1-mavzu. Ma’ruza. Muomala inson borligining sharti va mohiyati sifatida. Reja


Er-xotinlik munosabati masalalarida savodsiz bo‘lmang!



Download 189,92 Kb.
bet19/30
Sana31.12.2021
Hajmi189,92 Kb.
#265975
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30
Bog'liq
sotsial

Er-xotinlik munosabati masalalarida savodsiz bo‘lmang!

Tadqiqotchilarning aniqlashicha,nikohning buzilishiga asosan to‘rtta narsa sabab bo‘lar ekan.

1.Jinsiy nomutanosiblik.

2.Dam olish vaqtini qanday o‘tkazish fikridagi farq.

3. Moliyaviy qiyinchiliklar.

4. Psixik, jismoniy hamda emotsional buzilish.

e’tibor bering, jinsiy masala birinchi o‘rinda, moliyaviy masala esa faqat uchinchi o‘rinda turibdi. Xaqiqatan ham, bizning tabiiy ehtiyojlarimiz orasida jinsiy mayl ehtiyoji er-xotin munosabatlarida asosiy hisoblanadi. Hayotda quvonch va baxt hissini his etib yaShashda, oilalarning mustahkam bo‘lishida ham bu masala muhimdir. SHuning uchun ko‘p olim va kuzatuvchilarning bu boradaga fikri hayot sinovlarida o‘z tasdig‘ini topganini ko‘ramiz.

Djon. B. Uotson aytadiki: "Seks inson hayotida hamma tan olgan eng muhim narsa hisoblanadi. Hammaning tan olishicha, aynan shu narsa ko‘pchilik erkak va ayollar baxtining barbod bo‘lishiga sababchi bo‘ladi."

Hozirgi asrda, odamlarning aksariyati ma’lumotli hisoblangan davrda ularning ko‘pchiligi ayni shu jinsiy masalada savodsiz ekanligi achinarli hodisadir.

Oila qurayotgan yoshlarning ko‘pchilik qismi hozirda jinsiy masalada savodsiz hisoblanadi. Natijada bu narsa ba’zan psixologik impotensiya yoki frigidlikka sabab bo‘ladi. Oqibatda ba’zan fojiali hodisalarga olib keladi. Deyarli ommaviy jinsiy savodsizlik Sharoitida ajralishning faqat 16 foiz ekanligi hayron qolarli fakt. Ko‘pchilik oilalar rasman ajralishmagan bo‘lsalar-da, aslida nikohda ham emaslar, ular o‘ziga xos arosatda yaShaydilar.

Doktor Batterfildning aytishicha: "Jinsiy munosabatlar er-xotinlikda qoniqish paydo qiladigan ko‘pgina omillarning bittasi hisoblanadi. Lekin shu narsa joyida bo‘lmasa, boshqa hech narsa joyida bo‘lmaydi."

Demak, oxirgi qoida: Jinsiy munosabatlar haqida yozilgan yaxshi qo‘llanmalarini o‘qib chiqing, o‘zingizni bu borada dunyoqarashingizni boyitishga harakat qiling. SHundagina siz to‘laqonli oilaviy baxtga ega bo‘lasiz!

Keyingi paytlarda yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan savol-javoblar natijasi shuni ko‘rsatdiki, oz bo‘lsa-da ko‘pchilik farzandlarimiz nazarida, hozirgi zamon oilaviy er-xotin munosabatlari ya’ni, ular o‘rtasidagi nikoxlari mustaxkam emas.

Eng muhimi shundaki, ular bu to‘g‘risida qayg‘urmoqda. Endigi bizning vazifamiz, ularni baholi qudrat nikohga jiddiy tayyorlash, oila qurish, oilada baxtli hayot kechirish uchun lozim bo‘lgan sir-asrorlardan voqif etishdir. Buning uchun ularning ongi va shuuriga o‘zaro tushunmovchilik, xudbinlik, bir-biriga nisbatan o‘ta talabchanlik, sabr-toqatsizlik kabi salbiy xislatlardan yiroq bo‘lishni targ‘ib qila olish lozim. SHuni ta’kidlash joizki, psixologlar oila qurishda birinchi turmushning sifatli tomonlarini allaqachon ko‘rsatib o‘tishgan. Ko‘pchilik hollarda qayta nikoh qurgan insonlar birinchi turmushida qadriga yetmagan narsasini izlab va uni ikkinchi turmushida saqlab qolishga harakat qiladi. Tadqiqotlarning birida; "Birinchi turmushingizdagi hissiyotlarni qo‘msaysizmi?",- degan savolga - 46 % ajrashgan erkaklar, 34 % ajrashgan ayollar; "Birinchi oilangizga qaytishni xohlarmidingiz?",- degan savolga - 19 % erkak, 8 % ayol "Ha" javobini qaytarishgani tasodif emas, albatta.

Yoshlar oila qurishda birinchi nikoh qanchalik qimmatli va ardoqli ekanligini, yo‘qotib qo‘yilgach, achinish va qumsash hislari yuzaga kelishi mumkinligini nikohga qadar anglab yetishlari zarurdir. Xalqda ham ibratli hikmat borki, "Boringda qadringga yetmadim, yo‘g‘ingda izlab topmadim", -deyilgan. Psixologiyadan ma’lumki,har qanday xodisada birinchi tasavvurlar muhim ahamiyat kasb etadi. Birinchi tasavvurlar inson miyasida va fikri-zikrida o‘zgacha hissiy kechinmalarni Shakllantiradi. SHuning uchun har qanday inson oila qurish borasida birinchi turmushi qadriga yetishi va ardoqlashi kerak. CHunki birinchi oilani yo‘qotib, to qayta nikoh yoki oila tuzilishigacha yolg‘izlik inson ruhiyatiga qanchalik salbiy ta’sir ko‘rsatishi hayotda ko‘p kuzatilgan va buni ko‘plab misollarda ko‘rishimiz mumkin. SHuning uchun tabiatda hamma narsaning juft qilib yaratilganligi bejiz emas, albatta.

Ajralish - bu har bir inson uchun hayotidagi qattiq iztirob chekish holati va davridir. Buning natijasida ko‘pchilik noxush hollarning kelib chiqishi, ya’ni hayolga berilib avtomobil halokatiga yoki turli baxsiz hodisalarga uchrash, alkogol ichimliklarga berilish, ruhiy va jismoniy xastaliklarga duchor bo‘lish yuzaga keladi va bunday noxush hodisalarning amalga oshishida bosh sababchi shu ajralish bo‘ladi. SHuning uchun oila qurgach, uni saqlab qolishga harakat qilish lozim.

Ko‘pincha, yosh oilada er-xotinlarning oila haqidagi tasavvurlari bir-biriga mutlaqo to‘g‘ri kelmasligi kuzatiladi. CHunki, ular har xil oilada tarbiyalangan. SHu nuqtai-nazardan kelib chiqadigan bo‘lsak, turmush quruvchi yoshlarimizning fikr-o‘ylari, dunyoqarashlari, ma’lumot saviyalari va ota-onalarining oilalari ham har tomonlama bir-biriga mos kelishi bo‘lajak yosh oilaning mustahkamligiga va barqaror bo‘lishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Demak, insoniy munosabatlarni uyda va boshqa Sharoitlarda oqilona tashkil etish uchun qo‘llaniladigan muomala madaniyatiga oid qonun - qoidalar mavjud ekan, ularni bilish zarurdir. O‘ylaymizki, ular Sizning baxt qasringiz bo‘lgan oilangizning mustahkamligiga baholi qudrat xizmat qiladi.


Download 189,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish