Psixologiya fanining o’z oldiga vazifa qilib qo’yadigan muammolari juda xilma-xil bo’lib, u eng avvalo, psixik faoliyatning asosiy qonunini belgilash, uning rivojlanish yo’llarini aniqlash, har bir psixik prosessning asosida qanday mexanizm borligi, uning o’zgarish jarayonlarini ochib berish masalalarini o’rganadi. Psixologiya psixik faoliyatning u yoki bu sharoitda qanday ro’yobga chiqqanligini o’rganish bilangina shug’ullanib qolmasdan, bu jarayonlarni qanday boshqarib borish masalalarini ham ilmiy asosda o’rganadi. Shuning uchun ham ilmiy psixologiya boshqa barcha o’rganilayotgan predmetlar orasida eng asosiy fanlardan hisoblanadiki, uning jamiyat rivojlanishi bilan ahamiyati yanada ortib va takomillashib boraveradi. Psixologik fenomenga turlicha nazariya bilan yondashish mumkin. Biologik yondashuv miyadagi jarayonlarni va jismoniy o‘zgarishlarini o‘rganadi, masalan, yuz qizarishi, asabiylashish holatlari. Evolyutsion yondashuv uchun individning “g‘azab” holati geniga ta’siri e’tiborlidir. Bugungi kunda zamonaviy psixologik yondashuvlar ham psixologiyaning nazariyasini boyitib boradi. Ularni quyidagi jadvalda ko‘rish mumkin.3 Psixologiya - o‘zi nima? degan savolga bir nechta psixologik ta’riflarni ko‘rish mumkin. Avvaliga psixik jarayonlarni o‘rgangan V.Vuntning fikricha, psixologiyaning asosiy vazifasi introspeksiya bo‘lib, u shaxsiy psixolog ya’ni emotsional holat va hissiy jarayonlarni o‘zi tahlil qilishidir. 1920 yillardan 1960 yilga qadar amerikalik psixolog J.B.Uotson introspeksiyani rad etib, psixologiyani xatti-harakati kuzatuvchi fan deb atadi. Psixologlar 1960 yillarda bu fanni xulq va ruhiy jarayonlar haqidagi fan deb atashgan. Ruhiy jarayonlar ichki subektiv jarayon bo‘lib, buni hulqiga qarab aniqlaymiz – his qilish, anglash, tush ko‘rish. O‘y-xayol hislardir. Psixologiya fan sifatida kuzatuv asosida fikrlarni tahlil qilish va g‘oyalarga baho berishga intiladi - degan ilmiy fikrlar ham bo‘lgan. Turli mazmundagi taassurotlar tufayli paydo bo’ladigan hissiy holatlar hayotimizning turli-tuman ko’rinishlaridirki, bularning hammasini psixologiya fani o’rganadi. Psixologiyaning o‘z chegaralari bor. U sizga aniq va yakuniy javob bermaydi. Masalan, Lev Tolstoyning quyidagi “Nima uchun yashayapman? Nimadir qilishim shartmi? Hayotda kutib turgan o‘limga bo‘ysunmaslikdan maqsad bormi”,-degan savollarga har bir shaxs o‘zicha javb beradi. Biroq psixologiya sizga odamning hissiyoti, o‘yi, xatti-harakatini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.4 Psixologiya tarixida psixikaning paydo bo’lishi haqida yana bir qancha turlituman fikrlar bor. Uzoq asrlar davomida psixika va uning paydo bo’lishi, taraqqiyoti masalalariga har xil nuqtai nazardan yondashib kelindi. Psixologiyani to’g’risidagi fan sifatida shakllanishida quyidagi 4 asosiy bosqichni ajratish mumkin: Psixikaning taraqqiyoti, uning harakati - o’zgarishidir. Qadimgi faylasuflar ruhiy hodisalarning rivojlanishini turlicha talqin etib keldilar, uni ilohiy kuchga bog’lab tushuntirishga harakat qiladilar. Masalan, grek filosofi Fales (eradan avvalgi 624-547 yillar) odamning ruhiy hayotini bug’ shaklida tasavvur qilgan va uning asosida suv yotadi degan. Anaksimen esa (eradan avvalgi 588-525 yillar) ruhiy hayotning manbai havodir deb ta’lim bergan. Geraklit (eradan avvalgi 544-488 yillar) ruhiy hayotning manbaini olov deb targ’ib qilgan. Qadimgi falsafaning mashhur namoyandalari Suqrot (eradan avvalgi 469-399) va Platon (eradan avvalgi 427-347 yillar) ham inson psixikasi, ruhiy hayoti haqida butunlay boshqacha nazariyani olg’a surganlar. Ularning fikricha, tana va jon boshqa-boshqa qismlardir. Go`yoki jon inson tanasiga “ideal” dunyodan kiradi-yu, ma’lum vaqtdan so’ng yana o’sha dunyoga qaytib ketadi. Mashhur faylasuf Demokrit esa (eramizdan avvalgi 460-370 yillar) inson organizmi atomlardan tashkil topgan, uning ruhi mayda atomlardan iborat degan fikrni olga suradi. Psixologiya tarixida psixika va uning taraqqiyoti haqida turli-tuman fikrlar yuqoridagilardan tashqari ham juda ko’p. Psixik hodisalarni materialistik nuqtai nazardan talqin etishda mashhur grek faylasufi Aristotelning (eramizdan avvalgi 384-322 yillar) xizmati kattadir. Aristotel qadimgi faylasuflardan birinchi bo’lib psixologiyani alohida fan sifatida qaradi, psixik hodisalarga materialistik nuqtai nazardan yondashdi. Uning “Etika”, “Ritorika”, “Metafizika”, “Hayvonlar tarixi” kabi asarlarida turli psixik hodisalarga oid fikrlar juda ko’p. Psixologiya bo’yicha birinchi ilmiy asar Aristotelning «Ruh to’g’risida» traktati hisoblanadi. Aristotel o’zigacha bo’lgan faylasuflarning, jumladan, o’z ustozi Platonning psixologik qarashlarini tahlil qildi. Aristotelning psixologik ta’limotida ruh va tananing o’zaro munosabati muammosi muhim o’rin tutadi. Geraklit, Demokrit, Aflotun, Aristotellarning ta’limotlari keyingi asrlarda psixologik g’oyalarni rivojlanishida tayanch nuqta, asos bo’ldi. Asta-sekin ruh haqidagi tushuncha hozir biz psixika deb atayotgan darajaga nisbatan qo’llanila boshladi. Psixika kategoriyasi zamirida ong haqidagi tushuncha maydonga keldi. Kishi faqat idrok va tafakkurga ega bo’lib qolmasdan, ularni unga mansubligini e’tirof etishga ixtiyoriy harakatlar qilibgina qolmasdan, balki bu harakatlarni uni o’zi qilayotganini bilishga ham qodirdir. XVII asr biologik va psixologik bilimlar taraqqiyotida yangi davrni ochib berdi. Fransuz olimi Dekart (1596-1650) xulq-atvorning reflektor tabiati haqidagi ta’limotini yaratdi. Ingliz olimi Gobes (1588-1679), Fransuz olimi Spinoza (1632- 1677) olamning bir butunligini, tana va jon to’g’risidagi ta’limotni yaratdilar. Ingliz olimi Jon Lokk (1632-1704) empirik (tajriba) asosidagi ta’limotni empirik psixologiyani yaratdi, shundan keyin rus olimlari I.M.Sechenov, I.P.P avlov, I.E.Vvedenskiy, A.A.Uxtomskiy inikos nazariyalarini yaratdilar. Refleks haqidagi tushuncha organizmning tashqi ta’sirga qonuniy javob reaksiyasi sifatida paydo bo’ldi. I.M.Sechenov (1829-1905) «Bosh miya reflekslari» (1963) asarida «ongli va ongsiz hayotning barcha harakatlari ro’y berish usuliga ko’ra reflekslardan iboratdir», degan xulosaga kelgan edi. I.M.Sechenov psixikaning reflektorligi va faoliyatning psixik jihatdan boshqarilishi g’oyasini ilgari surdi. Bu muhim nazariy qoidalari I.P.Pavlov (1849-1939) tomonidan tajriba yo’li bilan tasdiqlandi va 8 aniqlashtirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |