1-mavzu: din madaniyat fenomeni reja


Prozelitizm tushunchasi nimani anglatadi, uning mohiyati nimada?



Download 10,36 Mb.
bet45/66
Sana05.03.2022
Hajmi10,36 Mb.
#483559
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   66
Bog'liq
Dinshunoslik 2022 (2)

Prozelitizm tushunchasi nimani anglatadi, uning mohiyati nimada?
«Prozelitizm» tushunchasi ham missionerlik bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, prozelit – yunoncha («kelgindi»)6 yangi mazhabni qabul qilgan kishi, prozelitizm – bir e’tiqoddagi kishini boshqa e’tiqodga o‘tkazishga urinish ma’nosini bildirib7, «- bu biror bir dinga ishongan fuqaroni o‘z dinidan voz kechishga va o‘zga dinni qabul qilishga to‘g‘ridan to‘g‘ri majbur qilishdir»8
Prozelitizmning asosiy maqsadi dunyoga xristianlikni (masihiylikni) missionerlik yo‘li (lotincha missio-topshiriq) bilan yoyish, kishilarni unga o‘tkazish bo‘lib, bunda mazkur din butun insoniyat uchun birdan-bir eng zamonaviy informatsion texnologik vosita, usullar ishga solinadi. Bunda kishilar ruhiyati, ongiga psixologik, neyrolingvistik ta’sir ko‘rsatishga alohida e’tibor beriladi9. U o‘z mohiyatiga ko‘ra missionerlikning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Prozelitizm keltirib chiqarayotgan salbiy oqibatlarni ayrim hayotiy misollarda ham ko‘rish mumkin. Xususan, bizga qo‘shni bo‘lgan ayrim davlatlarda xristian dinini qabul qilgan kishilar vafot etganda jasadni qabristonga qo‘yish bilan bog‘liq muammolar kelib chiqmoqda. Mayitning musulmon ota-onalari o‘z farzandlarini xristian mozoriga dafn etishni xohlamaganlari, musulmonlar esa xristian dini vakili jasadini o‘z musulmon birodarlari yotgan joyga qo‘yishni istamaganliklari natijasida kelishmovchiliklar yuzaga kelmoqda.
SHuningdek, xristian dinini qabul qilgan kishi o‘z o‘g‘lini xatna qildirishni xohlamagani, uning otasi esa, o‘z nabirasini musulmon urf-odatlariga ko‘ra xatna qildirishni istagani tufayli ota-bola o‘rtasida janjallar kelib chiqqani ham ma’lum.
Xristian yoki boshqa dinni qabul qilgan qizning turmushga chiqishi ham muammoga aylanmoqda. Oilada qizning ota-onasi musulmon. Albatta, ular o‘z qizlarini musulmon kishiga turmushga chiqishini istaydilar. Ammo xristian dinidagi qizga musulmon kishining uylanishi amri mahol.
YUqoridagi kabi misollarni yana davom ettirish mumkin. Ammo shularning o‘zi ham missionerlik va prozelitizm harakatlari boshqa dinni qabul qilgan tub millat vakillari oilalarida nizolar va janjallarning avj olishiga hamda xristianlikning ayrim yo‘nalishlari vakillariga nisbatan dushmanlik hissiyotlarining paydo bo‘lishi orqali dinlararo nizolarni kelib chiqishiga zamin yaratishi mumkinligini yaqqol tasavvur qilish imkonini beradi.
Sotsial va milliy masalalarni o‘rganuvchi Rossiya mustaqil instituti tomonidan o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlarga ko‘ra Rossiyada islom va xristianlik o‘rtasida murosasilik prozelitizm negizida kuchayib bormoqda va bu hol 16-18 yoshga kirganlarda keksa avlod vakillariga nisbatan 1,5-4 marta yuqoridir10.
Prozelitizm hozirgi o‘tish davrida «Musulmon birodarlari», «Xisbut-tahrir», «Akromiylar» tashkilotlari bilan bir qatorda Markaziy Osiyo mamlakatlarida ijtimoiy-siyosiy vaziyatni keskinlashtirishning omili bo‘lib xizmat qilmoqda.
2005 yil may oyida Qizog‘izistonda sodir bo‘lgan «Baxmal inqilob»ning asosiy sabablaridan biri ham prozelitizm negizida yuzaga kelgan etnik guruhlar o‘rtasidagi nizolardir. SHuni ta’kidlash kerakki, tub aholisi musulmonlar bo‘lgan Qirg‘izistonda so‘nggi yillarda xristian konfssiyalari o‘z faoliyatini bevosita G‘arb homiyligida Islom mazhabidagilarni nasroniylikka o‘tkazishga qaratilmoqdalar.
SHu bois qisqa vaqt ichida mamlakat shimolidagi aholining aksariyat qismi tobora xristianlashib bormoqda. O‘z vaqtida bir qator mutaxassis, analitiklar agar Qirg‘izistondagi prozelitizm muammosi echimi bo‘yicha qat’iy chora-tadbirlar ko‘rilmasa, bu hol mamlakatda ijtimoiy-siyosiy baqarorlikni keltirib chiqarish haqida ogohlantirgan edilar11.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ham Rossiyaning «Nezavisimaya» gazetasining muxbiriga bergan intervyusida Qirg‘izistonda G‘arb ta’siri ostida to‘ntarish – «zarg‘aldoq inqilobi» ro‘y berishi mumkinligini bashorat qilgan edi»12 va buning qanchalik haqiqat ekanligini hayotning o‘zi ko‘rsatib berdi – shunday inqilob oradan ko‘p vaqt o‘tmasdan ro‘y berdi.
Prozelitizm muammosi O‘zbekistonda ham mavjud bo‘lib, u hozircha o‘zining echimini talab etuvchi engdolzarb masala sifatida namoyon bo‘lgan emas. Lekin uning xavfidan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Mazkur muammoning mamlakatimizda paydo bo‘lishi o‘tish davrida yuzaga kelgan mafkuraviy bo‘shliq va buning natijasida kirib kelib «Xisbut-tahrir», «Musulmon birodarlari» kabi diniy-ekstremistik tashkilotlarning faoliyati bilan bevosita bog‘liqdir. Zotan, ushbu diniy-ekstremistik tashkilotlar xristianlikka jihod (muqaddas urush) e’lon qilish orqali jahon miqyosida xalifalik-islomiy mafkura bilan ish ko‘ruvchi davlat tizimini o‘rnatishdek shovinistik g‘oyani ilgari suradilar.
Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston SHarq va G‘arb o‘rtasida markaziy o‘rin, strategik mavqeiga ega mintaqa hisoblanadi. 1904 yilda britaniyalik geograf Xolford Makkinder «geografik o‘q» deb nom olgan qarashni ilgari suradi. Unga ko‘ra, Rossiyaning katta qismini va Markaziy Osiyoni o‘z ichiga oluvchi Evroosiyo (Evraziya) planetadagi kuchlarning taqsimlanishda belgilovchi rol o‘ynaydi. Va ushbu mintaqa ustidan nazorat qilishni qo‘lga kiritgan davlat dunyoga hukmronlik qiladi13.
O‘z vaqtida bahs, munozaralarga sabab bo‘lgan Makkinderning ushbu konsepsiyasi ayrim G‘arb siyosatchilari tomonidan rivojlantirilib, o‘z davlatlarining hozirgi geosiyosiy mafkurasi sifatida tavsiya qilinmoqda14. Mazkur konsepsiyani dasturiy amal tarzida qabul qilgan G‘arb apologetlari SSSR barham topgandan so‘ng Markaziy Osiyo mintaqasida prozelitizm g‘oyasi bilan istehkomlangan mafkuraviy poligonlar yaratishga kirishadilar.
Prozelist missionerlarning ayrim vakillari bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatimizga 90-yillarning o‘rtalarida ta’lim, tabobat tizimiga beg‘araz, gumanitar yordam ko‘rsatuvchi (chet tili, kompyuter o‘rganish, davolash va b.) mutaxassislar sifatida kirib keladilar.
Missionerlik, prozelitizm hozirgi paytda o‘z maqsadlari yo‘lida turli xil uslublarni ishga solmoqdalarki, bulardan kishilarimiz ayniqsa, yoshlarimiz yaxshi xabardor bo‘lishlari kerak. Bular quyidagilar?
1. Madaniyatga moslashish uslubi.
Hozirgi missionerlikda madaniyatga moslashish (contextualistion) uslubi juda ommaviydir. Missionerlar Evropa va Janubiy Amerika singari nasroniylik an’anasi hokim bo‘lgan mintaqalarda emas, butun dunyoda mahalliy an’ana va odatlarga moslashish fikrini bu uslubga asos qilib olishyapti.
Musulmon jamiyatlarida missionerlar musulmonlarga xos din tili va istilohlarini qo‘llashga qattiq e’tibor berishadi. «Alloh», «rasul, «nabiy», «vahiy», «oyat», «masjid», «Injil» kabi atamalar va «hazrat», «sharif», «mashalloh», «inshaalloh» singari diniy ifodalar nasroniy matnlariga olinadi va nasroniy an’anasining targ‘ib-tashviqida keng qo‘llaniladi.
Musulmonlar orasida Qur’ondan va Islom madaniyatidan ba’zi ko‘chirmalar qo‘llaniladi. CHarlz Egal musulmonlar orasida juda ahamiyatli sanalgan Fotiha surasini duo maqsadida o‘qish mumkinligini aytadi.
Ro‘za singari ba’zi islomiy ibodatlarning, chegaralangan holda bo‘lsa ham bajarilishi (odamlar ishonchini qozonish uchun ro‘za tutishi) haqida hozir bahs ketyapti. YAna, musulmonlar orasida nasroniylikka oid va’z va duolar juma kuni qilinadi va ibodatlar asnosida, agar musiqaga o‘rin berilsa, cherkov musiqasi o‘rniga mahalliy musiqalar chalinadi. Musulmonlarning qarshiligiga uchramaslik maqsadida nasroniylashgan yangi vakillarning cho‘qintirilishini bir muddatga kechiktira olish, buning o‘rniga ramziy marosim qilish mumkinligi ma’lum qilinmoqda.
2. Muloqot- missiya uslubi.
Missionerlar faqat bir-birini tanish va tushunishga asoslangan sodda muloqotni qabul qilishmaydi. Bir-birlarining madaniyatlarini va e’tiqodlarini boyitish maqsadida ko‘zlangan suhbatni ham ular oqlashmaydi. Ularning asl maqsadi – qarshisidagi kishini nasroniylashtirishdir. Ularning fikricha, muloqot bahslashishni emas, «qutqarish»ni ko‘zlashi kerak. «Najot - qutulish»ga erishish esa o‘z-o‘zidan bo‘la qolmaydi. Buning uchun qarshisidagi insonlar bilan jozibali muhitni yuzaga keltiradigan suhbat qurish lozim bo‘ladi.
3. Ijtimoiy tadbirlar uslubi.
Missionerlik ishlarida qulay muhitni vujudga keltirish uchun ijtimoiy tadbirlarga alohida e’tibor qaratiladi. Missionerlar nasroniy ta’limotini boshqa insonlarga etkazishda uchta muhim unsurga katta ahamiyati berishadi:
a) vaziyatni yaxshi aniqlash;
b) nozik yondashuv;
v) maqsadlar tayinli bo‘lishi.
Mazkur unsurlarning amalga oshishi uchun faoliyat yo‘naltirilgan xalqlar bilan ijobiy munosabatlar o‘rnatilishi muhimdir. Buning uchun avvalo o‘rtoqlik va do‘stlik muhiti yuzaga keltiriladi.
Missionerlar shifokor, o‘qituvchi, texnik, ijtimoiy yordam vakili, turizmchi va boshqa niqoblarda turli mintaqalarga kelib joylashishyapti va ayniqsa iqtisodiy-ijtimoiy tomondan orqada qolgan o‘lkalarda xalqqa ko‘rsatgan xizmatlari orqasida missionerlik faoliyatlariga mos shart-sharoitlarni yaratishyapti.
4. CHerkovni mahalliylashtirish uslubi
CHerkovlarni mahalliylashtirishda yig‘ilgan jamoa soniga qarab ikki turdagi muassasa tashkil etiladi. Mos ijtimoiy va siyosiy shart-sharoit yuzaga kelib, jamoa soni etarli miqdorga chiqsa, rasmiy nasroniy tashkiloti ochiladi. Bunday jamoa mahalliy urf-odatlarga uyg‘un ish olib boradi.
Ijtimoiy-siyosiy sharoit etilmasa va hali mo‘ljaldagi jamoa yig‘ilmagan bo‘lsa, «uy cherkovlari» shakldagi jamoalar tashkil etiladi. Bu uylar oddiy aholi uylari bo‘lib, ozgina bezatiladi xolos. Missioner bunday uylarda yangi muxlislar, yangi nasroniylashtirilgan shaxslarni ma’lum vaqtlarda to‘plab, duo qiladi, ta’lim beradi. Odatdagi cherkov binolariga nisbatan uy cherkovlari diqqatni unchalik jalb qilmaydi. Missionerlar bunday joylarda yaxshiroq niqoblanishadi, yaxshiroq faoliyat yuritishadi. Uy cherkovlari ahli yashaydigan maskanlarda sotib olingan yoki ijraga olingan hovli yoxud ko‘p qavatli uylardir.
5. Ijtimoiy-siyosiy vaziyatlardan foydalanish uslubi.
Missionerlik harakatlarida ayrim mintaqalarda yuzaga kelgan vaziyatlarga katta ahamiyat beriladi. Hozirgi kunda avvalo AQSH va boshqa g‘arb davlatlarida missionerlarga siyosiy ko‘mak berishyapti. Dunyoda sodir bo‘layotgan xalqaro voqea-hodisalar, turli o‘lkalarga qarshi siyosiy va harbiy harakatlar missionerlar uchun aql bovar qilmas qulay fursatlarni tuhfa etmoqda. Bu holning mashhur misolini 11 sentyabr voqealaridan so‘ng AQSH va ittifoqdoshlarining O‘rta SHarqqa siyosiy va harbiy harakatlarida ko‘rish mumkin. Demokratiya va tinchlik o‘rnatish niqobi ostida kirgan g‘arb davlatlari O‘rta SHarqqa oqib kirgan minglab missionerlar uchun himoya qalqoni bo‘lishdi.
11 sentyabr voqealari missionerlik harakatlari uchun tom ma’noda burilish nuqtasi bo‘ldi. Bu voqealardan so‘ng deyarli butun dunyo bo‘ylab islom anarhiya, terror dini, deya «targ‘ib» etildi. Kim qilgani noma’lum terror va zo‘rovonliklar butun musulmonlarga, ularning e’tiqodlariga va hatto muqaddas Qur’oni karimga nisbat berildi. Ana shunday ommaviy fikrning tarqalishi missionerlar uchun o‘tanoyob bir fursat bo‘ldi.
Globallashuv jarayonini ma’lum ma’noda g‘arb davlatlari boshqarib turgani uchun butun er yuza missionerlarga faoliyat maydoni deya qabul etilayotgani aytilmoqda. Bu jarayonda iqtisodiy va siyosiy kuchlarga suyangan missionerlik qarshisida boshqa din va madaniyatlar tahdid ostida qolishyapti.
6.Turli vositalarni ishga solish uslubi.
Missionerlik harakatlarida quyidagi aloqa vositalaridan samarali foydalanilmoqda:

  1. Noshirlik faoliyati.

Muqaddas matnlarnang mahalliy til va lahjalarga tarjima qilinishi va tekinga tarqatilishi missionerlik harakatining eng boshida kelmoqda. Bundan tashqari da’vat qilinayotgan shaxslarning saviyasiga mos kitob, risola va shu kabilarni etkazishga katta ahamiyat beriladi.

  1. Matbuot va boshqa OAV.

«Media evangelizma», ya’ni televideniya, radio, gazeta va doimiy nashrlar orqali targ‘ibot missionerlikning dunyo bo‘ylab yanada tezroq yoyilishiga sabab bo‘lyapti. Dunyoda turli missioner guruhlar nazorati ostida yuzlab tele, radio, kanallari, kunlik va haftalik gazetalar, shuningdek, boshqa doimiy nashrlar faol ish yuritishyapti.

  1. Internet tarmog‘i.

Internet missionerlikda tobora ta’sirli qo‘llanilmoqda.
Minglab, hatto o‘n minglab Internet sahifalarida missioner tashkilotlari targ‘ibot va tashviqotlarini amalga oshirmoqda. SHu yo‘l bilan o‘zlariga «hamtovoq»lar qidirishyapti.

  1. Kino.

Tasvirli vositalar ichida kinoning alohida o‘rni bor. Nasroniylikni targ‘ib qilish niyatida tayyorlangan film va seriallarning, ayniqsa, uchincha dunyo o‘lkalarida ta’siri kuchli bo‘lmoqda. Deyarli barcha missionerlar «Iso» fillari kabi yuzlab til va lahjalar tarjima qilingan asarlarni video kassetalar. SD va DVD axborot saqlash vositalari shaklida nasroniy bo‘lmaganlarga tekin tarqatish, ularni yakka yoxud ko‘pchilik bo‘lib ko‘rish «foydali» ekanini ta’kidlashmoqda.

  1. Sayoxat va ko‘ngilxushliklar.

Ayniqsa, bolalar va yoshlar uchun uyushtirilgn sayohatlar hamda oromgohlar missionerlik xarakatlarida o‘ziga xos «natija»lar bermoqda. Bir qarashli ijtimoiy, madaniy tadbir tarzida taqdim etilayotgan bu sayohat va dam olish dasturlaridan ko‘zlngan maqsad bolalar va yoshlar bilan tanishish, ularga yaqin bo‘lish hamda nasroniylik tashviqoti uchun qulay shart-sharoit yuzaga keltirishdir.
Mamlakatimizda missionerlik, prozelitizmga, ya’ni diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi, shuningdek, vijdon erkinligi va dinga e’tiqod qilish huquqini amalga oshirishga ham to‘sqinlik qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining «Vijdon erkinligini buzish haqida»gi 145-moddasiga muvofiq diniy tashkilotning qonuniy faoliyatiga yoki diniy marosimlarni o‘tkazishga to‘sqinlik qilish – eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud ikki filgacha axloq tuzatish ishlari tayinlash bilan jazolanadi.
Lekin shunga qaramasdan missionerlik, prozelitizm mamlakatimizda pinhona, yuqorida ko‘rsatilgan uslublarini ishga solgan holda faoliyat ko‘rsatmoqdalar. SHunga ko‘ra ushbu mafkuraviy tahdidga qarshi turish va kurashish g‘oyaviy tarbiyaning asosiy vazifasi deb belgilanmog‘i zarur va bu boradagi olib boriladigan amaliy ishlar «Fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya» degan tamoyilga asoslanmog‘i kerak.

Download 10,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish