Samarqand davlat chet tillar instituti



Download 51,31 Kb.
bet1/9
Sana29.12.2021
Hajmi51,31 Kb.
#75142
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ergashev,Tóma,kurs,ishi


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI


Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti

Yaqin sharq tillari kafedrasi

KURS ISHI

Bajardi: SamDChTI Tarjima nazaryasi va amalyoti

fakulteti xitoy tili yo’nalishi 303-guruh

talabasi Ergashev.F.

____________
Ilmiy rahbar: SamDChTI ‘’Yaqin sharq tillari’’
kafedrasi xitoy tili o`qituvchisi


Tilovov O.Z.

__________

SAMARQAND – 2020

MUNDARIJA
KIRISH 3

I BOB Xitoy tilida iboralarning turlari 6

1.1 Xitoy tilida iboralarning ahamiyati 6

1.2 Xitoy tilshunoslarining iboralarga bergan ta'riflari 11

II BOB Iboralarning boshqa til birliklaridan farqlari 17

2.1 Iboralarning semantik tahlili 17



XULOSA 23

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 25

KIRISH

Mavzuning dolzarbligi.Har bir tilning o’ziga xos xususiyati undagi muhim qatlam hisoblanmish turg’un iboralar – frazeologizmlarda yaqqol ko’zga tashlanadi. Zero, iboralar kishilar orasida yuzaga keladigan turli munosabatlarni qisqa, lo’nda va ta’sirchan qilib ifodalaydi. Tilda frazeologizmlarning qanchalik ko’p bo’lishi usha til imkoniyatlarining shunchalik kengligidan dalolatdir. Yuzyilliklar bo’yi xalq badiiy tafakkurining mevasi sifatida yuzaga kelgan iboralar avloddan-avlodga o’tib kelaveradi. Iboralar zamonlar osha sayqallanib boradi, mazmunan teranlashadi. Tildagi turg’un iboralarni o’ziga xos qomus, desa bo’ladi. Ularda kishilik turmushining, xalq tafakkurining serqirra tomonlari o’z ifodasini topgan. Ayni chog’da, frazeologik birliklar semantikasi va tuzilishiga ko’ra o’ta murakkab bo’lib, lingvistikada chuqur va har yoqlama o’rganishni talab etadi. Ular, bir tomondan, til birligi sifatida muayyan tushunchani ifodalab, leksemalarga teng tursa, ikkinchi tomondan, ularning ifoda va mazmun munosabatida nomuvofiqlik mavjud bo’ladi.

Ma’lumki, tilning leksik sathi dunyo haqidagi bilimlarning deyarli barcha tarmoqlarini qamraydi, frazeologiya (idiomatika) esa ko’proq insonning ruhiyati, kishilar o’rtasidagi munosabatlar, ijtimoiy-etnik baholarni ifoda etadi. Frazeologizmlarning kommunikativ tahlili deyilganda, ularning mazmuni, tuzilishi va nutqda qo’llanish holati ko’zda tutiladi. Bunday vaziyatda frazeologizmlarning kommunikativ vazifalari asosida ular real borliq haqidagi ma’lumotlarning ifodasi, so’zlovchining kommunikativ intensiyasi va pragmatik effektdan tashkil topgan integral butunlik sifatida qabul qilinadi. Diqqat markazida esa semantika masalasi turadi. Semantikagina tilning mohiyatini to’laligicha ko’rsata oladi.

Iboralar xalqning uzoq asrli an’analari, urf-odati, madaniyati va tarixini aks ettirgani uchun ham ahamiyatlidir. Xitoy tili dunyoning yanyu (maqol), matal va iboralarga o’ta boy tillaridan biri bo’lib, uning butun go’zalligi, tarovati ana shu birliklarda o’z ifodasini topgan.

E’tirof etish kerak, xitoy tilshunosligida frazeologiya hali-hanuz alohida soha sifatida o’rganilmay kelmoqda. Chunonchi, Guo Xin-yining yozishiga ko’ra, xitoy tilshunosligida frazeologiya hozirga qadar alohida tadqiqot obyekti sifatida ajratilmagan hamda leksikologiyaning bu bo’limi hali maxsus nomga ham ega emas.

P.P. Vetrovning e’tiroficha, xitoy tilshunoslarining frazeologiyaga bag’ishlangan ishlarida (XX asrning 50-60 yillaridagi tadqiqotlar ko’zda tutilmoqda) turli ma’nolarda tushunish mumkin bo’lgan chengyu (idioma) termini qo’llanila boshlandi. Bu termin, asosan, quyidagi ma’nolarda ishlatilgan: 1) to’rt komponentdan iborat bo’lgan turg’un birikmalar, maqollar, aforizmlar; 2) tor ma’noda: faqat frazeologik birliklarni bildiradi. Ammo boshqa xitoy tilshunoslari keng ma’nodagi “frazeologiya” yoki “frazeologik birlik” tushunchasi uchun shuyu terminini qo’llaydilar. Bunda shu komponenti “tayyor” yoki “tanish” ma’nosini ifoda etsa, yu esa “jumla, so’z” ma’nosiga ega. Natijada shuyu termini fanda termin mavqeiga erishadi.


Download 51,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish