Islomda inson huquqlari himoyasi, ijtimoiy tenglik, adolat va tolerantlik g’oyalari. Islomda ekologik tarbiya va vatanparvarlik talqini.
Islom dinida nikoh va oilaviy munosabatlar, er-xotinning huquq va majburiyatlari, farzand tarbiyasi va ota-onaga munosabat mas’uliyati.
Islomda axloqiy qadriyatlar ustuvorligi va ilm-ma’rifat, ta’lim va tarbiyaning qadrlanishi.
Islomda inson huquqlari himoyasi, ijtimoiy tenglik, adolat va tolerantlik g’oyalari. Islomda ekologik tarbiya va vatanparvarlik talqini.
Hozirgi davrda inson huquqlari masalasi turli xalqlar, davlatlar va xalqaro tashkilotlar miqyosida muhim ahamiyat kasb etadi. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi g‘arb tamadduni, yangi davr islohotchilari va mutafakkirlar sa’y-harakatlarining yuksak cho‘qqisi hisoblanadi. Ushbu deklaratsiya Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan so‘ng, insoniyatning shafqatsiz urush azob-uqubatlarini boshidan kechirgan xalqaro jamiyatda inson huquqlarini tushunish borasida hamjihatlikka intilishining ifodasi sifatida qabul qilindi.
Deklaratsiyada ko‘rsatilishicha, Inson huquqlarini mensimaslik va oyoq-osti qilish odamzod vijdonini o‘rtayotgan vahshiylarcha qilmishlarga olib kelgan.
Mana shu sababdan Deklaratsiya preambulasida har bir inson va jamiyatning har bir tashkiloti hamisha ana shu deklaratsiyani nazarda tutib ma’rifat va ilm yo‘li bilan ushbu huquqlar va erkinliklarning hurmat qilinishiga yordam berishga intilishlari hamda milliy va xalqaro taraqqiyparvar tadbirlar yo‘li bilan ham, ushbu huquqlar va erkinliklarning Tashkilotga a’zo bo‘lgan davlatlar xalqlari o‘rtasida va mazkur davlatlarning yurisdiksiyasidagi hududlarda yashayotgan xalqlar o‘rtasida yalpisiga va samarali tan olishga chaqirilgan. YUqorida aytib o‘tilganidek, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi ko‘plab G‘arb faylasuflari va mutafakkirlarining sa’y-harakatlari yuksak cho‘qqisini ifodalaydi. Bu harakatlar tarixi XIII asrlarga borib taqaladi, shunda 1215 yil Angliyada Magna Karta – Erkinliklar buyuk xartiyasi qabul qilingan bo‘lib, unga muvofiq ingliz xalqi o‘sha paytlardagi mamlakat hukmdorlari tomonidan moliyaviy sitamlardan o‘zini olib qochish huquqini qo‘lgan kiritgan.
AQSHning 1776 yil mustaqillik e’lon qilish haqidagi hujjatida hayot, erkinlik va tenglik huquqlari tasdiqlangan inson huquqlariga doir qoidalar mavjud bo‘lgan.
1789 yil 26 avgustda Fransuz inqilobi inson huquqlarini e’lon qilgan va bu huquqlar deklaratsiyasi sifatida ko‘rib chiqiladigan hujjat qabul qildi.
Evropalik donishmandlar va faylasuflarning asrlar davomdagi sa’y-harakatlari o‘laroq qabul qilingan muhim va hal qiluvchi qadam sanalgan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinishidan oldingi xartiyalar mana shuday bo‘lgan. Bu harakatlarning maqsadi xalqlarni ular Evropada jaholatparastlik asrlari davomida va Evropada Uyg‘onish davrining boshlarida diniy va dunyoviy hukmron doiralardan ko‘rib kelgan azob-uqubatlar va jabr-sitamdan himoya qilish bo‘lgan.
Bunday azob-uqubatlar sababi feodallar va ruhoniylarning zo‘ravonligi, shuningdek, cherkovning inson ongi va ruhini ozod qilish maqsadini ko‘zlagan g‘oyaviy oqimlarga qarshi kurash olib borishga intilishi hisoblangan. Islomda esa – uning aqidalari, madaniyati va shariatda bularning birontasi o‘ringa ega bo‘lmagan.
Bu erda shuni ta’kidlash joizki, Evropa qit’asida vujudga kelgan inson huquqlari g‘oyasining o‘zi Evropa hukmdorlari va ruhoniylarining istibdodidan ozod qilish uchun foydalanilgan, lekin nafaqat zamonaviy davrda Evropa mustamlakachiligi jabr-zulmi ostida qolgan, balki inson huquqlari tamoyillariga umuman zid keladigan zo‘ravonlik va sitamlarni boshidan kechirgan butun boshli xalqlarni aslo himoya qilmagan.
Ayrimlar BMT Ustavi bilan bog‘laydigan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi asosiy e’tiborni xalqaro darajada inson huquqlarini tushunishga qaratadi.
Bu muammo milliy suverenitet nuqtai nazaridan qabul qilinmagan, aksincha, bu huquqlarning tan olinishi va amalga oshirilishi xalqaro xarakterga ega bo‘lib, bunda davlatning alohida shaxs bilan munosabatlari xalqaro huquq doirasidan chiqmaydi va ichki qonunchilik sub’ekti bo‘lmay qo‘yadi. Boz ustiga, aytib o‘tligan muammo imtiyozli xalqaro xarakterga ega bo‘ldi, bu esa inson huquqlari masalasining zamon va makon doirasidan chetga chiqishiga xizmat qildi. Bu ayniqsa, inson qadr-qimmatini pastga uradigan fashistlar, marksistlar va boshqa totalitar rejimlar, shuningdek, zamonaviy davrda ularning hukmronligi ostida bo‘lgan xalqlarga nisbatan adolatsiz va g‘ayriinsoniy munosabatda bo‘lgan imperialistik davlatlar tomonidan qo‘llangan. Inson huquqlari masalasining xalqaro xarakterini hisobga olgan holda bu masalaga ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak.
Inson huquqlari mavzusi murakkab va chalkash mavzuga aylandi, mafkurani esa bu erda manfaatdor tomonlar pozitsiyalaridan ajratib bo‘lmaydi. Bu mavzu ayni damda butun dunyoni xavotirga solmoqda va, ehtimol, keyingi o‘n yilliklarda ham shunday bo‘lib qolaveradi. Hozirgi paytda inson huquqlari masalasi buyuk davlatlar tashqi siyosati qurollaridan biriga aylangan va bu ayniqsa, kuchli davlatlarning fikriga ko‘ra, inson huquqlari buzilayotgan yoki inson huquqlari buzilishida ayblanayotgan mamlakatlarga xalqaro yordam berish rad etilib, rivojlanayotgan mamlakatlarga xalqaro yordam taqdim etishda mezon sifatida foydalanishda namoyon bo‘lmoqda.
BMTda hattoki inson huquqlariga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish uchun inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar lavozimi ta’sis etish g‘oyasi ham paydo bo‘ldi. Sir emaski, uning mavjudligi haqida o‘p yillar oldin aytilgan yangicha dunyo tartibidagi murakkab sharoitlarda bu funksiyalarni bajarishda muammolar vujudga kelmoqda. SHu bilan birga, uning asosiy yo‘nalishlari, qadriyatlari va mezonlari haligacha shakllanmagan, bu esa inson huquqlarini himoya qilish bahonasi ostida davlatlarning ichki ishlariga asossiz ravishda aralashish uchun imkon qoldiradi. Boshqa tomonidan, turli mamlakatlarda faoliyat ko‘rsatadigan nodavlat va nohukumat tashkilotlari o‘z maqsadlari va faoliyat xarakteri bo‘yicha ushbu masalaga bevosita munosabatda bo‘lmoqda. Nohukumat tashkilotlari hijriy 1414 yil zulhijja oyining 24 sanasidan muharram oyining 5 sanasigacha, ya’ni 1993 yiln 14-25 iyun kunlari Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri amir Said Feysal boshchiligidagi SAQ delegatsiyasi ishtirok etgan Inson huquqlari bo‘yicha Vena konferensiyaida muhim rol o‘ynadi. Konferensiyada nohukumat tashkilotlari ishi davlatlar va hukumatlar faoliyatidan aslo farq qilmadi, bu esa asosiy inson huquqlariga rioya qilinishi ustidan g‘amxo‘rlik bahonasi ostida davlatlar va nodavlat tashkilotlari tomonidan asosiy inson huquqlarining buzilishida ayblangan mamlakatlar ishiga xalqaro aralashuvi qonuniyligi haqidagi fikrlar to‘g‘riligiga yana bir bor ishontiradi. Nohukumat tashkilotlari orasida o‘z faoliyatini to‘laligicha aynan shu muammoga bag‘ishlagan tashkilotlar ham bor. Ular xalqlarning ijtimoiy, madaniy, diniy va boshqa xususiyatlarini hisobga olmasdan, yagona namuna sifatida g‘arb modeli tanlab olingan, bo‘htonlardan xoli bo‘lmagan ma’ruzalarni ifodalaydi.