1-Ma’ruza: Fizika tarixi fanining predmeti va vazifalari. Kirish. Fizik olimlarning hayoti va ilmiy faoliyatining didaktik ahamiyati. Antik davrda tabiatshunoslikda erishilgan yutuqlar. Ioniylar va Ellinlar davri



Download 345,93 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana23.01.2022
Hajmi345,93 Kb.
#404502
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 Ma\'ruza 1

QADIMGI DAVR FIZIKASI 

Ilmiy bilimlarning tug`ilishi Inson atrofdagi olam haqida bilimlarni yashash uchun 

ayovsiz  kurashda  topib  kelgan.  Bu  kurashda  uning  uzoq  o`tmishdagi  ajdodlari 

hayvon  olamidan  ajralib  chiqdi,  uning  qo`llari  va  tafakkuri  rivojlandi. 

Himoyalanish  va  yegulik  topish  paytdagi  harakatlarda  tasodifiy  va  ixtiyorsiz 

qo`llanilgan  tayoq  va  toshlardan  foydalanadi  -  avval  qo`pol  va  sodda  ishlov 




berilgan  tosh  bo`laklarga,  so`ng  esa,  nisbatan  takommillashgan  tosh  qurollarga, 

o`q-yoylarga, baliq ovlash moslamalarga, ilk bor dasturlash qurilmalarga, ya`ni, ov 

qopqonlarga  o`tadi.  U  davrdagi  insonning  eng  ulkan  yutuqlaridan  biri  -  olovni 

qo`lga kiritishi va undan foydalanaolishi bo`ldi. O`zining ichiga ko`p ming yillarni 

qamrab  olgan  bu  evolyutsiyada  insonning  aql-idroki  shakllanib  bordi,  nutqi 

rivojlandi,  olam  haqida  bilim  va  taassurotlari  jamlandi,  atrofdagi  hodisalarni 

tushuntirib  beruvchi  birinchi  antropomorf  izohlashlari  paydo  bo`ldi.  Tabiat 

haqidagi bir qadar fantastik taassurotlar bilan birgalikda inson osmon yoritkichlar, 

o`simliklar  va  hayvonlar,  harakat  va  kuchlar,  meteorologik  hodisalar  v.b.  haqida 

bilimlarini  boyitib  bordi.  To`plangan  bilimi  va  amaliy  ko`nikmalari  avloddan 

avlodga  o`tib  keldi  va  kelajakdagi  fanning  birlamchi  fonini  tashkil  etdi. 

Jamiyatning va jamoa mehnatning tobora rivojlanishi turg`un barqaror sivilizasiya 

shakllanishiga  omil  bo`lib  bordi.  Bunda  o`troq  hayotga  o`tilishi  va  dehqonchilik 

rivojlanishi muhim ahamiyat kasb etdi. Muayyan bir xududda yildan yilga barqaror 

hosil olish sharoitlari yaxshi bo`lgan yerlarda yashash maskanlari, shaharlar, undan 

so`ng  esa,  davlatlar  ham  barpo  etila  boshlandi.  Shunday  sharoitlar  Shimoliy 

Afrikadagi  Nil  daryosi  vohasida,  Tigr  va  Yevfrat  oqib  o`tadigan  ikki  daryo 

oralig`ida bo`lib, u yerlarda eramizdan avvalgi IV mingyillikda zamonaviy fanning 

beshigi  bo`lmish  eng  qadimgi  quldorlik  davlatlari  shakllana  boshladi. 

Sug`oriladigan  yerga  ishlov  berish  tizimi,  metallarni  qazib  olish  va  unga  ishlov 

berish, texnikaning rivoji va qurollarni yasash san`ati rivojlangan iqtisodiyotga ega 

murakkab  jamoa  organizmning  shakllanishiga  omil  bo`ldi.  Jamiyat  ehtiyojlari 

Misrda  iyeroglif,  Bobilda  esa  qirra  ko`rinishidagi  yozuvning  paydo  bo`lishiga, 

astronomik va matematik bilimlarning kelib chiqishiga sabab bo`ldi.  

Bizning kunlarimizgacha saqlanib qolgan ulkan Misr exromlari eramizdan avvalgi 

III ming yillikdayoq davlat odamlarning katta massalarni tashkillashtira olishidan, 

materiallarni,  ishchi  kuchini  va  sarflangan  mehnatni  hisob-kitob  qilaolganligidan 

dalolat beradi. Buning uchun maxsus odamlar, ya`ni, aqliy mehnat ishchilari zarur 

bo`lgan. Nil daryosining toshish vaqti boshlanishini avvaldan bilish uchun aniqroq 

astronomik  kuzatuvlar  olib  borilishini  taqozo  etardi.  Misrliklar  yili  30  kunlik  o`n 

ikki oy  hamda  qo`shimcha  besh kundan iborat taqvimni  ishlab chiqqanlar. Bunda 

oy  uchta  o`n  kunlikga,  sutka  esa  24  soatga  taqsimlangan.  Bobilda  matematika  va 

astronomiya  ancha  yuqori  darajaga  ko`tarilgan.  Bobilliklar  Pifagor  teoremasini 

bilganlar,  kvadrat  va  kvadrat  ildizlarni,  kub  va  kubildizlarni  hisoblay  olganlar, 

chiziqiy va kvadrat tenglamalarni yecha bilganlar. Ekliptikani Burjning 12 yulduz 

turkumlariga taqsimlanishi ham ularga mansubdir.  Ta`kidlab o`tish joizki, misrlik 

va  bobilliklarda  matematika  amaliy  xarakterga  ega  bo`lib,  xo`jalik  va  qurilish 

amaliyotining  ehtiyojlaridan  kelib  chiqqan.  Astronomiya  tabiatshunoslik  fani 

rivojlanishining  ilk  tabiiy  fanlaridan  birinchisi  bo`lgan.  Astronomiya  rivojlanishi 

uchun  matematika talab  etilgan bo`lsa, qurilish amaliyoti  mexanika rivojlanishiga 

omil  bo`lgan.  So`zsizki,  qadimgi  davlatlarda  sag`ana,  qala,  exrom,  yodgorliklar 

kabi  ulkan  inshootlarning  qurilishi  uchun  juda  bo`lmaganda  qurilishda 

qo`llaniladigan  mexanika  va  statikadan  empirik  bilimlarga  ega  bo`lish  taqozo 

etilgan.  Qurilish  ishlarida  sodda  qurilmalar,  ya`ni,  richag,  sirpantirgich,  qiya 

tekisliklar  kabi  moslamalardan  foydalanilgan.  Shunday  qilib,  amaliy  ehtiyojlar 



birlamchi  ilmiy  bilimlar,  ya`ni,  arifmetika,  geometriya,  algebra,  astronomiya, 

mexanika  va  boshqa  tabiiy  fanlarning  asoslarini  yuzaga  keltirgan.  Aytib  o`tish 

joizki,  bilim  to`plashda  ilm  va  madaniyatning  asosi  bo`lmish  yozuvning  paydo 

bo`lish  ahamiyati  ayniqsa  beqiyosdir.  Antik  fanning  boshlang`ich  bosqichi 

Qadimgi  Sharqning  fan  oldida  ulkan  xizmatlarini  hisobga  olganimizda  ham, 

zamonaviy fanning haqiqiy vatani deb qadimgi Yunoniston tan olinadi. Aynan shu 

yerda  olam  haqida  faqatgina  tayyor  aqidalar  jamlanmasidan  xoli  bo`lgan  ilmiy 

tasavvur  va  tushunchalarni  ishlab  chiquvchi  nazariy  fan  paydo  bo`ldi,  aynan  shu 

yerda ilmiy uslub rivojlandi. Zamonaviy fan buni hamisha yodda tutadi. Bu haqda 

fanlarning  nomlari:  matematika,  mexanika,  fizika,  biologiya,  geografiya  va 

hokazo,  yunon  tildan  olingan  ilmiy  termin  va  atamalar  (massa,  atom,  electron 

izotop  va  hokazo),  formulalardagi  yunon  alifbosidagi  belgilar,  va  nihoyat,  ilmiy 

adabiyotda  saqlanib  qolgan  yunon  olimlarning  nomlari:  Fales,  Pifagor,  Demokrit 

Aristotel,  Arximed,  Yevklid,  Ptolemey  va  boshqalar  shundan  dalolat  beradi. 

Yuqorida aytib o`tganimizdek, bobil va misrliklarning ilmi amaliyot ehtiyojlaridan 

kelib  chiqqan.  Ularning  nazariy  fikr  yuritaolishi  esa,  sodda  va  jo`n  afsonaviy 

tushunchalar  doirasidan  chiqib  ketaolmagan;  sirli  bo`lib  tuyulgan  narsalarni 

tushuntirish esa, faqatgina kohinlargagina ruxsat etilgan. Qadimgi yunonlar bundan 

ustun  keldilar  va  tabiatni  tushunish  masalasini  sirli  ilohiy  kuchlarni  yodga 

olmasdan hal qilishga intilganlar. 

Qadimgi  Yunonistonda  inson  tafakkuri  ilk  bor  o`zining  kuchiga  ishonch 

hosil qildi va kishilar ilm bilan faqatgina zaruratdan emas, balki qiziqqanlari uchun 

ham  shug`ullana  boshladilar,  Aristotel  ta`biricha,  "bilishlik  baxtiga"  miyassar 

bo`ldilar.  Birinchi  olimlar  faylasuflar,  ya`ni,  "donishmandlik  ishqibozlari"  deb 

ataldilar;  yunon  jamiyatida  donishmandlik  o`rgatuvchilariga  ehtiyoj  sezila 

boshlandi,  natijada  olim  va  o`qituvchi  kasblari  paydo  bo`ldi.  Dunyoda  birinchi 

ilmiy-o`quv  muassasalardan  Platon  Akademiyasi  va  Aristotel  litseyi  zamonaviy 

oliy maktabning ajdodi deb hisoblanadi. Sekin astalik bilan qadimgi Yunonistonda 

nisbatan  tor  yo`nalishli  mutaxassislar,  ya`ni,  muhandis,  shifokor,  astronom, 

matematik,  geograf,  tarixchi  kabilar  paydo  bo`ldilar,  shuningdek,  Iskandariya 

(Aleksandriya)  muzeyi  kabi  ilmiy  maskanlarpaydo  bo`la  boshlaydi,  ular 

zamonaviy ilmiy-tadqiqot institutlariga asos bo`ldilar. Shu bilan birga bu yerlarda 

ilmiy bayon, ma`ruza, munozara va olimlarning o`zaro yozishmalari ko`rinishidagi 

ilmiy  axborot  ham  paydo  bo`la  boshladi.  Shunday  qilib,  qadimgi  Yunonistonda 

tizimli  ilmiy  izlanishlar,  ilmiy  o`qitish  tarkib  topdi,  mutaxassis-olimlar  va  ilmiy 

axborot  paydo  bo`ldi.  Qadimgi  Yunoniston  fan  tarixi  vatanidir  ham.  Yunon 

fanning  paydo  bo`lishi  odatda  Kichik  Osiyoda  shaharlarning  gullab-yashnashi 

davriga,  ya`ni,  eramizdan  avvalgi  VII  -  VI  asrlarga  to`g`ri  keladi.  Yunon  fani 

intensiv siyosiy va iqtisodiy hayot sharoitida, demos (xalq)ning aristokratik nasllar 

hukmronligiga  qarshi  keskin  chiqishlari  davrida  bunyodga  keldi,  u  Sharq 

mamlakatlari  bilan  savdo-sotiq  yo`llari  kesishgan  joylarda paydo  bo`ldi. O`zgarib 

turuvchi ijtimoyi sharoit, tezda almashib turuvchi jamiyatdagi vaziyatlar atrof olam 

o`zgaruvchanligi haqida tasavvurlarni uyg`otar edi. 

Yunon  fanining  asoschisi  Fales  (Fales  Miletskiy,  e.a.  624  -  547  yy.)  va  ioniyalik 

ta`limotining  boshqa  namoyondalari  Anaksimandr  (e.a.  610  -  546  yy.)  va 



Anaksimen  (e.a.  585  -  525  yy.)  barcha  narsalarning  material  birlamchi  asosi  va 

ularning shu asosdan rivojlanishi g`oyasini ilgari surdilar. Masalan, Fales shunday 

asos  deb  suvni,  Anaksimandr  qandaydir  cheksiz  va  mavxum  "apeyron"ni, 

Anaksimen esa, havoni qabul qilganlar. Bunday dunyo qarashlarni rivojlantirgan 

Geraklit abadiy alangalanib va o`chib turadigan olovli olam haqidagi tasavvurlarni 

yaratadi. Shunday qilib, olamning ilohiy kuch tomonidan hech narsadan yaratilishi 

haqidagi  diniy  tushunchalardan  farqli  o`laroq,  yunon  donishmandlar  birinchilar 

qatori  abadiylik  va  olamni  yaratib  bo`lmaslik  g`oyasini,  dialektik  rivojlanish 

g`oyasini ilgari surdilar.  

Ioniyaliklarning  materialistik  tasavvurlari  bilan  deyarli  bir  vaqtda  falsafada 




Download 345,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish