5-mavzu. Ma'ruza. Axborot almashininsh va muomalada o’zaro ta’sir etish.
Reja:
Nutq – bu og‘zaki kommunikatsiya ya’ni til yordamida muloqot qilish demakdir. Nutq o’zining fiziologik negiziga ko’ra eshitish va harakat analizatorlari faoliyatni bajaradi.
Miya qobig‘ida tashqi olam tomonidan bo’ladigan turli xil qo’zg‘atuvchilar bilan so’zlarning talaffuz qilinishini boshqarib turadigan tovush paychalari, hiqqildoq, til va boshqa a’zolar harakati o’rtasidagi muvaqqat bog‘lanishlar o’rnatadi.
Nutqsiz kommunikatsiya vositalariga – qo’l, barmoq va yuz harakatlari, imo-ishora, ohang, pauza, turq-tarovat, kulgi, ko’z yosh qilish va shu kabilar kiradiki, bular og‘zaki kommunikatsiya vositalari – so’zlarni to’ldiruvchi va kuchaytiruvchi ba’zan esa o’rnini bosuvchi belgilar sistemasini hosil qiladi. ¡rtog‘ining boshiga tushgan kulfatdan xabar topib unga hamdardlik bildirayotgan suhbatdoshi nutqsiz kommunikatsiya belgilarini ishlatadi, yuzlarini g‘amgin tutadi, past ohangda qo’llarini peshonasi yoki yuziga qo’ygan va boshini chayqagan holda chuqur xo’rsinib gapiradi va hakozo. Nutqsiz kommunikatsiyani amalga oshirish uchun turli xil yosh gruppalarida turlicha vositalar tanlanadi. Jumladan, bolalar yig‘idan ko’pincha katta yoshdagilarga ta’sir qilish va ularda o’z istaklari hamda kayfiyatni etkazish vositasi sifatida foyalanadilar. Bolalarning yig‘isida ifoda etilgan kommunikativ xarakter ularda ko’pincha uchraydigan «Men senga emas, balki onamga qarab yig‘layapman!» degan ogohlantirishni ham yaxshi anglatadi.
Kishi ehtiyojlari azaldan agar u boshqa odamlar bilan birgalikda harakat qilgan holda o`zaromunosabatga kirishgan taqdirdagina qondirilishi mumkin bo’lib kelgan. Bu hol sub’ektda uning uchun nima muhim va ahamiyatli ekanligini aytish ehtiyojini keltirib chiqaradi. Bola aniq-ravShan nutqni egallay boshlaydi, birinchi yoshining oxiriga etganda buning dastlabki belgilari paydo bo’ladi. Murakkab talaffuzni talab qilmaydigan va oson aytiladigan «o-pa», «da-da», «bu-vi» va shu kabi ohangdosh so’zlar jumlasidandir. Katta yoshdagilar bu hamohanglikni konkret Shaxslarga ona, ota, buviga bog‘laydilar va bolada ana shu ohangdosh so’zlarning uning yaqin-atrofidagi konkret Shaxslar bilan bog‘lanishi qaror topishiga yordamlaShadi.
3. Odamlar muloqotga kiriSharkan, ya’ni biron kimsaga savol, iltimos, buyruq bilan murojaat qilarkan, biron narsani tushuntirarkan yoki ta’riflarkan, boshqa bir kishiga ta’sir o’tkazishini, undan o’zi hohlagandek javob olishni, topshirig‘ining ijro etilishini, shu paytga qadar tushunmaganini tushunib etishni zarurat tarzida o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Muloqot maqsadlari odamlarning birgalikdagi faoliyati ehtiyojlarini aks ettiradi.
Birgalikdagi faoliyat va muloqot ijtimoiy qoidalar – odamlarning birgalikdagi harakati va o`zaromunosabatlarining qat’iyan belgilab qo’yadigan hamda jamiyatda udum bo’lgan hulq-atvor namunalari asosida amalga oshriladigan sotsial nazorat Sharoitida yuz beradi.
Odamlarning ijtimoiy qoidalarga murojaat qilishi ularda o’z hulq-atvori uchun mas’ullik hissini uyg‘otadi, harakatlari va qiliqlarining ushbu qoidalarga mos kelishi yoki mos kelmasligini baholagan holda ularni to’g‘rilab borish imkonini tug‘diradi. Qoidalarga qarab mo’ljal olish kishiga o’z hulq-atvorining Shakllarini andozaga qarab moslash, keraklilarini, sotsail jihatdan maqbullarini tanlab olish, noma’qul Shakllariga amal amal qilmaslik, o’zining boshqa odamlar bilan muloqotlarini yo’naltirib va boshqarib borish imkonini beradi. ¡zlashtirilgan qoidalardan odamlar o’zlarining xususiy hulq-atvorini o’zgalarning hulq-atvori bilan taqqoslaydigan mezon sifatida foydalanadilar.
O’zaro birgalikdagi harakat jarayonlarida sotsial nazorat muloqotga kiriShadigan odamlar bajaradigan rollar repertuariga muvofiq tarzda amalga oshiriladi. Psixologiyada rol deganda hulq-atvorning normativ jihatdan ma’qul bo’lgan muayyan ijtimoiy mavqeni (lavozimga, yoshi yoki jinsiy belgilariga, oiladagi mavqeiga va boshqalarga ko’ra) egallab turgan har bir kishidan tevarak atrofdagilar kutayotgan namunasi tushuniladi. Sub’ekt o’qituvchi yoki o’quvchi, vrach yoki bemor, katta yoshli kishi yoki bola, boshliq yoki bo’ysunuvchi, ona yoki buvi, erkak yoki ayol kishi, mehmon yoki mezbon va shu kabi rolni bajaradi. Har qanday rol mutlaqo aniq talablarga va atrofdagilarning muayyan orzu-istaklariga javob berishi kerak. Turli xil rollarni bajarayotgan odamlarning o`zarobirgalikda harakati rollar ehtimoli bilan boshqariladi. Kishi buni istaydimi yoki istamaydimi, lekin atrofdagilar undan muayyan namunaga mos keladigan hulq-atvorni talab qiladi. Rolning qanday bajarilishi sotsial nazorat ostida bo’ladi, ijtimoiy jihatdan muqarrar ravishda baholanadi va namunadan salgina chetga chiqilishi esa poralanadi.
Shunday qilib, o`zarobirgalikda harakat qilayotgan odamlar hulq-atvorining bir-birlaridan kutgan taxminlariga mosligi muloqot jarayonida muvaffaqiyatga erishishning zarur Sharti hsoblanadi.
Muloqotga kiriSharkan, har bir kishi o’zi bilan muloqotga kiriShayotgan odamlarning hulq-atvori, so’zlari va hatti-harakatlari ko’proq yoki ozroq darajada muayyan bir tarzda bo’lishini kutadi. Qishilarning boshqalardan eshitishga yoki ularda ko’rishga tayyor bo`lgan narsani ulardan kutish mumkinligini bexato va aniq taxmin qilish qobiliyatini va malakasi odob deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |