1-MAVZU: DIN MADANIYAT FENOMENI
Reja:
Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya teosofiya va xudojo’ylik tushunchalarining mohiyati. Dinshunoslik kategoriyalari.
Dunyo mamlakatlari va O’bekistonda vijdon erkinligi va diniy e’tiqod haqidagi qonun qabul qilinishining ijtimoiy madaniy ahamiyati.
Xalqaro diniy tashkilotlar va diniy uyushmalar faoliyatining tasnifi. O’bekistondagi yangi diniy tashkilotlar. Diniy tolerantlik va plyuralizm.
Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya teosofiya va xudojo’ylik tushunchalarining mohiyati. Dinshunoslik kategoriyalari.
Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng barcha o‘quv maskanlarida "Dinshunoslik" fani fan sifatida o‘qitila boshladi. Dinshunoslik – din, uning kelib chiqishi, tarixiy shakllari, evolyutsiyasi, muqaddas yozuvlari, kishilar va jamiyat hayotida tutgan o‘rni, diniy va dunyoviy dunyoqarashlarning o‘zaro munosabatlari kabi masalalarni o‘rganuvchi ilmiy – falsafiy o‘quv predmeti sanaladi. Dinshunoslik XIX asr o‘rtalarida G‘arbiy Yevropada alohida fan tarmog‘i sifatida vujudga kelgan. Uning asoschilari – Myuller, Taylor, Tile, Freyzer, Sosseder. Dinshunoslikning eng yirik sohalaridan biri islomshunoslik, hurfikrlilikdir. Dinshunoslik XIX sar 30-yillarida O‘zbekistonga tarqaldi. Bu yerda oldin islomshunoslik bor edi, xolos. Dunyo xaritasida mavjud mamlakat borki, unda yashovchi xalqlarning o‘z dini, urf-odatlari va an'analari mavjud. Ana shu qadriyatlar xalqlarning yurish-turishi, kundalik faoliyati va umuman hayot tarzini belgilashda asosiy omil bo‘lib hisoblanadi. Dunyo xalqlari tarixini o‘rganishda ularning diniy qarashlari, e'tiqod va diniy amaliyotlarini e'tibordan chetda qoldirish mumkin emas. “Dinshunoslik” fani ana shu muhim omilni tadqiq etib, tarix bilan bog‘liq ravishda tahliliy o‘rganadi. Mustaqillik davrida milliy va diniy qadriyatlarning xalqqa qaytarilishi bilan birga jahonda mavjud xalqlarning dinlari haqida keng ma'lumot olish, ularning qadriyatlarini o‘rganish imkoniyati yuzaga keldi. Natijada “Dinshunoslik” fani izchillikda rivojlana boshladi. Bunda alloma ajdodlarimiz qoldirgan boy ilmiy-ma'naviy merosni o‘rganish bilan birga shu kunga qadar chet ellarda amalga oshirilgan izlanish va tadqiqotlarning natijalaridan unumli foydalanish zarurati paydo bo‘di. “Dinshunoslik” fani dinni tanqid qilish yoki ko‘r-ko‘rona maqtash maqsadida emas, balki dinni tarixiylik, xolislik asosida turli xalqlar hayotida tutgan o‘rnini ilmiy jihatdan, ma'naviy hayotning bir bo‘lagi sifatida yondoshib o‘rganadi. “Dinshunoslik” fanini o‘qitishdan maqsad – talabalarga diniy va milliy qadriyatlarning tarixan mushtarakligi, ularning umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unligini tushuntirish, ularda diniy bag‘rikenglik madaniyatini, dinga nisbatan to‘g‘ri yondashuvni shakllantirish va jamiyat uchun yuksak ma’naviyatli kadrlarni tayyorlashdan iborat. Bundan tashqari talabalarga buddaviylik, xristianlik, islom kabi jahon dinlari bilan bir qatorda urug‘-qabila dinlari va alohida millatlarga xos milliy dinlar tarixini zamonaviy ilmiy konsepsiyalar asosida chuqurroq o‘rgatish. Shuningdek, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda dinga nisbatan munosabatning tubdan o‘zgarganligi, diniy qadriyatlarni tiklash, diniy bag‘rikenglik madaniyatini shakllantirish yo‘lida qilinayotgan diqqatga sazovor ishlar haqida zaruriy ma'lumotlarni berish ko‘zda tutilgan. «Dinshunoslik» fani dinni tanqid qilish yoki ko‘r-ko‘rona maqtash maqsadida emas, balki dinni tarixiylik, xolislik asosida turli xalqlar hayotida tutgan o‘rnini ilmiy jihatdan, ma’naviy hayotning bir bo‘lagi sifatida yondoshib o‘rganadi.
Din. Din so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib, ishonch, inonmoq ma’nosini bildiradi. Istilohiy ma’nosi lotin tilidagi “religion” so‘zi bilan mos keladi. Soha olimlarining fikricha, din real voqelikdagi, ijtimoiy hayotdagi narsa va xodisalami tabiatdan, jamiyatdan tashqarida mavjud deb hisoblaydigan, ularni o‘ziga hos tarzda aks ettiradigan ma’naviy e’tiqod va amalning bir turidir. E ’tiqod so‘zi arab tilidan kirib kelgan bo‘lib, chuqur, mustahkam ishonch ma’nosini anglatadi. Dinshunoslik darsligida dinga bunday ta’rif berilgan: “Din insonni qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida bo‘lgan, uni va qoinotdagi barcha narsalami yaratgan, ayni zamonda insonlarga to‘g‘ri, haqiqiy, odil hayot yo‘lini ko‘rsatadigan va o‘rgatadigan, ilohiy borliqka ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash, ta’limotdir”. Demak din, diniy e’tiqod deganda mustahkam, chuqur ishonch, maslak, ishonish tushuniladi. Ilohiyot, ya’ni diniy ta’limot nuqtai nazaridan “din”, “diniy e’tiqod” tushunchalari jamiyat, inson, uning ongi hayotning ma’nosi, maqsadi va taqdiri uni bevosita qurshab olgan moddiy olamdan tashqarida bo‘lgan, uni yaratgan, ayni zamonda insonlarga birdan bir “to‘g‘ri”, “haqiqiy”, “odil” hayot yo‘llarini ko'rsatadigan va o‘rgatadigan ilohiy kuchga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarashlar, ta’limotlar majmuidan iboratdir. Ma’lumki din ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, uning mavjudligi ham ijtimoiy borliq bilan belgilanadi. Ijtimoiy hayot jamiyat tabiat orasidagi birlikning muayyan ko‘rinishi bo‘lgan hukmron ishlab chiqarish usulining taraqqiyot darajasiga asoslanadi. Demak, ijtimoiy borliq, bir tomondan, jamiyat bilan tabiat orasidagi birlikni, ikkinchi tomondan, jamiyat a’zolari orasidagi o‘zaro munosabatni qamrab oladi. Diniy ong ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida ana shu munosabatning muayyan shakllarining in’ikosidir. Ijtimoiy borliq ko‘p shakllarga ega bo‘lgan murakkab ijtimoiy hodisadir. SHunday ekan, uning in’ikosi hisoblangan ijtimoiy ong ham turli shakllarga, jumladan diniy ongga bo‘linadi. “Din” atamasining kelib chiqishning tarixiga e’tibor qaratsak, u qadimiy somit va yahudiy tillaridan kelib chiqib, shu ko‘rinishda arab tiliga o'tgan. Hozirgi paytda “din” atamasi orqali muayyan dunyoqarash, his-tuyg‘u, tasawur va urf-odatlar asosida odamlar, ulaming uyushmalari va marosimlar, xalqlar va millatlaming yaqinlashuvi, ma’naviy, jumladan axloqiy qarashlardagi hamfikrlilik anglashiladi nuqtai nazaridan din “Alloh yo‘li” dir. Diniy iymon va e’tiqod esa shu yo‘lning to‘g‘riligi, haqligiga ishonchdan iborat bo‘lgan ruhiy holatdir. Dindor o‘z tasawurida o'zining toat-ibodatga oid harakatlari orqali ilohiy kuch bilan bevosita aloqa bog‘lanish o‘matadi. Din muayyan ta’limotlar, his-tuyg‘ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlaming faoliyatlari orqali namoyon bo‘lganligi uchun ular dinning elementlari (qismlari) deb ataladi. Bu tarkibiy qismlar birbirlari bilan uzviy bog‘liqdir; dinning mavjudligi bu tarkibiy qismlaming. hammasini taqozo qiladi. Dinning tarkibiy qismlari orasida diniy ong, dinniy tasawurlar etakchi o'rin egallaydi. Binobarin, diniy marosimlar, diniy birlashmalar, esa diniy tasawurlami mustahkamlaydi va uzoq davrlarda yashashi uchun hizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |