1-mavzu: din madaniyat fenomeni reja


Inson huquqlari sohasida G‘arb maktabining tanqidi



Download 10,36 Mb.
bet37/66
Sana05.03.2022
Hajmi10,36 Mb.
#483559
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   66
Bog'liq
Dinshunoslik 2022 (2)

Inson huquqlari sohasida G‘arb maktabining tanqidi
Siyosiy ma’noda inson huquqlari bo‘yicha dastlabki Evropa maktabi XVIII asrda paydo bo‘lgan. Bu maktab rahbarlari va mutafakkirlari jamiyatda umumiy erkinliklarni tasdiqlash va ularni hukumat buning uchun qonun oldida javob bermagan holda buza olmaydigan qilishga uringan. SHu sababga ko‘ra, Evropada inson huquqlari konstitutsiyada e’lon qilinadigan umumiy erkinliklar masalasi bilan bog‘lanardi. Bu fikrga rozi bo‘lmasdan bo‘lmaydi, chunki siyosiy rejimlar bir xil bo‘lmagan, bu esa inson huquqlari g‘oyasining kuchsizlashuviga, unga nisbiy xarakter berilishi hamda umumiy huquq va erkinliklarning go‘yoki hukumatga qarshi yo‘naltirilgani va unga qaramasdan mavjudligiga olib kelgan.
"Umumiy erkinliklar" tushunchasini "inson huquqlari" atamasidan uzoq vaqt davomida ajratib bo‘lmagan, chunki umumiy erkinliklar tasdiqlanishi, hukumat bilan o‘zaro munosabatlarda shaxsning bu huquqlarni qo‘lga kiritish tamoyilining mustahkamlanishi o‘sha davrdagi mutafakkirlar va ayniqsa, huquqshunoslarning juda ko‘p vaqtini olardi. Gap shundaki, umumiy erkinklarning ayrimlari, masalan, so‘z va fikr erkinligi hukumat va hukmronlik qiluvchi siyosiy rejim bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan, shu sababli konstitutsiyaga bu erkinliklar va ularga rioya qilinishining kafolatlarini belgilaydigan matnlar kiritilgan. Buni shu bilan izohlash mumkinki, Evropa davlatlari xalqlari ruhoniylar zo‘ravonligi va hukumatlar istibdodidan aziyat chekardi. Inson huquqlari borasida Evropa maktabi rivojlangan va haqiqat g‘oyasiga etib kelgan. Ushbu g‘oyaga ko‘ra, inson huquqlari deb shaxsning u inson ekanligi uchungina ega bo‘lishi lozim bo‘lgan huquqlarga aytiladi. Bunda ularning qonun bilan himoya qilinishi asoslanmaydi, balki hukumat tomonidan berilmaydigan va himoya qilinmaydigan inson huquqlari sanalishi muhim hisoblanadi.
Inson huquqlari konsepsiyasining bunday rivojlanishi haqiqat g‘oyasiga borib taqaladi, bu esa yuqorida aytib o‘tilganidek, Evropa inson huquqlari maktabi undan vujudga kelgan boshqa asos sanaladi. Uning mohiyati shundan iborat ediki, inson huquqlari hukumatga qarshi yo‘naltirilgan umumiy erkiniklardir. Bunday qarashlar hech qanday tanqidga bardosh bermaydi, chunki ayrim huquqlarni qandaydir erkinliklardan biri deb hisoblash mumkin emas, masalan, ijtimoiy ta’minot huquqi – chunki buni «erkinlik» deb hisoblab bo‘maydi.
Islom nuqtai nazaridan, aytib o‘tilgan huquqlar umumiy bo‘lishi lozim va shaxs ulardan nafaqat hukumat bilan, balki boshqa odamlar bilan o‘zaro munosabatlarda ham foydalanadi. Xususan, inson qadr-qimmati Islom nuqtai nazaridan o‘z-o‘zidan qimmatga ega va inson nafaqat hukumat bilan, balki hamma bilan o‘zaro munosabatlarda o‘z qadr-qimmatini himoya qilish huquqiga ega. Boz ustiga, Islom insonni uning erkin ixtiyori ichki va tashqi namoyon bo‘lishlaridan tiyib turadi, bu haqida quyiroqda gapiriladi. Zamonaviy Evropa maktabida inson huquqlari g‘oyasining rivojlanishi, ehtimol, bu huquqlar insonga shundayligicha berilishi hamda bu huquqlarning mavjudligi yoki yo‘qligi qonun ularni belgilab bermasligi sababli qonun bilan belgilanishiga bog‘liq emasligini Islomiy tushunishga mos keladi. Agar pozitiv huquqqa asoslangan qarashlar inson huquqlari manbasi deb jamoatchilik ongini hisoblaydigan bo‘lsa, musulmonlar fikriga ko‘ra, ular Allohning amri bilan, Uning hakimligi, Uning qonuni va U odamlarni o‘zining boshqa yaratgan mavjudotlaridan afzal ko‘rishi sababli alohida huquqlarga ega bo‘lgan odamlar ekanligi tufayli ma’lum bir huquqlarga ega bo‘ladi. Ijobiy huquqqa asoslangan, inson huquqlari manbasi jamoatchilik ongi hisoblanishi haqida qarashlar paydo bo‘lishining sababi bu huquqlar manbasi deb dinni hisoblashni istamaslik bilan asoslanadi. Aynan shu sababli jamoatchilik ongi inson huquqlarining asl manbasi – Alloh Taolo va Uning dini qonuniga yaqinlashmasdan, bu huquqlar manbalarini oshirish istagini ifodalovchi sifatida taqdim etilgan. Evropacha qarash inson huquqlari manbasining ko‘tarilishi va uning Alloh bilan bog‘lanishida umumjahon amaliyoti va murosa kafolatini ko‘radigan yuz millionlab kishilarning fikrlariga mos kelmaydi. SHariatda inson huquqlari odamlarning ixtiyoridan, zamon va makon toifalaridan, turli doktrinalardan, ya’ni o‘z tartibi va qonunlariga ega bo‘lgan turli mamlakatlardagi turli amaliyot mezonlaridan qat’i nazar niyatdan kelib chiqadi. Qisqacha aytganda, bu huquqlar Allohning o‘z kalomida va shariatning umumiy asoslarida izohlab bergan, hammaning va har bir kishining – hukmdor va fuqaroning, davlat va xalqlarning bajarishi uchun majbur qilib qo‘ygan bandalariga ko‘rsatgan marhamatlari qatoriga kiradi.
SHariat hukumatning qo‘lida qurol yoki odamlarning jamiyat yo hukmdorlarga qarshi chiqishi uchun dalil hisoblanmaydi. Zamon va makon toifalari bilan bog‘liq bo‘lmagan Islom dunyoqarashlariga ko‘ra, inson huquqlariga rioya qilish ularga rioya qilinishining eng ishonchli kafolati ularning manbasi ekanligidan kelib chiqib kafolatlanadi. Evropacha tushunishda inson huquqlari asosida yotadigan qadriyatlar, masalan, erkinlik va tenglik mutlaq xarakterga ega va jamiyat holati, zamon va makondan qat’i nazar o‘zgarmaydi deb ta’kidlash xato bo‘lardi.Gap shundaki, "inson huquqlari" tushunchasi baholash nuqtai nazaridan zamon, makon va sharoitlardan qat’i nazar barcha jamiyatlar uchun umumiy mezonlarga bo‘ysunadigan ilmiy tushuncha deb hisoblanishi mumkin emas. Masalan, bizning kunlarda asosiy inson huquqlari sanalgan erkinlik, adolat va tenglik huquqlari turli jamiyatlarda turlicha baholanadi va ularga bir xil ahamiyat berilmaydi.
Ayrim davlatlar erkinlikka yaqqol siyosiy ma’no baxsh etadi, boshqalar –ijtimoiy, uchinchi davlatlar – madaniy, to‘rtinchi davlatlar – individual va hattoki buni jinsiy erkinlik deb ataydi, vaholanki aslida bunday erkinlik haqiqiy anarxiya hisoblanadi. Oliy qimmat sifatida ko‘rib chiqiladigan odamlar orasidagi tenglik moddiy manfaatlar va ijtimoiy doktrinalarga bo‘ysunadi. Adolatlilik ko‘pincha turli manfaatlar va injiqliklarga qarab talqin qilinadi. Ko‘rinib turibdiki, "qadriyatlar" tushunchasi o‘zgaruvchan va nisbiy xarakterga ega. Demak, erkinlik va tenglikni bir xilda tushunishga, shuningdek, ularning to‘g‘riligi va amaliy qo‘llanishini kafolatlaydigan me’yorlarga kelishning imkoni yo‘q, bu esa bizni oliy insoniy qadriyatlarni aniqlashda zamon va makon nisbiy toifalariga tayanmaslik kerak. Ishonchimiz komilki, bunga faqat zamon va makon, odamlar qonunidan yuqoriroq bo‘lgan qonunchilikning oliy manbasiga, Allohga ishongan kishi e’tiqodga asosan bo‘ysunadigan manbaga tayangan holda erishish mumkin. SHu sababli inson huquqlari masalasida nisbiyliklan musulmonlarda uning asoslari va matnlariga kiritilgan ilohiy manbaga ega bo‘lgan Islom shariati bilan ifodalangan yo‘l bilan erishish mumkin.Zamonaviy maktab erishgan inson huquqlarini tushunish biz yuqorida aytib o‘tgan yo‘ldagi qadam ekanligini inkor qilish mumkin emas. Unga muvofiq inson huquqlarining manbasi har qanday jamiyat ma’lum bir vaqtda o‘z qonunlari, urf-odatlari, an’analari va madaniy merosi asosida belgilaydigan ijtimoiy tuzilma manbasidan oliyroqdir. Biroq inson huquqlari manbasini jamoatchilik ongi bilan bunday chegaralash insoniyat va insonlar tarixi undaydigan universallikka erishish uchun etarli emas.Bularning barchasi bizga shuni yaqqol ko‘rsatadiki, jamoatchilik ongi belgilangan vaqtda va belgilangan joyda shakllanadi, bu esa o‘z-o‘zidan chidab bo‘lmas nohaqlik hisoblanadi va inson huquqlari g‘oyasining o‘ziga zid keladi.
Ko‘plab jamiyatlarda, ayniqsa, qadimgi imperiyalar davrida va hatto zamonamizning ayrim siyosiy rejimlarida va aynan Evropada, eng arzimas sabablarga ko‘ra inson hayoti qadr-qimmatini nazar-pisand qilmasdan munosabatda bo‘lgan holda insoniyat ongi Evropa dini, irqi yoki manfaatlari bilan farq qiladigan boshqacha jamiyatda jabr-sitam va azob-uqubatlarga murosa qilmaganmi? Evropalik mustamlakachilarning Afrika va Osiyodagi harakatlariga qisqacha nazar tashlab chiqish buning yorqin dalili bo‘lib xizmat qiladi. Jamoatchilik ongi, taxmin qilinganidek, butun insoniyatga nisbatan amal qilishi va har bir kishi foydalanishi lozim bo‘lgan inson huquqlari oliy manbasi bo‘lishi mumkin emas. Bundan tashqari, agar ularni aniqlash, baholash va kafolatlash jamoatchilik ongiga bog‘liq bo‘lsa, inson huquqlari tushunchasiga nisbiy xarakter beriladi.
Hattoki inson qadr-qimmatini hurmat qilish, tenglik va ijtimoiy ta’minot kabi asosiy huquqlar bilan bog‘liq tushunchalar ham ularga shak-shubhasiz, belgilangan vaqtda, belgilangan joyda va turli sharoitlarda shakllanadigan jamoatchilik ongi kiritadigan mazmundan kelib chiqib nisbiy qimmatga ega bo‘lishi xavflidir.
«Jamoatchilik ongi» iborasidan foydalanish zamon va makondan qat’i nazar normal inson ongi ko‘zda tutilgan hollarda oqlangan bo‘ladi. Lekin bunda biz bu erda gap insonda avvalgi vahiylarni yakunlagan va bekor qilgan Islom, odamlarga shariatga muvofiq Allohga sajda qilishni buyuradigan Islom paydo bo‘lgunga qadar bir-birining ortidan kelgan vahiylar orqali yuqoridan tushgan dinlar qadriyatlari insonda shakllantirgan ong haqida boradi, degan xulosaga kelamiz.
1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi barcha xalqlar uchun umumiy namuna bo‘lib xizmat qilishi lozim bo‘lib, bu inson huquqlariga ko‘proq ahamiyat qaratishga imkon bergan bo‘lardi. U atigi birinchi qadam bo‘lib, uning ortidan ijro etilishi majburiy bo‘lgan inson huquqlari bo‘yicha xalqaro qonun ishlab chiqish kelishi lozim.
BMT Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasidan o‘rin olgan bandlarni xalqaro konvensiyaga aylantirish uchun sa’y-harakat qilgan, natijada ijtimoiy-iqtisodiy va fuqarolik-siyosiy huquqlar bo‘yicha ikki konvensiyani ishlab chiqish yakunlandi. Bu konvensiyalar 1966 yil 16 dekabrda qabul qilindi, lekin ijro uchun faqat 1976 yilga kelibgina qabul qilindi.
YUqorida aytib o‘tilgan ikkita konvensiyadan tashqari, inson huquqlari masalasiga qiziqish boshqa bir qator bitimlarda, masalan, irqchilikni tugatish haqida xalqaro bitimda, bola huquqlari haqida bitimda, ishchi-muhojirlar huquqlarini himoya qilish haqida bitimda o‘z aksini topgan. Bundan tashqari, xalqaro darajada inson huquqlari masalasi bo‘yicha ishlar turli tashkilotlar, eng avvalo, BMT Bosh sessiyasi doirasida olib borildi. Bu ishda mintaqaviy tashkilotlar, masalan, Arab mamlakatlari ligasi va Islom konferensiya tashkiloti ham ishtirok etgan. Xalqaro tashkilotlar o‘z faoliyatida inson huquqlari bilan bog‘liq masalalarni tadqiq etish va ularga turli mamlakatda rioya qilinishini nazorat qilish, mavzu bo‘yicha taqdim etiladigan ma’ruza va bayonotlarni o‘rganish bilan shug‘ullanadigan mutaxassislar komissiyasiga tayanadi.
Xalqlar darajasida ushbu masalaga qiziqish bir qator nohukumat tashkilotlari o‘zini ko‘rsatishiga imkon beradi. Ularning ayrimlari roliga ortiqcha baho berib yuborilgan, masalan, «Xalqaro amnistiya» tashkilotining ma’ruzalari shaxsiy manfaat va tarafkashlikdan xoli emas. Bu tashkilotlarning kamchiligi Evropadan tashqaridagi xalqlar va musulmonlarning diniy va madaniy-ijtimoiy xususiyatlarini bilmasligi hisoblanadi.
Bu erda Islom qonunchiligi va ijobiy huquqqa, ya’ni inson belgilagan qonunlarga asoslangan, inson huquqlari masalasi yaqqol namoyon bo‘ladigan barcha qonunchilik tizimlari o‘rtasidagi asosiy va jiddiy farqni ko‘rsatish zarur.
Ma’lumki, Islom qonunchiligida shariat barcha huquqlar manbasi sifatida ko‘rib chiqiladi va uning (shariatning) ko‘rsatmalari va uning universal negizi doirasidan chiqadigan inson uchun aniq belgilangan huquqlar yo‘q. SHu tufayli shariat huquqning asosi, uning manbasi, tayanchi, ushbu huquqning mavjudligi va jamiyatda ijro etilish kafolati hisoblanadi. Biroq ijobiy huquqqa asoslangan tasavvurda biz qarama-qarshi narsani ham uchratamiz. Bu erda huquq – qonuni va qonunchilikning negizi hisoblanadi. Bu uning mohiyati jamiyat haqiqiy, to‘g‘ri deb hisoblaydigan, so‘ngra unda qonun va tizimga aylanadigan hamma narsaning negizi hisoblanadi.
Demak, huquq bu erda qonuniylik manbasi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, mavjud hukumat tomonidan belgilanadigan tizim va qonunning asosi hisoblanadi. Ushbu huquq manbasi ilohiy qonun-qoidalar emas, balki odamlar ma’lum bir vaqtda va ma’lum bir joyda u yoki bu jamiyatda to‘g‘ri deb hisoblaydigan narsalar hisoblanadi. Bunda hamma odamlar emas, bu ko‘pchilikning qanday bo‘lishidan qat’i nazar, faqat aholining ko‘pchiligi shunday deb hisoblaydi. Biz, musulmonlarga keladigan bo‘lsak, huquqlarni belgilash uchun umumiy va oddiy mezonga, chunonchi, din va e’tiqod asosidagi hamma narsalar unga bo‘ysunadigan mezon sanalgan ilohiy qonunga ega bo‘lamiz. Ijobiy huquqqa asoslangan tizimlardagi qoida umuman boshqacha bo‘lib ko‘rinadi, chunki uning asosida huquqlar belgilanadigan mezon tabiatan nisbiy, zamona va makondan, turli diniy va madaniy merosdan kelib chiqib, turli o‘zgarishlar ta’siriga uchraydi.
Bu turdagi mezon haqida bahslashish, muhokama qilish, jamiyatda mavjud sharoitlardan kelib chiqqan holda tasdiqlash yoki inkor qilish mumkin. U bir jamiyatda asos sifatida qabul qilinishi, boshqa bir jamiyat esa uni ma’qullamasligi yoki xuddi shu jamiyat boshqa vaqtda tasdiqlamasligi mumkin. Odamlar tomonidan yaratiladigan tizimlar inson huquqlarini jamoatchilik ongi bilan bog‘lagan holda bu nisbiylikdan qochishga qanchalik harakat qilmasin, bu ong istalgan holatda ham zamon va makondan kelib chiqib shakllantiriladi, ayniqsa, «jamoatchilik» so‘zi bu ma’noda butun insoniyat jamiyatiga aloqador bo‘lishi lozim bo‘lgan bo‘lsa, lekin real voqelikda bunday qoida shu paytgacha mavjud bo‘lgan emas.
SHu bilan bir paytda, insonlar hamjihatligining ushbu tamoyili asoslari Qur’oni karimda keltirigan, deb ta’kidlanadi Islomda. Alloh taolo aytadiki: “Ey odamlar! Biz sizlarni bir erkak va ayoldan yaratdik va sizlarni o‘zaro tanishishingiz uchun xalqlar va qabilalar qilib qo‘ydik. Albatta, Allohning huzurida eng hurmatligingiz eng taqvodoringizdir. Albatta, Alloh biluvchi va xabardor zotdir” (Hujurot surasi, 13) . Islomga muvofiq, butun insoniyat bitta ruhdan yaratilgan, bu haqida Alloh taolo aytadi: “Ey odamlar! Sizlarni bir jondan yaratgan va undan uning juftini yaratib, ikkovlaridan ko‘plab erkagu ayollar taratgan Robbingizdan qo‘rqinglar...” (Niso surasi,1). Islom qonunchiligida asos va negizning sog‘lom va to‘g‘riligi yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. Istalgan paytda va istalgan joyda odamlar uchun mo‘ljallangan shariat, Allohning qonuni huquqning asosi va manbasi hisoblanadi, bu esa huquq na vaqt, na joy va turli mamlakatlardagi turli sharoitlar bilan cheklanmagan manbaga ega ekanligini anglatadi.
Islomiy nuqtai nazardan hukumat o‘zini undan himoya qilishi lozim bo‘lgan odamlar bilan qarama-qarshilikda ishtirok etuvchi tomon bo‘lmagan holda odamlar manfaatlari haqida qayg‘uradigan kafil, ishonchli shaxs holatini egallaydi, chunki bu hukumat shariat asosida yotadigan tamoyillar va qoidalar majmui bilan chegaralanadi.
Bu g‘oya, chunonchi, hukumat ishonchliligi va uning odamlar oldida javobgarligi kelib chiqishi bo‘yicha Islomiy hisoblanadi va uning o‘zi jamiyatni hukumat bilan hamkorlik qilishga majbur etadi.
Biz bu erda shuni tasdiqlaymizki, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi shaklan va mazmunan faqat g‘arb tamadduni qadriyatlari va mafkurasini ifodalaydi va Deklaratsiyada baholash va mulohazalar uchun foydalaniladigan asoslar bu holatni aniqlik bilan topadi. Masalan, "gumanizm" tamoyillariga ko‘ra, bu sohada muhim hisoblanadiki, o‘lim jazosi ko‘rinishidagi jazo inson huquqlarining buzilishi sifatida ko‘rib chiqiladi. Ushbu mezonga ko‘ra, ayolning oila qurish huquqi yuz millionlab odamlar e’tiqod qiladigan diniy me’yorlar va qoidalardan qat’i nazar mutlaq xarakterga ega bo‘lishi lozim. Boz ustiga, jinsiy buzuqliklr uchun jazo ham inson huquqlarining buzilishi hisoblanadi. Sir emaski, bunday mezonlar jahon miqyosida ma’qullanishi yoki hurmat topishi mumkin emas, axir tamaddunlar, madaniyatlar va ijtimoiy me’ros xilma-xilligi, yuqoridan tushirilgan qonunlar haqida esa gapirib ham o‘tirmaymiz, mezonlar va konsepsiyalar ham xilma-xil bo‘lishini qattiq turib talab qiladi.
Ehtimol, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi tamoyillari ayrimlar uchun ularning oliy qadriyatlari nuqtai nazar maqbul kelmaydi. Biroq, zamonaviy dunyoda ijtimoiy meros shakllari va madaniyati xilma-xilligini e’tiborga olib, doktrinalar, baholash mezonlari va amaliyot me’yorlari nisbiy bo‘lishi lozim, bu esa, har bir davlatga o‘zining siyosiy tizimlari, uning xalqi manfaatlarini, inson qadr-qimmati borasida bu xalqning madaniy merosi va qadriyatlarini o‘z qonunlari va qonunchiligini yaratish imkoniyatini berish zarur demakdir, bu esa dunyo xalqlari tarixiy va ijtimoiy merosi, madaniyati, tamadduni, dinlar o‘rtasidagi farqlar sharoitlarida inson huquqlarining eng birinchi va eng muhim tamoyillaridan hisoblanadi.
Ta’kidlash joizki, 1993 yil 14-25 iyun kuni bo‘lib o‘tgan Vena konferensiyasidagi munozaralarda ko‘plab, ayniqsa inson huquqlari sohasidagi asosiy qadriyatlar va ayrim tamoyillar ikkinchi darajali bo‘lib qolishi, ko‘plab davlatlarning siyosiy maqsadlari va manfaatlariga duch kelganda inson himoyasini ta’minlamasligi sababli aniqlash va baholashdagi ikkiyuzlamachi standartlar va doktrinalar har xilligi qo‘rqitadigan rivojlanayotgan davlatlar sog‘lom mantiqiga rozilik namoyish etdilar. Boshqa tomondan, bu tamoyillar va qadriyatlar buyuk davlatlarning siyosiy manfaatlariga mos tushganda ayrim davlatlarga qarshi qurol sifatida foydalaniladi. Bugungi kunda ko‘plab Islom muammolariga, masalan, Bosniya va Gersegovina, Kashmir, Falastin muammosiga nisbatan mulohazalar va amaliyotda mezonlar ikkiyuzlamaligini kuzatish mumkin. Mezonlar diniy mutaasiblik, irqchilik va manfaatlardan kelib chiqib farqlanadi.
SHunisi afsuslanarliki, jahon hamjamiyatini dahshatga solgan inson huquqlarining buzilishi buyuk davlatlar tomonidan adolatli baholanmadi, inson huquqlarini himoya qilish va bu xalqlarga qarshi tajovuzkorlikni bartaraf etishgi intilish kuzatilmadi. Buning ajablanarli joyi ham yo‘q, chunki bu davlatlarning ommaviy qirg‘inlarga, odamlarning ota-bobolari yashab kelgan joylardan quvg‘in qilinishiga, ayollarning zo‘rlanishiga nisbatan pozitsiyasi bu davlatlarning siyosiy manfaatlari doirasidan chiqmagan. Hatto «Xalqaro amnistiya» kabi mashhur nohukumat tashkilotlari ham noaniq, tushunarsiz ayblashlar bilan cheklangan va xuddi Afrika yoki Osiyo davlatida bir ro‘y bergan voqeaga kabi ishtiyoq bilan bu dahshatli jinoyatlar aybdorlarini ta’qib qilishni rad qildilar.

Download 10,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish