Diniy mutaassiblikning paydo bo’lishi, mohiyati, asoslari va manbalari.
Diniy mutaasiblik – o‘z aqida va g‘oyalarining shak-shubhasiz to‘g‘riligiga qattiq ishonish, ularga mukkasidan berilganlikni, boshqa firqa va mazhablarga murosasiz munosabatni ifodalovchi qarashlar va xatti-harakatlar majmuidir.
Aqidaparastlik esa- muayyan sharoitda, biron-bir g‘oya yoki tamoyilga qat’iy ishonch va uni mutlaqlashtirish asosida shakllangan qoida va tartiblarni, boshqa sharoit, holat, vaziyatni hisobga olmagan holda, ko‘r-ko‘rona qo‘llashga urinish demkdir.
Xo‘sh, ekstremizm va uni keltirib chiqaradigan omillar nimalardan iborat? Ekstremizm – lotincha (extremus – o‘ta,keskin degan mazmunni beradi) jamiyatdagi ijtimoiy – siyosiy xarakterdagi muammolarni hal etishda o‘ta keskin chora-tadbirlar, fikr va qarashlarni yoqlovchi nazariya va amaliyotdir.
Ekstremizm mazmuniga ko‘ra – diniy va dunyoviy bo‘lishi yoki namoyon bo‘lishiga ko‘ra – hududiy, mintaqaviy, halqaro shakllarga bo‘linadi. Ekstremistlar qarashlari juda chuqur ildizlarga ega bo‘lib, ular hech qachon chegara bilmagan yoki din, millat, biron bir mamlakat hududini tan olmagan. Dunyoviy ekstremizmning siyosiy, iqtisodiy va mafkuraviy ko‘rinishlari mavjud bo‘lsa, diniy ekstremizm barcha dinlar doirasida rivojlangan. Ular xristian dinida, katoliklar, protestantlar, provaslavlar orasida ham mavjud.
Diniy ekstremizm islom olamida ham keng tarqalgan bo‘lib, ular qaerda faoliyat ko‘rsatmasin, asosiy maqsadi islom diniy «xalifalik» davlatini barpo qilishdir. Bu maqsadga o‘zaro nizolar, ixtiloflar keltirib chiqarib qurolli to‘qnashuvlar orqali ya’ni qon to‘kish, zo‘rlik bilan erishishni ko‘zlaydilar. Bu esa har bir millatning mustaqilligiga, jamiyat taraqqiyotiga katta g‘ov hisoblanadi.
Ekstremistik karashlarni barcha dinlarda, buddaviylik, xristianlik, islomdagi turli okimlarda uchratish mumkin.
Masalan, mutaxassislar katolik cherkovining erkin fikr yurituvchi, xukmron feodal-katolik cherkovi akidalarini rad etuvchi kishilar - papa xokimiyati dushmanlarini ta’kib kilish uchun XIII asrda tuzilgan va minglab odamlarning kurbon bulishiga olib kelgan inkvizitsiya faoliyatini xam ekstremizmning uziga xos kurinishi sifatida baxolaydilar. Ammo xozirda islom dini nikobi ostidagi diniy-siyosiy xarakatlar a’zolari tomonidan turli jinoyatlar sodir etilayotgani jamiyat xavfsizligiga jiddiy taxdid solmovda.
Fundamentalizm - (lotincha - «asos») tushunchasining ma’nosi muayyan ijtimoiy xodisaning dastlabki kurinishini anglatadi.
Diniy fundamentalizm - «ma’lum din vujudga kelgan ilk davriga kaytish va bu yul bilan zamonaning barcha muammolarini xal kilish mumkin», degan fikrni ilgari surish ta’limotini anglatadi. Istiloxda akidaning uzgarmasligini ximoya kiladigan, muayyan diniy e’tikod shakllanishining boshlangich davrida belgilangan barcha yul-yuriklarni kat’iy va ogishmay bajarilishini talab kiladigan diniy okimlarni ifodalashda kullaniladi.
«Fundamentalizm» atamasi aslida xristian dini bilan boglikdir. Fundamentalizm iborasi birinchi bor I Jaxon urushi arafasida vujudga kelgan protestantlikdagi ortodoksal okimlarni ifodalash uchun ishlatilgan. Bu okim 1910 yildan keyin shu nom bilan atala boshlagan. Fundamentalistlar xristianlikning an’anaviy akidalariga, ayniksa Bibliyaning mutlako mukammalligiga ishonishni mustaxkamlash, uni suzma-suz sharxlashga kat’iy rioya kilishni talab kildilar. Bu okim keyinchalik Amerikada keng tarkalib ketdi. 1919 yili Filadelfiyada Jaxon xristian fundamentalistlari assotsiatsiyasiga asos solindi.
XX asrning 70-yillaridan boshlab, bu suz islomga nisbatan kullanila boshladi. Bunda «fundamentalizm» atamasi - Kur’on va xadislarni suzma-suz talkin etuvchi, ilk islomga kaytishga karatilgan akidalarni targib kiluvchi diniy-konservativ ruxdagi yunalishga nisbatan ishlatildi. Buning natijasida jaxon matbuotlarida islom nikobidagi mutaassib jangarilarni «fundamentalistlar» deb atash xam odat tusiga kirdi.
Islom diniy ekstremizmi o‘zining ikki xususiyati bilan boshqa ekstremistik guruhlardan ajralib turadi. Birinchisi, ularning aqidalariga ko‘ra, go‘yo barcha hozirgi zamon islomga e’tiqod qiladigan davlatlardagi musulmonlar jamoalari islomiy tuslarini yo‘qotgan bo‘lib, joxiliya (islom kelib chiqishidan avvalgi arablardagi ma’naviy buzilish davri) jamiyatlariga aylanib qolgan deb hisoblaydi. Bunday yondoshuv faoliyatdagi hukumat va uning olib borayotgan siyosatini tanqid qilishga asos qilib olinadi. Ikkinchidan, ular go‘yo, «haqiqiy» musulmonlar bo‘lib, o‘zlarini hokimiyatga kelishlari uchun barpo qiladigan «islomiy tartibni» qaror toptirishning yagona yo‘li keskin va jangarilik yo‘li bilan agressiv harakat qilish lozim deb hisoblaydilar.
Aslida esa islom ekstremizmi g‘oyalarining Markaziy Osiyoga kirib kelishidan ko‘zlangan asosiy maqsad – diniy qadriyatlarni qaytadan tiklash emas, balki ana shu g‘oyalardan faqat vosita va niqob sifatida foydalanish orqali mintaqada beqarorlikni, diniy va millatlararo nizolarni vujudga keltirish, iqtisodiyotni turli yo‘llar bilan (diversiya qilib) izdan chiqarish, iqtisodiy inqirozni keltirib chiqarish orqali hukumatni kuchsizlantirib obruyini to‘kishdir.
Bunda turli ommaviy axborot vositalari yordamida go‘yo «mamlakatda fuqarolarning vijdon erkinligi borasidagi huquqlari buzilmoqda va diniy e’tiqod poymol etilmoqda» kabi da’volar bilan ham konstitutsion hukumatga ishonchsizlikni keltirib chiqarishdir. SHuningdek, mamlakatimizdagi kam sonli diniy tashkilotlarga hujum uyushtirib, diniy adovatni kuchaytirib, millatlararo adovatni keltirib chiqarib beqaror vaziyatni vujudga keltirishdir.
Islom ekstremizmi o‘zining shunday g‘arazli harakatlarida muqaddas Qur’oni Karim oyatlaridan foydalanib, islomning sof g‘oyalarini jamiyatga tadbiq etish emas, balki yurtdoshlarimizning e’tiborlarini chalg‘itib islom omili orqali xokimiyatga intilishdan boshqa narsani ko‘zlamaydi. SHu o‘rinda Prezidentimiz I. Karimovning fikriga e’tiborni qarataylik. «Oq-qorani, do‘st-dushmanni taniydigan xalqimiz din nimayu soxta aqidalar nimaligini, kim pok niyatli xudojuy insonu, kim munofiq, riyokor ekanini yaxshi biladi. Taassufki, ba’zan islom dini va islom fundamentalizmi haqida gapirganda bu ikki tushunchani bir-biriga aralashtirib yuborish xollari uchramoqda... Muqaddas islom dinini niqob qilib, manfur ishlarni amalga oshirayotgan allaqanday mutaassib kuchlar, tabiiyki, er yuzidagi barcha musulmonlarning ruhiy olami va dunyokarashini belgilay olmaydi»,- deb qayd etadi yurtboshimiz. Darhaqiqat, islom dinining ma’rifiy-ma’naviy mohiyati va mazmunini xalqimiz yaxshi biladi.
Hozirgi davrdagi shakllangan halqaro terrorizm tushunchasida esa davlatlar, halqaro tashkilotlar, siyosiy partiyalarni beqarorlashtirish va halqaro ijtimoiy – siyosiy nufuzga ega bo‘lgan alohida siyosiy arboblarni qotil qilishga yo‘naltirilgan buzg‘unchi siyosiy xususiyati bilan xarakterlanadi.
Terrorizm iqtisodiy, siyosiy, diniy, g‘oyaviy, milliy, guruhiy va individual shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin. Ta’qib qilish, zo‘ravonlik, qo‘poruvchilik va qotillik terrorizmning har qanday ko‘rinishi uchun umumiy xususiyat bo‘lib, u gumanizm, demokratiya, adolat tamoyilillariga ziddir. SHuning uchun terrorizm qanday «bayroq» ostida amalga oshirilmasin, mohiyati insoniyatga, jamiyat taraqqiyotiga, ezgulikka qarshi jinoyatdir.
Terrorning iqtisodiy manfaatlarini ko‘zlovchi, moddiy boyliklarni o‘zlashtirishni maqsad qilib olgan ko‘rinishlarda, raqib shaxslarni jismoniy yo‘q qilish, o‘g‘irlab ketish, garovga olish, tajovuz bilan qo‘rqitib o‘z hukmini o‘tkazish yoki raqiblar boyliklarini o‘zlashtirishda foydalanadi.
Siyosiy maqsadlarni ko‘zlagan terrorizm qadimdan mavjuddir. Masalan, O‘rta asrlar davrida siyosiy terrorchilik diniy mazmundagi terrorchilik bilan qo‘shilib ketgan edi. CHunki, o‘sha davrlarda hukmdorlar ham diniy hamda dunyoviy hokimiyatni o‘yg‘unlashtirib boshqarganlar. Islomda Muhammad s.a.v vafotidan keyinga to‘rtta halifadan faqatgina Abu Bakr Siddiq o‘z ajali bilan vafot etgan. Qolgan halifalar Umar Ibn Xattob, Usmon Ibn Affon va Ali Ibn Abu Toliblar ham siyosiy muholiflari tomonidan terroristik yo‘l bilan o‘ldirilganligini ko‘rish mumkin.
O‘rta asrlarda harbiy Evropada ham muqaddas «Injil» g‘oyalariga shak keltirganlar «Rim Papasi» tomonidan terror qilingan. YOki XVIII asrlarga kelib diniy ma’rifat o‘rniga dunyoviy bilimlarning jamiyatdagi o‘rni ko‘chayishi, dunyoviylikka asoslangan siyosat qaror topishi bilan siyosiy terror kuchaydi. Masalan, Galileo Galiley jazolanishi, Jardano Brunoning o‘tda kuydirilishi kabi voqealar juda ko‘p marta amalga oshirilgan.
XX asrga kelib esa siyosiy terrorchilik ko‘rinishlaridan bo‘lgan bolshevizm (Sobiq SSSR da), fashizm (Gitler Germaniyasi va Italiyada) davlat siyosatida namoyon bo‘ldi va bu siyosat tufayli millionlab insonlar qurbon bo‘lgan yoki XX asrdagi Janubiy Afrika Respublikasida olib borilgan aparteid (kamsitish) siyosati va AQSH dagi qoratanli fuqarolarga nisbatan olib borilgan, kamsitilgan munosabat davlat siyosatidagi milliy tazyiq ko‘rinishidagi terrorlar edi.
Agar jamiyatda hukmron millatning manfaatlarigina hisobga olinib, qolgan barcha kichik millat va etnik guruhlarni milliy ehtiyojlarini inobatga olinmasdan o‘tkaziladigan tazyiq siyosati milliy terrorizmni keltirib chiqaradi. YOki ayrim sinflar manfaati hisobga olinib, boshqa sinflar manfaati inkor etilgan (masalan, burjua yoki proletariat diktaturasidagi) siyosat yuritilsa, u sinfiy terror ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘ladi. (Bunday terroristik siyosatga 1930 yillardagi sovetlar qatagoni misol bo‘la oladi).
XX asr oxiri XXI asr boshlariga kelib terrorchilik alohida olingan davlat yoki mintaqa doirasidan chetga chiqib, halqaro miqyosda uyushgan tashkilot darajasigacha ko‘tarildi. Ular ezgulik g‘oyalariga qarshi, muxolif g‘oya sifatida uyushib insoniyat taraqqiyotiga havf solayotgan halqaro tashkilotga aylanib ulgurdi.
Hozirgi kunda jahonda 500 dan ortiq halqaro terroristik tashkilotlar, markazlar mavjud, eng dahshatlilaridan bo‘lgan «Al-qoida» halqaro terroristik tashkiloti tomonidan AQSH, Evropa, YAqin SHarq, Iroq, Rossiya, Ispaniya, Turkiya va O‘zbekiston kabi davlatlarda sodir etilgan dahshatli terroristik hurujlar shuni ko‘rsatadiki, terrorizm qanday bayroq ko‘tarib chiqmasin (diniymi, siyosiymi, iqtisodiymi, milliymi) qanday niqoblar bilan bo‘yalmasin, uning reaksion jangari jinoyatkorona mohiyatini tushunib olib, ularning yovuz niyatini ochib tashlash har bir ongli, vatanparvar insonning burchidir.
Hozirgi davrda islomda nafaqat diniy – ilohiy yoki ishonch va e’tiqod mavjud. SHu bilan birga ayrim islomiy guruhlarda diniy-siyosiylashuvi sodir bo‘layotganligi sababli islom dinida ham islohot qilishga harakatlar qilinmoqda. Buning mazmunini tushunmoq uchun hozirgi davrda islomda 3 asosiy oqim mavjudligini bilish lozim bo‘ladi. Birinchi oqim tarafdorlari (sekulyarizm) islomning siyosiylashuviga qarshi bo‘lgan va davlatdan ajratilganligini qo‘llab- quvvatlab, din uchun ahloq-odob masalalari bilan birga Olloh tomonidan buyurilgan amallarni bajarish har bir musulmonning burchi deb hisoblaydi.
Islomdagi ikkinchi an’anaviy oqim tarafdorlari har qanday yangiliklarga qarshi bo‘lib, o‘rta asrlarda qaror topgan diniy tartib – qoidalarni saqlagan holda sabr-toqat qilishga chorlaydilar.
Buning uchun jamiyatda faqatgina Olloh tomonidan o‘rnatilgan shariat qonunlarigina amal qilishi lozim deb hisoblaydilar. Jamiyatdagi faoliyat ko‘rsatayotgan real qonunlar inkor qilinadi.
Islom fundamentalizmining siyosiylashgan ko‘rinishi bo‘lgan «Vahhobiylik» islom diniy ahloq-odob qoidalaridan siyosiy g‘oyalarga o‘tishni targ‘ib qiluvchi xususiyatga ega bo‘lganligi bilan harakterlanadi. Ularning qarashicha, din har bir insonning shaxsiy ishigina emas, balki jamiyat qurilishining ham asosi bo‘lishi lozim. Aynan shu nuqtai nazardan kelib chiqib hokimiyatga «haqiqiy» musulmonlarni ko‘tarish uchun zo‘ravonlik hatti-harakatlarini olib borish kurashiga da’vat etadilar.
O‘zbekistonga nisbatan islom fundamentalizmi va ekstremizmining tahdidi aqidaparastlikni yoyish, shu yo‘l bilan islohotchi dunyoviy davlatga ishonchini yo‘qotish, vujudga kelgan umumhalq birdamligi va hamjihatlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikka rahna solishga harakat qilmoqda. Ular va boshqa diniy aqidaparastlik guruhlariga oid ba’zi g‘arazli shaxslar chet eldan bizga yot-begona bo‘lgan g‘oyalar va ekstremistik oqimlarning adabiyotlari, mablag‘larini olib kelib, islom dini niqobi ostida harakat qilmoqdalar.
Islom ekstremizmi va terrorizmining maqsadi, mohiyati hamda bugungi mustaqil O‘zbekiston uchun mavjud tahdidini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoev BMTning 72 sessiyasida so‘zlagan nutqida alohida ta’kidlab aytdiki, «islom dinini siyosatga aylantirayotgan, yovuzlik mafkurasini yaratayotgan ekstremistik markazlarning, birinchi navbatda yoshlar ongini zaharlab, ulardan terrorchilar tayyorlab musulmon olamida halifalik davlati tuzishdek xomhayollarni amalga oshirishga urinayotgan qabih kuchlarning ildizini qirqib tashlash kerak» deb vazifa qo‘ydi.
YUrtboshimiz yana shu ma’ro‘zasida alohida ta’kidladiki, halqaro terrorizmni ota-bobolarimizdan qolgan muqaddas islom dini bilan bog‘lashdek havfli niyat va urinishlarni keskin qoralaymiz. Bular «Al-qoida», «Xizbut taxrir» kabi ashaddiy ekstremistik tashkilotlardir. Bugun bag‘ri keng, ma’rifatli islomni niqob qilib olib, islom dini obro‘yini tushurishga qarshi kurashmok har bir musulmon, niyati pok kishining burchi ekanligini belgilab berdi.
Diniy ekstremizm va terrorizmning jamiyat barqarorligiga solayotgan tahdidini va mafkuraviy tajovuzini to‘laroq tushunib olmoq uchun ularning shakllanish tarixiga, g‘oyaviy asoslariga, O‘zbekistonga kirib kelish jarayoniga, olib borgan vahshiylik faoliyatiga qisqagina e’tibor berish darkor. Buni qo‘yidagi misollarda ko‘rish mumkin.
1930 yillarda halqaro «millatlar birligi» tashkiloti mavjud bo‘lgan. Uning nizomida terroristik harakatlar taqiqlangan edi. Keyinchalik bu unutilgan. 1972 yillardan boshlab terroristik harakatlarga jahon hamjamiyati e’tibori yana qaytadan qaratila boshlandi va bu borada ayrim huquqiy asoslar qabul qilindi.
Masalan, Misrda «Birodar musulmonlar» nomli diniy ekstremistik tashkilot faoliyat ko‘rsata boshladi. Bu tashkilot faoliyati Misrdagi sodir bo‘lgan revolyusiyadan keyin Jamoliddin Nosir tomonidan taqiqlangan. Ular bunga javoban J.Nosirga nisbatan suiqasd qilishgan. U erda 1972 yilga kelib «Al-jixod» tashkiloti tuziladi va ular ham zo‘ravonlikni targ‘ib etuvchi tashkilotga aylanadi. Ularning fikricha jihodda o‘z qarashi va dinini birdan bir to‘g‘ri yo‘l deb hisoblab, jamiyatdagi mavjud tizimga qarshi, hokimiyatni qo‘lga olish uchun kurashni maqsad qilib qo‘yadi. Bunda fanatizm (mutaassiblik) yo‘liga o‘tib olganligi bilan harakterlidir.
Hozirgi vaqtda dunyoda 500 ga yaqin ekstremistik, terroristik tashkilotlar mavjud bo‘lib, ulardan 100 ga yaqini qurollangan tashkilotlardir. Masalan: «Al-qoida», «Xizbullox», «Xamaz», «Abu Said», «Tolibon», «Jamoati islomiy», «O‘zbekiston islom harakati», «Hizbut tahrir» kabilardir. Hozirgi vaqtda ekstremistik tashkilotlarning ixtiyorida 45 milliard dollarga ega bo‘lgan mablag‘i va 400 ga yaqin kompaniyalari mavjudligi adabiyotlarda qayd etiladi.
Hozirgi vaqtda jahonda ekstremistik, terroristik tashkilotlarning 3 ta geografik o‘chog‘i yoki markazi mavjud:
1-markaz, SHimoliy Afrika: Misr, Jazoir, Sudanda «Musulmon birodarlari» tashkiloti 1928 yildan bo‘yon faoliyat ko‘rsatmoqda.
2- markaz YAqin SHarq: Falastin, Iroq, Livan bo‘lib, u erda asosan «Hizbulloq» faoliyat olib boradi. Bu tashkilot hozirgacha 800 ga yaqin terroristik jinoyatlarni amalga oshirgan. Falastinda «Hamaz» tashkiloti faoliyat ko‘rsatadi. Ular asosan, «Kamikadze» (o‘z-o‘zini qurbon qilish) usulida kurash olib boradi.
3-geografik markazni Janubiy SHarqiy o‘choq deb atasa bo‘ladi. Pokiston janubida «Al-qoida», «Turkiston islom harakati», «Tolibon kuchlari» bor. Xindistondagi Kashmir viloyatida «Tablo» jamiyati bo‘lib, ular Indoneziya, Filippinda ham faoliyat olib boradi.
SHunday qilib, diniy ekstremistik va terrroristik faoliyatlar amalda 3 ta usulda olib borilishi kuzatiladi:
1-usul: Diniy tashkilot bo‘lgan machitlarga yordam ko‘rinishida bo‘lsa;
2- yo‘nalish diniy struktura (tashkilot) lar tuzilishi orqali amalga oshiriladi. Masalan: 1990 yillarda O‘zbekistonda «Tavba», «Adolat», «Islom lashkarlari», «Turkiston islom tashkiloti» «Akromiylar» «Nurchilar» kabi tashkilotlarni tuzishgan.
3- ish uslubida davlat tomonidan kam e’tibor beradigan joylarda o‘zlarini nazoratini o‘rnatish yoki kuchaytirish orqali faoliyat olib boradi. Masalan: Filippinda, Tojikistonda, CHechenistonda, Afg‘oniston kabi joylarda o‘zlarining ta’siriga olishgan edi.
O‘zbekistonimiz misolida aytadigan bo‘lsak, bu oqimlar 1970 yillarning boshlarida mamlakatimizga kirib kelib hozirgacha ular amalga oshirgan terrorizm qurbonlari 250 dan ortiq kishini tashkil qiladi. O‘zbekistonda ham 1970 yillarni ohirlarida arab mamlakatarlaridan (Iordaniya) kelib o‘qiyotgan talabalar yashirincha faoliyat olib borgan. 1980 yillarga kelib Rahmatullo Alloma degan shaxs Andijonda ekstremistik tashkilot tuzadi. Umuman mustaqillik qo‘lga kiritilgandan keyin turli diniy ekstremistik tashkilotlari tuzilgan bo‘lsada, ular hech qachon ommaviy tus ololmadi, xalqimiz ularga ergashmadi. Natijada ular Toxir Yo‘ldoshev, Juma Namongoniylar rahbarligida Tojikiston va Afg‘onistonga chiqib ketib, «O‘zbekiston islomiy harakati» nomi bilan faoliyat ko‘rsatgan. Hozir ular o‘zlarini «Turkiston islom harakati» deb nomladi. Aynan shu tashkilot O‘zbekistonda bir necha marta qo‘poruvchilik ishlarini amalga oshirdi.
Ekstremistik harakat bo‘lgan «Hizbut tahrir» - ancha ustalik va firibgarlik bilan faqat g‘oyaviy kurash olib boramiz deb, yoshlar ongini zaharlaydi. Ularning ish faoliyati 3 bosqichdan iboratdir.
1-bosqich - islomiy madaniyatni shakllantirish;
2-bosqich - butun xalqni islomlashtirish;
3-bosqich – inqilob qilib davlat to‘ntirishini amalga oshirish.
Bunda ham kuch ishlatish, zo‘ravonlik qilib, portlatishni amalga oshirishni ko‘zda tutadi va bu jarayonni nihoyatda yashirincha saqlaydi. Ular Rossiyada, Germaniyada ham terroristik tashkilot deb tan olingan. Buni shunda ko‘rish mumkinki, Rossiyada ayol kishi «Hizbut tahrir» ga a’zo bo‘lib, uni chuqur o‘rganib, «200 dney jixada» nomli maqolasini matbuotda e’lon qilgan. Unda «Hizbut tahrir»ning makkorona mohiyatini ochib bergan va uning terrorizmga tayyorlaydigan ekstremistik tashkilotlar ekanligini isbotlagan.
Ekstremistik tashkilot bo‘lgan «Hizbut tahrir» ni boshqaruv markazi Britaniyaning poytaxti Londonda joylashgan. Ekstremistik va terroristik tashkilotlarni ayrim davlatlar moliyalashtiradi. Ekstremizmdan o‘sib, terrorizm shakllanadi. Ularga qo‘yidagicha ta’rif berish mumkin:
Markaziy Osiyoda, shu jumladan O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatishga o‘rinayotgan ekstremizm 1970 yillarda boshlanib, hozirgacha 5 ta bosqichni bosib o‘tgan.
1-bosqich – 1970-85 yillar bo‘lib, 1956 yilda Sobiq SHo‘rolar xukumati ayrim arab davlatlari bilan aloqa qiladi va shu doirada Livan davlati muftisi Moskvaga keladi va I. Buxoriy qabrini ziyorat qilishni so‘raydi va shu yo‘l bilan sovet davrida islom diniga munosabatni aniqlab ketadi.
1985-89 yillarda 2-bosqichda O‘zbekistonga tashqaridan diniy mavzudagi adabiyotlar kirib kela boshladi. Uni chetdan o‘qish uchun kelgan talabalar yoki o‘qituvchilar orqali amalga oshirilib, shu sababli islomga e’tiqod qiluvchilar orasida ayrim ixtiloflar, har xil oqimlar kelib chiqadi va ular machitlarda ham turli mazmundagi g‘oyalarni targ‘ib qila boshlaydi.
3-bosqich 1989-93 yillarda mustaqillik munosabati bilan O‘zbekistonda dinga katta erkinlik berib yuboriladi. O‘zbekistondagi machitlar 5000 tadan oshib ketadi va bundan foydalanib Farg‘ona vodiysida «Adolat», «Islom o‘yg‘onish partiyasi», «Nurchilar» kabi guruhlar kelib chiqib, davlatga qarshi ochiqchasiga siyosiy talablar qo‘ya boshladi.
4-bosqich 1993-99 yillarda diniy ekstremistlar mahfiy faoliyatga o‘tdi va ular ko‘prok yoshlarni jalb qila boshlashdi. Asosan dunyoviy va diniy bilimga ega bo‘lmagan yoshlarni ko‘proq qamrab oldi. 1996 yilda Juma Namongoniy rahbarligida «O‘zbekiston islomiy harakat» ni tashkil qiladi. Ular oldin Tojikiston va Afg‘onistonga o‘tib, Usama Bin Laden bilan birlashdi.
5-bosqich 1999 yildan keyingi bosqichdagi ekstremizm bir muncha ayollar faoliyatiga e’tiborni kuchaytirib, shu yo‘l orqali ayollar o‘zlarini o‘zlari portlatish darajasigacha olib keldi. «Hizbut tahrir»ning «Ong» degan jurnalida shu jamoa a’zolarini shaxid darajasigacha chiqaradi, ya’ni o‘zini o‘zi o‘ldrishgacha olib boradi. Islom olimlari esa «Hizbut tahrir» ni islomga zid bo‘lgan g‘oyadir deb tan olishgan.
Diniy ekstremizm va terrorizm nopok va g‘arazli maqsadlarni ko‘zda tutib jamiyat barqarorligiga tahdid solayotgan ekan, unga qarshi kurashda qanday vazifalar va usullardan foydalanish lozim bo‘ladi?
Birinchidan, barcha musulmon mamlakatlarida diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash usuli butun xalq va boshqa mamlakatlar bilan birga Prezidentimiz Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatning qo‘shma majlisida qayd qilganidek, birinchi navbatda yoshlar ongini zaharlayotgan, ulardan terrorchilar tayyorlayotgan, musulmon olamida xalifalik davlati tuzishdek xomhayollarni amalga oshirishga urinayotgan qabih kuchlarning ildizini qirqib tashlash kerak. Buning uchun ekstremizmni muqaddas, ma’rifatli, bag‘ri keng islom dini bilan bog‘lashdek havfli urinishlariga, islomni obro‘yini tushurishga qarshi keng ko‘lamda kurash olib bormoq kerak.
Ikkinchidan, ularga qarshi ichki va tashqi jabhalarda keng ko‘lamli kurash olib borish zarur. Ichki jabhada eng avvalo, yangi ish joylarini yaratib, yoshlarni ish bilan ta’minlash va ularni davlat va jamoatchilik tomonidan iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, siyosiy sohada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ko‘ppartiyalikka keng yo‘l ochib berish orqali ekstremizm va terrorizmni qabih niyatlarini fosh qilib borish zarur. Tashqi jihatdan halqaro seminar, konferensiyalar tashkil qilish, halqaro bitimlar asosida kuchlarni birlashtirish lozim bo‘ladi.
Uchinchidan, sog‘lom qadriyatlar va adolat bo‘lmagan joyda g‘oyaviy bo‘shliq sodir bo‘ladi. SHu bo‘shliqni to‘ldirish uchun nosog‘lom bizga yot va zararli begona g‘oyalar kirib keladi va ular «mafkuraviy tuzoq» qo‘yishga harakat qiladi. Bu borada Prezidentimiz SH.Mirziyoev alohida qayd etganlaridek, «Biz halqaro munosabatlarni mafkuralashtirishga bo‘lgan har qanday o‘rinishga qat’iyan qarshimiz». SHuni hisobga olib, bizning bugungi kundagi vazifamiz o‘zbek xalqining tarixiy va milliy qadriyatlari asosida shakllangan milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasini yoshlarimiz ongi va qalbiga ta’lim va tarbiyaviy usullar bilan singdirib borish mamlakatimizdagi uzoqni ko‘zlagan muhim strategik vazifadir.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining amaliy ishlarida halqaro diniy-ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda «Jaholatga qarshi ma’rifat» bilan kurash g‘oyasini olg‘a surib kelmoqda. «G‘oyaga qarshi faqat g‘oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan bahsga kirishish mumkin» degan shiorga asoslanib, bugun ommaviy axborot vositalarida respublikadagi din arboblari ham foydalanib Qur’oni Karim va Payg‘ambarimiz hadislaridan fikrlar bilan isbotlab, shuningdek, asl milliy va diniy qadriyatlarimiz bo‘lgan islom dini taraqqiyotiga buyuk hissa qo‘shgan mutafakkirlar asarlaridagi fikrlardan keltirib, dinimiz musaffoligini, Vatanimiz barqarorligiga rahna solayotgan g‘oyalarga qarshi ma’rifat bilan kurashishda juda ko‘p ma’naviy - ma’rifiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Hozirgi davrdagi jaholat urug‘ini solayotgan soxta ekstremistik g‘oyalarga ma’rifiy jihatdan kurashda islom dinimiz tarixiy taraqqiyotida ham shaklan boshqacharoq ko‘rinishda bo‘lsa-da, lekin mazmunan aynan shunday ekstremistik g‘oyalar oldin ham bo‘lganiga guvoh bo‘lamiz. Dinimiz tarixiga nazar solar ekanmiz yana shunga amin bo‘lamizki, sog‘lom idrok, sog‘lom haqiqat va g‘oyalar soxta g‘oyalar ustidan hamisha g‘alaba qozonib kelgan. Ulug‘ islom dinimiz rivojiga buyuk hissa qo‘shgan bobokalonimiz Abu Mansur Motrudiyning ilmiy merosida soxta g‘oyalarga qarshi ish olib borgan kurashida ko‘rish mumkin. U kishining «Kitob at-tavhid» asarida soxta ta’limotlarga ergashishni oldini olishda ishonchli dalillardan keltirib, bu yo‘ldagi barcha xatoliklar sababini aniq ko‘rsatib berganiga guvoh bo‘lamiz: «Bu ko‘r – ko‘rona taqlid bo‘lib, u juda keng tarqalgan illatdir, ya’ni bunda juda ko‘pchilik biron-bir ma’naviy yoki diniy yo‘lboshchiga, uning fikrlari mazmun-mohiyatini tushunmagan holda qo‘shilishga engib bo‘lmas moyillik bildiradi. Mana shu sabab natijasi o‘larok, har bir firqa va har bir yo‘nalish shu paytga qadar o‘z tarafdorlariga ega bo‘lib kelmoqda. Bu muxlislar qachondir qabul qilingan soxta ta’limotga sadoqatda qat’iylik namoyish etmoqdalar va yana o‘zlarini haqiqatning yagona egalari hisoblamoqdalar», - degan fikrlari bugungi diniy-ekstremistik guruhlarga aytilgandek seziladi. Motrudiy bobomiz o‘sha davrdagi islom ichidagi soxta oqim va firqalarning haqiqiy mohiyatini ochib bergan. Bunday oqimlar o‘sha davrda ham ko‘p bo‘lgan. SHunga qaramasdan ezgulik bilan yovuzlik jamiyatda hamisha yonma-yon kurashib, bu kurashda ezgulik g‘alaba qilib kelgan. SHu ma’noda bugungi jaholat yo‘liga kirgan dinni niqob qilib olgan halqaro terrorizmga qarshi kurashdagi ma’rifiy yo‘llaridan biri o‘zbek xalqining milliy va islom diniy qadriyatlari, ularga tayanib, yosh avlodni Vatanga muhabbat, ajdodlarga sadoqat, zo‘ravonlikka nafrat ruhida tarbiyalovchi, ularni ezgulik va bunyodkorlikka da’vat etuvchi bitmas-tuganmas kuch-qudrat manbai sifatida qaralishi lozim. Ular nafaqat mafkuraviy bo‘shliqning yuzaga kelishiga, balki ming yillardan beri halol mehnati va olamshumul kashfiyotlari bilan jahon taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shib kelayotgan o‘zbek xalqining harakterli xususiyati (mentaliteti) ga tamomila zid bo‘lgan terrorchilik g‘oyalarining kirib kelishi va yoshlar ongini zaharlashga qarshi qaratilgan mustahkam qalqon bo‘lib hizmat qilishi mumkin.
Milliy – diniy qadriyatlarimizni har qanday soxta yovuz g‘oyalardan saqlash va himoya qilishda, Qur’oni Karim va Xadislardan ma’rifiy jihatdan foydalanib, islom dini har qanday sharoitda ham terroristik harakatlarni qoralab, uning ta’limotiga ko‘ra nohaq to‘kilgan qon kimning qoni bo‘lishdan qat’iy nazar eng og‘ir gunoh hisoblaydi. Qur’onning «Moida» surasidagi 33-oyatda fikrning isboti o‘z aksini topgan: «Biror jonni o‘ldirmagan, buzg‘unchilik, qaroqchilik kabi fasod ishlarni qilmagan insonni o‘ldirgan odam huddi hamma odamlarni o‘ldirgan kabidir. Unga hayot bahsh etgan odam esa barcha odamlarni tiriltirgan kabidir».
Payg‘ambarimizning ko‘plab hadislarida ham bu borada ogohlantirganligini o‘qish mumkin: «YOv bilan harbiy to‘qnashuvni orzu qilmangiz, balki Ollohdan xotirjamlik va osudalik tilangiz» (Imom Buxoriy) yoki boshqa bir hadisda «Qiyomat kuni odamlarlardan birinchi navbatda nohaq to‘kilgan qonlar to‘g‘risida so‘roq qilunur» (Imom Muslim). Bugungi kunda islom dinining qanchalik insonparvar, mehr-shafqatga chaqiradigan, taraqqiyparvar va ma’rifatparvar dinligini yoshlarimiz anglab etgandagina turli islom niqobidagi ekstremistik jaholat yo‘liga kirgan g‘oyaviy kuchlarga nafrat bilan qaraydi.
Mavzu yuzasidan savollar:
Ekstremizmning mazmuni nimadan iborat?
Ekstremizmning kelib chiqishini sabablari nimada va qanday shakllarda namoyon bo‘ladi?
Islom diniy ekstremizmi boshqa ekstremistik guruhlardan qaysi harakterli xususiyatlari bilan farq qiladi?
Terrorizmning mohiyati-maqsadi nimani ko‘zda tutadi?
Terrorizm qanday shakllarda namoyon bo‘ladi?
Halqaro terrorizm tushunchasi o‘zida nimani aks ettiradi?
Diniy ekstremizm va terrorizmning asosiy geografik o‘choqlari qaerda hamda moliyaviy manbalarini qanday tushunasiz?
Diniy ekstremizm va terrorizm alohida olingan davlatlar va mamlakatlar rivojiga qanday tahdid solmoqda?
Terrorizmga qarshi kurashda qanday ma’naviy-ma’rifiy usullardan foydalanishni maqsadga muvofiq deb hisoblaysiz?
Terrorizmga qarshi kurashda halqaro hamkorlik deganda nima ko‘zda tutiladi?
“Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasining mazmun-mohiyati?
Do'stlaringiz bilan baham: |