1-mavzu. Ma’ruza. Muomala inson borligining sharti va mohiyati sifatida. Reja


Muomala tuzilishi va (funktsiyasi) vazifalari. Muomala sotsial va shaxslararo munosabatlarni amalga oshirish sifatida, muomalani 2 ta aspekta to`g`risida



Download 189,92 Kb.
bet2/30
Sana31.12.2021
Hajmi189,92 Kb.
#265975
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
sotsial

Muomala tuzilishi va (funktsiyasi) vazifalari. Muomala sotsial va shaxslararo munosabatlarni amalga oshirish sifatida, muomalani 2 ta aspekta to`g`risida.

Hozirgi davrda ijtimoiy psixologiyaning dolzarblign va uning jamiyatdagi sodir bo‘layotgan barcha jarayonlarga aloqadorligi uning tatbiqiy sohalarini doirasini ham kengaytirdi. Uning asosiy tat6iqiy - amaliy sohalariga sanoat sotsial psixologiyasi, boshqaruv psixologiyasi, oila va nikoh borasidagi sotsial psixologik ishlar siyosat va iqtisodiyotni takomillashtirish muammolari, qonunbuzarlikning oldini olish ehtiyoji hamda ommaviy axborot vositalari borasidagi amaliy vazifalar kiradi. Barcha amaliy sohalarga xos umumiy xususiyatlar mavjudki, ularga:

a) ularning bevosita jamiyat talab-ehtiyojiga ko‘ra tashkil etilishi;

b) tatbiqiy ishlarning "tili" muammosining borligi, ya’ni, professional til (jargon) bilan tadqiqot natijalarini bayon etishdagi uyg‘unlik masalasi;

v) amaliy ehtiyojlarga monand ilmiy farazlarni ishlab chiqish;

g) shartnomalarga mos tarzda buyurtmalarlarni o‘z muddati va bosqichlarda bajarish majburiyati;

d) samaradorlik mezonlarining o‘ziga xosligi, ya’ni, bajarilgan ishga qarab samaradorlikni baholash;

e) "nazariyotchi" bilan "amaliyotchi" rollarining aniq farqlanishi muammolari kiradi.

Amaliy sotsial psixologiya to‘g‘risida gap ketganda, ko‘pincha, "sotsial psixologik aralashuv" tushunchasi o‘rtaga tushadi. Amaliyotchining aralashuvi nimalarda ko‘rinadi?

a) individning o‘zgarishi strategiyasida, ya’ni o‘sha tashkilotdagi o‘ziga xos shaxslarning borligi aniqlanadi va ularga ta’sir qilinadi;

b) texnologik tizim o‘zgaradi, ya’ni ma’lum tashkilot yoki muassasaning tuzilishida o‘zgarish ro‘y beradi;

v) ma’lum tipli ma’lumotlarga bog‘liqliq, ya’ni ma’lumotlarning tashkilot ichida yoki uning atrofida to‘planganligiga bog‘liq holda natijalarning turlicha qiymatga ega bo‘lishi mumkin;

g) ataylab o‘tkazilgan tadbirlar ta’sirida korxona taraqqiyoti o‘zgarishi mumkin, masalan, rejalashtirish, xodimlar bilan ishlash sifati, qarorlar qabul qilish va hokazo.

Amaliyotda faoliyat ko‘rsatayotgan psixolog joylarda uch asosiy funksiyani bajaradi:

1. Ekspert, ya’ni bu shunday shaxski, u klient yoki mijoz tomonidan taklif qilinadi, Ular birgalikda biror ijtimoiy psixologik vaziyatni tahlil qilishadi, xulosalar natijasida yangiliklar kiritishadi, ziddiyatli yoki janjalli vaziyatlarda maqsadga muvofiq to‘g‘ri hulq shaklini taklif etishadi. Demak, ekspert ishining oqibati - xulosa chiqarib, so‘ng tavsiyalar berish.

2. Maslahatchi - ekspertdan farqli, mijoz tomonidan bir martalik emas, balki bir necha marta ayni muammo bo‘yicha maslahat berish va xulosalar chiqarish uchun taklif etiladi. Uning aralashuvi bevosita bo‘lib, faoliyati oqibatida biror shaxs yoki yaxlit jamoaga yordam ko‘rsatiladi, yangi loyihalar qabul qilinadi.

3. O‘rgatuvchi - odatda buyurtma asosida joylarda o‘quvlar, kurslar tashkil qiladi. Uning asosiy vositasi - sotsial psixologik trening va uning turli ko‘rinishlari bo‘lib, oqibati - ijtimoiy muloqotning turli shakllariga o‘rgatishdir.

YUrtimizda ma’naviyat sohasidagi islohotlar va amalga oshirilgan va oshirilayotgan iщlarning ahamiyati shundaki, ular yoshlarda o‘z halqining madaniyati, Vatanining o‘tmishi va buguni, milliy qadriyatlarga to‘g‘ri muno-sabatlarning shakllanishiga sabab bo‘ladi va bu - ziyoli, bilimdon kishilar uchun eng zarur fazilatdir. Aks holda, olam siru asrorlarini chuqur bilgan, qiziqishlari doirasida jiddiy izlanishlar olib borishga tayyor shaxs, agar u bu bilimlarni avval o‘z xalqi, millati, yaqinlari manfaatiga yo‘naltira olmasa va uning jamiyat taraqqiyotiga aloqasini tasavvur qilolmasa, ma’naviyati qashshoq, iqtidori esa samarasiz xudbin shaxs sifatida baholanadi.

Tabiiy, hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida ilmu-fan yutuqlarining amaliyotga tatbiq etiladigan sohalaridan eng muhimi - bu ishlab chiqarish va sanoat sohasidir. Zero, har qanday ishlab chiqarish muammosining ijtimoiy psixologik jabhasini aniqlash kun tartibidagi asosiy masalalardan biri ekanligi hech kimga sir emas. CHunki yangicha bozor munosabatlarini xayotda amalga oshiruvchilar alohida shaxslar bo‘lib, ularning individual hamda guruhiy ustanovkalari, faolliklari, mehnatga munosabatlari, hissiyotlari etakchi rol o‘ynaydi. Korxonalarning mustaqilligi, xususiy mulkchilikning turli shakllari hayotga shiddat bilan kirib kelayotgan bugungi kunda ham odamlar o‘zaro guruh bo‘lib mehnat faoliyatini amalga oshirar ekanlar, ular uchun o‘sha guruhdagi ijtimoiy psixologik muhitning qandayligi, bevosita rahbarning obro‘si, norasmiy liderlarning ishga va shaxslararo munrsabatlarga ta’siri muhim masala bo‘lib qolaveradi va ularning xususiyati ishlab chiqarish samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsataveradi. YAngicha bozor iqtisodiyoti munosabatlari sharoitida rahbarlar oldida turgan yana bir muhim masala shuki, ular avvalgidan ham bilimdonroq bo‘lib, o‘z bilimlarini ko‘proq har bir shaxsning individual psixologik layoqatlari va qobiliyatlari, ishga nisbatan munosabatlariga binoan ularni taqdirlashlari, mehnatga jalb etishning turli-tuman shakllarini tatbiq etishlari zarur. Xodimni yoki ishchini shaxsan o‘rganib, faoliyatini munosib taqdirlash esa (hoh moddiy, hoh ma’naviy taqdirlashdan qat’i nazar) uning qisman testolog bo‘lishini, psixologiya fanining ommabop usullarini qo‘llagan holda ish yuritishini talab qiladi. Ishni tashqil etish, guruhlarni shakllantirishda ham ularning o‘ziga xos qonuniyatlarini bilishi, odamlar soni va salohiyati masalasida ijtimoiy-psixologik bilimga ega bo‘lishi shart.

To hozirgacha, sanoat ijtimoiy psixologiyasi yo‘nalishida qilingan aksariyat ishlar shu soha birlashmalaridagi alohida ishlab chiqarish guruhlarida ijtimoiy-psixologik muhitni o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, tadqiqot mobaynida ishlab chiqarish samaradorligi, ishchilarning mehnatga munosabatlari, guruhdagi qonun-qoidalarga bo‘ysunishlari va hokazolar bilan 6og‘liqligi tekshirilgan. Ayniqsa, ko‘p tadqiqotlarda ana shu psixologik fenomenning rahbarlikka ta’siri, norasmiy liderlarning xususiyatlariga bog‘liqligi masalalari to‘liq, tadqiq etilgan. Lekin shu yo‘nalishdagi tadqiqotlar hozirgi iqtisodiy munosabatlar sharoitida o‘tkazilgani yo‘q. SHuning uchun ham yaqin kelajakda ijtimoiy psixologlar tomonidan sanoat korxonalarida o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan tadqiqot tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:

1) jamoa a’zolari o‘rtasidagi vertikal munosabatlarni o‘rganish (rahbarlik masalalari, rahbarning ja­moa a’zolari tomonidan idrok qilinishi va aksincha; har bir a’zoning rahbarlikda ishtiroki, undan qoniqishi va boshqalar);

2) jamoa a’zolari o‘rtasidagi gorizantal munosabat­lar, ya’ni jamoaning uyushganligi, shaxslararo munosabatlarning o‘ziga xosligi, ziddiyatlar va ularning tiplari, ularning oldini olish choralari;

3) mehnatga munosabat, undan jamoa a’zolarining qanchalik qoniqishlari va uning mehnat unumdorligiga ta’siri, faoliyat motivlari, amalga oshirilayotgan faoliyatning shaxsiy va ijtimoiy foydali jihatlarini qay darajada tasavvur qilishi va hokazo.


Download 189,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish