Samarqand tamadduni tarixi fanidan bajargan ishlari



Download 1,13 Mb.
bet1/26
Sana26.04.2022
Hajmi1,13 Mb.
#583086
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
2 5381943662290671796




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
_____________ Fakulteti, ______ guruh
talabasi ______________________________
SAMARQAND TAMADDUNI TARIXI
FANIDAN BAJARGAN ISHLARI
SAMARQAND-2021
Mazkur o’quv-uslubiy qo’llanma Samarqand tamadduni tarixi kafedrasi o’qituvchisi Xasanov Murod tomonidan tuzilgan.

1-SEMINAR MAVZU: ILK O’RTA ASRLARDA SAMARQAND MADANIYATI
Xitoy yilnomalariga ko‘ra, Cug‘d konfederatsiyasi tarkibiy jihatdan Kan (Samarqand), Mi (Maymurg‘), Shы (Kesh / Shahrisabz), Panch (Panjikent), Nashebo (Naxshab / Qarshi), Sao (Ishtixon), Xe (Kushoniya / Kattaqo‘rg‘on) kabi hukmdorliklardan iborat bo‘lib, ularning har biri tanga zarbi, sulolaviy belgilari, markaziy shahriga ega bo‘lishgan. Ushbu hukmdorliklarning o‘z qo‘shini bo‘lganligi ham ma’lum. Xitoylarning “Tan shu” (“Tan sulolasi tarixi”)da Samarqandni (boshqa nomi Samogyan yoki Limogyan) Yuan-vey dinastiyasi davrida Sivangin deb nomlanganligi keltiriladi.
Yilnomalarda keltirilgan soch o‘rish yoki yelkagacha soch qo‘yish qadimgi an’anlarga xos odat bo‘lib, bu Markaziy Osiyoning turli hududlaridan topilgan islomdan avvalgi tosh haykallar hamda ilk o‘rta asrlarda zarb qilingan Sug‘d tangalarida, Afrosiyob va Panjikent saroy devoriy suratlarida o‘z ifodasini topgan. Konfederatsiya markazi hukmdorining soch turmagi unga bo‘ysungan boshqa hukmdorlarda ham bo‘lishi kerak bo‘lgan va ushbu odatga amal qilishlarini talab qilgan ko‘rinadi. Bu ularning markazga tobeligining bir ifodasi edi. Yilnomalarda Samarqand hukmdorining sochini o‘rishi, oddiy xalqning esa sochlarini oldirib yurishlari ta’kidlanishi bu fikrga asos beradi.
Samarqand hukmdorlari bilan bog‘liq ma’lumotlar. Arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan sug‘diy yozuvli bronza tangalar ham Sug‘dning ilk o‘rta asrlar tarixini tadqiq etishda birlamchi manbalardan hisoblanadi. Bronza tangalarda Sug‘d (Samarqand) hukmdorlaridan o‘ntasining nomi o‘qilgan.
Sug‘dning birinchi hukmdori šyšpyr (yoki šēšpēr) – Shishpir bo‘lib, ushbu ism so‘zma-so‘z “Din (zardushtiylik ?) targ‘ibotchisi” deb tarjima qilingan. Bu shaxs ismi xitoy yilnomalarida (“Tan shu”) 642 yilda Xitoy imperatoriga jo‘natilgan elchilik munosabati bilan tilga olinadi. Shishpir 650 yoki 655 yilargacha taxtni boshqargan va uning hukmronligi davrida Sug‘d konfederatsiyasining markazi Kesh bo‘lgan deb hisoblaniladi. Lekin bu masala bahsli.
Shishpirdan so‘ng Sug‘d taxtiga Varxuman (655-675) chiqqan. Varxuman (βrxwm’n yoki ’βrxwm’n) ismining ma’nosi sug‘diy yozuvlar tadqiqotchilari tomonidan “Ezgu fikr eltuvchi” deb talqin qilingan.
Varxuman keyin 675 yildan 695 yilgacha hukmronlik qilgan Sug‘d konfederatsiyasi hukmdori Urk Vartramuk bo‘lib, bu hukmdorning ismi manbalarda tilga olinmagan. Bu ism bizga faqatgina tangalardan ma’lum. Undan keyin taxtga Dusoboti kelgan. Sug‘diycha Twk’sp’δ’k (“Kuchli qo‘shin sohibi”) – Tukaspadak ismning xitoycha talaffuzi Dusaboti shaklida keltiriladi. Dusoboti 695-696 yillarda Sug‘d konfederatsiyasi tarixini boshqargan.
So‘ngra Sug‘dni Nineshish (696-698), Mastich (m’stč) (698-700) , Tarxun700-710 yillarda, G‘urak 710-738 yillarda, Turg‘ar (tangalarda twrγ’r MLK’ yoki Twrγ’r xšēδ shaklida uchraydi) kelib milodiy 738 yilda yildan to taxminan 750 yilgacha taxt tepasida turgan. Tangalarda oxirgi Sug‘d hukmdori sifatida nomi zikr etilgan hukmdor Turak (MLK’ twrk) bo‘lib, uning hukmronlik yillari boshqa manbalar orqali ma’lum emas.
Ilk o’rta asrlarda O‘rta Osiyo xalqlarining maishiy hayotida musiqa va raqs bilan bog‘liq bayramlarning muhim o‘rin egallaganligiga doir yozma manba­larda ham ma’lumotlar keltiriladi. Ayniqsa xitoy yilnomalari bunday ma’lumotlarga boy. Masalan, “Tan shu” yilnomasida Sug‘dning markazi bo‘lgan Samarqand aholisining o‘yin kulguni xush ko‘rishlari keltiriladi. Xuddi shu manbada Xitoyning boy xonadonlarida Sug‘ddan borgan mashshoqlar va raqqosalar doimiy ravishda xizmatda bo‘lgan­liklari aytib o‘tilgan.
E.SHefer ularning musiqa asboblari, ijrosi, kiyimlari, raqs turlari to‘g‘risida ma’lumot beradi. Uning ma’lumotlarida “Sug‘dlik­lar vino ichayaptilar”, “To‘p o‘yinda musiqasi”, “Qordagi suv bilan cho‘milish raqsi” kabi alohida musiqa va raqs nomlari keltiriladi.
O‘rta Osiyo xalqlarining musiqasi arablarni ham hayratda qoldir­gan. Xalifa Volid II Xuroson noibidan (bu davrda noib Nasr ibn-Say­yor bo‘lgan) Xurosondan ziyofat uchun mashshoqlarni yuborishni so‘ragan.
Aksariyat hollarda yozma manbalardagi malumotlarni arxeologik ma’lumotlar ham tasdiqlaydi. Mug‘ qal’asi xarobalarida olib borilgan qazishmalar chog‘ida uzunligi 27 sm bo‘lgan nay topilgan. Laylak suyagi­dan yasalgan bu nayning teshiklar 6 ta bo‘lib ular turli masofada joylashgan. Ushbu nay qal’aning xazina qismida olib borilgan tadqiqotlar natijasida topilgan.
1965 yil Akademik YA.Fulomov rahbarligida qazish olib borayotgan olimlar VI-VII asrlarda barpo qilingan hashamatli saroy qoldiqlarini topib ochdilar. Saroyning devorlarini tozalayotgan arxeologlar hayratdan lol qoldilar. Caroy devor­lariga rang-barang buyoqlar bilan nafis suratlar chizilgan ekan. Suratlar bir necha asrlar mobaynida zax tuproq tagida yotganligiga qaramay ularning rangi hayratlanarli darajada tiniq edi. Samar­qand ixshidi- podsho Varxuman saroyi devorlariga o‘z davrining mohir musavvirlari tomonidan chizilgan ushbu suratlarning mavzusi turli tuman edi... Suratlarda Samarqandga turli mamlakat­lardan kelayotgan elchilar, fillarda sayr qilayotgan malikalar, tuy marosimlari, ov marosimlari aks ettirilgan bo‘lib har bir personaj haqqoniy qiyofaga egadir. Ushbu devoriy suratlar Sug‘diyona tasviriy san’atining naqadar yuksak bo‘lganligini yaqqol ko‘rsatib turibdi.
Afrosiyobning kulollar va zargarlar mahalla­laridan topilgan kulolchilik, zargarlik buyumlari ham yuksak mahorat, did bilan yaratilganligi bilan yaqqol ajralib turadi.

Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish