1-mavzu: din madaniyat fenomeni reja


Inson huquqlari sohasida Islom qonunchiligini boshqalardan ajratib turadigan xususiyatlar



Download 10,36 Mb.
bet39/66
Sana05.03.2022
Hajmi10,36 Mb.
#483559
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   66
Bog'liq
Dinshunoslik 2022 (2)

Inson huquqlari sohasida Islom qonunchiligini boshqalardan ajratib turadigan xususiyatlar
Birinchidan, Islomda insonning har qanday huquqi Payg‘ambarimiz sollollohu alayhi vasallam sunnatida va Qur’onda qayd qilingan shariat me’yorlarida karor topgan narsalarning natijasi hisoblanadi, inson huquqlari bilan huquqiy va ijtimoiy-siyosiy sohalarda tadqiqotlarni uzoq muddatli rivojlantirish va jadallashtirishdan keyin hozirgi bosqichida tanishgan evropacha fikrlashda natijasi emas. Qur’oni karimda odamlarga izzat qilingani haqida oyat bor. Alloh Taolo aytdiki: “Batahqiq, Biz Bani Odamni azizu mukarram qilib qo‘ydik” (Isro surasi, 70). Ko‘p asrlar o‘tgach, xuddi shu ibora preambulasi «insonlar jamiyati barcha a’zolarining qadr-qimmati» so‘zlaridan boshlanadigan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga ham kiritildi.
Ikkinchidan, o‘z-o‘zidan irqi va tanasining rangiga qarab har qanday tafovutlarni inkor qiladigan Odam Ato avlodlaridan bo‘lgan inson huquqlari shariatda Islom qonunchilik tizimining bir qismi sifatida namoyon bo‘ladi hamda uning diniy ta’limoti va axloqiy tamoyillari bilan chambarchas bog‘liq. Inson huquqlari nafaqat u yoki bu huquq va unig kafolatlarini, balki uni buzgalik uchun ko‘zda tutilgan jazoni ham ko‘zda tutadigan Qur’on va Sunnat qoidalari bilan kafolatlanadi.
SHundan keyin, hayot huquqi kafolatlanadi: “Alloh harom qilgan jonni o‘ldirmang. Magar haq ila bo‘lsa, mayli...” (An’om surasi, 151). Bu huquqni buzganlik uchun jazo quyidagi tarzda belgilanadi: “Ey iymon keltirganlar! Sizga o‘ldirilganlar uchun qasos farz qilindi...” (Baqara surasi, 178). Jazo fiqh bo‘yicha kitoblarda batafsil bayon qilingan va jamiyatning ham, alohida shaxsning ham huquqlarini kafolatlaydigan shariatda aniq belgilab qo‘yilgan shartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Xuddi shu tarzda jamiyatda o‘zaro yordam haqida Alloh taolo kalomida ham keltirilgan: “Ularning molu mulklarida mv’lum haq bordir. So‘rovchi va bechoralar uchundir” (Ma’orij surasi, 24-25). Islom arkonlaridan biri bo‘lgan zakot haqida ko‘rsatmalar Islom jamiyatida ijtimoiy o‘zaro yordam ko‘rsatishni amalga oshirish maqsadlari uchun mo‘ljallangan mablag‘larni ko‘rsatadi va belgilab beradi. Qur’oni karimda Alloh taolo jamiyat boyligi hisobiga ularni mablag‘lar bilan ta’minlash huquqiga ega bo‘lgan odamlar ko‘rsatilgan: “Albatta, sadaqalar faqirlarga, miskinlarga, sadaqa ishida ishlovchilarga, ko‘ngillarini ulfat qilinadiganlarga, qul ozod qilishga, qarzdorlarga, Allohning yo‘liga va yo‘l o‘g‘lilariga berilishi Alloh tomonidan farz qilingandir. Alloh bilguvchi va hikmatli zotdir” ( Tavba surasi, 60).
SHariatda odamlar o‘rtasidagi tenglik huquqi ham belgilab qo‘yilgan, chunki Qur’oni karim odamlarning bir-biridan ustunlik mezoni etib taqvodorlikni, ya’ni Allohdan qo‘rqish va buning natijasida ezgu ishlar qilish majburiyati yotadi. Alloh taolo aytadiki: “...Albatta, Allohning huzurida eng hurmatligingiz eng taqvodoringizdir...” (Hujurot surasi, 13). Alloh odamlarni irqiy mansubligi va tanasining rangi bo‘yicha bir-biridan afzal ko‘rishni taqiqlaydi. Ko‘zga ko‘ringan sahobalardan biri boshqasiga qarata «Hoy, qoratanli!» deb murojaat qilganida Pag‘ambarimiz Muhammad solollohu alayhi vasallam bu iborani johiliyat qoldiqlari, ya’ni faqat jamiyat qoloqligi va nodonligiga botib qolganlar uchun yaroqli bo‘lgan Islomdan oldingi mezonlar va qadriyatlar sifatida tavsiflagan. SHunda sahoba yuzini erga bosib, xafa qilgan kishidan kechirim so‘ragan.
Uchinchidan, Qur’on nozil bo‘lgan paytdan boshlab inson qadr-qimmati umumiy shior emas, Islom diniy ta’limoti va axloqining tarkibiy qismi hisoblangan qonunchilik tizimi bo‘lgan. Ushbu tizimning muhim ajratib turadigan jihati shundaki, u jamiyat barpo etishda umumiy nazariyaga tayanadi.
Inson qadr-qimmati Islomda Alloh yaratgan eng munosib mavjudot sifatida ko‘rib chiqilishi eng muhimi hisoblangan dalillar yig‘indisiga tayanadigan inson huquqlari orasida avvalboshdan eng muhimi hisoblanadi. U Alloh tomonidan yaratilish baxtiga muyassar bo‘lgan. Alloh Taolo aytadiki: “Bas, qachonki uni to‘g‘rilab bo‘lganimda va ichiga O‘z ruhimdan puflaganimda, unga sajda qilgan holingizda yiqiling” (Xijr surasi, 29). Alloh taolo Odam atoni barcha ismlarga o‘rgatgan: “Va U zot odamga ismlarning barchasini o‘rgatdi, so‘ngra ularni farishtalarga ro‘baro‘ qildi. Keyin: "Agar rostgo‘ylardan bo‘lsangiz, anavilarning ismlarini Menga aytib bering", dedi.” (Baqara surasi, 31). Qur’oni karim oyatlari shundan dalolat beradiki, inson tashqi ko‘rinishi va shakli bo‘yicha eng mukammal va yaxshi suratdashi mavjudot sanaladi: “Batahqiq, Biz insonni eng yaxshi suratda yaratdik.” (Tiyn surasi, 4). Jussasi zaif bo‘lgan bu odam bu dunyoning o‘zagi qilib belgilangan: “Va inson zaif yaratilgandir.” (Niso surasi, 28). Inson irodasi va ongi bor mavjudot bo‘lib, Alloh erdagi va osmondagi hamma narsani bo‘ysundirib qo‘ygan: “Va sizga osmonlardagi narsalarni va erdagi narsalarni—hammasini O‘z tomonidan bo‘ysundirib qo‘ydi.” (Josiya surasi, 13) Qur’oni karimning ko‘plab oyatlari shuni ko‘rsatadiki, quruqlik, dengizlar, o‘simliklar va hayvonlar, Koinot uning harakati va tartibi bilan, kunduzi va kechasi insonga bo‘yunadi; quyoshning, oyning, yulduzlar va sayyoralarning o‘z orbitasi bo‘ylab harakati – bularning barchasi Allohning insonga marhamati va Uning qudrati alomati hisoblanadi.
SHunday qilib, Alloh odamlarga izzat ko‘rsatishi oddiy bir shior emas, avvalboshdan Islomga xos bo‘lgan hisoblanadi va buning isbotini Qur’oni karimning o‘nlab oyatlaridan topish mumkin bo‘ladi. Inson tug‘ilgan paytdan to uning o‘limigacha qadr-qimmatga ega bo‘ladi. Inson tug‘ilgan paytdan boshlab ota-onasi uchun Allohning marhamatiga aylanadi va shu sababli u yashashga, insonlar jamiyatida barcha huquqlardan foydalanishga munosib hisoblanadi. Inson o‘lgandan keyin ham unga hurmat bajo keltiriladi: u yuviladi, janozasi o‘qiladi, odamlar Allohdan marhumga rahm-shafqat qilish va uning gunohlarini kechirishni so‘raydi. Islom inson tanasiga tegishni taqiqlaydi, hattoki u o‘lgan va hech narsani his qilmay qo‘ygan holda ham uning tanasiga ziyon etkazishni taqiqlaydi. Inson tug‘ilgan paytdan boshlab butun hayoti davomida va o‘lganidan keyin ham Alloh unga taqdim etgan qadr-qimmat hurmatiga Pag‘ambarimiz sollollohu alayhi vasallam o‘lgan odamning suyaklarini maydalashni taqiqlagan.
Islom – inson qadr-qimmatini ilgari odamlar qabul qilgan hujjatlardan avval tasdiqlagan yagona diniy ta’limot hisoblanadi, axir har qanday xartiyalar paydo bo‘lishidan 14 asr muqaddam musulmonlar inson qadr-qimmatini hurmat qilish huquqidan foydalanardi.
Alloh irqi, tanasining rangi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, odamlarning hammasiga izzat ko‘rsatilishini talab qilgan. SHariat shuningdek, musulmon mamlakatlarda yashaydigan g‘ayridinlar huquqlarini ham tartibga soladi va ularning yashash huquqini, to ular Islom jaiyatidan tashqarida itnch hayot kechirar ekan yoki musulmonlar jamiyatida shartnoma asosida yashar ekan, ularning ruhi, tanasi, or-nomusi va mulki daxlsizligini kafolatlaydi. Bularning barchasi Qur’oni karim oyatlarida, sunnat va fiqh bo‘yicha kitoblarda keltirilgan izohlarda bayon qilinadi.

Download 10,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish