Inson huquqlari sohasida Islom maktabining asoslari.
Dastlab din va qonunchilik masalalari bo‘yicha mutaxassis bo‘lmaganlarga notanish bo‘lgan muhim bir haqiqatni ko‘rsatib o‘tish zarur. Boz ustiga, bu masalaga hatto ayrim mutaxassislar, ayniqsa, g‘arb fikri ta’siri ostida bo‘lgan mutaxassislar ham e’tibor qaratmaydi. Gap shundaki, g‘arb mafkurasida din, yangi paytdan boshlab, asta-sekinlik bilan jamiyat va shaxslar hayotidan chiqib ketmoqda, uning yagona sohasi faqat odamni uning Xudosi bilan aloqasi ekanligiga ishonch o‘smoqda va uning jamiyatni tuzatish sohasidagi ta’siri ikkinchi o‘ringa tushib qolmoqda.
O‘rta asrlar Evropasida yuzaga kelgan tarixiy va siyosiy sharoitlar tufayli 1789 yil Fransuz inqilobi g‘alabasidan so‘ng cherkovni davlatdan ajratish tamoyili ustunlik qilgan. XX asr boshida, bu safar marksizm tomonidan jamiyatni dindan ajratish borasida jiddiy harakatlar amalga oshirildi, lekin pirovardida mafkura va amaliyotda muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
G‘arb mafkurasining dinga munosabati dinni ta’riflashda yaqqol namoyon bo‘ladi. G‘arbda dinni odamlar hayotidan chiqarib tashlash yoki uni g‘oyaviy jihatdan odamlar uchun chalkash va tushunarsiz qilib qo‘yishga intiladigan har qanday fikrlar uchun yaroqli bo‘lgan o‘nlab ta’riflar foydalaniladi. Bunday holat Islomda tushunarli va detallashtirishni talab qilmaydigan sabablarga ko‘ra mutlaq rad qilinadi.
Saudiya Arabistoni ulamolari Evropaning ayrim yirik huquqshunoslari bilan uchrashuvi vaqtida inson huquqlari masalasida din tushunchasi borasida fikrlar qarama-qarshiligi vujudga keldi. Gap shundaki, yigirma yildan ortiq vaqt davomida Evropalik yirik qonunshunoslar va mafkurachilar Saudiya Arabistonining Parijdagi elchixonasi orqali Islomda inson huquqlari konsepsiyasini chuqur ko‘rib chiqish maqsadida Qirollik ulamolari bilan uchrashish istagini bildirib kelgan.
Hijriy 1392 yil safar oyida (1972 yil mart) Qirollik Adliya vazirligi uchta simpozium tashkil qilib, ularda Saudiya Arabistoni manfaatlarni Adliya vaziri, shuningdek, bir nechta ulamo va Qirollik universitetlari o‘qituvchilari ifodalagan. Evropa tomonidan to‘rt nafar yirik huquq professori ishtirok etgan:
1. Irlandiya sobiq tashqi ishlar vaziri, Evropa qonunchilik komissiyasi Bosh kot ibi.
2. Islom tadqiqotlari bilan shug‘ullanadigan sharqshunos va professorlardan biri.
3. Umumiy huquq sohasidagi professorlardan biri va Fransiyada chiqadigan, inson huquqlari sohasiga ixtisoslashgan xalqaro jurnal noshiri.
4. Parij apellyasiya sudining bosh advokatlaridan biri.
Forum hujjatlarida aytilishicha, Evropa tomoni ular fikriga ko‘ra nozik sanalgan bir nechta savol bergan. Biroq saudiyaliklar ularni olqishlagan va javob berishga tayyorligini aytgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |