Islom manbalarida ekstremizmning qoralanilishi reja: I. Kirish: II. Asosiy qism



Download 50,58 Kb.
bet1/14
Sana11.01.2022
Hajmi50,58 Kb.
#341015
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
ISLOM TA


ISLOM MANBALARIDA EKSTREMIZMNING QORALANILISHI

REJA:

I.KIRISH:

II.ASOSIY QISM:

1. “Ekstremizmga qarshi kurashish” tog’risida suhbat mazmuni.

2. «Terrorizm va ekstremizm – insoniyat kelajagining kushandasi».

3. Ekstremizmga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari.

III.XULOSA:

IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
Kirish

Ayni paytda dunyoning turli mintaqalarida xalqaro terrorizm va ekstremizmning yangi tahdidlari paydo bo‘layotgani bu boradagi profilaktik faoliyatni huquqni muhofaza qiluvchi organlarning birinchi darajali vazifasi sifatida yanada kuchaytirish zarurligini taqozo etmoqda.

Shu ma’noda, xavfsizlikka tahdid soluvchi vaziyatlarni bartaraf qilishga yo‘naltirilgan tizimli sa’y-harakatlar doirasida O‘zbekistonda ekstremizm tahdidining oldini olish, unga qarshi kurashish hamda bartaraf etishga qaratilgan qonunlarni qabul qilish bo‘yicha ishlar olib borilayotgani mazkur maqsadlarga xizmat qiladi.

Shu kunlarda parlament quyi palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasida “Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ekspertlar va mutaxassislar ishtirokida birinchi o‘qishda konseptual ko‘rib chiqish uchun tayyorgarlik ishlari olib borilayotgani bunga yaqqol misoldir.

Prezidentimizning 2017 yil 15 iyundagi tegishli farmoyishi ijrosini ta’minlash doirasida ishlab chiqilgan mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining qonunchilik tashabbusi huquqi asosida Qonunchilik palatasiga kiritilgan.

Qayd etish joizki, ushbu qonun loyihasi ekstremistik faoliyatga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, uning asosiy vazifalari ekstremistik harakatlardan shaxs, jamiyat hamda davlatning xavfsizligini ta’minlash, konstitutsiyaviy tuzumni va davlatning hududiy yaxlitligini himoya qilish, fuqarolarning tinchligi, millatlararo hamda konfessiyalararo totuvlikni saqlash hisoblanadi.

Qonun loyihasida “ekstremistik faoliyat” (“ekstremizm”), “ekstremist”, “ekstremizmni moliyalashtirish”, “ekstremistik material” tushunchalariga aniq ta’rif berish, ekstremizmga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari va yo‘nalishlarini belgilash ko‘zda tutilmoqda, ekstremizmga qarshi kurashishni muvofiqlashtiruvchi hamda amalga oshiruvchi davlat organlari va ularning vakolatlari ifodalanayapti. Ekstremistik materiallarning aylanishi, shuningdek, ekstremizmni moliyalashtirishga yo‘l qo‘ymaslik kabi masalalarga ham alohida e’tibor qaratilayotir.

Uni ishlab chiqishda ekstremistik harakatlar uchun jinoiy-huquqiy javobgarlik choralari nazarda tutilgan AQSh, Daniya, Germaniya, Niderlandiya, Fransiya kabi mamlakatlar tajribasi har tomonlama tahlil etilgan, ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida maxsus qonunlar qabul qilingan Moldova, Rossiya, Belarus, Qozog‘iston hamda boshqa davlatlarning qonunchiligi qiyosiy o‘rganilgan.

Ushbu hujjatning qabul qilinishi, eng avvalo, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini ta’minlashga, konstitutsiyaviy tuzumni hamda davlatning hududiy yaxlitligini muhofaza etish, fuqarolarning tinchligi, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni saqlashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, aholining huquqiy ongi hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ekstremistik harakatlarning o‘z vaqtida oldini olish, aniqlash va ularga chek qo‘yishga, shuningdek, javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash hamda umume’tirof etilgan xalqaro normalar va standartlarni amalga oshirishga ko‘maklashadi.

Ơzbekiston Respublikasi “Dipxorijxizmat” boshqarmasida 2018 yil 8 avgust kuni “EKSTREMIZMGA QARSHI KURASHISH” mavzusiga bağishlangan davra suhbati bơlib ơtdi. Unda boshqarmaning barcha xodimlari va tarkibiy bơlinmalari ishtirok etdilar.

Mavzu suhbatini ƠR Xotin-qizlar qơmitasi maslahatchisi, Ma'navi t-ma'rifat Markazi Kengashi ekspert-maslahatchisi, filologiya fanlari doktori, professor Shermuxamedova Jamila Tashpulatovna olib bordi. U ơz suhbati davomida, Ơzbekistonda barcha din vakillari uchun barcha sharoitlar yarilganligi, qonuniy asaslar bilan mustahkamlanganligi va shuningdek 2018 yil 30 yil kuni “Ekstremizmga qarshi kurashish” tơg’risida qonun qabul qilingani haqida gapirib, qonunni yanada chuqurroq tushintirishda davom etdi. Ơzbekiston ơzining geosiyosiy joylashishi jihatidan dunyoning eng muhim qismidan ơrin egallaganligi, Markaziy Osiyo mintaqasi mamalakatlari uchun barqaror tayanch nuqtasi ekanligi va shundan kelib chiqqan holda, bizning asosiy vazifamiz uni tashqi tahdidlardan himoya qilish ekanligini ta'kidlab, islom dinini ơzining g’arazli niyatlarida foydalanayotgan kimsalarga munosib zarba berish uchun islom dinini sog’lom tarzda ifoda etuvchi g’oyadan foydalanish zarur dedi. Bu bizning fuqarolik burch va vazifamizdir. Ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yơnalishlari quyidagilardan iboratdir:

- Ekstremizmning oldini olishga doir chora tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda ekstremizmga nisbatan murosasizlik munosabatini shaklllantirish, shuningdek uning yuzaga kelishiga imkon beruvchi sabablar va shart garoitlarni bartaraf etish;

- ekstremizm sohasidagi huquqbuzarliklarni ơ’z vaqtida aniqlash va ularga chek qơyish, ularniining oqibatlarini bartaraf etish, shuningdek javbogarlikning muqarrarligi prinsipini ta'minlash;

- ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro xamkorlik.

Uchrashuv munozara shaklida, savol-javob tariqasida bo’lib o’tdi. O’tkazolgan davra suhbati qatnashchilarda shunga o’xshash dolzarb muammolarga bag’ishlangan uchrashuvlar davomiy bo’lishini istab qoldilar.

Ơtkazilgan davra suhbati barcha qatnashchilarda katta taassurot qoldirdi.

Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish strategiyasi tasdiqlandi

Prezident farmoni bilan 2021−2026 yillarga mo‘ljallangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Milliy strategiyasi tasdiqlandi.

Kirillchada6 iyul 2021, 21:12 Siyosat

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 1 iyuldagi farmoni (PF-6255) bilan 2021−2026 yillarga mo‘ljallangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Milliy strategiyasi tasdiqlandi.

«Strategiyaning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, milliy xavfsizlik, shuningdek, fuqarolarning ushbu sohadagi huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga imkon beradigan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha samarali va bir vaqtning o‘zida muvofiqlashtirilgan davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlashdir», — deyiladi hujjatda.

Strategiyada qayd etilishicha, estremizm va terrorizmga qarshi kurashishdagi mavjud tajriba, shuningdek, mintaqa davlatlaridagi mazkur tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha holatning retroprospektiv va qiyosiy tahlillari shuni ko‘rsatmoqdaki, Markaziy Osiyoda ekstremistik va terrorchilik faoliyati, asosan, millatchilik (milliy), ijtimoiy, diniy va boshqa radikal siyosiy g‘oyalar ostida amalga oshirilmoqda.

Quyidagilar strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi:

ekstremizm va terrorizm mafkurasi tarqalishining oldini olish maqsadida vatanparvarlik, an’anaviy qadriyatlar va bag‘rikenglik g‘oyalarini targ‘ib qilish;

voyaga yetmaganlar va yoshlar orasida ekstremistik g‘oyalar tarqalishining oldini olish;

xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va ularning ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishdagi rolini kuchaytirish;

uzoq muddat xorijda bo‘lgan fuqarolarni ekstremizm va terrorizm g‘oyalari ta’siridan himoya qilish;

ekstremistik va terrorchilik maqsadlarida Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanishga qarshi kurashish;

fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarining ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishdagi ishtirokini ta’minlash;

ekstremistik va terrorchilik harakatlari, shuningdek, ularni moliyalashtirganlik uchun huquqiy ta’qib va javobgarlikka tortish choralarini takomillashtirish;

ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;

xalqaro va mintaqaviy hamkorlik.

Strategiyani uch bosqichda amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.

Birinchi bosqichda (2021 yil) quyidagilar rejalashtirilmoqda:

strategiyani amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni ta’minlash, mazkur muammoni birgalikda hal qilish uchun keng jamoatchilik va xalqaro tashkilotlarni jalb qilish;

ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish sohasida O‘zbekiston qonunchiligini rivojlantirish istiqbollarini belgilash;

ekstremistik va terrorchilik faoliyatiga qarshi kurashish bo‘yicha davlat hokimiyati va o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining tashkiliy ta’minlanganligi va uyg‘unligini takomillashtirish;

vaziyatni monitoring va tahlil qilishning kompleks dasturlarini tashkil etish, shuningdek, muammolarni aniq belgilash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.

Ikkinchi bosqichda (2022−2025 yillar) quyidagilar belgilandi:

ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi vazifalarni hal qilishga qaratilgan amaldagi qonunlarni va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish va yangilarini qabul qilish;

milliy axborot makonini ekstremistik va terrorchilik mafkura kirib kelishidan qo‘shimcha himoyalashga qaratilgan tizimni yaratish;

strategiyani amalga oshirishda erishilgan natijalarni monitoring qilish;

ekstremizm, terrorizm va ularni moliyalashtirishdan kelib chiqaradigan xavf, tahdid va xatarlarni, shuningdek, mamlakatdagi millatlararo va konfessiyalararo munosabatlarni kompleks tahlil qilib, vaziyatning rivojlanish istiqbollari bo‘yicha prognozlarni hamda aniqlangan xavf, tahdid va xatarlarni kamaytirish va bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

Uchinchi bosqichda (2026 yil) ushbu strategiyani amalga oshirish natijalarini umumlashtirish hamda mazkur sohada strategik rejalashtirish bo‘yicha yangi hujjatlarni ishlab chiqishga qaratilgan takliflarni tayyorlash, shuningdek, idoralararo darajada tashkiliy xarakterdagi choralar qabul qilinishini ta’minlash nazarda tutiladi.

Hujjatda qayd etilishicha, strategiyani amalga oshirish ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha huquqiy, tashkiliy va mafkuraviy mexanizmlarning samarali tizimini, shuningdek, jamiyatda bag‘rikenglik madaniyatini shakllantirish va boshqa imkoniyatlarni taqdim etadi.

«Terrorizm va ekstremizm – insoniyat kelajagining kushandasi»

O'zbekiston Respublikasi IIV Sirdaryo akademik litseyida «Terrorizm va ekstremizm – insoniyat kelajagining kushandasi» mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbirbo'lib o'tdi. Unda Sirdaryo viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi o'ta muhim ishlar bo'yicha tezkor vakili kapitan Shoxrux Azizxonov, diniy masalalar bo'yicha vakil Ahmad ibn Malik masjidi imom xatibi Ulug'bek Qobilov, litsey pedagogik jamoasi va o'quvchilari ishtirok etdilar.

Yig'ilishda dunyoda globallashuv jarayonlari jadal davom etayotgan bugungi kunda tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikka xavf soluvchi ekstremizm va terrorizm eng xatarli jinoyat ekanligi, xalqaro terrorizm va ekstremizmning yangi tahdidlariga qarshi kurashish nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar, balki keng jamoatchilikning birinchi darajali vazifasi ekanligi ta'kidlab o'tildi. Shuningdek, davlatimiz rahbarining BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida «Biz muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimiz mujassamining ifodasi sifatida behad qadrlaymiz. Biz muqaddas dinimizni zo'ravonlik va qon to'kish bilan bir qatorga qo'yadiganlarni qat'iy qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz. Islom dini bizni ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga da'vat etadi» – degan so'zlari keltirib o'tildi.

O'tkazilayotgan tadbirda, bugungi kunda dunyodagi siyosiy ahvol, tinchlikka tahdid qiluvchi turli-tuman ekstremistik oqimlar mavjudligi va ularning asl niyatlari er yuzida urush olovini yoqib, dunyoni boshqarish ekanligi, har bir ongli inson bunday holatlarga nisbatan mafkuraviy immunitetga ega bo'lishi kerakligi, hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali siyosiy maqsadlarni ko'zlab, turli zararli g'oyalarni targ'ib qiluvchi materiallarning tarqatilishi yosh avlodning ongini zaharlashga qaratilgani, chunonchi, ekstremistik oqimlarga qo'shilayotganlarning aksariyati 30 yoshgacha bo'lgan fuqarolar ekanligi, qonunlarimizda ekstremistik ruhdagi nashrlar, videoroliklar va boshqa materiallarni saqlash va tarqatish bilan shug'ullangan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilishi belgilab qo'yilganligi, ayrim yoshlar o'zlari tushunmagan holda shunday materiallarni tarqatuvchi saytlarga kirib qolib, to'g'ri tushunchaga ega bo'lmaganlari uchun ularni yuklab olib, tanishlariga jo'natishlari va bu bilan beixtiyor jinoyatga qo'l urishlari, bugungi tadbir litsey o'quvchilarini ana shunday noxush holatlardan saqlash va bunday holatlarga murosasizlik ruhida tarbiyalashga qaratilganligi xaqidla so'z ketdi.  

Shuningdek, yig'ilish qatnashchilariga islom dinini niqob qilib olgan oqimlar aslida islom dushmanlari ekanligi, dinda firqalarga bo'linish keskin tanqid qilinganligi, terroristik guruhlar odamkushlik bilan shug'ullanishi, odam o'ldirish, qotillik islomda qoralanishi,ayniqsa, kamikadzelarning qilayotgan ishlari Qur'oni karim va hadislarda qoralanganini misollar bilan tushuntirib berildi.

Butun er kurrasi uzra tinchlik bo'lishini xohlasak, avvalo o'zimizning Islom borasidagi tushunchalarimiz, e'tiqodimizni poklashimiz, botil g'oyalarga ergashmasligimiz lozim.

Bugungi kunda ham Yaqin Sharq mamlakatlari va boshqa bir qator mamlakatlarda sodir etilayotgan qonli urushlar va qirg'inbarotlarni ko'rib xulosa chiqargan holda, Vatanimizni tashqi g'arazli kuchlardan asrash va tinch, osoyishta hayotimizning qadriga etib yashashimiz lozim.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda yoshlarning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishga qaratilgan ma'naviy-ma'rifiy tarbiya muammolari, ularning ongida zo'ravonlik va yot g'oyalarga murosasizlikni shakllantirish, ekstremizm va terrorizm umumiy profilaktikasi kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Davra suhbati yig'ilganlarda chuqur taassurot qoldirdi, o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan ko'plab savollarga atroflicha javob oldilar.

EKSTREMIZMGA QARSHI KURASHISH TO‘G‘RISIDA




Download 50,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish