1-Ma’ruza: Fizika tarixi fanining predmeti va vazifalari. Kirish. Fizik olimlarning hayoti va ilmiy faoliyatining didaktik ahamiyati. Antik davrda tabiatshunoslikda erishilgan yutuqlar. Ioniylar va Ellinlar davri



Download 345,93 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana23.01.2022
Hajmi345,93 Kb.
#404502
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 Ma\'ruza 1

 

 

Atomistikaning paydo bo`lishi 

Ioniyaliklarning  birlamchi  materiya  (pramateriya)  g`oyasi  ancha  jozibali 

bo`lib,  fizikada  u  yoki  bu  ko`rinishda  qayta-qayta  takrorlanib  kelgan.  Lekin,  har 

safar  buyumlarning  xilma-xilligini  va  olamdagi  o`zgarishlarni  tushuntirishda 

qiyinchiliklar  tug`ilar  edi.  Eleatlar  olamning  birjinsliligi  va  o`zgarmasligi  taxmini 

bilan bu qiyinchilikni chetlab o`tdilar. Ular shunday yo`l bilan qiyin masalani olib 

tashladilar  va  olamning  xilma-xilligini  va  harakatini  sezgilarimiz  aldamchiligi 

bilan  izohladilar.  Biroq, bunday  javob  kundalik  tajribalarga  keskin  qarama-qarshi 

kelar  va  fanda  abadiy  qolaolmasdi.  Qadimgi  yunonlarning  sinovchan  fikrlari 

eleatlarning g`oyasi hamda pramateriya haqidagi bunday fikrlaridan voz kechdi va 

Koinot tuzilishi mumkin bo`lgan elementlar konsepsiyasini ilgari surdi. Ilk bor bu 

konsepsiya  Sitsiliya  orolidagi  Agragant  (Agrigent)  shahrida  yashovchi  Empedokl 

(e.a.  490  -  430  yy.)  tomonidan  aytilgan  edi.  Empedokl  asosiy  to`rtta  material 

element bor deb ta`kidlab, ularga olov, havo, suv va yerni qo`shadi, bu elementlar 

abadiy  bo`lib,  soni  va  kattaligi  bilan  o`zaro  ulanish  yoki  ayrilish  tufayli  o`zgarib 

boradilar deb taxmin qiladi. Buyumlarning xilma-xilligi shu to`rt elementning turli 

qiymatlarda  ulanishidan,  tabiatdagi  o`zgarishlar  sababchisi  esa  tortishish  va 

itarilish  kuchlarning  ta`siridir  deb  tushuniladi.  Bu  elementlar  abadiy  va 

yemirilmasdir.  Elementlarning  abadiyligi,  binobarin,  Koinotning  abadiyligi  ham, 

butun olam birlamchi saqlanish qonuniga, ya`ni, "hech narsadan hech narsa paydo 

bo`lmaydi,  va  bor  narsa  yo`q  bo`lmaydi"  qonuniga  amal  qilinishidandir. 

Empedoklning  shu  tamoyilidan  zamonaviy  fizikada  fundamental  ahamiyatga  ega 

saqlanish qonunning tarixi boshlanadi.Eramizdan avvalgi V asrdan yunon fanining 

markazi  Afinaga  ko`chadi.  Bu  yerda  ilk  bor  donishmandlikni  o`rgatuvchi  ilmiy 

maktablar  paydo  bo`ladi.  Afinada  san`at,  adabiyot  yuqori  darajaga  ko`tariladi. 

Perikl davrida mashhur Akropol barpo etildi, buyuk xaykaltarosh Fidiy tomonidan 

xaykallar  qad  ko`tardi,  dramaturg  Sofokl  yunon  teatr  sahnasida 

qo`yilgan fojealarni yozdi, Aristofan komediyalarni bayon etardi. 

Afinaga  yunon  fanining  namoyondalari  kelardilar.  Bu  yerda 

matematik Gippokrat, faylasuf va fizik Anaksagor (e.a. 500 - 428 

yy.)  saboq  berishardi.  Anaksagor  atomistikaning  asoschilari 

Levkipp va Demokritlarning (e.a. 460 - 370 yy.) zamondoshi edi.  

Demokrit  frakiyalik Abdera  shahardan  edi. U  fanning turli 

sohalarida,  masalan,  matematika,  fizika,  falsafa  va  boshqa 

sohalarida  ko`p  sonli  asarlarni  yozgan.  Biroq,  uning  asarlari 

bizgacha  yetib  kelmagan,  ular  haqida  biz  boshqa  mualliflar  kitoblaridan,  shu 

kitoblarda  berilgan  parchalar  orqali  bilamiz.  Shunga  qaramay,  Demokrit 

nazariyasining  asosiy  holatlari  fizika  va  falsafaning  ko`pgina  zamonaviy 

kitoblarida deyarli bir xil tarzda bayon etiladi. Mana Demokritning shu tamoyillari: 

1.  Hech  narsadan  hech  narsa  paydo  bo`lmaydi.  Bor  bo`lgan  har  qanday  narsani 




buzib  yo`q  qilib  bo`lmaydi.  Barcha  o`zgarishlar  qismlarning  qo`shilishi  yoki 

yoyilishi tufayli sodir etiladi.  

2.  Hech  narsa  tasodifan  sodir  etilmaydi,  lekin  barcha  narsa  biror  sababga  asosan 

yoki zaruratdan sodir etiladi.  

3.  Atom  va  sof  fazodan  tashqari  hech  narsa  yo`q,  qolgan  barcha  narsa  faqatgina 

tasavvurdir. 

4.  Atomlar  son  jihatidan  cheksizdir  va  shakli  bo`yicha  ham  cheksiz  xilma-xildir. 

Cheksiz  fazodan  abadiy  tushishida  kattaroqlari  tezroq  tushib  kichikroqlariga 

uriladilar;  bundan  kelib  chiqadigan  yonlama  harakatlar  va  uyurmalar  olam  paydo 

bo`lishining boshlanishiga sabab bo`ladi. Cheksiz ko`p olamlar, ayrimlari yonma-

yon,  ayrimlari  biri  ketidan  keyingisi,  paydo  bo`ladilar  va  yana  yo`q  bo`lib 

ketadilar. 

5. Buyumlar orasidagi farq ulardagi atomlarning soni, kattaligi, shakli va tartibdagi 

farqlaridandir;  atomlar  orasida  sifatiy  farq  yo`q.  Atomda  hech  qanday  "ichki 

holatlar" yo`q; ular faqat bosim va urilish orqaligina o`zaro ta`sirlashadilar. 

6. Ong atomlari olov atomlari kabi yupqa, silliq va yumaloq atomlardan iborat. Bu 

atomlar  eng  harakatchan  bo`lib,  ularning  harakatlari  tanaga  kirib  turli  hayotiy 

hodisalarni  ro`yobga  chiqaradi.  Atomlar  haqidagi  ta`limot  asrlar  osha  rivojlanib 

o`tdi va zamonaviy tabiatshunoslikning asosi bo`lib qoldi. 

Atomistlar  ta`limotida  ioniyaliklarda  mavjud  bo`lgan  saqlanish  tamoyili  muhim 

ahamiyatga  egadir.  Bu  yerdagi  yangilik  -  bo`shliqni  taxmin  qilishdir.  Na 

ioniyaliklar,  na  pifagoriylar,  na  eleatlar  ta`limotlarida  bo`shliqga  o`rin  yo`q  edi. 

DemokritEleatlarning nuqtai nazarida bo`shliq - yo`qlik demakdir, yo`qlik esa o`zi 

yo`q va u haqda fikrlash ham mumkin emas. Pifagoriylarda olam fazosi "bo`sh va 

sovuq  efir" bilan to`ldirilgan. Efir haqidagi g`oyani  Anaksagor ham  qabul  qilgan. 

Demokrit  tizimida  zarralarni  harakatga  keltiruvchi  qandaydir  "ong"ga  o`rin  yo`q 

atomlarning  harakati  abadiydir  va  maxsus  boshlang`ich  turtkiga  muhtoj  emas. 

Demokritning  o`zi  yirik  matematik  bo`lgan.  Uning  matematik  ishlaridagi 

fundamental natijalaridan biri piramidaning hajmi prizma hajmining uchdan biriga 

konus  hajmi  esa  silindr  hajmining  uchdan  biriga  tengligini  isbotlashi  bo`lgan. 

Demokritning  matematik  isbotlarida  atomistikaning  ahamiyati  ulkan  bo`lgan. 

Chiziqning atomlari nuqtalar, sirtning atomlari chiziqlar, hajmlarning atomlari esa 

sirtlar deb qabul qilingan. 

 


Download 345,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish