1-mavzu. Ma’ruza. Muomala inson borligining sharti va mohiyati sifatida. Reja


O‘ZARO MUNOSABATLARDA ESHITIB TINGLASH QOIDALARI



Download 189,92 Kb.
bet24/30
Sana31.12.2021
Hajmi189,92 Kb.
#265975
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30
Bog'liq
sotsial

O‘ZARO MUNOSABATLARDA ESHITIB TINGLASH QOIDALARI
Gap shundaki, har qanday muloqot samarasi asosan eshitib-tinglashga qaratilgan. Bu oilada katta avlod vakillari bilan bo‘ladimi, kichiklar bilan bo‘ladimi, baribir ayni shu tomoniga e’tibor berish kerak. Buning uchun ushbu samarali eshitib tinglash malakalarini bilish zarur:

1. Sharoit yarating.

So‘zlayotgan odamga erkin gapirishi mumkinligini his qilishiga yordam bering, so‘zlovchi uchun qulay Sharoit yaratib bering. Uy Sharoitida bajarayotgan ishingizni biroz to‘xtatishingiz baki televizor ko‘rishdan voz kechib turishingiz, ishda esa telefonni o‘chirib qo‘yish, hech kim xalaqit bermaydigan joy topish va imkon yaratishni bilish lozim.

2. Faol xolatga kiring.

Vujudingiz faol xolatda bo‘lganda aqlni jamlashga yordam beradi, aksincha bo‘Shashgan holatda miya ham eng kam imkoniyat bilan ishlaydi.

3. Nigohingizni so‘zlayotgan odamga yo‘naltiring.

SHunday xolatda tinglash diqqatni jamlashga yordam beradi, Agar siz atrofga yoki polga tikilsangiz sizning diqqatingiz ham ko‘zingiz ortidan ergaShadi. Suhbatdoshingizga, muloyim va qo‘llab-quvvatlovchi nigoh bilan qarang, agar qattiq tikilsangiz buni u dushmanlik sifatida qabul qiladi.

4.Tinglab eshitmoqchi ekanligingizni ko‘rsating.

Siz haqiqatdan ham qiziqayotganligingizni ko‘rsating. Gavdangizning xolati va harakatlaringiz suhbatdoshingizni tinglayotganligingizni ko‘rsatsin. YOdingizda tuting, odamlar har doim e’tiborli va samimiy odam bilan muloqat qilishga intiliShadi.

5.So‘zlayotgan odamga nisbatan mustahkam diqqatingizni saqlang. Qog‘ozlarni titmang.Hech narsa chizmang, ruchka yoki barmoqlaringiz bilan stolni taqillatmang. Stolga ko‘z yugurtirish, qog‘ozlarga tikilish kabi chalg‘ituvchi harakatlar diqqatingizning so‘zlovchi bilan begona predmetlar o‘rtasida bo‘linishiga sabab bo‘ladi.

6. Eshitib tinglash zarur.

Suhbatdoshingizning fikriga diqqatingizni jamlang. Fikrlaringizning «adashib» ketishiga yo‘l qo‘ymang. So‘zlovchini tushunish uchun eshitishga harakat qiling.

7.Eshitish jarayonish mantiqni rejalashtirib oling. Eshitayotganlaringizni hammasini eslab qolish qiyin, lekin eng muhimlarini eslab qolish Shart.

8.Suhbatdoshingizning hissiy holatini tushunishga harakat qiling. YOdingizda tuting, odamlar o‘z fikr va xis-tuygularini ijtimoiy normalarga mos xolda «kodlashtirib» uzatiShadi.

9. Kuzatuvchan bo‘ling.

So‘zlovchining nutqsiz signallarini, ya’ni gavda holati, ko‘z qarashlari, so‘z ohangi kabilarini kuzating, CHunki emotsional, hissiy muloqot aslida muloqotning katta qismini tashkil qiladi.

10. Muloqot uchun mas’uliyatdan qochmang.

Muloqot ikki taraflama jarayon, uni ikki kishi amalga oshiradi va navbati bilan tinglovchi rolini bajariShadi. Suhbatdoshingizga o‘zingizning xaqiqatan ham uni tinglab tushunayotganingizni ko‘rsata oling. Bunga aniqlovchi savollar, faol hissiy munosabat bilan erishish mumkin. Agar o‘zingiz aytmasangiz, suhbatdoshingiz qanday qilib siz uni tushunayotganligingizni bilishi mumkin?

11. Sabr toqatli bo‘ling.

Suhbatdoshingizni so‘zini bo‘lmaslik uchun yetarlicha vaqt toping.

12. Hissiyotlaringizni jilovlang.

Asabiylashgan odam aksariyat so‘zlarni noto‘g‘ri talqin qiladi. O‘z-o‘zingizga quloq soling. Sizning tashvishingiz va hissiy kechinmalaringiz Sizning hissiyotlaringizga «tegib» ketayotgan bo‘lsa, bu xaqda unga bildiring, bu harakatlaringiz vaziyatni oydinlashtirib, sizning tinglashingizni osonlashtiradi.

13.Tanqid qilishda ehtiyot bo‘ling, baho bermang. Suhbatdoshingizga nisbatan ma’qullovchi xolatni saqlang. Sizning ma’qullashingiz unga o‘z fikrini aniq bayon qilishiga yordam beradi. Sizning har qanday salbiy munosabatingiz suhbatdoshingizning himoya reaksiyasiga, o‘ziga ishonchsizlik va xavotiriga sabab bo‘ladi.

14. Suhbatdoshingizning maqsadini tushuning.

YOdingizda tuting, aksariyat suhbatdan maqsad- yoki sizdan real biror narsa olish, yoki sizning fikringizni o‘zgartirish yoki sizni biror narsa qilishga majbur qilishdan iborat. Bunday xolatda eng yaxshi javob-sizning harakatingizdir.

15.Salbiy odatlar eshitish jarayonini qiyinlashtiradi. O‘zingizning eshitish odatlaringizni, kuchli va kuchsiz tomonlaringizni,yo‘l qo‘yayotgan xatolaringiz xarakterini aniqlashga harakat qiling. Odamlar haqida shoshib xulosa chiqarmayapsizmi? Diqqatingizni ko‘proq suhbatdoshingizning tashqi qiyofasi va nutqidagi kamchiliklarga qaratmayapsizmi? Sizda odamga qaramasdan eshitish odati yo‘qmi? Tez-tez suhbatdoshingizni bo‘lib qo‘yish odatingiz yo‘qmi? Boshqa tashvishlar xaqida o‘ylab, o‘zingizni go‘yo eshitayotganday qilib ko‘rsatmayapsizmi? Oxirigacha eshitmagan narsangiz haqida pala-partish baho va xulosalar qilmayapsizmi?

Odatlaringiz haqidagi bilimlaringiz - ularni takomillashtirish yo‘lidagi birinchi qadamingiz ekanligini yodda tuting.

Tinglashning ham xuddi gapirishga o‘xShash qoidalari, usullari mavjud. Ularning turi ham ko‘p, lekin asosan biz kundalik hayotda uning ikki usulini qo‘llaymiz:



  • so‘zma - so‘z qaytarish

  • boshqacha talqin etish.

Birinchisi, suhbatdosh so‘zlarining bir qismini yoki yaxlitligicha , qaytarish orqali, sherikni qo‘llab-quvvatlashni bildirsa, ikkinchi usul esa - sherigimiz so‘zlarini tinglab, undagi asosiy g‘oyani muxtasar etib, o‘zimizning talqinimizda ifoda etishni anglatadi. Ikkala usul ham sherik uchun muhim; CHunki u sizning tinglayotganingizni, xattoki, undagi g‘oyalarga qarshi emasligingizni bildiradi. Bundan tashqari biz yaxshi tinglayotgan bo‘lib, "YO‘g‘-e?", "Nahotki?", "Qara-ya?" "YASha!" luqmalari bilan ham suhbatdoshimizni gapirishga, yanada o‘z fikrlarini oydinlashtirishga yordam bergan bo‘lamiz. Bu ko‘rsatilgan usullarni oilaviy o‘zaro munosabatlarda qo‘llansa, u holda tushunmovchiliklar va ularning natijasida nizolar, janjallar bo‘lmaydi. Masalan, qaynona-kelin munosabatlarida kelin tomonidan qaynonasi yo‘l-yo‘rig‘ini, maslahatini tinglab amalga oshirayotganini ko‘rsatishi, er-xotin munosabatlarida turmush o‘rtog‘larining aytgan so‘zlarining o‘zaro munosabatlarda bajarilayotganligini his etishlari, ota-ona va farzand orasidagi munosabatlarda ham shu jihatlarning bajarilishi yuqorida ta’kidlaganimizdek, ziddiyatli holatlarni oldini olishga yordam beradi. SHuning uchun oiladami, o‘qish yoki ish joyidami, o‘zaro munosabatlarda boshqalarni fikrini ayta olishga imkon yaratish bilan birga shu fikrning ma’qul tomonlarini bajarishga ham intilish kerak.

Demak, aslida bizdagi gapirayotgan Shaxs yetakchi, u suhbatning mutloq hokimi, degan tasavvur unchalik to‘g‘ri emas ekan. YAxshi tinglashda ham shunday kuch borki, u suhbatdoshni sizga juda yaqinlashtiradi, ishonchni tug‘diradi. CHunki muomalada eng qimmatli narsa - bu aytilayotgan fikr va ma’lumotning o‘zi hisoblanadi. Tinglayotgan odam ma’nili, yaxshi suhbatdan kerakli va foydali ma’lumot oladi. Gapirgan esa aksincha, o‘zidagi borini berib, gapirmaydigan suhbatdoshdan "teskari aloqani" olib ulgurmay, hech narsasiz qolishi ham mumkin. SHuning uchun muomala o‘rnata olishga o‘rgatishning eng muhim yo‘nalishlaridan biri - odamlarni faol tinglashga, bunda barcha paralingvistik va noverbal omillardan o‘rinli foydalanishga o‘rgatishdir. Odamlarni to‘g‘ri tinglashda ushbu holatlarni kuzatamiz:



  • jonsaraklik xolati yoki aktiv xolat. Bu - agar kreslo yoki divan kabi mebel bo‘lsa, unga bemalol yastanib yoki yotib olmasliq, suhbatdoshning yuzidan tashqari joyga qaramaslik, mimika, bosh chayqash kabi harakatlar bilan uning har bir so‘ziga qiziqayotganligingizni bildirish.

  • suhbatdoshga samimiy qiziqish bildirish. Bu nafaqat suhbatdoshni o‘ziga jalb qilib, balki keyin navbat kelganda o‘zining har bir so‘ziga uni ham ko‘ndirishning samarali yo‘lidir.

  • o‘ychan jimlik. Bu suhbatdosh gapirayotgan paytda yuzda mas’uliyat bilan tinglayotganday tasavvur qoldirish orqali o‘zingizning suhbatdan manfaatdorligingizni bildirish yo‘li.

Agar biz suhbatdoshimizni yaxshi, diqqat bilan tinglasak, bu bilan biz unda o‘z-o‘ziga hurmatni Ham tarbiyalaymiz.

Demak, muomala davomida tinglash jarayoni ko‘pchilik tasavvur qilgani kabi unchalik passiv jarayon emas ekan. Uning muloqotni samarali bo‘lishidagi ahamiyati nihoyatda kattadir, CHunki tinglash qobiliyati gapiruvchini ilxomlantiradi, uni ruxlantiradi, yangi fikrlar, g‘oyalarning Shakllanishiga Sharoit yaratadi. SHuning uchun davrada gapirayotgan kishining chiqishi va gapirishiga boshqalar diqqat bilan e’tibor berib tinglasa, bunday muloqotdan hamma manfaatdor bo‘la oladi, albatta bu gapirayotgan odam bildirayotgan fikrlar boshqalar uchun ma’nodor va yoqimli bo‘lsa.

Agar muloqot jarayonida gapirish va tinglashning faol o‘zaro ta’sir uchun keng ahamiyatini nazarda tutsak, muomalada qatnaShayotganlarning psixologik savodxonligi va muloqot texnikasini egallaganliklarining qay darajada ekanligi ayon bo‘ladi. SHuning uchun ham odamlarni muloqot madaniyatini bilishga va o‘rgatishga juda katta e’tibor beriladi.

SHunday qilib, ana shu tabiiy bir qarashda oddiy insoniy muomala shu qadar murakkab va serqirraki, uning qonuniyatlarini bilish, oilalarda va insonlar guruhlarida to‘gri munosabatlarni tashkil etish va odamlarni samarali muloqotga o‘rgatish muammosi bugungi kundagi muhim masalalardandir. Biz sizni insoniy munosabatlarni uyda va boshqa Sharoitlarda oqilona tashkil etishda qo‘llaniladigan muomala madaniyatiga oid qonun - qoidalar bilan tanishtirdik. O‘ylaymizki, ular sizning baxt qasringiz bo‘lgan oilangizning mustahkamligiga baholi qudrat xizmat qiladi.




Download 189,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish