Arximed
Qadimgi Dunyoning buyuk matematigi, mexanigi va fizigi
Arximedning nomi Yevklid bilan bir qatorda har bir
o`quvchiga ma`lumdir. Arximed qonuni asrlar osha fizika
darsliklarining betlaridan tushmaydi. Arximed Sitsiliya
orolidagi Sirakuza shahrida e.a. 287 yilda tug`ilgan. Sitsiliya
orolida Empedokl yashagan va vafot etgan, bu yerga Platon
quldorlik davlat tuzilishi haqidagi g`oyalarini amalga oshirish
uchun kelib ketardi, Arximedning yoshlik yillarida podsho
Pirr yangi yunon davlatni tuzish maqsadida rimliklar va
karfagenliklar bilan urush olib borgan. Arximed otasi astronom Fidiy Sirakuza
boshqaruvchisi Giyeronning yaqin odamlaridan biri bo`lganligi sababli o`g`liga
durustroq ma`lumot berishiga imkon tug`iladi. Arximed Iskandariyaga ketadi va u
yerda astronom Konon va matematik hamda geograf Eratosfen bilan yaxshi
munosabatda bo`lib qoladi. Arximed Sitsiliyaga yetuk matematik sifatida qaytgan
bo`lsada, uning birinchi ishlari mexanikaga bag`ishlangan edi. Shuni ta`kidlab
o`tish joizki, Arximed o`zining matematik ishlarida ko`pincha mexanikaga
tayanadi. Bir qator geometrik masalalarni yechishda u richag tamoyilidan
foydalangan. Arximed qonuni bilan bir qatorda richag tamoyili hamda og`irlik
markazi haqidagi ta`limot mexanika sohasidagi uning eng muhim ilmiy ishlaridir.
Arximed nafaqat matematik va mexanik, balki o`z davrining yirik muhandisi
mashina va mexanik apparatlarning ixtirochisi ham bo`lgan. U dalani sug`orishga
ixtisoslashgan mashinani, suv ko`taruvchi vintni ixtiro qilgan, uning harbiy
mashinalarining ixtirolari ayniqsa muvaffaqiyatli chiqqan. Arximed ko`p kuch va
e`tiborini harbiy masalalarga bag`ishlagan birinchi olim deb tan olingan. Rim bilan
Karfagenning o`zaro kurashlarida Sitsiliyani qo`lga kiritish masalasi muhim
ahamiyatga ega bo`lgan. Ikkala kudratli davlat Sirakuzani ishg`ol etishga ancha
kuch sarflaganlar. Giyeron va uning maslakdoshlari qanday bo`lmasin
mustaqillikni saqlab qolishga harakat qildilar. Sirakuza mudofaa rejalarida harbiy
texnika ko`zga tashlanarli joyni egallagan va bu texnikani yaratishda Arximedning
muhandisligi ulkan ahamiyatga ega edi. Arximed boshchiligida sirakuzaliklar turli
maqsadlarga mo`ljallangan ko`pgina mashinalarni qurdilar. Sitsiliyaga Appiy
Klavdiy rahbarligi ostida rimliklarning piyoda qo`shinlari bostirib kirdi, Sirakuza
devorlari ostida esa Marsell qo`mondonligidagi rim floti paydo bo`ldi. Arximed
texnikasiga qarshi Marsellning rim harbiy texnikani qarama-qarshi qo`yishga
urinishi samarasiz ketdi. Arximed ulkan toshlar bilan qo`poruvchi mashinani
sindirib tashladi va Marsell flotni xavfsiz joyga ko`chirishga, piyoda
qo`shinlarning chekinishiga farmon chiqarishga va shaharni uzoq davr iskanjada
tutib turishga majbur bo`ldi. Sirakuzani ishg`ol etish paytida Arximed rim soldati
tomonidan o`ldirildi. Shunday qilib, Arximed urushga ishlagan birinchi olimlardan
biri va ilm ahli ichida urushning birinchi qurboni sifatida tarixga kirdi. Arximed
uning fizika sohasidani tadqiqotlari natijalarida to`htalib o`taylik. Qadimgi dunyo
texnikasining
rivojlanishida
ilgari
surgan
ilmiy
masalalardan
birinchi
navbatdagilari statika muammolari edi. qurilish va harbiy texnika muvozanat
masalalari bilan chambarchas bog`liq bo`lib, og`irlik markazi degan tushunchani
ishlab chiqishiga olib kelardi. qurilish va harbiy texnikaning negizida richag
yotardi. Richag kam kuch sarflab katta yuklarni ko`tarishga va kuchli qarshiliklarni
yengishga imkon berar. U va shunga asoslangan mashinalar insonga tabiatni "alday
bilishiga" yordam berdi. Ana shundan "mexanika" so`zi ham kelib chiqqan.
"Mexane" degan yunon so`zi qurol, moslama, shuningdek, aldash ham ma`noni
anglatgan. Ko`p asrlar davomida mexanikaga sodda, jo`n statik mashinalar
haqidagi fan deb qaralgan edi. Uning asosida Arximedning "Yassi jismlarning
muvozanati haqida" asarida bayon etilgan nazariya yotardi. Bu nazariya negizida
quyidagi postulatlar yotadi:
"1. Teng vazndagi yuklar bir xil uzunliklarda muvozanatlashadilar, har xil
uzunliklarda muvozanat buziladi va kattaroq uzunlikdagi yuk ko`proq bosadi.
2. Agarda biror uzunliklarda muvozanatlashgan yuklardan biriga biror narsa
qo`shilsa, muvozanat yo`qoladi va qaysi yukga qo`shilgan bo`lsa, o`sha yuk
ko`proq bosadi.
3. Xuddi shunday, agarda yuklarning biridan olingan bo`lsa, muvozanat yo`qoladi
va qaysi yukdan olinmagan bo`lsa o`shanisi qo`proq bosadi ". Shubxasizki, bu
postulatlar "yaqqol ko`zga tashlanib", davomli amaliyotda sinab ko`rilgan. Bu
postulatlarga tayangan holda Arximed quyidagi teoremalarni isbotlaydi:
"O`lchovdosh kattaliklar uzunliklari yuklariga teskari proporsional bo`lgan
uzunliklarda muvozanatlashadilar". Undan keyin: "Agarda kattaliklar o`lchovdosh
bo`lmasalar, ular xuddi shunday, bu kattaliklarga teskari proporsional bo`lgan
uzunliklarda muvozanatlashadilar". Bu so`zlarda richag qonunining birinchi aniq
formulirovkasi mujassamlashgan. Bunda "kattaliklar" so`zlari ostida richagga ta`sir
etuvchi kuch modullarini tushunmoq kerak. "Yassi jismlar muvozanati haqida"
kitobida richag qonunidan tashqari uchburchak, parallelogramm, trapesiya
parabolik segment va yon chetlari parabola yoylari bo`lgan trapesiya kabi
jismlarning og`irlik markazlarining ta`riflari berilgan. Arximed tomonidan og`irlik
markaziga berilgan ta`rif esa, quyidagichadir: "Har qanday jismning og`irlik
markazi deb jism ichidagi shunday nuqtaga aytiladiki, agarda jismni shu nuqtadan
hayolan osib qo`ysak, u tinch holatini va avvalgi vaziyatini saqlab qoladi". Bu
ta`rifga kelish uchun uzoq davrdagi amaliy tajriba zarur bo`lgan, bu tajribaning
umumlashmasi sifatida aynan Arximed mexanikasi namoyon bo`ldi. Arximed
matematik xulosalar chiqarishda mexanikasida olingan natijalardan foydalangan.
Masalan, u parabolik segment yuzasini va shar hajmini hisoblashda richag
qonunidan foydalangan. Arximedning bu hisoblashlari boshlang`ich bosqichdagi
integral hisoblanishning o`zidir.
Arximedning mashhur qonuni uning "Suzib yuruvchi jismlar haqida" asarida
bayon etilgan. Bu asarning yozilishiga sabab shuki, Sirakuza kema yasovchi va
port shahri edi. Jismlarning suzish masalalari kuniga amalda hal etilar, albatta, bu
narsaning ilmiy asoslarini aniqlash Arximed uchun dolzarb vazifa bo`lib
ko`ringan.U nafaqat jismlarning suzish shartlarini, balki turli geometrik shakldagi
jismlarning suzishdagi muvozanat masalasini tahlil qiladi. U qo`lga kiritgan
natijalarining zamonaviy talqini va isboti faqatgina XIX asrda olindi. Arximedning
asari suyuqlikning tabiati ta`rifi bilan boshlanadi, uningcha "bir xil sathda
joylashgan va bir-biriga tegib turgan zarrachalar kamroq ezilganlari ko`proq
ezilganlari tomonidan sitib chiqariladi, va har bir uning zarrachasi qoq tepasida
mavjud suyuqlik bilan eziladi". Bu ta`rif Arximedga asosiy talqinni berishga
imkon yaratadi: "Har qanday tinch holdagi suyuqlikning sathi shar shakliga ega,
uning markazi esa Yer markazi bilan mos tushadi". Shunday qilib, Arximed Yerni
shar deb hisoblaydi va Yer og`irligi maydonidagi muvozanatlashgan og`ir
suyuqlikning sathi sferik shaklda bo`lishini ta`kidlaydi. Undan so`ng u suyuqlik
bilan bir xil solishtirma og`irlikga ega jism sathlari shu suyuqlik sathi bilan barobar
bo`lgunga qadar tushishini isbotlaydi. Nisbatan yengilroq jism uning botirilgan
qismi butun jism og`irligiga teng suyuqlik hajmini sitib chiqarguncha botadi.
Mantiqiy fikrlash orqali Arximed o`zining qonuni ta`rifini o`z ichiga qamrab olgan
taxminlarga keladi:
"1. Suyuqlikga nisbatan yengilroq jismlar shu suyuqlikga majburan botirilganda
jismga teng hajmdagi suyuqlikning og`irlik kuchiga teng kuch bilan yuqoriga sitib
chiqariladilar".
"2. Suyuqlikga nisbatan og`irroq jismlar shu jismga botirilganda tubigacha
boradilar va suyuqlikda ular jism hajmdagi suyuqlik og`irligiga teng kattalikga
yengillashadilar".
Arximed kitoblarining qolgan joylarida suyuqlikda suzib yurgan jismlarning
muvozanat shartlarini tahlil qiladi. Matematika va mexanikadan tashqari Arximed
optika va astronomiya bilan ham shug`ullangan. Arximed rim flotiga qarshi
kurashishda botiq ko`zgulardan foydalanganligi, ular yordamida quyosh nurlarini
fokuslab kemalarni yoqib yuborganligi haqida rivoyat saqlanib qolgan. qadimgi
mualliflar yozishicha, Arximed botiq ko`zgularning kuydiruvchi xususiyatlarini
yaxshi bilgan, yorug`likning sinishiga doir tajribalar o`tkazgan, yassi, qavariq va
botiq ko`zgulardagi tasvirlarning xossalarini bilgan.
Arximed astronomiya bilan shug`ullanganligini harbiy o`lja sifatida Marsell
qo`liga tushgan u qurgan astronomik sfera haqida hikoyalar va Koinotdagi qum
zarralar sonini hisoblaganligi haqida bayon etuvchi "Psammit" asaridan bilsa
bo`ladi. Masalaning qo`yilishining o`zi katta tarixiy ahamiyatga ega: aniq
tabiatshunoslik noqulay sonlar tizimidan foydalangan holda kosmik masshtabidagi
hisoblashlarga o`tadi. Arximed tomonidan qo`lga kiritilgan natija zamonaviy
belgilarda 1063 son bilan ifodalanadi. Undan tashqari, Arximed asarida ilk bor
ikkita olam, ya`ni, geotsentrik va geliotsentrik tizimlar taqqoslanadi. Arximed
"astronomlarning ko`pchiligi olam deb Quyosh va Yer markazlari orasida
joylashgan sharni ataydilar" deb ko`rsatadi. Undan so`ng Arximed Samosalik
Aristarx olamni yanada kattaroq deb taxmin qilishini ma`lum qiladi. "Haqiqatdan
ham, uning taxminicha quyosh va qo`zg`almas yulduzlar harakatsiz, Yer esa
qo`zg`almas yulduzlar va quyosh o`rtasida joylashgan aylana bo`ylab quyosh
atrofida harakatlanadi...". ArximedAristarxning fikrini olam o`lchamini Yer
o`lchamiga nisbatini qo`zg`almas yulduzlar sfera radiusini Yer orbitasi radiusi
nisbatiga teng deb izohlaydi. Shunday qilib, Arximed olamni juda ulkan bo`lsada
biroq chekli deb qabul qiladi, bu esa, hisob-kitobini oxirigacha yetkazishga imkon
beradi.
Arximed qadimgi dunyoning ilmiy fikr cho`qqisidir. Undan keyingi olimlar,
ya`ni
Do'stlaringiz bilan baham: |