshirilgan. Ayniqsa bosh vazirning mavqei katta bo’lib, u faqat hukmdorga bo’ysungan. Mansabdorlarni ishga olish, maosh, nafaqa tayinlash, xazina va soliq tizimini nazorat qilish, mahalliy vazirlar hisobotini olish va shu kabilar uning vakolatida bo’lgan.

So’nggi Xorazmshohlar davrida harbiy sohaga alohida ahamiyat berilgan. Bunda bir necha yuz ming kishilik qo’shindan tashqari oliy hukmdorning maxsus shaxsiy gvardiyasi (xaros) katta mavqega ega bo’lgan. Sulton Muhammadning shaxsiy gvardiyasi 10000 nafar kishidan tashkil topgan. Biroq mahalliy hokim va beklarning o’zboshimchaligi, xalq boshiga solinayotgan jabru zulmlar va unga qarshi ko’tarilayotgan xalq g’alayonlari (1206-1207 yillarda Buxoroda, 1212 yilda Samarqandda ko’tarilgan qo’zg’olonlar) saltanatni ichdan emirayotgan edi. Bundan tashqari oliy hokimiyat ichidagi kuchli muxolifatchilik harakati, xususan, Xorazmshoh bilan uning onasi Turkon xotun tarafdorlari o’rtasidagi oshkora siyosiy kurash ham beqarorlikka sabab bo’ldi. Xorazmshoh davlatida kechayotgan bu xildagi chuqur tanazzul mug’ullar hukmdori Chingizxonni befarq qoldirmadi. U katta harbiy tayyorgarlik ko’rib, Movarounnahrga qarshi istilochilik urushlarini boshladi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, IX-XII asrlarda Markaziy Osiyoda tashkil topgan markaz XI asrning 40 yillariga kelib qoraxoniylar o’rtasidagi sulolaviy kurashlar oqibatida xonlik ikkiga bo’linib ketadi. Farbiy xonlik markazi Buxoro bo’lib, unga Movarounnahrva Farg’onaning g’arbiy hududlari kirgan. Sharqiy xonlik markazi Bolasog’un bo’lib uning tarkibiga Talos, Isfijob, Shosh, Farg’onaning sharqiy qismi, Yettisuv va qoshg’ar erlari kirgan. Qoraxoniylarning er, mol, dunyo va davlat talashib Faznaviylar, saljuqiylar va qoraxitoylar bilan olib borgan urushlari natijasida davlat kuchsizlanib boradi. 1130 yilda qoraxoniylar davlati saljuqiy Sulton Sanjarga qaram bo’lib qoldi. 1211 yilda esa Xorazmshoh Aloviddin Muhammad qoraxoniylarga so’nggi zarbani berdi va Movarounnahrda qoraxoniylar sulolasini tugatdi.

Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, O’rta Osiyo erlarining qoraxoniylar davlati tarkibiga o’tishi erli aholining etnik tarkibida ham muhim o’zgarishlarni vujudga keltirdi. Sharqiy hududlardagi turkiy qavmlar g’arbiy hududlarga ko’chib kelib, o’rnashib, o’troqlasha boshladi.

Bu esa shubhasiz, o’zbek xalqining etnik shakllanish jarayonida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ldi. Ayni chog’da turkiy tilning iste’mol doirasi to’xtovsiz kengayib bordi. Shu bilan birga bu tilning adabiy til sifatida mavqei va maqomi ham tarkib topib bordi. Go’zal va nafis qadimgi turkiy, ya’ni eski o’zbek adabiyotining ijodiy namunalari hisoblangan Maxmud qoshg’ariy, Yusuf Xos Hojib va Ahmad Yugnakiylarning betakror ijodiyoti bunga yorqin dalil bo’la oladi.



Ma'ruza matni
4-мавзу. IX-XII asrlarda Movarounnahr va Xurosonda madaniy hayot. Uyg‘onish (Renessans) davri rivoji.
Reja:
1. Movarounnahr va Xurosonda moddiy va ma'naviy madaniyatning yuksalishini ta'minlagan tarixiy shart-sharoitlar
2. Ilm-fan ravnaqi. O’rta Osiyolik allomalarning jahon fani va sivilizatsiyasi xazinasiga qo’shgan hissasi
3. Islom madaniyati. O’rta Osiyolik mashhur hadisshunos olimlarning bebaho merosi.

Download 201,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish