1-mavzu. Ma’ruza. Muomala inson borligining sharti va mohiyati sifatida. Reja


-mavzu. Ma’ruza. Manipulyasiya o’zaro ta’sir etish sifatida



Download 189,92 Kb.
bet9/30
Sana31.12.2021
Hajmi189,92 Kb.
#265975
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30
Bog'liq
sotsial

7-mavzu. Ma’ruza. Manipulyasiya o’zaro ta’sir etish sifatida.

Reja:

1.Sotsial ustanovka tushunchasi.

2. Sotsial ustanovkalarni o`rganishda

3.Uznadze maktabi tadqiqotlarining ahamiyati.

4.Sovet psixologiyasida sotsial ustanovkalarni o`rganishga bo`lgan turli yondashuuvlar.

5. Sotsial ustanovka strukturasi. Sotsial ustanovkalar emoional kognitiv va xatti-harakat komponentlari.

6.Sotsial ustanovkalar o`zgarishi muammosi va uing nazariy va amaliy ahamiyati.
Tayanch tushunchalar:

Sotsial ustanovka, emoional kognitiv va xatti-harakat komponentlari.


Guruhning ayrim Shaxsga nisbatan o‘tkazadigan ijtimoiy ta’sirlarining, xususan, katta guruhlarda Shakllanadigan, qadriyatlar, normalar va ustanovkalarning butun tizimi mazmunining mexanizmi nimadan iborat ekanligini ko‘rsatmoq lozim. SHuning bilan birga, teskari harakatni, ya’ni aynan qanday qilib Shaxsning guruhdagi faoliyati o‘zlashtirilgan ta’sir etish ko‘nikmalarini amalga oshirishni va ma’lum bir unumli natija berishini aniqlash juda ham muhimdir. Demak, kichik guruhlarda sodir bo‘layotgan jarayonlarning biron bir kesimini (qirqmasini) berish katta ahamiyat kasb etadi. Ammo bu muammoning faqat bir jihati (aspekti)dir. Boshqa, undan kam bo‘lmagan ahamiyatga ega bo‘lgan masala – bu guruh qanday rivojlanib borishini u o‘z rivojlanishida qanday bosqichlarni bosib o‘tadi, har bir bosqichda turli xil guruhiy jarayonlar turli xil o‘zgarishi va Shakllarga ega bo‘lishini ko‘rsatishdan iboratdir. SHu sababli ham kichik guruhda sodir bo‘ladigan dinamik jarayonlarga oid deb hisoblanishi lozim bo‘lgan ko‘rinishlarning turlari, masalan, maktabda aniqlangan guruhiy o‘zgarish o‘sishga qaraganda anchagina kengroqdir.

Bu erda shuni aytish lozimki, «guruhiy o‘sish, o‘zgarish» iborasining o‘zi uchta turli xil ko‘rinishlarda qo‘llanilishi mumkin (va haqiqatan ham qo‘llanilmoqda). Eng avvalo ushbu ibora bilan ijtimoiy psixologiyada kichik guruhlarni tadqiq etishdagi ma’lum bir yo‘nalish, ya’ni Kurt Levin maktabi belgilanadi. Tabiiyki, bunda nafaqat ushbu maktabda o‘rganilayotgan muammolar yig‘indisi ko‘zda tutilishidan tashqari, ushbu muammolarni echish, xal etishning aniq bir Shakli ham diqqat markazida turadi. Ushbu iboraning ikkinchi ma’nosi (mazmuni), kichik guruhlarni o‘rgatishda foydalanish mumkin bo‘lgan va asosan K. Levin maktabi tomonidan ishlab chiqilgan ma’lum bir uslublarni belgilash bilan bog‘liqdir. Ammo ushbu uslubiyatlar keyinchalik boshqa nazariy sxemalarda ham ko‘p hollarda foydalaniladi, shu sababli iboraning ikkinchi ma’nosi Levin maktabiga aynan tegishli deyish ham Shart emas. U ko‘proq guruhlarning turli xil tavsiyanomalari aniqlanadigan o‘ziga xos laboratoriya tadqiqotlarining alohida turiga bog‘liqdir. SHuningdek, ushbu iboraning uchinchi ma’nosi ham bor. Bunda «guruhiy o‘zgarish, o‘sish» iborasi ostida guruhning turg‘un holatidan farqli ravishda, guruhda bir vaqtning o‘zida «»ma’lum vaqt ichida sodir bo‘ladigan va guruhning bir bosqichdan ikkinchi bosqich tomon harakatlanib, ya’ni uning rivojlanib borishini ko‘rsatadigan o‘sish, o‘zgarish jarayonlarining majmui ham tushuniladi.

Mana shu jarayonlardan eng muhimi, ahamiyatlilari quyidagilardir: eng avvalo, bu kichik guruhlarning tashkil topish jarayonidir. Xususan, bunga guruhlarning bevosita Shakllanishi usullarini kiritishdan tashqari, shuningdek guruhni-guruh qiladigan shunday psixologik mexanizmlarni, masalan, individga guruhiy tazyiq o‘tkazish fenomenini (u an’anaviy ijtimoiy psixologiyadagi, «guruhiy o‘sish, o‘zgarish»ga ta’aluqli emas) ham kiritish mumkin.

Shundan keyin, mana shu an’anaviy tarzda o‘rganiladigan «guruhiy o‘sish, o‘zgarish» jarayonlar: guruhiy jipslashish, etakchilik va guruh bo‘lib bir qarorga kelinadiki, bunda guruhni boshqarish jarayonlarining yig‘indisi va unga rahbarlik qilish faqatgina etakchilik fenomeni hamda guruh bo‘lib qaror qabul qilish bilangina cheklanib qolmasdan, u ozgina o‘zgartirilgan holda, boshqa yana ko‘pgina mexanizmlarni ham o‘zida birlashtiradi. O‘sish, o‘zgarish (dinamik) jarayonlarning boshqa bir jihati birgalikdagi faoliyatning rivojlanishi natijasida yuzaga keladigan guruhiy hayot faoliyat ko‘rinishida ifodalanib berilgan (unga qo‘shimcha bo‘lgan fenomenlarni ayrim holda ko‘rib chiqish talab etiladi). Guruh rivojlanishining o‘ziga xos natijalari sifatida uning jamoa Shaklidagi spetsefik bosqichini ko‘rib chiqish mumkin. Ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan olib qaraganda jamoaning tashkil topish jarayondarini shu sababli ham guruhda sodir bo‘ladigan o‘sish, o‘zgarish jarayonlariga kiritish mumkin.

Bola ruhiy rivojlanishini kuzatar ekanmiz, uni asosiy asosiy etaplarini eslataman. Individ, Shaxs va individuallik.

Shaxs – bu ijtimoiy ta’sirlarning mahsulidir. «Shaxs» tushunchasi, psixologiyada eng ko‘p ishlatiladigan tushunchalar sirasiga kiradi. Psixologiyada o‘rganiladigan barcha fenomenlar aynan shu tushuncha atrofida qayd etiladi. Inson ruhiy olami qonuniyatlariga murojaat etar ekanmiz, albatta Shaxsni ijtimoiyligini va aynan jamiyat bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatib o‘tamiz.

Shaxs va jamiyat rivojlanishi davrida uzoq million yillar davomida bu jarayonni boshqarayotgan, olib borayotgan asosiy omillar biologik va ijtimoiydir. Bola hayotini dastlabki bosqichidan biologik omillar ta’siridan ko‘proq ijtimoiy omillar ta’siriga tushib qolmoqda.

Shaxsni o‘rganish uchun bevosita uni ijtimoiy muhiti, ijtimoiy normalari doirasida o‘rganish lozim.

Sotsial yoki ijtimoiy muhit – bu insonning aniq maqsad va rejalar asosida faoliyat ko‘rsatadigan dunyosidir. Har bir insonni ijtimoiy olam bilan aloqasi uning imkoniyat tajribasi, madaniyati va qabul qilingan ijtimoiy hulq normalari dorasidagi harakatlarida namoyon bo‘ladi. Psixologiya ilmining namoyondalari bo‘lmish olimlarning butun bir avlodi ana shu Shaxs va jamiyat aloqalari tizimida insonning tub mohiyatini anglash, uning rivojlanishi va kamol topishi qonuniyatlarini izlaganlar. Abu Nasr Farobiy, Alisher Navoiy, Ibn Sino, Beruniy kabi yuzlab Sharq allomalari ham bu o‘zaro bog‘liqlikning, falsafiy va ijtimoiy sirlarini ochishga o‘zlarining eng durdona asarlarini bag‘ishlaganlar.

Fandagi manbalarga murojaat etar ekanmiz, (avvalgi ma’ruzalarimizda ko‘rsatib o‘tgan edik) ruhiy rivojlanishga determinizm prinsipi asosida yondashiladi va ikkita asosiy rivojlantiruvchi omil belgilanadi. Nativuzm (biodeterminizm Lens, Gruber) Empirizm (Sotsiodeterminizm) tasula basa

Shaxs turli ijtimoiy munosabatlar tizimi ta’sirida bo‘ladi va ko‘plab ijtimoiy institutlar (oila, mahalla, o‘quv maskanlari, mehnat jamoasi, norasmiy tashkilotlar, din, san’at, madaniyat va h.k.)

Ko‘rsatib o‘tganimizdek bola ma’lum ijtimoiy doira ichida, biror guruhda rivojlanar ekan shu guruh talablariga moslashib boradi.

Shaxs Shakllanishida 3 ta fazani belgilaymiz bu: adaptatsiya, individualizatsiya, integratsiya.

Har bir guruhni o‘ziga yaraSha ijtimoiy normalari bor. Bu jamiyatning o‘z a’zolari hulq atvoriga nisbatan ishlab chiqqan va ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan harakatlar talablaridir. Bu normalar milliy (etnik), ma’naviy va ahloqiy tushunchalar bilan chambarchas bog‘liq, davr va zamon xususiyatlari ham normalarda o‘z aksini topadi va har bitta guruh o‘zini Shakllanganlik darajasi, faoliyat turidan kelib chiqqan holda normalarni belgilaydi. (salomlashish o‘zbeklarda va h.k)

Har bir Shaxsni ijtimoiy normalarni bajarishi ijtiomiy sanksiyalar orqali nazorat qilinadi. Ijtimoiy sanksiyalar – normalarni Shaxs hulqida namoyon bo‘lishini nazorat qiluvchi jazo va rag‘batlantirish mexanizmlari bo‘lib, ularni borligi tufayli biz har bir alohida vaziyatlarda ijtimoiy hulq normalarini buzmaslikka, jamoatchilikni salbiy fikri ob’ektiga aylanib qolmaslikka harakat qilamiz.

Har bir alohida Shaxs jamiyat tomonidan ishlab chiqilgan ijtimoiy normalar va sanksiyalarni birorta ijtimoiy rollarni bajarish mobaynida hulqida namoyon etadi.

Rol – Shaxsga nisbatan shunday tushunchaki, uning konkret hayotiy vaziyatlardagi huquq va burchlaridan iborat harakatlar mazmunini bildiradi. Bir inson bir vaqtni o‘zida bir necha rollarni bajarib keladi.

Har bir rolni turli vaziyatlardagi mavqei mavjud. Insonni Shaxslararo munosabatlar tizimidagi uni huquq va majburiyatlarini belgilab beruvchi o‘rni, mavqei – status deb ataladi. Bir guruh ichida sotsiometriya, har bir statusni nufuzi va obro‘si turlicha bo‘ladi va rol aynan statusni dinamik aspekti.

Guruh ichidagi statuslar guruhni rivojlanganlik darajasidan kelib chiqadi. Har ikkala tushuncha Shaxsni o‘z-o‘zini baholash xususiyati bilan bog‘liq. Inson o‘z-o‘zini baholashda referent guruhni fikri ahamiyatlidir. Inosn uchun etalon, ibratli hisoblangan insonlar guruhi – referent deb hisoblanadi, chunki hayotda hamma biz uchun ahamiyatli bo‘lgan insonlarga quloq solamiz va ularni fikrini hisobga olamiz.

Guruh muammosini ko‘rib chiqar ekanmiz, har bir bolani ijtimoiy kelishuv jarayoni aynan shunda guruhlarda amalga oshadi.

Bola o‘z-o‘zini anglay boshlashi bilan u ijtimoiy jarayonini I fazasiga kirib boradi.


Download 189,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish