1-mavzu. Ma’ruza. Muomala inson borligining sharti va mohiyati sifatida. Reja


-mavzu. Ma’ruza. Oilaning hayotiy sikli



Download 189,92 Kb.
bet23/30
Sana31.12.2021
Hajmi189,92 Kb.
#265975
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30
Bog'liq
sotsial

12-mavzu. Ma’ruza. Oilaning hayotiy sikli.

Reja:
NIZONI QANDAY ANIQLASH MUMKIN?
Odamlar aksariyat hollarda o‘zlarining haqiqiy istaklarini yashirishga urinadilar. Ular o‘zlarining bu istaklari kimgadir xush kelmasligidan yoki noto‘gri tushunilishi mumkinligidan xavfsiraydilar.

SHunday ham bo‘ladiki, odamlar aslida nima xoxlayotganliklarini o‘zlari ham bilmaydilar.

YAshirin istak va rejalar nizoli vaziyatni tug‘diradi. Er xotinining ishlashini xoxlamaydi, u xotiniga bolani tarbiyalashga vaqt ajratmayapsan deb ta’na qiladi, aslida esa u xotining mustaqilligi uning oila boshligi sifatidagi obro‘siga putur yetkazishidan qo‘rqadi. Natijada xotini erining haqiqiy istagini bilmay turib xafalik va norozilikni his qiladi, bilganida ehtimol boshqacha yo‘l tutgan bo‘lardi. Qo‘shnilar shovqin va axlat tufayli janjallashiShadi, aslida esa asosiy sabab turmush tarzi o‘rtasidagi farqni tushunmaslik va xavfsirashdadir. YOki ishda bitta xodim boshqasini pand berayotganlikda, nosamimiylikda ayblab dushmanlik qiladi, aslida esa u o‘zining noqobilligi, noshudligi, bilimining sayozligidan xavfsirayotgan bo‘ladi. O‘z-o‘zini tasdiqlash va ko‘rsatish uchun bundaylar boshqalarni yerga uriShadi. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.

Agar Siz u yoki bu xoxish, istaklar qanday manfaatlarga sabab bo‘lishini tushuna olsangiz, unda Sizning bu bilimingiz samarali qaror qabul qilishda qo‘l keladi.Hattoki bu masalani muhokama qilishning imkoniyati yo‘q bo‘lsa xam, Siz qarshi tomonning qaysi ehtiyojlari qondirilishi mumkinligiga qarab harakat qilishingiz mumkin.Har qanday xolatda ham Siz nizoni bartaraf qilish yo‘lida dadil qadam qo‘ya olasiz.Haqiqatan ham boshqa odamning haqiqiy istaklarini qondirishga harakat qilibgina har ikkala tomonni qoniqtiradigan o‘zaro munosabatlarni o‘rnatish mumkin.

Albatta, Siz boshqa odamning ehtiyojlari haqida o‘ylab, o‘zingizning extiyojlaringiz haqida unutishingiz Shart emas. Faqat ba’zan shunday xolat bo‘ladiki, boshqa odamning ehtiyojlari oldida Sizniki arzimasdek bo‘lib qoladi. Sizning o‘z xatti-harakatlaringizni aynan boshqa odamning ehtiyojlariga yo‘naltirishingiz vaqti kelib munosib ta’sirlanishingiz,minnatdorchilik javobiga sabab bo‘ladi. Ideal variantda esa siz xar ikkala tomonning ham ehtiyojlaringizning qondirilishiga eriShasiz.

Boshqa holatda esa Siz o‘zingizning haqiqiy yashirin istaklaringizni tahlil qilib, ularni qondirishning boshqacharoq,hammani qoniqtiradigan yo‘llarini topishingiz mumkin. Bitta lavozim uchun kuraShayotgan ikkita xodim misolida, o‘zingizni ulardan birining o‘rniga qo‘yib ko‘ring. Ehtimol Siz o‘z zimmangizga yangi lavozim bilan bog‘liq og‘ir yukni olgingiz yo‘qdir, lavozimni esa faqat Shaxsiy obro‘yingiz, men sendan kam emasman- degan hissiyot tufayli olmoqchidirsiz. Agar shuni tushunsangiz, unda o‘z layoqatingizni hozirgi holatingizni yaxshilash uchun yo‘naltirsangiz, nizoli vaziyat xam o‘z-o‘zidan bartaraf bo‘ladi.

Demak, yashirin, ongsiz istak va xoxishlarni bilish har qanday nizoni bartaraf qilishning eng samarali usuli, bunday bilim hammaga yoki bu istaklarni qondiradigan, yoki xavotirni bartaraf qiladigan yechimni topishga yordam beradi.

Nizoni aniqlash uchun dastavval quyidagi savollarni qo‘yib ko‘ring:

- nima bo‘ldi?

-kim janjallashdi?

- muammoni qanday yechish kerak?

Nima bo‘ldi? Savoliga javobni topishda:

-emotsiyalarga,ya’ni,hissiyotlarga; - nizoga chetdan, birovning ko‘zi bilan qarashga;

- nizoning manbaini aniqlashga harakat qilish lozim bo‘ladi.

Emotsiyalarni so‘ndirish nizoning yechimini topishdagi dastlabki qadamlardan hisoblanadi. Aynan shu qadamni qo‘yish eng qiyin vazifa. Emotsiyalar bizning atrof olamni idrok qilishimizning tarkibiy qismidir.

Nizo paydo bo‘lganda (nizo har doim kutilmaganda paydo bo‘ladi) emotsiyalar dastlabki salbiy reaksiyani hosil qiladilar. Odam o‘zini yo‘qotishi, baqirishi mumkin. Agar birinchi bosqich eshikni qattiq yopib chiqib ketish bilan tugasa, bu yaxshi. Lekin agar odam vaqtida «eshikni taraqlatmasa», «ketmasa» salbiy emotsiyalar o‘zaro bir-birini haqoratlashga olib keladi. «Eshikni taraqlatib yopish» eng yaxshisi bo‘lmasa ham, har xolda o‘zini to‘xtatishning usullaridan biri hisoblanadi.

Insondagi hissiyotlar yuzaga kelayotgan nizoga ta’sir etadi, CHunki:

- Asabiylashishing‘iz boshqa odamning asabiylashishiga ozuqa beradi;

- emotsional taranglik hech qanday natijasiz ortib boradi;

- g‘azab esa qisman insonning hissiy holatiga bog‘liq bo‘lmagan holda tashqariga yo‘l ochadi;

Bunday xolatda qanday yo‘l tutish mumkin?:

- o‘z-o‘zingizga «to‘xta!» deb buyruq bering;

- o‘z-o‘zingizni tinchlantirishning turli usullarini qo‘llang;

- nizoni bartaraf qilishga yordam berishi uchun qarshi tomonga hissiyotni baravar jilovlashni taklif qiling.

Siz bilan munosabatda suxbatdoshingizning g‘azabini toqat bilan qabul qilish uchun har bir odamda tinglash malakasi Shakllanishi kerak bo‘ladi. YA’ni boshqa odamga nisbatan eshita olish qobiliyati kerak. Buning uchun:

-SHu odam nimani gapirishni xoxlasa xotirjam quloq soling;

-savollariga javob bering;

-xattoki raqibingizning salbiy emotsiyalari junbushga kelsa ham, xotirjamlikni saqlang va betaraf ohangda javob bering;

-o‘zingizni tuta olishingizni ko‘rsating, tinglashga va yupatishga tayyor ekanliginingizni namoyon qiling

SHu o‘rinda biz odamlarga yoqishning oltita psixologik qoidalarini keltirib o‘tamiz:

1. Odamlar bilan doimo yaxshi munosabatda bo‘ling. Ularga samimiy qiziqing.

2. CHehrangizni tushunarli va yoqimli qiyofada tuting. Imkoni bo‘lsa, tabassum qiling.

3. YOdingizda bo‘lsin: Har bir odam uchun har doim eng yoqimli eshitiladigan so‘z - bu uning o‘z ismidir. CHunki bu unga xuddi ichki kiyimi kabi yaqin ekanligi bir tomondan bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa go‘daklik chog‘ida ismi insonga azon orqali aytilganligi hamdir. Bolaning miyasi bamisoli oq qog‘oz kabi bo‘lgan paytda unga birinchi yozilgan so‘z uning ismidir.

4.YAxshi eshituvchi bo‘ling. Odamlarning o‘zlari haqida oddiyroq gapira olishlariga imkon bering.

5.Ko‘proq Siz bilan muomaladagi kishiga nisbatan e’tiborli bo‘lishni unutmang. SHuning uchun uning qadr-qimmatini yuqori tutishingiz kerak bo‘ladi.

Tinglash qaysi xolatda befoydadek tuyuladi:

- asabiylik va raqobatchilik darajasi haddan tashqari yuqori bo‘lganda;

- Siz faqat nizo haqida o‘ylasangiz, u holda borgan sari asabiylashishingiz va xafsalangiz pir bo‘lishi ortib boradi. SHuning uchun vaziyat Siz uchun chidab bo‘lmas darajaga yetadi;

-o‘zaro munosabatlaringizni saqlab qolish emotsiyalaringizni sarf qilishga arzimasligini his esangiz;

muammoni hal qilish va asabiylik hamda ishonchsizlikdan qutulishning real usulini ko‘rmasangiz.

Bu usullar ham samarasiz tuyulgan Sharoitda eng oxiri nima qilish mumkinligini o‘ylang, bu vaziyatda Siz:

- o‘zaro munosabatlaringizdan ko‘radigan manfaat va zararni solishtiring;

- o‘zingizni zararni o‘rnini qoplab, hamma narsani ortga tashlashga ishontiring;

- o‘zaro munosabatlaringizni yo‘qotishdan unchalik katta zarar ko‘rmasligingiz haqida o‘ylang;

- o‘zingizga hamma narsaga qo‘l siltab ketishga ruxsat bering;

- o‘zingizga hamma narsa tugadi, nariroq ketish kerak, deb takrorlang.

Emotsiyalarni bartaraf qilganingizdan keyin nizoga chetdan, begona ko‘z bilan qarashga urinib ko‘ring.


Download 189,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish