Organizm, populatsiya yoki tur yashaydigan, ularga bevosita yoki bilvosita ta’sir etadigan, muhitning biotik va abiotik sharoitlarining majmuasi yashash muhiti deb ataladi
Adaptatsiya (lotincha «adaptatio» – moslanish) – tirik organizmlarning muayyan yashash muhitida yashashi va ko‘payishni ta’minlovchi belgi yoki belgilar yig‘indisi hisoblanadi.
Masalan,
a) baliq tanasining suyri shakli ularning suv muhitida harakatlanishini yengillashtiradi;
b) suvsiz muhitda o‘suvchi o‘simliklar barglarida (aloy) yoki poyasida (kaktus) suv to‘plashga moslashgan.
«Organizm – muhit» tizimidagi asosiy qonuniyatlar V.I.Vernadskiy tomoni dan kashf etilgan bo‘lib, organizm va uning yashash muhiti birligi qonuni deb ataladi.
Qonundan qanday xulosalar chiqadi?
- Hayot tirik organizmlar va yashash muhitining bir butunligi asosida ular o‘rtasidagi moddalar va energiya almashinuvi natijasida rivojlanib boradi.
- Har bir turning genetik imkoniyatlari o‘zi yashayotgan muhitga muvofiqdir.
Suv muhiti
Suv muhitida yashovchi organizmlar (yunoncha «hydor» – suv, «bios» – hayot) deyiladi.
Suvo'tlardagi moslanishlar
- o‘simliklar yorug‘lik tanqisligiga qo‘shimcha pigmentlar hosil qilish bilan moslashadi.
Ular turli chuqurlikda yashashga moslashgan:
suv havzalarining sayoz qismlarida yashil suvo‘tlar;
chuqurroq qatlamlarida qo‘ng‘ir suvo‘tlar;
eng chuqur qismida qizil suvo‘tlar;
Yuksak o'simliklarda
Suv muhitida o‘sadigan yuksak o‘simliklar gidrofitlar (yunoncha «hydor» – suv, «phyton» – o‘simlik) deyiladi.
mexanik to‘qima, o‘tkazuvchi to‘qima va ildiz tizimi kuchsiz rivojlangan;
ildizlarida tukchalar bo‘lmaydi;
ba’zi o‘simliklarda ildiz bo‘lmaydi (elodeya);
ildiz faqat substratga birikish vazifasinigina bajaradi (qog'a, o'qbarg)
Suvda kislorod miqdorining tanqisligiga moslashish mexanizmi sifatida o‘simlik organlarida havo bilan to‘lgan to‘qima – arenxima rivojlangan.
Barg yaproqlari yupqa, ba’zi o‘simliklar (suv nilufari, suv yong'og'i) barglarining shakli havo va suv muhitida joylashganiga qarab farq qiladi.
Suv o‘simliklarining chang donachalari, mevasi va urug‘lari suv o‘tkazmaydigan qobiq bilan qoplangan va suv yordamida tarqaladi.
Hayvonlarning suv muhitiga moslanishlari
Plankton, nekton va bentos haqida quyidagi jadvalda to'liq ma'lumot berilgan. Qiyidagi rasmga qarang.
Quruqlik-havo muhiti
Shamol omilining ta'siri ikki xil bo'ladi:
Anemofill – shamol yordamida changlanadigan o‘simliklar.
Anemoxor – meva va urug‘lari shamol yordamida tarqaladigan o‘simliklar.
Tuproq muhiti
Yer po‘stining g‘ovak, unumdor yuza qatlami tuproq deyiladi.
Tuproq muhitida yashovchi organizmlar edafobiontlar (yunoncha «edaphos» – tuproq, «biontos» – yashovchi) deb ataladi.
Gumus – organik moddalar parchalanishining oxirgi mahsuloti bo‘lib, tuproq tarkibida qanchalik ko‘p bo‘lsa, tuproqning unumdorligi shuncha yuqori bo‘ladi.
Tanasi boshqa organizm uchun yashash muhiti bo‘lib xizmat qiladigan organizm xo‘jayin deb yuritiladi.
Xo‘jayin organizmning ichki organlari va to‘qimalarida yashovchi organizmlar endobiontlar (yunoncha «endon» – ichki, «biontos» – yashovchi) deyiladi.
Bir organizmning (parazit) boshqa organizm (xo‘jayin) hisobiga yashashi parazitlik deb yuritiladi.
ektoparazitlar xo‘jayin organizm tanasining tashqi qismlarida yashaydi (bit, burga, kana, to‘shak qandalasi);
endoparazitlar xo‘jayin organizmning tana bo‘shlig‘ida, ichki organ va to‘qimalarida, hujayralarida yashaydi (bezgak plazmodiysi, askarida, qilbosh chuvalchang, tasmasimon chuvalchanglar).
Do'stlaringiz bilan baham: |