1-mavzu. Ma’ruza. Muomala inson borligining sharti va mohiyati sifatida. Reja


-mavzu. Ma’ruza. Muomala jarayonida o’zaro ta’sir etish usullari



Download 189,92 Kb.
bet8/30
Sana31.12.2021
Hajmi189,92 Kb.
#265975
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
Bog'liq
sotsial

6-mavzu. Ma’ruza. Muomala jarayonida o’zaro ta’sir etish usullari.

Reja:
Muloqot jarayonlarini har doim va barcha vaziyatda ham sip-silliqqina va ichki qarama-qarshiliklarsiz yuz beradi deb tasavvur qilishi yaramaydi. Ayrim vaziyatlarda bir-birini inkor etuvchi qadriyatlar, vazifalar va maqsadlarning mavjudligini aks ettiruvchi pozitsiyalar antogonizmi yuzaga chiqadiki – Shaxslararo mojaro sodir bo’ladi. Mojaroning ijtimoiy mohiyati turlicha va Shaxslararo muloqotlar negizini tashkil etadigan qadriyatlarga bog‘liq bo’ladi. Ba’zan yigitchaning diqqat e’tiboriga bab-baravar da’vogarlik qilib, raqiblarga aylanib qolgan yuqori sinfda o’qiydigan ikkita qizning o`zaromuloqotlari ham mojaroviy bo’ladi. Mojaro bittasi noinsoflik qilgan ikkita o’rtoqning to’qnashuvi tusini oladi. SHubhasiz bu mojarolarning sababi va xarakteri xususida ijtimoiy baho bir-biridan jiddiy ravishda farq qiladi.

Bu hol Shaxslararo mojarolarning kelib chiqish sabablariga, uning sababiy bog‘lanishlariga (determenizmiga) e’tiborni jalb qilish Shart. Muloqotga kirishuvchilarning o`zaroyakinligi bilan bir-birlari bilan muloqotdan qoniqish hosil qilganligining yuksak darajasi, javob tariqasidagi his-tuyg‘ular va afzallikning o`zarotaxmin qilinishi bilan belgilanadigan o`zaromuloqotlar va o`zarobirgalikdagi harakatning barqaror individual tanlash sistemasi sifatidagi do’stlik odamlar muloqotining alohida Shakli sifatida yuz beradi.



4. Muloqotning o`zarobirgalikda harakati va kommunikativ jihatidan tashqarida uning perseptiv jihati – muloqot ishtirokchilarining uning jarayonida amalga oshiriladigan o`zaroidrok etishi yuzaga chiqadi.

¡zaro birgalikda harakat qila boshlaydigan odamlar o`zarohamjihatlik darajasini baholab oladigan va muloqotga kirishgan sherigining kimligi haqida o’ziga hisob bera oladigan bo’lsagina muloqot yuz berishi mumkin. Muloqot ishtirokchilari o’z ongida bir-birlarini ichki dunyosini qayta tiklashga, his-tuyg‘ularini, hulq-atvorining sabablarini, ahamiyatga molik ob’ektlarga nisbatan muloqotini fahmlab etishga harakat qiladi. «Muloqot chog‘ida siz eng avvalo kishidagi qalbni, uning ichki dunyosini izlang» - deb yozgan edi K.S. Stanislavskiy.

Lekin boshqa kishining ichki dunyosini bunday tarzda qayta tiklash juda ham murakkab vazifadir. Sub’ektga boshqa odamlarning faqat tashqi qiyofasi, ularning fe’l-atvori va hatti harakatlari, ular qo’llaniladigan kommunikativ vositalargina bevosita in’om etilgan va u ana shu ma’lumotlarga tayangan holda o’zi bilan muloqotga kirishgan odamlarning kimligini tushunib etish, ularning qobiliyatlari, o’y-fikrlari, niyatlari va shu kabilar haqida xulosa qila olish uchun muayyan ishni bajarishiga to’g‘ri keladi.

Muloqotning – perseptiv jihati bu kishining kishi tomonidan idrok etilishi, tushunilishi va baholanishi demakdir.

Individ boshqa odamlarni o’rganarkan ular bilan birgalikda faoliyat ko‘rsatish istiqbollarini yaxщiroq va yanada ishonarliroq aniqlab olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kelishib olingan harakatlarning muvaffaqiyatliligi ular ichki dunyosining aniq-ravShan «o‘qib chiqilganligi»ga bog‘liqdir.

Muloqot jarayoniga kam deganda ikki kishi jalb etilgan bo‘ladi. Ularning har biri boshqasining tashqaridan seziladigan fe’l-atvor belgilariga qarab uning o‘zi to‘g‘risidagi, uning ichki dunyosi to‘g‘risidagi tasavvurini qay tariqa hosil qila oladi? O‘zaro bir-birini bilish borasida Shaxslararo idrok etishning 3 ta muhim mexanizmning ta’sirini – identifikatsiyalash (aynan o‘xShatish), refleksiya (fikrni tahlil etishga moyillik) va stereotiplashtirish (bir xil qolipga solish)ni alohida ko‘rsatish mumkin.

Identifikatsiyalash – bir kishining, ikkinchi kishini uning ta’rifini sub’ektning o‘z ta’rifiga anglanilgan yoki anglanilmagan tarzda o‘xShatilishi orqali tushunish usulidir. Odamlar o‘zaro birgalikda harakat qilish vaziyatlarida boshqa kishini o‘zining o‘rniga qo‘yib ko‘rishga uringan holda uning ichki holati, niyatlari, o‘y-fikrlari, mayllari va his-tuyg‘ulari haqida taxmin qiladilar.

Sub’ektning u bilan muloqotga kirishga sherigi tomonidan qay tarzda idrok etilishini anglab etish refleksiya deb ataladi.

Refleksiya boshqa kishini idrok etish tarkibiga kiradi. Boshqa odamni idrok etish, jumladan idrok etish sub’ekti sifatida o‘ziga nisbatan uning muloqotini anglab etish degan ma’noni bildiradi. SHunday qilib, kishining kishi tomonidan idrok etilishini ko‘zgudagi qo‘Shaloq aksga o‘xShatish mumkin. Kishi boshqa birovni aks ettirarkan, o‘Sha kishining idrok etish ko‘zgusida o‘zini ham aks etirardi. Muloqot jarayonida identifikatsiyalash va refleksiya birgalikda yuz beradi.

Agar har bir kishi o‘zi muloqotga kirishgan odamlar to‘g‘risida doimo to‘liq ilmiy asoslangan axborotga ega bo‘lganida bormi, ular bilan bo‘ladigan o‘zaro harakat taktikasini bexato va aniq ishlab chiqish mumkin bo‘lardi. Lekin sub’ekt kundalik hayotda, odatda bunaqa aniq axborotga ega bo‘lavermaydi, bu esa uni ularning qilgan ishlari va hatti-harakatlarining sabablarini boshqalarga to‘nkashga majbur qiladi. Boshqa kishining hatti-harakatlari sababini his-tuyg‘ularni, niyatlarni, o‘y fikrlarni va hulq-atvor motivlarini unga to‘nkash yo‘li bilan tushuntirish pauzal atributsiya (lotincha causa – sabab va atributio – qo‘shib qo‘yaman, in’om etaman degan so‘zlardan olingan), ya’ni sababiy belgilar yoki sababiy izohlash deb ataladi.




Download 189,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish