Aristotel
Peloponess urushi (e.a. 431 - 404 yy.) Afina va uning
demokratiyasi yemirilishiga olib keldi. Mafkurada ham
chuqur o`zgarishlar sodir etilmoqda edi. Ioniyalik va
tomistlarning materialistik tizimini Suqrot (e.a. 469 - 399
yy.) va uning shog`irdi Platonning (e.a. 427 - 347 yy.)
dealistik falsafasi siqib chiqardi, tamoyilsiz dialektikaning
o`qituvchilari - sofistlar paydo bo`ldilar. Shu bilan birga
unozara olib borish san`ati, mantiqan fikrlash qobiliyati
ortti, qat`iy matematik isbotlarga qiziqish o`sib bordi.
"Platon Akademiyasi" deb nomlangan maktabga asos
solgan faylasuf Platon matematikani yuqori baholagan. Rivoyat qilishlaricha
Akademiyaga kiraverishdagi peshtoqida "Matematikani bilmagan hech kim
kirmasin" degan yozuv bo`lgan ekan. Platonning ishlarida bir qator fizik g`oyalar
ham bo`lgan, biroq fan tarixiga u asosan idealist-faylasuf sifatida kirgan. Jamiyatda
tizimli ilmiy bilimga ehtiyoj sezilgan, va Platonning shog`irdi bo`lmish qadimgi
Dunyoning mashhur donishmandi Aristotel chekiga o`z davridagi ilmiy
bilimlarning tizimli to`plamini tuzishi tushdi.
Aristotel eramizdan avvalgi 384 yilda Makedoniya bilan chegaradosh yunon
Stagir shahrida tug`ilib, eramizdan avvalgi 322 yilda vafot etgan. Aristotelning
ilmiy merosi juda ulkandir. U o`z davridagi ilmiy bilimlarning to`liq
ensiklopediyasini tashkil etadi. Biroq uning ishlarida matematik va mexanik
tadqiqotlarni uchratmaymiz. Uning "Metafizika"sida fan va san`atning paydo
bo`lishi haqida fikrlarni, undan oldin o`tganlarning ishini tanqidiy tahlili va
sharhini ko`ramiz. Inson fikri rivojlanishiga biror olim Aristotelchalik uzoq va
chuqur ta`sir etmagan bo`lsa kerak. Uning nuqtai nazarlari qator yuz yilliklar
davomida haqiqat deb qabul qilinib kelingan. O`rta asrlardagi yevropalik
universitetlarida tabiatshunoslik aristotelcha talqin qilingan. Aristotel izdoshlarini
peripatetiklar deb nomlashgan.
Yangi tabiatshunoslik Aristotelning ayrim fikrlarini dogmaga aylantirgan,
natijada ilmiy rivojining dushmanlariga aylangan peripatetik falsafa namoyandalari
bilan kurash olib borishga to`g`ri keldi. Aristotel nazariyasidagi ayrim fikrlarni
nasroniy cherkov ilib olib, ularni kanonik dogmalar deb e`lon qilgan edi.
Aristotelning o`zi unchalik dogmatik bo`lmasada, u ustozi kabi idealist ham
bo`lmagan. U material olamni ob`ektiv bilishlikni va uni o`rganish
mumkinliginitan olgan. Shu bilan birga u ilohiy kuchlarning borligiga ham
ishongan, yerdagi va osmondagi olamlarni taqqoslagan va tabiatning oliy
maqsadini axtargan. Shularning barchasi cherkovga Aristotel falsafasidagi chirkin
narsalarni tutib, tirik narsalarni, ya`ni, uning qiynalib izlanishlari, stixiyalik
dialektikasini va boshqa chuqur fikrlarini unutib yuborishga imkon berdi.
Zamonaviy fizika Aristotelda ancha dolzarb bo`lib yangragan fikrlarni topib
bormoqda.
Aristotel fizika faniga nom qo`ygan insondir. Tabiatni tadqiq qilishga
bag`ishlangan kitobining nomi "Fizika" edi, fizika fanining nomi ham shunday
bo`ldi. Aristotel o`z kitobining boshida bu fanning maqsad va muammolarini
aniqlab beradi: "Ilmiy bilishlik barcha tadqiqotlarda paydo bo`lgani va ularni
o`rganish yo`lida boshlanishga, sabablarga va elementlarga taqsimlangani uchun
ravshanki, tabiat haqidagi fanda ham dastavval boshlanishga tegishlisini ajratib
olish lozim". Bu fikrdan tabiat haqidagi fan tabiatning "birlamchi sabablarini",
uning "birinchi asoslarini" va "elementlarini" tadqiq qilishi, o`rganishi kerak
degan narsa kelib chiqadi. Zamonaviy til bilan aytiladigan bo`lsa, fizika asosiy
qonuniyatlarni (birinchi sabablar), tabiat tamoyillarini (birinchi asoslarini)
shuningdek, uning "elementlarini" (elementar zarralarini) o`rganishi zarur.
Shunday qilib, Fizika tabiatning fundamental qonunlariga va asosiy elementlar
(zamonaviy fizikadagi zarralar va maydonlar) haqidagi tasavvurlarga tayangan
umumiy nazariyadir. Zamonaviy nazariyotchi fizikaning muammolariga doir
Aristotelning bu nuqtai nazarini ma`qullaydi va butun bor tabiatni qamrab oluvchi
yagona nazariyani yaratish ustida ish olib boradi.
Fan tarixi nazarida Aristotelning bu fikri o`ta chuqur ma`noga ega. Inson
buyumlarni haqiqatligicha (buyum tabiatan shunday) qabul qilmay, balki avval
unda qanday taassurot qoldirganiga qarab (biz uchun ravshan) qabul qiladi. Ilmiy
bilishlik yo`li avval buyumlarning haqiqiy tabiatini tushunishdan ancha yiroq
bo`lgan oddiy xissiy kuzatishdan boshlanib, shu tabiatni oddiy nazarda "mantiqqa
zid" bo`lgan haqiqiy tabiatini o`rganish tomon yo`nalgan bo`ladi. Masalan, Yer
bizga yassi va harakatsiz bo`lib tuyuladi. Yerning sharsimonligi kashf etilishi
bilishlikning "tabiatan shunday" va "bizga unchalik ravshan emas" tomon katta
qadam edi. Koperning kashfiyoti bu yo`nalishdagi keyingi qadam bo`ldi. Fan tarixi
tabiatni bilishlik yo`li haqidagi "bizga nisbatan ma`lum va ravshan bo`lgan
tomondan buyumlarning tabiati nuqtai nazaridan ma`lum va ravshan tomonga"
degan Aristotelning fikri to`g`riligini tasdiqlaydi. Aristotelning bilishlik usulida
to`htalib o`taylik. Zamonaviy fizika darsligidan farqli biz Aristotelning "Fizika"
kitobida matematik formulalarni ham, tajriba va foydalanilgan asboblarning
tasnifini ham topolmaymiz. Aristotel u yoki bu xulosalarga mulohazalar, u yoki bu
taxminlardan chiquvchi natijalardagi mantiqiy qaramaAristotelqarshiliklar orqali
keladi. Bu usul, ya`ni, dialektika va mantiqning usuli qadimgi donishmandlarning
orasida keng tarqalgan yo`l edi. Suqrot u yoki bu taxminlarni ilgari surib, ularga
savol qo`yar, javoblarini topar, javoblarni taqqoslab ulardagi birinchi ko`rinishda
ravshan bo`lib tuyulgan narsaning mantiqiy zidligini ko`rsatar edi. Shu yo`l bilan u
ularning noto`g`riligini isbotlab berardi. Munozara, bahs Suqrot va uning shog`irdi
Platonning asosiy usuli bo`lgan va ularning asarlari to`g`ridan-to`g`ri bahs shaklida
yozilgan edi. Aristotelning "Fizika", "Metafizika" va boshqa asarlari rasman
munozara deb hisoblanmasada, ularda bilishlikning shunday izlari mavjud,
shubhasizki, Aristotelning g`oyalari shunga o`xshash bahs va suhbatlarda pishib
yetilgan.
Ilmiy yoki siyosiy bahslashuvlarning katta tajribasi qadimgi yunon
shaharning ma`naviy va jamoa hayotida oddiy manzarasini tashkil etar edi va bu
narsa Aristotelning ilmiy umumlashuvlariga asosiy material bo`lib qoldi. Shuning
uchunmi, tajriba yoki matematik tahlil yo`lini Aristotel ishlatmagan edi. quldorlik
davrida tajribachining "temirchi" san`atidan foydalanilmagan va hurmat
qilinmagan. quldor fikrning nozik o`yinini yoqtirar, biroq qo`llarning nozik
ishlariga befarq bo`lardi, shunga qaramay, rassom va arxitektorlarning
yutuqlaridan zavq olishga halaqit bermasdi. Shuni ta`kidlab o`tish joizki, Aristotel
"tabiatan" yaratilgan buyumlarni "sun`iy yaratilgan"lardan farqlagan. Aristotel
fikriga ko`ra, tajriba tabiat hayotini buzadi va uni bilishligida noto`g`ri natijalarni
beradi. Shu sabablardan ham tabiatni tadqiq qilishda matematikadan foydalanib
bo`lmaydi deb hisoblardi. Qadimgi Yunonistondagi matematikada o`zgarmas
kattalik va nisbatlar bilan ish olib borilardi, tabiat esa qandaydir harakatlanuvchan,
doimo o`zgarib turuvchi bo`lib tuyulardi. Matematika abstrakt, nomaterial
tushunchalar bilan ish ko`rar, tabiat esa haqiqiy, materiallidir. Aristotel aytishicha:
"Aniqlik, aynan matematik aniqlik har doim emas, balki faqat nomaterial
buyumlarga nisbatan talab etilishi mumkin. Shunday qilib, bu usul tabiat haqidagi
fanga ma`qul kelmaydi, chunki tabiat har doim materiya bilan bog`liqdir".
Ravshanki, bunday uslubiy yondoshishda Aristotelning "Fizika"si ko`proq
tabiatshunoslik bo`yicha qo`llanmaga emas, balki falsafiy risolaga yaqindir. Unda
Aristotel tabiat haqidagi fanning umumiy tushunchalarini, ya`ni, materiya
tushunchasini va harakatni, fazo va vaqtni, ta`sir etuvchi sababiylikni, bo`shliq
mavjudligi, chekli va cheksizlik, birlamchi sifatlar masalalarini muhokama qiladi.
ristotel materiyaning ob`ektiv mavjudligini tan olgan, biroq u o`ziga xos
"o’quvchi" tushunchaga ega. Aristotelning materiya haqidagi tasavvurining muhim
momenti shundan iboratki, materiya o`zicha faqat real buyumning paydo bo`lishi
uchungina, tabiatning qandaydir passiv asosi sifatida xizmat qiladi. Buyum
reallikga aylanishi uchun u shaklga kirishi darkor, unda shakl ehtimollikni
haqiqatga aylantiradi. Har qanday buyum materiya va shakl uyg`unligidan iborat
tabiatda har doim materiyaning shaklga, shaklning materiyaga ko`chishi sodir
etiladi. Bundan Aristotelning - 1) material; 2) formal; 3) hosil qiluvchi; 4) natijaviy
- to`rtta ta`sir etuvchi sababiylik haqidagi ta`limoti kelib chiqadi. Faol hosil
qiluvchi sabab harakat bo`lsa, natijaviy sabab - maqsaddir.To`rtta sababiylik
haqidagi ta`limot sxolastikaning asosiy negizini tashkil etdi va o`rta asrlarda keng
tarqaldi. Lekin fanning rivoji Aristotelning materiya imkoni va maqsadi haqidagi
g`oyalariga boshqacha yondashishga majbur etdi. Kutilmaganda materiya imkon
sifatida virtual zarralar va maydonlarga doir tasavvurlarda zamonaviy nazariy
fizikada namyon bo`ldi. Maqsad konsepsiyasiga, ya`ni, material jarayonlarni
dasturlashga kelsak, Aristotelning tasavvuri zamonaviy biologiyadan joy oldi.
Zamonaviy tasavvurlarga ko`ra, DNK molekulasida biologik ob`ektning
kelajakdagi rivojlanishi "dasturlab" qo`yilgan. Harakatni Aristotel umumiy
o`zgarish, ehtimolning haqiqatga faol aylanishi deb tushunadi. Mexanik harakat -
joy o`zgarishi bilan bog`liq bo`lgan harakatlardan bir turi, xolos. Aristotelga
binoan, "joy" tushunchasi material jism bilan uzviy bog`langan va bir jismning
ikkinchi jismga nisbatidan kelib chiqadi. Aristotel tushunchasidagi joy hajmli
jismning chegarasidan o`zga narsa emas. Aristotel vaqtni harakat bilan bog`laydi, u
o`ziga xos harakat o`lchovi, "harakat soni" sifatida xizmat qiladi. Eng sodda
harakat deb u tekis aylanma harakatni biladi, "chunki uning soni eng ma`lumdir".
"Shuning uchun ham vaqt sferaning harakatiga o`xshash, bu harakat bilan barcha
boshqa harakatlar, chunonchi, vaqt ham u bilan o`lchanadi". Ana shu yo`sinda
astronomik tajriba aristotelcha vaqt konsepsiyasida namoyon bo`ldi. O`zining
"Fizika"sida Aristotel o`zidan avvalgilarni, ya`ni, ioniyaliklar, eleatlar, Anaksagor,
Levkipp va Demokritlarning olam birlamchi materiyasiga dunyoqarashlarini
batafsil tahlil qiladi. U bo`shliqni va ko`psonli olamlarni tan oluvchi atomistlarning
dunyoqarashlarini tanqid qiladi, chunki uning fikricha bu nuqtai nazar mantiqiy
qarama-qarshiliklarga olib kelishi mumkin ekan. Aristotel fikricha, bo`shliq
tushunchasi ham haqiqat bilan ziddir. Muhit harakatga qarshilik ko`rsatishini
to`g`ri payqagan Aristotel cheksiz siyraklashtirilgan bo`sh fazo abadiy harakatga
olib kelishi mumkin degan xulosaga keladi. Uning fikricha, bu mumkin emas.
qarshilik yo`q bo`lsa jism tezligi cheksiz bo`lardi, u ham bo`lishi mumkin emas.
qizig`i shundaki, bo`shliqqa qarshi yana bir argumenti - bo`shliqda barcha
jismlarning tushish tezligi bir xilda bo`lishligi, shuningdek, cheksiz inersial harakat
to`g`risidagi Aristotelning to`g`ri xulosalaridir. Real sharoitda harakat chekli va
jismlar turli tezliklar bilan tushadilar. Eynshteyn cheksiz katta tezlik mumkin
emasligi haqidagi aristotelcha tamoyilni bo`shliq mavjudligi bilan birga o`rinlatdi,
bunda u mumkin bo`lgan maksimal tezlik sifatida vakuumdagi yorug`likning
tezligini qabul qildi.
Aristotelning olam haqidagi fizik tasavvurida to`g`ri va qiziq g`oyalar bilan birga
noto`g`ri va reaksion fikrlar ham uchraydi. Shunday ta`kidlardan biriga
Aristotelning mutloq qo`zg`almas olam markazi (Er) mavjudligi, Yer va
osmondagi narsalarning qarama-qarshiligi haqidagi fikrlarni ko`rsatish mumkin.
Barcha shunday ta`kidlar cherkov tomonidan qonunlashtirilgan bo`lib, o`rta
asrlarda ularga mutloq dogma sifatida qaralar edi. Yerdagi real jism abadiy
bo`linmas osmon olamiga mansub bo`laolmasdi.
Yerdagi olam o`zgaruvchan va bir-biriga almashinuvchi elementlaridan
tuzilgan, unda har doim uzluksiz ravishda o`zgarish, yemirilish va yo`q bo`lish
hodisalari sodir etiladi. To`rtta asosiy qarama-qarshiliklar, ya`ni, quruqlik
vanamlik, iliqlik va sovuq, o`zining munosabatlari orqali olamning to`rtta asosiy
elementlarini, ya`ni, sovuq va quruq Yerni, sovuq va nam suvni, iliq va nam
havoni, iliq va quruq olovni beradi. Aristotelning bu to`rtta elementi
Empedoklning aynan shunday elementlaridan birlamchi sifatlari o`zgarishi orqali
bir-biriga o`taolishi bilan farqlanadi. Aristotelning bu ta`limoti alkimyoning
nazariy asosi bo`lib qoldi.
Yerdagi olamda, shuningdek, og`irlik va yengillik asoslari ham ta`sirlanadilar.
Barcha jismlar shu sifatlari tufayli yoki olam markaziga, yoki markazdan yuqoriga
intiladilar. Aristotel fikricha, vertikal tushish yoki yuqoriga intilish og`irlik yoki
yengillik sifatlariga binoan xos va tabiiy harakatdir. Qolgan barcha harakatlar
majburiydir va tashqi kuch va ta`sir orqali tutib turiladi. Jism o`zidan o`zi
harakatga faqat og`irligi tufayli kelishi mumkin, kolgan barcha xollarda kuch ta`sir
etilishi lozim. Osmon jismlarga tekis aylanma harakat xosdir. Aristotel xalqani
butkul qandaydir sehrli narsa deb hisoblaydi va richag harakatini ham uning sehri
bilan izohlaydi.
Aristotel fikricha, bo`shliq, vaznsizlik tabiatga zid, mumkin bo`lmagan
narsalardir. Aristotel fizigi bu shunday insonki, u qo`zgalmas Yerdagi havo
muhitida, Yer tortish maydonida yashaydi va olamni bunday narsalarsiz tasavvur
etaolmaydi. Kundalik tasavvurlarga mos ravishda Aristotel olamning geotsentrik
tizimini va osmon yoritkichlari harakatlanadigan sferalarga taqsimlangan
cheklangan Koinot konsepsiyasini qabul qiladi. Aristoteldan keyingi davrdagi
atomistika Iskandar Zulqarnay yurishlari qadimgi dunyo betini o`zgartirib yubordi
va yunon hamda sharq sivilizasiyalarning o`zaro ta`sirlashuvlariga olib keldi.
Buning natijasida dunyo tarixida katta ahamiyatga ega, xususan, nasroniylikni
(xristianlikni) paydo qilgan va rivojlantirgan madaniyat qorishmasi paydo bo`ldi.
Iskandarning o`limidan so`ng parchalanib ketgan ulkan imperiya o`rnida yangi
davlatlar, savdogarchilik, hunarmandchilik va madaniyatning yangi markazlari
paydo bo`ldi. Bu davlatlarda iqtisodiy va madaniy hayotning yangi markazlari
ochildi. Garchi falsafiy va ilmiy hayotning tomiri Aristotel vafotidan so`ng ham
urib turgan bo`lsada, Afina chetga chiqib qoldi. Biroq, yunon fan va falsafasining
xarakteri anchagina yuzgardi.
Qadimgi Dunyoning fan va madaniyat tarixida ellinistik deb nomlangan
yangi bosqich boshlandi, u ellinistik davlatlar barpo etilishi, ya`ni, eramizdan
avvalgi IV asr oxiri - III asr boshidan boshlab, Rimning Misr tomonidan bosib
olgunga qadar (e.a. I asr) davom etdi. Bu vaqtdan fan tarixining uchinchi, ya`ni
yunon-rim davri boshlanadi. Bu davr davomida ellinistik butparastlik madaniyati
o`z mavqeini yo`qotib bordi, uning o`rniga butparastlikga qarshi keskin kurash olib
borgan (uning misoli tariqasida Iskandariyaning kutubxonasi tor-mor etilishi
hamda birinchi astronom ayol Gipatiyaning (eramizning 415 y.) o`ldirilishini
eslashimiz mumkin) yangi o`sib kelayotgan nasroniy madaniyat egalladi. Kurash
o`rta asrlardagi ma`naviy hayotning fan va madaniyatni bosib olgan diniy mafkura
ustunligi ostida yakunlanadi. Antik fanning ajoyib yutuqlari esdan chiqishi,
qadimgi mualliflar ishlarining katta qismi yo`qolishi ana shu fakt bilan
izohlanadi.Avval boshdanoq nafaqat nasroniy, balki boshqa dinlar ham fan va
erkin fikrga qarshi bo`lgan. Bu qarshilikning izlari butun fan tarixida, shu bilan
birga qadimgi fanda ham ko`rinadi. Rim shoiri va faylasufi Lukresiy Kar (e.a. 99 -
55 yy.) o`zining mashhur "Buyumlarning tabiati haqida" qasidasida "dinning og`ir
qadamini" va uning ostida insonlarning hayoti "noxush kechishi"ga va diniy
mafkuraga qarshi chiqqan yunon donishmand, Demokritning tabiat haqidagi
ta`limotini rivojlantirgan afinalik fan va falsafaning ajoyib namoyandasi Epikurni
(e.a. 341 - 270 yy.) to`lqinlanib yoritib bergan.
Epikur ijodida yangi davrning manfaatlari yaqqol qo`rsatib o`tilgan. Uni
asosan etika muammolari qiziqtirgan. Bu muammolar ellinistik hamda yunon-rim
davrlarida zavq-shavq bilan mushohada qilingan va u davrdagi etika va falsafiy
merosning kattagina qismi nasroniy etika va falsafasiga o`tgan. Biroq Epikurning
etikasi materialistik va insonga yaqin (epikureylik) bo`lgani uchun cherkov
tomonidan quvg`inga uchragan. Epikurning tabiat haqidagi ta`limoti Demokritning
atomlar konsepsiyasiga asoslangan bo`lsada, undan biroz farqlanadi. Epikur barcha
tabiiy, psixik va ijtimoyi hodisalarni atomlarning mavjudligi bilan tushuntirmoqchi
bo`ladi. Atomlar haqidagi tushunchaning o`zi esa, yaxshi ma`lum bo`lgan
faktlardan chiqariladi. Masalan, kirning qurishi sababi quyosh va shamol ta`siri
ostida kirdan suvning ko`rinmas zarrachalari uzilishidadir. Atomlar tinimsiz
harakatda bo`ladi va Lukresiy ularni qorong`u xonaga yorib kirgan Kuyosh
nuridagi chang zarralarning harakatiga qiyoslaydi. Lukresiy tomonidan chizib
berilgan g`alayonlangan chang zarralari modeli broun harakatining zamonaviy
tasviriga mos keladi. Bu - fan tarixida qadimgi muallif tomonidan molekulyar
harakatni tasvirlab bergan birinchi tasvirdir. Epikur tomonidan atomlarning xaotik
harakatini tushuntirishi Demokrit tushuntirilishidan farqlanadi. Epikur katta va
kichik atomlar tushishidagi tezliklar orasidagi farqlarni tan olmaydi; bo`sh fazoda
barcha zarralar bir xil tezlik bilan harakatlanadilar. Biroq ayrim lahzalarda o`z-
o`zidan u yoki bu zarraning to`g`ri yo`ldan tasodifan kichik chetlashishlari sodir
etiladi. Epikur va Lukresiy faqat ehtiyojning o`zi tabiatning serjiloligini tushuntirib
berolmaydi deb hisoblaydilar. Atomlarning ayrim joylarda va vaqtning ayrim
lahzalarida kichik tasodifiy chetlashishlarini faraz qilish zarurdir. Shunday qilib ilk
bor fan tarixida ilmiy tahlilga ehtiyoj bilan birga tasodif kiritildi. Epikur - Lukresiy
ta`limoti asosida materialistik falsafaning "hech narsadan hech narsa bo`lmaydi"
degan asosiy tamoyili yotadi. Bu cheksiz olam hech qanday markazga ega emas.
Koinotning tabiiy markazi haqidagi Aristotelning ta`limotini atomistlar inkor
etadilar. Shu bilan birga Lukresiyda Yerning sharsimonligi haqida tasavvur ham
yo`q. Bu fikrda u Aristotelga nisbatan bir qadam orqaga chekingan bo`ldi.
Keyinchalik, ellinistik davrda Yer radiusini aniqlashga ilk bor ilmiy urinishlar
bo`lib o`tdi, biroq bu urinishlardan ikki asr o`tganiga qaramay, Lukresiy yana yassi
Yer tasavvuriga qaytadi va keskin tarzda antipodlarga, yuqori va pastning nisbiy
tushunchalariga qarshi chiqadi.Biroq bu xatolar qadimgi atomistlarning ulkan
tarixiy ahamiyatga ega bo`lgan yutuqlarini aslo kamaytirmaydi. Ular fanga asrlar
osha sinovdan o`tib kelgan va hozirgi kunda atom va atom yadrosi haqidagi
qudratli fanga aylangan unumdor g`oyani kiritganlar. Ular tabiat hodisalarining
atomlar g`oyasiga suyangan ilk ilmiy nazariyalarini yaratdilar, va materiyaning
zamonaviy kinetic nazariyasi Lukresiy chizib bergan tasavvurdan boshlanadi.
qadimgi atomistlarning dohiyona topilmalari materialistik atom nazariyasining
kelajakdagi yutug`ini ta`minladi. Epikur - Lukresiy atomistikasi Aristoteldan
avvalgi davrning ilmiy rivojlanish yo`lidan davom etayotgan edi. Lukresiy
o`zining
qasidasida
Geraklit,
Empedokl,
Anaksagor,
Demokritlarning
dunyoqarashlarini muhokama qiladi, tanqidiy nuqtai nazaridan baholaydi va
atomistikaning epikureylik variantini taklif qiladi. Biroq, Aristotel davridan
keyingi atomistika sezilarli darajada yangi xususiyatlarga ega, u Aristotel
nazariyasi va Demokrit atomistikasiga nisbatan fizikaga yaqinroq. Umuman
olganda, Demokritning atomlari sof geometrik tasavvurlardir, ular faqat shakl va
hajm bilan xarakterlanadi. Epikur va Lukresiydagi atomlar vazniga, zichligiga
(qattiqligi) ega, shuningdek, to`g`ri tekis harakatidan xususiy chetlashishlarga
moyildirlar.
Ellinistik davrda yunon matematika, mexanika va astronomiya bilimlarning
boshqa sohalari bilan birga rivojlanishining eng yuqori cho`qqisiga yetdilar. Yunon
fani olamning umumiy holda yahlitligicha qo`rishdan differensiallashgan
bilimlarga o`tdi, bittayu yagona fandan aloxida bo`lib tabiiy va gumanitar fanlar
ajralib rivojlandilar. Bunday o`zgarishlarning sababi tarixiy sharoitlarning
o`zgarishida, jamiyatning yangi ehtiyojlaridadir. Iskandar Zulqarnayning yurishlari
nafaqat harbiy san`atni, balki konkret bilim va ko`nikmalarni ham talab etardi. Bu
davrga kelib harbiy va qurilish texnikasi nihoyatda rivojlanib ketdi. Muhandislik
kasbi jamiyatda tan olindi va hurmat qilina boshlandi. Yangi savdo, siyosiy va
iqtisodiy aloqalar Hindistondan va O`rta Osiyodan tortib Pireney tog`larigacha
qamrab oldi. Astronomiya, geografiya, shu bilan birga umuman tabiatshunoslik
bilimlari jamiyatda zaruriy ehtiyojga aylandi. Iskandar imperiyasining
merosxo`rlari olimlarga katta g`amxo`rlik ko`rsata boshlaydilar, ularga osuda ilmiy
ishlar bilan shug`ullanishlariga sharoitlar yaratadilar. Birinchi Ptolemey o`z
davrida Iskandariyaga (Aleksandriya) olimlarni jalb eta boshlagan bo`lsa, ikkinchi
Ptolemey davrida qadimgi dunyoning mashhur ilmiy maskani bo`lmish
Iskandariya muzeyi barpo etildi. Agarda Platon Akademiyasi yoki Aristotel Litseyi
ilmiy va pedagogik faoliyatni uyg`unlashtirgan zamonaviy universitetlarining
ajdodlari bo`lsa, Iskandariya muzeyini zamonaviy ilmiytekshirish institutlarning
ajdodi deb qarash mumkin. Olimlar kutubxona rasadxona, turli kolleksiya
to`plamlari xizmatlaridan foydalanishar, to`liq imtiyozlarga ega va yashashlari
uchun barcha imkoniyatlar muhayo edi. Bularning barchasi ellinistik davrdagi
ilmiy rivojlanishida Iskandariyaning yetakchi ahamiyatini ta`minlar edi. Ellinistik
davrning deyarli barcha olimlari Iskandariyabilan bevosita bo`lmasa bilvosita ya`ni
u vaqtda keng rivojlanib borgan ilmiy yozishmalar orqali bog`langan edi. Mashhur
Arximed qo`lga kiritgan o`zining ilmiy natijalarini Sirakuzadan iskandariyalik
matematiklarga yuborgan xatlar orqali ma`lum qilardi. Iskandariyada geometr
Yevklid, geograf va matematik Eratosfen, astronomlar Konon, Samosalik Aristarx,
Klavdiy Ptolemey kabi yirik olimlar yashab ijod qilganlar. Iskandariya bilan Rodos
orolida yashagan matematik Perglik Appoloniy astronom Gipparx va sirakuzalik
Arximed bog`lanib turishardi. Fanning rivojlanishida ayniqsa Yevklid va
Arximedlarning ahamiyatlari katta bo`ldi.
Yevklid
( e.a. III asr) ajdodlarining matematik bilimlarini to`pladi va bir
tizimga keltirdi. Yevklidning "Asoslari" hozirda "Evklid geometriyasi" deb
atalmish geometriyaning bayonidir. U zamonaviy fanda "Evklid fazosi" deb
nomlangan fazoning metrik xossalarini ta`riflaydi. Yevklid fazosi Galiley va
Nyuton asos solgan mumtoz fizikadagi fizikaviy hodisalarning bo`lib o`tadigan
joyidir. Bu fazo bo`sh, cheksiz, izotrop va uch o`lchamga egadir. Yevklid atomlar
harakatlanadigan atomistik bo`sh fazo g`oyasiga matematik aniqlik kiritdi. Eng
sodda geometrik ob`ekt nuqta bo`lib, Yevklid uni bo`laklarga ega emas narsa deb
ta`riflaydi. Boshqacharoq aytadigan bo`lsak, nuqta fazoning bo`linmas atomidir.
Fazoning cheksizligi "Har qanday nuqtadan har qanday nuqtagacha to`g`ri chiziq
o`tkazish mumkin"; "Cheklangan to`g`ri chiziqni uzluksiz to`g`ri davom ettirish
mumkin"; "Ixtiyoriy markazdan va ixtiyoriy ochilma bilan aylana chizilishi
mumkin" qabilidagi uchta postulat bilan ta`riflanadi.
Parallel chiziqlar haqida ta`limot va mashhur beshinchi postulat ("Agarda
ikkita to`g`ri chiziqqa tushayotgan to`g`ri chiziq ikkita to`g`ri burchakdan kichik
bir tomonda joylashgan ichki burchaklarni hosil qilsa, shu chiziqlarni davom
ettirish natijasida burchaklari ikkita to`g`ri burchakdan kichik burchak tomonda
tutashadi") Yevklid fazoning xossalarini va geometriyasini aniqlaydi. Keyinchalik
Arximed "Bir xil uchlarga ega barcha chiziqlardan eng kichigi to`g`ri chiziqdir"
taxminni kiritgan holda Yevklid fazosining yana bitta xarakteristikasini ifodalab
berdi. Yevklid geometriyasidagi to`g`ri chiziq geodezik, ya`ni, eng kichik
uzunlikga ega chiziqdir. Yevklid fazosi yassidir. Yevklid fazosining ana shu
xossalari bir kunda topilmagan, u ko`p asrlar davomida ilmiy fikrning mevasidir bu
ishning boshlanishi sifatida esa, Yevklidning "Asoslari" xizmat qildi. Yevklid
o`zining "Optika" va "Katoptrika" asarlarining bayoni orqali geometrik optikaga
asos soldi. Geometrik optikaning asosiy tushunchasi to`g`ri chiziqli yorug`likning
nuridir. Yevklid yorug`lik nuri ko`zdan tarqaladi (ko`rish nurlarning nazariyasi)
deb qabul qiladi, geometrik tuzilmalar uchun u xususiy ahamiyatga ega emas. U
fokus nuqtasining aniq vaziyatini hali aniqlay olmasada, akslanish qonunini va
botiq sferik ko`zguning xossalarini biladi. Har qalay, Fizika tarixida Yevklidning
nomi geometrik optikaning asoschisi sifatida o`zining munosib o`rnini topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |