Avval xabar qilinganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan



Download 188 Kb.
Sana30.11.2022
Hajmi188 Kb.
#875718
Bog'liq
Avval xabar qilinganidek

  • Avval xabar qilinganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan
  • Germaniya Federativ Respublikasi Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer 2019-yilning 27-may kuni
  • rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.
  • Tashrifning asosiy voqealari 28-may kuni Koʻksaroy qarorgohida boʻldi.
  • Rasmiy kutib olish marosimidan soʻng Shavkat Mirziyoyev va Frank-Valter Shtaynmayer tor doirada va
  • kengaytirilgan tarkibda muzokara oʻtkazdi.
  • Davlatimiz rahbari Germaniya Prezidenti va xalqini tarixiy sana – GFR tashkil topgani hamda Bosh qomusi
  • qabul qilinganining 70 yilligi munosabati bilan tabrikladi.
  • Germaniya Federal Prezidenti davlatimiz rahbariga mamlakatimizga taklif va koʻrsatilayotgan samimiy
  • mehmondoʻstlik uchun minnatdorlik bildirdi.
  • Oʻzbekiston bilan Germaniya oʻrtasida izchil siyosiy muloqot yoʻlga qoʻyilgan. Frank-Valter Shtaynmayer GFR
  • tashqi ishlar vaziri sifatida 2006 va 2016-yillarda ham yurtimizga kelgan. Bu galgi tashrif doʻstlik va hamkorlik
  • munosabatlarini hamfikrlik va teng huquqlilik, oʻzaro ishonch va bir-birining manfaatlarini hisobga olish
  • tamoyillari asosida mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz.
  • Siyosiy sohada mamlakatlarimiz BMT, YEHHT kabi xalqaro tashkilotlar doirasida global va mintaqaviy
  • masalalar boʻyicha hamkorlik qilib kelmoqda. Oʻzbekiston Germaniyaning BMT Xavfsizlik Kengashi doimiy
  • aʼzoligiga intilishini qoʻllab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha
  • strategiyasi doirasidagi faol aloqalar Oʻzbekiston – Germaniya hamkorligining muhim qismini tashkil etadi.
  • Germaniya Oʻzbekistonning mintaqada barqarorlikni mustahkamlash, Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish
  • jarayoniga koʻmaklashish, Orol inqirozi oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan saʼy-harakatlarini yuqori
  • baholaydi.
  • Muloqotda tomonlar xalqaro tashkilotlar doirasida bir-birini qoʻllab-quvvatlashda davom etishini bildirdi.
  • Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik muammolar, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish, xavfsizlik
  • sohasida hamkorlikni mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi. Prezidentlar Afgʻonistonda ijtimoiy-iqtisodiy,
  • investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston – Germaniya
  • maslahatlashuvlari mexanizmining yoʻlga qoʻyilishini maʼqulladilar.
  • Mamlakatlarimiz oʻrtasida koʻp qirrali hamkorlikni qoʻllab-quvvatlash va oʻzaro tajriba almashishda parlamentlar
  • muhim oʻrin tutayotgani taʼkidlandi. Bu borada 23-may kuni Toshkentda oʻtkazilgan konstitutsion tizim va
  • parlamentarizm boʻyicha Oʻzbekiston – Germaniya forumi har jihatdan foydali boʻlgani qayd etildi.
  • Muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar hamkorlikni
  • yanada rivojlantirish, sheriklik aloqalarini istiqbolli tashabbuslar va loyihalar bilan boyitish, yangi kooperatsiya
  • shakllari va mexanizmlariga oʻtish masalalari batafsil muhokama qilindi.
  • Oʻzbekistonda Germaniya kompaniyalari ishtirokidagi investitsiya loyihalari alohida nazoratda ekani taʼkidlandi.
  • Mamlakatimizga investitsiya kiritayotgan bunday kompaniyalar uchun eng koʻp qulayliklar yaratishga tayyorlik
  • bildirildi.
  • Germaniyada ishlab chiqarilgan yuqori sifatli mashina va uskunalar, kimyo va farmatsevtika tovarlariga
  • mamlakatimizda talab katta. Oʻzbekiston Germaniya bozoriga qishloq xoʻjaligi, neft-kimyo mahsulotlari va
  • boshqa xaridorgir tovarlar yetkazib berishga tayyor. Mamlakatimizning eksportchi kompaniyalari Germaniyada
  • oʻtkazilayotgan “Yashil hafta”, “Oziq-ovqat va logistika” kabi nufuzli koʻrgazmalarda muntazam ishtirok etib,
  • hamkorlik doirasini kengaytirmoqda.
  • Muzokaralarda bu boradagi yangi imkoniyatlar muhokama qilindi, oʻzaro manfaatli takliflar koʻrib chiqildi.
  • Bugungi kunda mamlakatimizda Germaniya sarmoyasi ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 160
  • tadan oshdi. Shundan 42 ta firma va kompaniya toʻlaligicha xorij kapitali hisobiga tuzilgan. 2018-yilda
  • oʻzarotovar ayirboshlash hajmi 25 foiz oʻsib, 770 million dollardan ziyodni tashkil etdi.
  • Joriy yil yanvar oyidagi tashrif chogʻida erishilgan kelishuvlar natijasida Germaniya kompaniyalarining
  • Oʻzbekiston bilan investitsiviy hamkorlikka qiziqishi ortib borayotgani taʼkidlandi. Ayni paytda mamlakatimizda
  • dunyoga mashhur Germaniya kompaniyalari bilan hamkorlikda yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan,
  • «MAN” kompaniyasi bilan zamonaviy yuk avtomobillari, “Claas” va “Lemken” kompaniyalari bilan qishloq
  • xoʻjaligi texnikasi, “Knauf” bilan qurilish materiallari, “Deutsche Kabel” bilan kabel-oʻtkazgich mahsulotlari ishlab
  • chiqarilmoqda. Germaniyalik mutaxassislar ishtirokida “Qarshi – Termiz” temir yoʻli elektrlashtirilmoqda.
  • Oʻzbekiston – Germaniya ishbilarmonlar kengashi oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish va toʻgʻridan-toʻgʻri
  • investitsiyalar oqimini koʻpaytirish boʻyicha izchil ish olib bormoqda. Muntazam ravishda moliyaviy-texnikaviy
  • hamkorlik borasida maslahatlashuvlar, savdo va investitsiyalar hamda qishloq xoʻjaligi boʻyicha hukumatlararo
  • ishchi guruhlar majlislari oʻtkazilmoqda.
  • Turizm sohasida ham aloqalar jadal rivojlanib bormoqda. Keyingi yillarda Germaniyadan yurtimizga tashrif
  • buyurgan sayyohlar soni 4 barobar oshib, 2018-yilda 20 ming kishiga yetdi. Joriy yil 15-yanvardan Germaniya
  • fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz tartib joriy etilgani nemis sayyohlari sonini yanada koʻpaytirishga turtki beradi.
  • Germaniyada sogʻliqni saqlash sohasi yuksak rivojlangan. Ushbu sohadagi hamkorlik doirasida Toshkent
  • shahrida “Epsilon” kompaniyasi bilan birgalikda zamonaviy onkologiya klinikasi va reabilitatsiya markazi,
  • Toshkent viloyatida “Opassa” kompaniyasi va Mangeym universiteti klinikasi bilan birgalikda onkologiya
  • klinikasini qurish kabi muhim loyihalar amalga oshirilmoqda.
  • Shu kungacha Germaniya bilan hamkorlikda sogʻliqni saqlash sohasida 32 million dollarga teng dasturlar
  • hayotga tatbiq etildi, oʻzbekistonlik mutaxassislar ushbu mamlakat klinikalarida muntazam malaka oshirmoqda.
  • Oʻzbekistonda nemis millatiga mansub 8 mingdan ziyod fuqaro yashaydi. “Vidergeburt” nemis madaniyat
  • markazi, “Oʻzbekiston – Germaniya” doʻstlik jamiyati nemis madaniyati va anʼanalarini saqlash, asrab-avaylash
  • va rivojlantirishga hissa qoʻshmoqda. Konrad Adenauer va Fridrix Ebert nomidagi jamgʻarmalar, Germaniya
  • akademik almashuvlar xizmati (DAAD) vakolatxonalari va boshqa tashkilotlar xalqlarimiz oʻrtasidagi madaniy-
  • maʼrifiy aloqalarni rivojlantirishning muhim institutlariga aylandi.
  • Madaniyat va taʼlim sohalarida samarali almashuvlar yoʻlga qoʻyilib, mintaqalararo hamkorlik doirasida
  • Toshkent va Berlin, Buxoro va Bonn hamda ikki mamlakatning boshqa shaharlari oʻrtasida qoʻshma loyihalar
  • amalga oshirilmoqda.
  • Muzokaralarda Oʻzbekiston va Germaniyaning keng koʻlamli hamkorlikni rivojlantirishga intilishi mushtarak
  • ekani, barcha masalalar boʻyicha qarashlari oʻxshash va yaqinligi yana bir bor oʻz tasdigʻini topdi.
  • Oʻzbekistonva Germaniya Prezidentlarining muzokaralari yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash
  • marosimi boʻldi.
  • Axborot almashish va uni himoya qilish, zararli gazlar chiqarilishini kamaytirish va iqlim oʻzgarishlariga
  • moslashish, “Volkswagen” kompaniyasi bilan hamkorlikda tijorat avtomobillari ishlab chiqarish toʻgʻrisida va
  • boshqa hujjatlar imzolandi.
  • Ushbu kelishuvlar, ayniqsa, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan Germaniyaning “Integra
  • GmbH” va “Vamed Engineering GmbH” kompaniyalari oʻrtasida Toshkent shahrida Yadroviy tibbiyot va nurli
  • terapiya markazini tashkil etish boʻyicha tuzilgan bitim xalqimiz uchun katta ahamiyatga ega ekani taʼkidlandi.
  • Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda Prezidentlar muzokaralar anʼanaviy doʻstlik, ochiqlik va
  • oʻzaro anglashuv ruhida oʻtganini qayd etdi.
  • Davlatimiz rahbari mamlakatlarimiz xalqaro maydonda ishonchli, muhim va uzoq muddatli hamkorlar
  • sanalishini, koʻp qirrali Oʻzbekiston – Germaniya munosabatlarini yanada jadallashtirishdan tomonlar birdek
  • manfaatdor ekanini alohida taʼkidladi.
  • – Oʻzbekiston tomoni joriy yil yanvar oyida Berlinda oʻtgan uchrashuvning mantiqiy davomi boʻlgan bugungi
  • muzokaralar natijalaridan toʻla mamnuniyat izhor etadi, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – Ikki tomonlama
  • hamkorlikning deyarli barcha yoʻnalishlari – siyosiy muloqot, parlamentlararo aloqalar, savdo-iqtisodiy,
  • investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa koʻplab sohalarga doir masalalar atroflicha koʻrib chiqildi.
  • Oʻzbekiston va Germaniya hamkorligining bugungi holati har tomonlama tahlil qilinib, ustuvor yoʻnalishlar va
  • kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
  • Federal Prezident uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev rahbarligida boshlangan islohotlarning istiqbollari hamda
  • ushbu yangilanishlar Oʻzbekiston – Germaniya munosabatlariga bagʻishlagan yuqori surʼat batafsil muhokama
  • qilinganini taʼkidladi.
  • – Oʻzbekistonda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy sohalarda oʻsish roʻy berayotganiga guvoh boʻlib turibmiz va bu bizni
  • quvontiradi. Germaniyadan nufuzli delegatsiya javob tashrifi bilan kelgani, muzokaralar samarali oʻtib, muhim
  • kelishuvlarga erishilgani, muhokama etilgan barcha masalalar yuzasidan Oʻzbekiston rahbari bilan fikrimiz bir
  • joydan chiqqani hamkorlikni kengaytirishga ikki tomonda ham intilish kuchli ekanidan dalolat beradi. Biz faqat
  • mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlar emas, balki Yevropa Ittifoqi doirasidagi sheriklik masalalarini ham
  • atroflicha muhokama qilish imkoniga ega boʻldik. Bugungi tashrif Oʻzbekistondagi yangi siyosatni toʻliq qoʻllab-
  • quvvatlashimizning ifodasidir. Biz mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlarda yangi, istiqboli porloq
  • bosqichning ostonasida turibmiz, – dedi Frank-Valter Shtaynmayer.
  • Kunning ikkinchi yarmida GFR Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri
  • Abdulla Aripov hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga
  • gul qoʻydi.
  • GFR Prezidenti Oʻzbekiston va Germaniya ishbilarmon doiralari vakillari yigʻilishida ishtirok etdi.
  • Germaniya sanoat va texnologiyalar rivoji boʻyicha jahonda ilgʻor davlatlardan biri sanaladi. Bugungi kunda
  • avtomobilsozlik, kimyo, elektrotexnika, aviakosmik soha, qurilish va oziq-ovqat sanoati Germaniya iqtisodiyoti
  • barqaror oʻsishini taʼminlovchi asosiy tarmoqlar boʻlib kelmoqda.
  • Yigʻilishda Oʻzbekistonda germaniyalik investorlar ishtirokida tuzilgan korxonalar, ushbu mamlakat firma va
  • kompaniyalari vakolatxonalari muvaffaqiyat bilan faoliyat koʻrsatayotgani taʼkidlandi. Oʻzbekiston Tashqi
  • iqtisodiy faoliyat milliy banki Germaniyaning qator banklari bilan aloqa oʻrnatgan, Toshkentda “Doyche-bank”
  • boʻlimi tashkil etilgan.
  • – Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan jadal islohotlarni diqqat bilan kuzatib borayapmiz. Mamlakatingizdagi
  • investitsiyaviy loyihalarni qoʻllab-quvvatlash, ilgʻor tajriba va innovatsiyalar bilan oʻrtoqlashishga doimo
  • tayyormiz, – dedi Frank-Valter Shtaynmayer.
  • Yigʻilishda Oʻzbekiston va Germaniya tadbirkorlarining turli sohalarda qoʻshma loyihalar ishlab chiqish va
  • amalga oshirish imkoniyatlari, oʻzaro manfaatli hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini ochish masalalari muhokama
  • qilindi. Energetika, neft-gaz kimyosi, axborot texnologiyalari, bank-moliya, transport, atom energetikasi kabi
  • sohalarda sheriklik aloqalariga oid qator hujjatlar imzolandi.
  • Frank-Valter Shtaynmayer poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi “Bakan Tex” masʼuliyati cheklangan
  • jamiyatiga tashrif buyurdi.
  • Germaniyaning “Truchler”, “Zenser”, “Saurer” kabi yetakchi kompaniyalari texnologiyalari bilan jihozlangan
  • korxonada paxtadan yuqori sifatli ip-kalava ishlab chiqariladi. Loyiha qiymati 52 million dollar boʻlgan korxonada
  • 500 dan ziyod ishchi mehnat qiladi. Bu yerda mamlakatimizda yagona avtomatik qadoqlash, tozalash,
  • chiqindilarni presslash tizimlari oʻrnatilgan. Bu ekologik toza va sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi.
  • ISO-9001 sifat menejmentiga ega korxona mahsulotlari dunyo bozorida juda xaridorgir. Ayni paytda
  • mahsulotlar MDH mamlakatlari, Xitoy va Turkiyaga eksport qilinmoqda. 2018-yil yakuniga koʻra, 9,5 million
  • dollarlik mahsulot eksport qilingan. Joriy yilning oʻtgan davrida 5 ming 770 tonna paxta tolasidan 4 ming 800
  • tonna ip-kalava ishlab chiqarilgan, 13 million dollarlik mahsulot eksport qilindi.
  • Oliy martabali mehmon paxta tolasidan ip-kalava ishlab chiqarish, qadoqlash va eksportga yoʻnaltirishgacha
  • boʻlgan jarayon haqidagi videorolik bilan tanishdi, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti talabalari
  • bilan suhbatlashdi.
  • Germaniya Prezidenti Toshkentdagi Gyote institutida boʻlib, Yohann Volfgang Gyote haykalining ochilish
  • marosimida qatnashdi.
  • Frank-Valter Shtaynmayer Oʻzbekistonda Gyote siymosiga ehtirom mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstona
  • munosabatlarni yangi ruhda davom ettirishga, madaniy-maʼrifiy aloqalarning yanada mustahkamlanishiga
  • xizmat qilishini taʼkidladi.
  • Oliy martabali mehmon Toshkentdagi Gyote instituti faoliyati bilan tanishdi.
  • Bugun Oʻzbekistonda Germaniya akademik almashuvlar xizmati, Konrad Adenauer va Fridrix Ebert nomidagi
  • jamgʻarmalar vakolatxonalari, Nemis xalq universitetlari assotsiatsiyasining Xalqaro hamkorlik boʻyicha instituti
  • kabi GFRning koʻplab ilmiy-maʼrifiy tashkilotlari muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda.
  • Mamlakatimizdagi 1 ming 842 maktabda 377 mingdan ziyod oʻquvchi nemis tilini oʻrganmoqda. Ayni paytda
  • oʻzbekistonlik 700 dan ortiq talaba, ilmiy tadqiqotchi Germaniya oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayapti.
  • Toshkentdagi Gyote institutining asosiy maqsadi nemis tilini oʻrgatish, xalqaro madaniy hamkorlikni
  • rivojlantirishdan iborat. Hozirgi kunda institutning til oʻqitish markazlarida 4 mingdan ziyod yurtdoshlarimiz
  • nemis tilini oʻrganmoqda.
  • Frank-Valter Shtaynmayer institutda til oʻrganayotgan yoshlar, madaniyat va sanʼat namoyandalari, ilmiy
  • doiralar hamda keng jamoatchilik vakillari bilan suhbatlashdi.
  • Federal Prezident ikki hamyurtimiz – Germaniyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi tarjimoni Mukarram Karimova
  • va Margʻilon shahridan nemis tili oʻqituvchisi Lidiya Osinani “Bundesverdienstkreuz” (“Germaniya Federativ
  • Respublikasiga koʻrsatgan xizmatlari uchun”) ordeni bilan mukofotladi.
  • Hamyurtlarimizning bunday yuksak mukofot bilan taqdirlanishi nafaqat ularning ikki tomonlama madaniy-
  • gumanitar hamkorlik rivojiga qoʻshgan hissasi, balki davlatlararo munosabatlarni mustahkamlash yoʻlidagi
  • xizmatlarining ham eʼtirofidir. Taqdirlash marosimi Germaniyada Oʻzbekiston bilan aloqalarga alohida eʼtibor
  • bilan qaralishi, hamkorlikni ravnaq toptirish maqsadida faoliyat koʻrsatayotgan vakillarimiz yuksak
  • qadrlanishidan yana bir dalolat boʻldi.
  • GFR Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning mamlakatimizga rasmiy tashrifi davom etmoqda.

Download 188 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish