1-мавзу: Movarounnahr va Xurosonda mustaqil davlatlarning tashkil topishi. Tohiriylar va Somoniylar davlati. Reja


-маvzu. O‘rta Osiyoning mo‘g‘ullar tomonidan bosib olinishi. Movarounnahr Chig‘atoy ulusi tarkibida



Download 201,15 Kb.
bet11/23
Sana13.06.2022
Hajmi201,15 Kb.
#665695
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
Bog'liq
O‘zbekiston tarixi

5-маvzu. O‘rta Osiyoning mo‘g‘ullar tomonidan bosib olinishi. Movarounnahr Chig‘atoy ulusi tarkibida.
1. Markaziashgan mo‘g‘ullar davlatining tashkil topishi. XII asr boshida Xorazm davlatidagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat.
2. O‘rta Osiyoning mo‘g‘ullar tomonidan bosib olinishi va unga qarshi kurash. Jaloliddin Manguberdi-Vatan himoyachisi.
3. Chig‘atoy ulusi davrida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. Азамат Зиё. Ўзбек давлатчилиги тарихи (энг қадимги даврдан Россия босқинига қадар). - Т.: Шарқ, 2000..
2. Ахмедов Б. Тарихдан сабоқлар. - Т.: Ўқитувчи, 1994.
3. Бунёдов 3. Ануштагин-Хоразмшохлар давлати (1097-1231). А. Ахмедов ва М. Махмудов таржимаси.-Т.: 1998.
4. Мирзо Улуғбек. Турт улус тарихи. -Т.: Чўлпон, 1994.
5. Сагдуллаев А. ва бошқа. Ўзбекистон тарихи: давлат ва жамият тараққиёти. 1-қисм.-Т.: Академия, 2000.
6. Тонарий О. Жалолиддин Хоразмшох ва унинг даври. - Т.: 1999.
7. Тогиев Н. Жалолиддин Мангуберди. -Т.: 1999.
8. Эшов Б. Ўзбекистонда давлат ва маҳаллий бошқарув тарихи. - Т.: Янги аср авлоди, 2012.
1. Markazlashgan mo‘g‘ullar davlatining tashkil topishi. XII asr boshida Xorazm davlatidagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat.
XI-XII asrlarda mo‘g‘ullar ijtimoiy hayotda urug‘-aymoqchilik munosabatlari kuchli bolib, asosan, chorvachilik, ovchilik va o‘zaro tovar ayirboshlash, savdo-sotiq bilan shug‘ullanib kelishgan. Biroq XII asr oxiri - XIII asr boshlarida mo‘g‘ul urug‘ boshliqlari orasida hokimiyat uchun ichki ko‘rashlar avj oldi. Bu ko‘rashlarda Chingizxon g‘olib chiqib, 1204-1205-yillarda ko‘chmanchi urug‘ va qabilalami siyosiy jihatdan birlashtirdi. Chingizxonning asl ismi Temuchin (Temujin-mo‘g‘ulcha, temir ustasi) bo‘lib, u taxminan 1155-yili O’non daryosi yaqinidagi Delpun Bo‘ldan mavzesida tug‘ilgan.
Temuchin mo‘g‘ullaming hukmdori sifatidagi o'zini har jihatdan mustah- kamlash va bunga qonuniy tus berish maqsadida 1206-yili Onon daryosi bo‘yida umummo‘g‘ul qurultoyini chaqirdi. Qurultoyda Temuchin ulug‘ xon (qoon) deb e’lon qilindi va unga «Chingiz» laqabi berildi. Chingiz so‘zi turli mualliflar tomonidan turlicha talqin qilinib kelinadi. Jumladan, tarixchi Rashididdinning yozishicha, kuchli, buyuk degan ma’noni anglatadi.
Bu qurultoyda o‘rta asrlar mo‘g‘ul huquqi to‘g‘risidagi asosiy yozma yodgorligi - «Yaso» (yasoq) qonunlari («Chingizxon yasosi») qabul qilindi. Ushbu hujjat Chingizxon amriga binoan yozilib, «Oltun daftar» (chingiziy xonlarning rasmiy tarixi) bilan birga xon xazinasida saqlangan. U ko‘p yillik hayot tajribasi, qabila va uruglaming urf-odati, an’anasi, o‘zini oqlagan udumlar asosida tuzilgan edi. Mo‘g‘ullar davlatining tashkil topishi bilan Chingizxon yasosini takomillashtirish, yangi qonunlar bilan to’ldirish zarurati tug‘ilgan. 1218-yilda unga muhim tuzatishlar kiritilgan. «Yaso» da xonning vazifalari va huquqlari, qo‘shinni tashkil etish tamoyillari, jazo choralari, ayollar huquqlari va h.k. belgilangan. Uning so‘nggi tahriri 1225-yildagi qurultoyda qabul qilingan.
XIII asr boshlariga kelib Chingizxon qo‘shni davlatlar va xonliklami birin- ketin bosib olishga kirishadi. Xususan, 1206-yilda naymanlar bo‘ysundirildi. 1207- yilda Chingizxon tang‘utlar boj toTamaganligi uchun ular ustiga yurish qilib yer- mulklarini vayron etadi. 1207-1208-yillarda Enasoy (Yenisey) daryosi havzasini, so‘ngra Yettisuv viloyatining shimoliy qismi egallandi. 1211-yilda uyg‘urlar yeri istilo etilgach, Chingizxon Xitoyga hujum boshladi. 1211-1215-yillarda Xitoyga qarshi bir necha bor hujumlar uyushtirildi. 1215-yilda mo‘g‘ul lashkarlari Shimoliy Xitoyning markazi-Szindi (Pekin) shahrini bosib oladi, Szin sulolasi tugatildi. Chingizxon bu mamlakatdan juda ko‘plab miqdorda oltin, kumush buyumlar, shoyi, atlas matolar, cho‘ri-kanizaklardan tashqari har xil qurol-yarog‘ aslahalari, harbiy texnika moslamalari: manjaniq, palaxmon, naftandozlami va ulami ishlata oladigan mohir ustalami ham olib keladi. Bu hoi Chingizxon lashkarlarining eng yaxshi qurol-aslahalar bilan ta’minlangan qudratli kuchga ega bolishini ta’minlaydi. Xullas, qisqa muddat ichida mo‘g‘ullar davlati O’rta Osiyodagi Xorazmshohlar-Anushteginiylar davlatiga chegaradosh mamlakatga aylandi.
Shuni aytish lozimki, Sulton Qutbiddin Muhammad Oloviddin Xorazmshoh (Muhammad Xorazmshoh) davriga kelib mamlakatning hududlari behad kengaygan. U uzoq yillar davomida qo‘shni davlatlar ustiga muvaffaqiyatli harbiy yurishlami amalga oshirib, Ozarbayjon, Eron, Kurdiston, Iroq yerlarini qo‘lga kiritgan edi. Ayniqsa, 1210-yili sentabr oyida Sirdaryo bo‘yidagi Ilamish dashtida qoraxitoylar bilan bo‘lgan hal qiluvchi jangda qozonilgan g‘alabadan o‘ta ruhlangan Sulton Muhammad Xorazmshoh o‘ziga «Iskandari Soniy (ikkinchi Iskandar)» va saljuqiylaming buyuk sultoniga taqlid qilib «Sulton Sanjar» unvonlarini oladi. Davlat muhriga esa «zil Allohi til ard» (Ollohning yerdagi soyasi) deb «kamtarona» yozdirishni buyurgan. O’z navbatida u ham Xitoyni fath etishni xohlar edi.
Shunday bo‘lsa-da, biroq davlatining ichki ijtimoiy-siyosiy hayoti g‘oyatda murrakab, ziddiyatli kechayotgandi. Xususan, Muhammad qipchoqlardan bolgan qator lashkarboshilarga ishonmas, taxtga ko‘z tikkan onasi Turkon xotin (ya’ni «turklar onasi») va uning saroyiga tiqishtirilgan qarindoshlari bilan chiqishmas, din peshvolarini o‘z harakatlari tufayli qattiq ranjitgan edi. Xalq qo‘zg‘olonlarini (1210- yil Samarqand qo‘zg‘oloni) shafqatsizlik bilan bostirgani, soliqlar zulmi, turmush darajasining pastligi uni oddiy xalqdan juda uzoqlashtirgandi. Buning oqibatida Muhammad Xorazmshohning siyosiy mavqeyi pasayib bordi.
Shunday siyosiy sharoitda Chingizxon va Xorazmshoh davlatlari o‘rtasida elchilik munosabatlari o‘rnatildi. 1216-yilda Chingizxon Xorazmshoh Muham- madning elchisi Bahovuddin Roziyni izzat-ikrom, hurmat bilan kutib olgan. Qabul chog‘ida o‘zaro totuvlik va do‘stlik qaror topib, ikki davlat hududlarda savdogarlaming erkin qatnoviga xohish bildirildi. O’z navbatida, Chingizxon ham javob tashrifi bilan o‘z savdo karvonlarini elchilar bilan xorazmshohlar yurtiga yuborgan. Bu elchilarga Mahmud Yalavoch al-Xorazmiy, Aliakbar Xoja al- Buxoriy va Yusuf Kenka al-O’troriylar boshchilik qilgan edilar (Mahmud Yalavoch asli xorazmlik bo‘lib, Chingizxon hukumatidagi Xorazm elchisi vazifasidan voz kechib, mo‘g‘ullarga sotilib, o‘z ona Vataniga xiyonat yo‘liga kirgan bir shaxs edi). Xorazmshoh Muhammad elchilami 1218-yilning bahorida Buxoroda kutib oladi. Elchilar Xorazmshohga Chingizxonning xatini topshiradilar. So‘ng, 1218- yili Xorazmshoh yangi elchilami yuboradi. Bunga javoban Chingizxon Mahmud Yalovoch boshchiligida Xorazmshoh davlatiga elchi yuboradi. Ammo munosabatlar borgan sari keskinlashib bormoqda edi.
1218-yilda Chingizxon Xorazmga navbatdagi 500 tuya hamda 450 musulmon savdogarlardan iborat savdo karvonini jo‘natdi. Karvon Urganch tomon yo‘l olgan edi. Lekin Xorazmshohlaming chegara viloyati O’tror yerlariga kirib kelishi bilanoq bu karvon ushlab qolindi. O’tror hokimi Inalxon (Inolchiq, uning forsiy laxallusi G‘oirxon edi) arab tarixchisi ibn al-Asir, an-Nasaviylaming yozishicha, Xorazmshoh ijozati bilan bu karvonlami talashga buyruq berib, karvon a’zolarini josuslikda ayblaydi va ularni qirib tashlaydi.
O’tror fojeasidan so‘ng Chingizxon Ibn Kafroj Bug‘roni ikki mulozim bilan Xorazmshoh huzuriga elchi etib jo‘natdi. Chingizxon aybdorni jazolash, Inalxonni unga topshirishni talab qiladi. Xorazmshoh Chingizxonning talabiga javoban elchini oldirishni va ikki mulozimni soqol-mo‘ylovini qirib sharmandali qilib qaytarib yuborishni buyuradi. Bu voqealar ikki davlat o‘rtasida harbiy to‘qnashuv muqarrar ekanligini ko‘rsatadi.

Download 201,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish