1-mavzu. Ma’ruza. Muomala inson borligining sharti va mohiyati sifatida. Reja


-mavzu. Ma’ruza. Psixologiyada muomalani o’rganishning nazariy va metodologik asoslari



Download 189,92 Kb.
bet3/30
Sana31.12.2021
Hajmi189,92 Kb.
#265975
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
sotsial

2-mavzu. Ma’ruza. Psixologiyada muomalani o’rganishning nazariy va metodologik asoslari.

Reja:
Tadqiqotchining yuqoridagi masalalarni o‘rganishi uchun tabiiy metodik vositalar zarur. Amaliy ijtimoiy psixolog oddiy kishidan shu tomonlari bilan farq qiladiki, u har bir yaqqol sharoitda o‘ziga kerakli, ma’qul uslublarni qo‘llaydi, ba’zi birlarini sinab ko‘radi, agarda ular maqsadga muvofiq bo‘lmasa, boshqasi bilan almashtiriladi. Olingan natijalarga asoslanib, u korxonalardagi ruhiy muhitni "yaxshi", "o‘rtacha", "yomon", "qarama-qarshi" toifalarga bo‘ladi va ularning har biridan o‘ziga xos ilmiy-amaliy xulosalar chiqaradi.

Bundan tashqari, bugun tadbirkorlik negizida tashkil etilayotgan ko‘plab ishlab chiqarish korxonalari, firmalar, qo‘shma korxonalar mavjudki, ularda mehnatni ilmiy asosda tashkil etish va samaradorlikning ruhiy mezonlarini topish muhim muammodir. CHunki yangi korxonaning rahbari va mas’ul shaxslar ko‘plab insonlar bilan muloqotga kirishish va ishlab chiqarish munosabatlarining murakkab shakllarini his etishga majburdirlar. Menejment va marketing sohasidagi har qanday izlanishlar va ularning tatbiqiy natijalari, so‘zsiz jamiyatda ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarining yuqori bo‘lishini va inson manfaatiga xizmat qilishini ta’minlaydi. G‘arb mamlakatlarida bo‘lgani kabi 6u sohada talab va takliflarning o‘z vaqtida o‘rganilishi; rahbarlik mahoratining ko‘plab qirralarini egallagan holda ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish, har bir xodimning shaxsiy qobiliyatlariga differensial munosabatda bo‘lish katta tatbiqiy ahamiyatga molik. Sanoat korxonalarida tashkil etiladigan psixologik xizmatning ijtimoiy psixologik yo‘nalishi, avvalo, turli toifadagi ishchi-xizmatchilarni ijtimoiy va shaxsiy ziddiyatlarini bartaraf etishga o‘rgatish, shaxslararo munosabatlarning demokratik sog‘lom shakllariga o‘tish, rahbarlik mahorati sirlarini o‘zlashtirish va ulardan kundalik faoliyatda oqilona foydalanish malakalarini shakllantirishdir. Bunda, shubhasiz, psixolog tomonidan tashkil etiladigan turli trening mashg‘ulotlari muhim ahamiyatga ega.

Tatbiqiy ijtimoiy psixologik izlanishlarning ikkinchi asosiy yo‘nalishlaridan biri - bu nikoh va oila sohalariga olib kirishdir.

Oila va nikoh hamma vaqt ham gumanitar fanlarni qiziqtirib kelgan, ayniqsa, bu sohaning o‘ziga xos ijti­moiy psixologik tomonlari mavjud bo‘lib, u oilani yaxlit bir ijtimoiy guruh sifatida talqin qilib, unda sodir bo‘ladigan barcha ruhiy jarayonlarni o‘rganadi. Respublikada oila va nikoh masalalariga e’tibor yuksakligini hisobga olib, ko‘pchilik tadqiqotchilar o‘z ilmiy izlanishlarini ana shu muammolarga bag‘ishlaganlar. (M.Mirxosilov, G‘.B.SHoumarov, M.Rasuleva, N.Sog‘inov, O.Musurmonova, G.Xomidova, A.Minavvarov va boshqalar). Oilaga nisbatan ilmiy qiziqishning sabablari, eng avvalo, bu ob’ektning "naqdligi" bo‘lsa, ikkinchidan, keyingi yillarda hatto respublikada ajralishlarning ko‘payishi, tug‘ilishning shahar va qishloqlarda notekisligi, "muammoli" oilalarning ko‘payishi, oila institutiga yoshlar munosabatlari o‘zgarayotganligi va hokazo.

Xalqimizda oila muqaddas dargoh hisoblanadi. Bu hatto davlat darajasida ko‘rilib, 1998 yil respublikamizda "Oila yili", deb e’lon qilinishi ham bu yo‘nalishlarda ishlar samaradorligini oshirish, oilaga psi­xologik yordam ko‘rsatish, bu borada mavjud muammolarning aniq echimlarini topish ishini jadallashtiradi. Ikkinchidan, bizning jamiyatimizda oilaga qaratilgan bunday e’tibor uning ma’naviy negizlarini mustahkamlashga shubhasiz, xizmat qiladi.

Umuman olganda, bizning hududimizda ham oila - nikoh munosabatlari yil sayin o‘zgarib bormoqda. Bu boradagi o‘zgarishlarga:

1) oilaning jamiyat oldidagi funksiyalarining o‘zga­rib borishi;

2) oilaning kichrayishi va unda tug‘ilishning kamayishi, murakkab ko‘p avlodli tarkibdan kam avlodli oilalarga aylanayotganligi kabilar;

3) oilaviy munosabatlar tizimida er va xotin funksiyalari va oilaviy rollar haqidagi ijtimoiy tasavvurlarning o‘zgarib borayotganligi;

4) iqtisodiy inqirozlarning oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarga ta’siri;

5) ayollardagi (reproduktiv ustanovkalarning o‘zgarishi va boshqalar.

Bu aytib o‘tilgan sohalar O‘zbekiston sharoitida shu yaqin kunlarda ishlanishi zarur muammolar bo‘lib, ularning echimiga ko‘ra oilani rejalashtirish, oilada bolalar tarbiyasi, ayol va erkakning mehnatga (ijtimoiy foydali mehnatga) munosabati yuzasidan olimlar o‘z fikrlarini aytishlari joiz. Ikkinchi tomondan, demokratiya va erkinlik sharoitida yillar davomida ta’qiqlanib kelingan qadriyatlarimiz, birinchi navbatda, dinning hayotga kirib kelishi oilaviy munosabatlarga shunday ta’sir ko‘rsatmoqdaki, ko‘pchilikda "endi ayol kishi an’anaviy o‘z o‘rnini egallarmikin?" degan tasavvurlar paydo bo‘lmoqda. Ammo hozirgi rivojlangan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar sharoitida moddiy ishlab chiqarishni xotin-qizlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. SHuning uchun ham psixologik ilmiy tadqiqotlar odamlar ongidagi ana shunday qarama-qarshiliklarning oldini olishga yordam ko‘rsatishi mumkin. SHaharlarda va yirik aholi punktlarida "Oila xizmati", "Oila Markazlari" shaxobchalarini tashkil etish zarurki, ular bir tomondan, oila va nikoh borasidagi ilmiy muammolarni tadqiq, qilib, ularni hayotga tatbiq etsa, ikkinchi tomondan, yoshlarga, hali turmush qurmaganlarga, ziddiyatli oilalarga bevosita psixologik xizmat ko‘rsatadi.

Oilaviy munosabatlar sohasidagi alohida tatbiqiy tarmoq - bu yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashdir. Bu ish bizning o‘lkamizda alohida ahamiyatga ega bo‘lib, yangilik bilan eskilik o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar sharoitlarida o‘ta muhimdir. O‘smirlik va o‘spirinlik yillarida shakllanadigan attraksiya hodisasi, ya’ni shaxslarning bir-birlariga emotsional bog‘lanishlari - do‘stlik, sevgi hislarini tarbiyalash, ana shunday tarbiyaga shart - sharoitlarni yaratish O‘rta Osiyo hududida yangi va kelajagi porloq sohadir. SHu ishlarni amalga oshirishda maktab psixologlari, pedagoglar, ijtimoiy psixologlar hamkorlikda faoliyat ko‘rsatsalar xulosalar va natijalarni hayotga tatbiq etsa bo‘ladi.

Amaliy psixologning bu boradagi asosiy vazifasi shuki, ijtimoiy psixologiyaning faol metodlaridan omilkorona foydalangan holda yoshlarni oilaviy muno­sabatlarga tayyorlash, oilalarda shaxslararo moslikni shakllantirish, oilaviy ziddiyatlar echimini topishda odamlarga yordam berish, turli treninglar o‘tkazish va ularning samarasi orqali insonlarda ishonch hissini tarkib toptirish.

Jamiyatimizda yoshlar tarbiyasi, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning dolzarbligidan kelib chiqadigan yana bir tat­biqiy ijtimoiy psixologik yo‘nalish - by maktabda ko‘rsatiladigan ijtimoiy psixologik xizmatdir.

Ma’lumki, shaxsning ijtimoiylashuvi (yoki sotsializatsiyasi) asosan maktab yillariga to‘g‘ri keladi. SHuning uchun maktab oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalardan biri bolaning kamoloti uchun barcha sharoitlarni yaratish, uning individual va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim va tarbiyaning eng maqbul shakllarini joriy etishdir. Lekin hozirgi sharoitda maktab oldida ko‘plab muammolar, hal qilinmagan masalalar mavjudki, ularning barchasi maktabga har taraflama yordamni taqozo etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning ko‘rsatmalariga asosan yoshlarning layoqatlarini ilk yoshdan aniqlash, ular iqtidorini har taraflama o‘stirish vazifalari o‘quvchiga individual yondashuvning zarurligini, o‘qishning differensial bo‘lishini talab qilmoqda, shunga ko‘ra maktab va jamoatchilik oldiga qator muammolar qo‘yilmoqda. Testlar vositasida bilimlarni tekshirish, oliy o‘quv yurtlariga va ta’limning barcha tarmoqlariga test sinovlari orqali qabulning amalga oshirilishi psixologik xizmat zaruriyatini vujudga keltirmoqda. Ijtimoiy psixologiya davr talablaridan kelib chiqqan holda o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:

a) yoshlar tarbiyasida ijtimoiy psixologik muammolarni anglash;

b) ularni ilmiy jihatdan tahlil qilish va tatbiqiy xulosalar chiqarish;

v) mavjud ziddiyatlarning oldini olish yo‘llarini qidirish, yo‘l-yo‘riqlar tavsiya qilish kabilar.

1. Maktabda tashkil etilgan psixologik xizmatning samarali yo‘llarini qidirish, shart-sharoitlar va muhitni har tomonlama, to‘liq o‘rganib chiqishni har bir o‘quvchining yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda indivi­dual va guruhiy ishlash uslublarini aniqlash lozim.

2. Maktab psixologi o‘quvchilar o‘rtasida uchrab turadigan psixik rivojlanishdan kechikish hollarini to‘liq o‘rganishi, ularni keltirib chiqaruvchi omillar va ijtimoiy-psixologik shart-sharoitlarni tahlil qilishi lozim.

3. Maktab psixologi turli yoshdagi o‘quvchilarning qobiliyatlari, yo‘nalishi, layoqatlari va kasbiy qiziqishlariga doir aniq ilmiy tahlillar, test natijalari asosida tuzilgan ma’lumotlar bankiga ega bo‘lishi kerak. Bu ma’lumotlarga asoslanib, psixolog ularga alohida-alohida yondashish, ayrimlarga qo‘shimcha darslar tashkil etish, maktab, oila va jamoatchilik hamkorligida qobiliyatlarini o‘stirish bilan bog‘liq aniq ko‘rsatmalar ishlab chiqishi lozim.

4. Maktab psixologi sinflardagi ruhiy holatlarni, o‘zaro munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik muhitni aniqlashi, rasmiy va norasmiy liderlar o‘rtasidagi munosabatlarni chuqur o‘rganishi, maktab ma’muriyati va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosariga zarur yo‘l-yo‘riqlar tavsiya qilishi joiz.

5. Bundan tashqari, maktab psixologi turli mojarolar, ziddiyatlar, tartibbuzarliklarning oldini olish, ularning psixologik ildizini o‘rganish chora-tadbirlari bo‘yicha konsultatsiyalar tashkil etishi shart. Bunday konsultatsiyalar ota-onalar va pedagoglar jamoasi uchun alohida tashkil qilinadi. Amaliy psixolog faoliyatining yana bir tomoni turli masalalar bo‘yicha o‘qituvchilar jamoasiga psixologik yordam berishdir. Bunda u jamoadagi sog‘lom muhitning asosi bo‘lmish o‘zaro munosabat­larni yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy psixologik tre­ning mashg‘ulotlaridan samarali va o‘z vaqtida muttasil foydalanishi, uzluksiz ravishda diagnostik sinovlar o‘tkazib turishi, pedagogning kasbiy mahoratini va nutq qobiliyatini oshirishda ijtimoiy psixologiyaning barcha faol tayyorgarlik usullaridan foydalanishi zarur.

YUqoridagi vazifalardan kelib chiqqan holda, mak­tab psixologi o‘z faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilashi mumkin. Ular diagnostik va tuzatish ishlari, psixoprofilaktik ishlar, psixologik konsultatsiyalar, o‘qituvchilar, ota-onalar va o‘quvchilarning psixologik savodxonligini ko‘tarish; psixologiya metodlarini aniq sharoitlarga moslashtirish, ulardan samarali foydalanish, to‘plangan ilmiy ma’lumotlarni izchil tarzda tahlil qilib borish; testlar tuzish, ularning sezgirligini ilmiy asoslash va har bir o‘quvchi qobiliyatini, qolaversa, o‘qituvchilar bilimdonligini testlar yordamida muntazam tekshirish, ilmiy xulosalar va ko‘rsatmalar tayyorlash kabilardan iborat.

Respublikada maktabda psixologik xizmat ko‘rsatish ishlarini takomillashtirish o‘quvchilarni jamiyat oldida turgan ulkan va ulug‘vor ishlarga tayerlashda o‘zining munosib hissasini qo‘shadi va O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim haqidagi qonuni" bandlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish hamda "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ni xayotga joriy etishda o‘z o‘rnini topadi.

Psixologiya fani oldiga qo‘yilgan talablarni qondirish uchun jumhuriyatimizda keng ko‘lamda ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, ularning nitijalarini dadil amaliyotga tatbiq qilish, amaliyot bilan nazariya o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni hayotda qapop toptirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Tor manoda kommunikatsya haqida gapirganda shu narsani hisobga olish kerakki, insonlar hamkorligidagi faoliyat davomida ozaro har xil tasavvurlar ,goyalar, qiziqishlar , kayfoiyatlar, hissiyotlar ustanovkalar va boshqalar bilan almashinishadi.

Bunning hammasini ma`lumot sifatida qarab chiqish mumkin, ana shunda kommunikatsiya jarayoning o`zining malumot almashinishi jarayoni sifatida tushunish mumkin.

Inson kommunikatsiyasi jarayoning barchasini malumot nazariyasi deb muvofiqlashtirib sotsial psixologik bilimlar qatoriga qoshish mumkin ammo bunday yondashishnning metodologik jihatdan orinli deb qarash mumkinchunki unda aynan insonlar kommunikatsiyasinig ayrim muhim tavsifnomalari ketadi.buesa faqat malumotlar uzatish jarayoniga taaaluuqlidir inson kommunikatsiyasining malumotlar nzarayisu nuqtai nazaridan har tarfalama qarab chiqqanda ham faqat ishning rasmiy tomoni hisboga olinadi malumot qanday uzatiladi shu vaqtning ozida inson muloqoti sharoitlarida malumot nafaqat qanday uzatiladi balki qanday shakklandi aniqlashtiriladi , rivojlantiriladi.Shuning uchun muloqotning kommunikativ tomonini korsatishda malumotlar nazariyasining ayrim holatlarini qolash imkoniyatini hisobga olib barcha aksentlarni aniq qoyib, va malumotlar almashinish jarayoning ozida tiziminianiqlash lozim.Bu esa haqiqatdan ham insonlar ortasida kommunikatsiyada oz orniga egadir.

Birinchidan , muloqotni qandaydir uzatish tizimidan malumotni yuborish sifatida yoki boshqa tizim orqali qabul qilish sifatida qarab chiqish mumkinemas , chunki bu ikkita qurilma ortasidagi oddiy, malumotlar harakatidan farqli ravishda bu yerda biz har biri faol subekt bolgan ikkita individ munosabatlari bilan ish olib boramizozaro ularning malumot almashinish hamkorlikdagi faoliyatni rivojlantiradi.Bu shundayki, kommunikativ jarayonning har bir ishtirokchisi o`zining hamkorida ham faollikni taqozo qiladi , u uni qandaydir obekt sifatida qaralmaydi.Boshqa ishtirokchi ham subekt sifatida harakat qiladi , bu yerda shu narsa malum boladiki, unga uzatilgan malumot uning uchun zarur, e`1tibor qaratish lozim , maqsadini , ustanovkalarini aniqlash kerak.




Download 189,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish