1-mavzu. Ma’ruza. Muomala inson borligining sharti va mohiyati sifatida. Reja



Download 189,92 Kb.
bet30/30
Sana31.12.2021
Hajmi189,92 Kb.
#265975
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
sotsial

boshpanaga, sog‘liqni saqlashga nis­batan ehtiyojlari muntazam ravishda qondiriladi. Bu jarayonda ularning yosh xususiyatlari, jinsiy tafovutlari, kasbiy tayyorgarlik darajasi inobatga olingan holda haqchil ravishda moddiy extiyojlar qondirilib borilishi oilada iliq ruhiy muxitni vujudga keltiradi. Oila davrasida bu funksiyaning xukm surishi, birinchidan, oila a’zolari o‘zini jismonan ti- klashga, ikkinchidan, mehnatdan keyin xor dik chiqarishga im- koniyat yaratadi. Oiladagi hamkorlik faoliyatida uning a’zo- larining ishtirok etishi bozor iqtisodiyotiga moslashishni tezlashtiradi.

3.Oilaning emotsional-hissiy funksiyasi. Bu funksiya oila a’zolarining hurmat-ehtiromga, mehr-muhabbatga, sinchkovlikka, e’tiborga, emotsional holatlarni, yuksak his-tuyg‘u hamda kechinmalarni qo‘llab-quvvatlashga, psixologik himoyaga nisbatan ehtiyojlarini qondiradi. Mazkur funksiya jamiyat a’zolari­ning emotsional-hissiy muvozanatini saqlashda, ularni u yoki bu vaziyatni boshqarishga, psixologik salomatligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. SHuningdek, bu funksiya oila a’zolarida yuksak his-tuyg‘u, yumor hissi, ta’sirga va reaksiyaga emotsional munosabatni shakllantirishga xizmat qiladi.

4.Oilaning ma’naviy muloqoti va shaxslararo muomalani ta’minlovchi funksiyasi - bo‘sh vaqtini birgalikda o‘tkazish ehtiyojini qondiradi, shaxslararo muomalaga kirishishi, bir- birini ma’naviy jihatdan boyitishni ta’minlaydi, xuddi shu sababdan ushbu funksiya jamiyatning ma’naviy darajasini belgilab beruvchi omildir.

5.Oilaning birlamchi ijtimoiy nazorat funksiyasi - oila a’zolari ijtimoiy talablar, qoidalar bajarilishini nazorat qiladilar, ayniqsa, yoshi, salomatligi, ob’ektiv yoki sub’ektiv sabablarga ko‘ra, ijtimoiy talablarga, normalarga binoan o‘z xulqini o‘zlari boshqara olmaydigan a’zolar bunday nazoratga muhtojdirlar. Oila a’zolarini ijtimoiy nazorat qilishga o‘rgatish mazkur funksiya samaradorligini orttiradi.

6.Oilaning jinsiy-erotik funksiyalari - oila a’zolarining jinsiy ehtiyojlarini qondirishdir. Bu funksiya jamiyat uchun ikkiyoqlama ahamiyat kasb etadi: birinchidan, oila a’zola­rining jinsiy-erotik xulq-atvori boshqariladi; ikkinchidan, jamiyatning biologik o‘sishi muvofiqlashtirib turiladi.

Oila o‘z taraqqiyotining turli bosqichlarida tavsiflab o‘tilgan funksiyalar ustuvor o‘ringa ko‘tariladi, mazkur funksiyalarning o‘rni almashishi jamiyatda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar bilan chambarchas bog‘liq. Jumladan, xususiy mulkni saqlash, uni ko‘paytirish, keyingi avlodga etkazish funksiyasi sotsiolistik tuzumda yo‘qolib ketgan bo‘lsa, hozirgi davrda u yana tiklanmoqda, birok, mulkchilikning shakli tubdan o‘zgargan. Oilaning sotsial funksiyasida ham muayyan o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Masalan, jinsiy aloqa va turmush oiladan tashqarida ham amalga oshishi mumkinligi (rivojlangan mamlakatlarda oila qurmasdan turib jinsiy turmush kechirish an’anaga aylanganligi).

Oilaning ijtimoiy nazorat funksiyasi ko‘pgina jarayonlarga, shu jumladan kiyinish madaniyatiga, o‘ziga aro berishga, o‘zaro muomala odobiga ham daxldordir. Ayollar bilan erkaklar o‘rtasidagi tafovutning kamayishi odatiy, tabiiy jarayon sifatida qabul qilinmoqda. Nazorat funksiyasi, uning ko‘lami, mazmunining o‘zgarishi ko‘p jihatdan ijtimoiy omillarga bog‘liq. Odatda ijtimoiy nazorat funksiyasi radio, televidenie, mahalliy axborot, jamoatchilik fikri, din, siyosiy jarayon, vujudga kelgan shart-sharoitlar ta’sirida shakllanib boradi. Oi­laning funksiyalarini alohida rivojlanish jarayonini tahlil qilsak, u holda uning har biri jamiyat taraqqiyotini ham, madaniy o‘zgarishlarni ham o‘zida mujassamlashtiradi.

Hozirgi davrda kattalar, ya’ni ota-onalar, keksalar hamda farzandlardan tashkil topgan oila keng tarqalgan bo‘lib, oila tuzilishini o‘zida gavdalantiradi. Oila o‘zining tuzilishiga ko‘ra, to‘liq hamda noto‘liq turga ajratiladi. To‘liq oilalar o‘ziga xos tuzilishga ega bo‘lib, unda ota-onalar, farzandlar birga istiqomat qiladilar. Noto‘liq oilalarda esa farzandlar otasi yoki onasi bilan birga yashaydilar. Milliy xususiyatga ega, mamlakatimizda to‘liq oilalar bir nechta avlod vakillaridan tashkil topganligi bilan ijtimoiy ahamiyat kasb etadi.

Oilashunos olimlar tadqiqotlarida ko‘rsatilishicha, oila dinamikasi 5 bosqichga ajratiladi:

1.Oilaning tug‘ilishi - nikoh shartnomasi tuzilishidan e’tiboran, to birinchi farzand tug‘ilgungacha muddat;

2.Farzandlarning tug‘ilishi va kamol topishi - birorta farzandda mehnat faoliyati boshlanishi bilan yakun topish davri;

3.Oilada tarbiyaviy funksiyalarning yakunlanishi - ota- ona qaramog‘ida birorta farzand qolmagunga qadar davr;

4.Bir farzand turmush qurgandan keyin oxirgi farzand shaxsiy oilasiga ega bo‘lgunga qadar;

Ota-onalar farzandlaridan aloxida yashaydilar yoki tur- mush kurgan farzandlari bilan birga istikomat qiladilar.

Oila tug‘ilish bosqichida u bir qator muammolarga duch keladi, jumladan, oilaviy muhitga moslashish, turar joy masalasi, xo‘jalik ahvoli va boshqalar. qarindosh-urug‘lar bilan o‘zaro munosabatlar o‘rnatilishi, oilaning ichki jarayonlari shakllanishi juda murakkab kechadi, shuning uchun ayrim yosh oilalar hayoti (turmushi)ning dastlabki bosqichida ajralishlar yuzaga keladi.

Oila dinamikasining ikkinchi bosqichida oilada hamkorlik, o‘zaro tushunuv saqlanishi eng muhim muammolardan biri hisoblanadi. CHunki oila muhitidagi ortiqcha holatlar, yuklamalar, xiyonatlar, yoshlarning bir-biridan ko‘ngli sovushi, o‘zaro ezgulik buzilishi, oilaviy turmushdan qoniqmaslik kelishmovchiliklarni keltirib chiqaradi. Oiladagi asosiy kelishmovchiliklar mehnat faoliyatini boshlashi uni oila qurishi bilan bog‘liq, bu voqelik oilada sifat jihatdan o‘zgarishlarga olib keladi, xullas oilada mehnat emas, balki hordiq chiqarish, dam olish, sog‘liqni tiklash masalalari birlamchi maqsadga, rejaga aylanadi. Oilaviy muhitda “bobo”, “buvi” rollari o‘z qiymatini saqlashi tufayli u ijtimoiy faollikning muhim qirrasi sifatida gavdalanadi.

Keksa yoshdagi ota-onalarning nafaqaga chiqishi natijasida oila davrasida hurmatga va e’tiborga nisbatan ehtiyoj kuchayadi. CHunki ular o‘zlarini oila va jamiyatga kerakli sub’ekt ekanliklarini namoyish qilishga, sezdirishga intiladilar. Oila dinamikasidagi muammolar, muammoli vaziyatlar oilaviy turmushda o‘zgarishlarga, burilishlarga asosiy sabab bo‘ladi. Birorta oila a’zosining bemorligi, xastaligi, maishiy turmush, xujalik muammolari, ijtimoiy muammolar, siyosiy inqirozlar (urush) oilaviy muammolarning bosh sababchisi hisoblanadi. Buning uchun oilani keng ko‘lamdagi ijtimoiy muammolar ichida o‘rganish, shuningdek, kundalik turmush sharoitida yuzaga keladigan kiyinchiliklarni tadqiq etish ularni bartaraf etish uchun xizmat qiladi.

SHunday qilib, oila dinamikasi o‘ziga xos, ko‘pqirrali jarayon bo‘lib, aynan dinamik rivojlanish xususiyatlaridan kelib chiqqan holda er-xotinlar o‘rtasida kechadigan ajralish muammosini tadqiq etish umumbashariy ahamiyatga ega.
Download 189,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish